Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING „KORRUPSIYANI QABUL QILISH INDEKSIDA“GI O’RNINI YAXSHILASH'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING „KORRUPSIYANI QABUL QILISH INDEKSIDA“GI O’RNINI YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
27
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Korrupsiya / Shavkat Mirziyoyev / Oliy Majlis / Investitsiya / konvensiya / indeks / Transparency International / Ombudsman / oliy ta’lim / Media erkinligini / obyektivlik / subyektivlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Eshturdiyev Qosim Ahmad O’g’li

Mazkur maqolada Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasini xalqaro indekslardagi o’rnini yanada yuqori po’gonolarga yuksaltirish muammolarining nazariy amaliy konsepsion yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqolada bugungi kunda Respublikamizda Korrupsiyaga oid qanday choralar ko’rilayotgani va amaliyotga tadbiq etilayotgani va yana qanday chora tadbirlarni amalga oshirsak korrupsiyani qabul qilish indeksi bo’yicha Jahon indekslari oldidagi natijalarimizni yanada yuqori pog’onalarga ko’tarishimiz mumkinligining amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING „KORRUPSIYANI QABUL QILISH INDEKSIDA“GI O’RNINI YAXSHILASH»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING „KORRUPSIYANI QABUL QILISH INDEKSIDA"GI O'RNINI YAXSHILASH Eshturdiyev Qosim Ahmad o'g'li

Namangan davlat univesiteti Tabiy fanlar fakulteti Geografiya yo'nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10143856

Annatatsiya. Mazkur maqolada Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasini xalqaro indekslardagi o'rnini yanada yuqori po'gonolarga yuksaltirish muammolarining nazariy amaliy konsepsion yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqolada bugungi kunda Respublikamizda Korrupsiyaga oid qanday choralar ko'rilayotgani va amaliyotga tadbiq etilayotgani vayana qanday chora tadbirlarni amalga oshirsak korrupsiyani qabul qilish indeksi bo'yicha Jahon indekslari oldidagi natijalarimizni yanada yuqori pog'onalarga ko'tarishimiz mumkinligining amaliy va nazariy yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.

Kalit so'zlar. Korrupsiya,Shavkat Mirziyoyev,Oliy Majlis,Investitsiya, konvensiya,indeks, Transparency International, Ombudsman, oliy ta'lim, Media erkinligini, obyektivlik, subyektivlik.

Abstract. This article aims to develop theoretical and practical conceptual solutions to the problems of raising the position of the Republic of Uzbekistan in international indexes to higher levels. In this article, what measures are being taken and put into practice regarding corruption in our Republic today, and what other measures can be taken to improve our results in front of the world indices on the corruption acceptance index, to develop practical and theoretical solutions and consists of putting it into practice.

Keywords. Corruption, Shavkat Mirziyoyev, Supreme Council, Investment, convention, index, Transparency International, Ombudsman, higher education, media freedom, objectivity, subjectivity.

Korrupsiya — shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; Bugung kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so'nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Ta'kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta'kidlaganidek, "Jamiyatimizda korrupsiya illati o'zining turli ko'rinishlari bilan taraqqiyotimizga g'ov bo'lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog'i rivojlanmaydi" deb takidlagan edi. Haqiqatdan ham korrupsiya taraqqiyot kushandasidir uning ildizi chek-chegara bilmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o'z ifodasini topgan bo'lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

• 1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining "Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida" gi Konvensiyasi;

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

• 1999 yil 4 noyabrdagi "Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to'g'risida" gi Konvensiyalari va boshqalar.

• 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi; shular jumlasidandir

• 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli "O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomiUashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1.Qonuniylik;

2.Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

3.Ochiqlik va shaffoflik;

4.Tizimlilik;

5.Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

6.Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

7.Javobgarlikning muqarrarligi.

Malumot o'rnida shuni takidlab o'tish joizki O'zbekistonning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha jahon indekslardagi o'rni Transparency Internationalxalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili e'lon qilib boriladigan "Korrupsiyani qabul qilish indeksi" da O'zbekiston 180 ta davlat orasida 2017 yilda 157-o'rin, 2018 yilda esa 158-o'rinni egallagan bo'lsa, 2019 yilda 25 ball bilan 153-o'rinni egallab, 5 pog'onaga ko'tarildi.Bu pog'onani yanada ko'tarishimiz uchun Davlat organlari, qonun chiqaruvchi hokimyat vazirliklar va davlat idoralari tomonidan yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak.

Birinchidan; Qonunlarni kuchaytirish: Korrupsiyani oldini olish uchun, qonunlarda korrupsiya bilan kurashish va uni jarima qilish uchun qat'iy tartibotlar va ta'limotlar bo'lishi kerak. Bu tartibotlar va ta'limotlar, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslarini belgilayadi va korrupsiya jinoyatchilarini javobgarlikka tortishga imkon beradi.Qonun ustuvorligi barcha davlat hokimyati organlari faoliyatida konistitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib,ularning ularning hokimyat chiqaradigan boshqa hamma me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalardan ustun turishidir.Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir.Bu tamoyil O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi va qonunlari so'ssiz tan olinadi. Davlat va uning organlari mansabdor shaxslar,jamoat birlashmalari,fuqorolar Konistitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.Qonun ustuvorligi tamoyili Birinchidan; jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunlarning qatiy hykmronligini bildirib yuqorida takidlanganidek barcha davlat organlari,mansabdor shaxslar va fuqorolarning konistitutsiya va qonunlarga so'zsiz itoat etishida.Ikkinchidan;Ijtimoiy munosabatlarning jamiyat,fuqoro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib,mamlakat miqyosida barqarorlik,batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o'rnatilganida.Uchunchidan; huquq

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

buzilishi hollarini oldini olish shuningdek,huquqiy munasabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishda namoyon bo'ladi.

Ikkinchidan;Transparensiyani oshirish O'zbekiston hukumati transparensiyani oshirishga va ovoz berish huquqini kuchaytirishga ahamiyat beradi. Hukumat institutlari va tashkilotlari, faoliyatlarini ommaviy hisob-kitoblarga asoslangan tarzda olib borishi, ma'lumotlarni ochiqlik asosida taqdim etishi va insonlarning shikoyatlari va takliflari uchun mehanizmlarni rivojlantirishi kerak.

Uchinchidan; Ombudsman institutini rivojlantirish: Ombudsman, xalqning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi o'ziga xos organ hisoblanadi. Ombudsman instituti, korrupsiya bilan kurashishda o'z maqsadlarini amalga oshirish, insonlarning shikoyatlari va takliflari bilan shug'ullanish va huquqiy himoya ta'minlash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida 2020 yil 4 fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha idoraviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo'lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan bugungi kunda:

- Ombudsmanning "10-96" ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda;

- fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo'yicha hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to'g'risidagi murojaatlari tahlil qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig'ilishlarida muhokama qilinadi.

- Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo'l-yo'riqlarni tushuntirish, xizmat vazifasiga qo'yiladigan asosiy majburiyatlar, ta'qiqlar, cheklovlar, talablar va idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3chi ish kunidan kechiktirmay tushuntiriladi.

To'rtinchidan. Ta'lim tizimini rivojlantirish: Korrupsiyani oldini olish uchun ta'lim tizimini rivojlantirish kerak. Bu, korrupsiya va etik qoidalariga oid ta'lim darslarini o'qitish, o'quvchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatini tushuntirish va ularni qonunlarga rioya qilishga o'rgatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ta'lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning asosiy dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda. Korrupsiya illati va va uning oqibatlaridan aholi ayniqsa professor-o'qituvchilar, talabalarning keng qatlamlarini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ'ibot materiallari,maruza matnlari.turli xil taqdimotlar va infografik mavzular keng targ'ib qilinishi kerak. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini nazorat qilish, Korrupsiya odatlari ta'lim jarayonlarida yoki sinovlarda paydo bo'lishi mumkin. Bu sabablar, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini nazorat qilish, sinovlar va baholash tizimini isloh qilish kerakligini anglatadi. Bu adolatsiz amallarni aniqlash va ularga qarshi kurashishga imkon beradi. Oliy ta'limda korrupsiyani yo'qotishning o'qituvchilar, talabalar , xodimlar va jamoatchilikning umumiy qatnashishi bilan amalga oshirilishi kerak. Bu korrupsiyaga qarshi samarali kurashish va oliy ta'lim sohasidagi intizomni yuksaltirishga yordam beradi.

Beshinchidan. Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish: Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorliklar muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston hukumati, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishi, tajribani almashish va yaxshiliklarni amalga oshirish imkonini yaratishi kerak. Bundan tashqari, Jahon odil sudlov loyihasiningHuquq ustuvorligi indeksidagi "Korrupsiyadan holilik" indikatorida O'zbekiston 2019 yilda 0,38 ball bilan 95-o'rinni egallagan bo'lsa, 2020 yil bo'yicha 128 davlat orasida 0,40

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ball bilan 89-o'rinni egallab, 6 pog'onaga ko'tarilganligi malakatimizda korrupsiyaga qarshi tizimli olib borilayotgan islohotlarning samarasidir. Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'plab davlatlarda, xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSHkabi rivojlangan mamlakatlarda "Davlat xizmati to'g'risida" gi, "Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati to'g'risida" gi Qonunlar hamda davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, shuningdek sudyalarning xatti-harakat me'yorlarini tartibga soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.E'tiborli jihat shundaki, mazkur normalar bilan davlat xizmatchilarining olishi mumkin bo'lgan sovg'a yoki hadyalarning aniq miqdori ham belgilab qo'yilgan. Masalan, AQSH da ushbu miqdor 20 AQSH dollarini, Fransiyada 35 yevro, Buyuk Britaniyada 140 funt, Rossiyada 3000 rubl etib belgilangan, Kanadada esa mansabdor shaxslarning pul ko'rinishidagi sovg'alar qabul qilishi qat'iyan taqiqlanadi, Singapurda davlat boshqaruvid a faoliyat ko'rsatuvchi mansabdor shaxslarning gonorar, zaym, qimmatli qog'ozlar kabi to'lovlarni olishi ta'qiqlangan

Oltinchidan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda transmilliy korporatsiyalar bilan hamkorlik qilish: O'zbekiston hukumati, transmilliy korporatsiyalar bilan hamkorlik qilish va ularning etik standartlarga rioya qilishini ta'minlash uchun kerakli tartibotlarni o'rnatishga intiladi.

Yettinchidan. Mediaplatformalarni oshirish; O'zbekiston hukumati media erkinligini oshirish va o'zini korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim bir vosita sifatida ta'minlash kerak. Ovoz berish huquqining himoyasi, media institutlarining o'z faoliyatlarini bajarishda ozodlik va ochiqlikka ega bo'lishi kerak.

O'zbekistonda media erkinligini oshirish uchun quyidagi usullar va maslahatlar mavjud:

1. Qonunlar va huquqiy muhofaza tizimini isloh qilish: Media erkinligini oshirish uchun, qonunlar va huquqiy muhofaza tizimini isloh qilish zarur. Bu, media xodimlarining erkinliklari va huquqlarini himoya qilishga imkon beradi.

2. Transparensiya va hisob-kitoblarni yaxshilash: Media muassasalarida hisob-kitob va moliyaviy jarayonlarni ochiq va transparent ko'rsatish kerak. Bu, moliyaviy resurslarning ishlatishini, xarajatlarni va daromadlarni nazorat qilishni osonlashtiradi.

3. O'zgarmaslik va obyektivlik: Media muassasalarida o'zgarmaslik va obyektivlik prinsipiga amal qilish kerak. Bu, yangiliklarni to'g'ri va to'liq tarzda taqdim etish, ma'lumotlarni manipulyatsiyadan o'tkazish va to'g'ri fkrlarni ifoda qilishga imkon beradi.

4. Gazetachilar va jurnalistlarning ta'limi: Media erkinligini oshirish uchun, gazetachilar va jurnalistlar ta'limi juda muhimdir. Gazetachilar va jurnalistlar ta'limi, obyektivlik, etik qoidalar, ma'lumotlarni to'g'ri taqdim etish va adolatsizliklarni oldini olishga yordam beradi.

5. O'zgarmaslik va obyektivlikni nazorat qilish: Media erkinligini oshirish uchun, o'zgarmaslik va obyektivlikni nazorat qilish zarur. Bu, yangiliklar va ma'lumotlarni to'g'ri va to'liq tarzda taqdim etishga yordam beradi.

6. Jamoatchilikning media bilan hamkorlik qilishi: Media erkinligini oshirishda jamoatchilikning katta roli mavjud. Jamoatchilikning media bilan hamkorlik qilishi, adolatsizliklarni bildirish va ularga qarshi kurashish imkonini beradi.

7. O'zbekistonning media erkinligini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik: O'zbekistonning media erkinligini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarur. Bu tashkilotlar media erkinligini himoya qilish, gazetachilar va jurnalistlarning huquqlarini himoya qilish va adolatsizliklarni oldini olishda yordam beradi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Media erkinligini oshirishning o'zgarmaslik, obyektivlik, ta'lim va jamoatchilikning qatnashishini talab qiluvchi amalga oshirish kerak. Bu, media erkinligini himoya qilish va obyektivlikni oshirishga yordam beradi. Bu amallar korrupsiyani oldini olishda muhim rol o'ynayadi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarni mustahkamlash uchun hukumat, tashkilotlar va jamiyat hamkorlik qilishi, insonlarning korrupsiyaga qarshi bo'lishi va uning bilan kurashishga imkon berish uchun hamkorlik qilishi zarur.

Korrupsiya bilan kurashish uchun ilk qadamlarni amalga oshirishning asosiy bo'lgan sabablari quyidagilardan iboratdir.

1. Korrupsiya odamlarni jinoyat botqog'iga tortib ketadi va insonlarning hayotini og'ir Ahvolga solib qo'yadi, jamiyatda ilmsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa insonlarning qonuniy huquqlariga to'la anglay olmaslikka, adolatsizlikning kuchayishiga,va barqaror rivojlanishga to'siq bo'ladi.

2. Korrupsiya iqtisodiy rivojlanishni to'xtatadi va ishlab chiqarish, investitsiyalar va innovatsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratmaydi. Bu esa mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga to'g'ri kelmaydi va insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilamaydi.

3. Korrupsiya xalqaro hamkorlikni buzib ketadi va mamlakatlarning o'zaro aloqalarini zarar bera oladi. Bu esa diplomatiya, savdo-sotiq va sanoat sohasida hamkorlikni to'xtatadi va mamlakatlarning o'zaro ishonchini kamaytiradi.

4. Korrupsiya insonlarning ishonchini buzib ketadi va insonlarning davlat organlariga ishonchini yo'qotadi. Bu esa insonlar orasidagi ishonchsizlik jarayonlarni nisbiylashtirib, adolatsizlik va nisbiyatni oshiradi.

5. Korrupsiya insonlarning imkoniyatlarini cheklab qo'yadi va adolatsizlikni oshiradi. Bu esa insonlarning rivojlanish, o'zini o'zlashtirish va maqsadlarga erishish imkoniyatlarini cheklab qo'yadi.

Ushbu sabablarga asoslangan holda korrupsiyani oldini olish uchun uning ildiziga zarba berish juda muhimdir. Bu esa adolatsizlikni kamaytirish, egalik va barqarorlikni oshirish, insonlarning huquqlarini himoya qilish va rivojlanishni ta'minlashga xizmat qiladi. Bu esa hamma uchun yaxshi bo'lgan, rivojlanayotgan va barqaror jamiyat yaratishga olib keladi.

REFERENCES

1. Toshkent Davlat yuridik Universiteti / elektron kutubxonasi . Shamayeva D.2022 yil

2. Toshkent Davlat Yuridik universetiti / Xayitov, Xushvaqd.Korrupsiyaning oldini olishda tasirchan parlament va jamoatchiliknazoratiga oid/X.Xayitova// Fukarolik jamiyati. - 2020-y.

3. Yusupov, Sardor.Korrupsiyaga karshi kurashishda kadrlar tayyolash masalalarigaoid/S.Yusupov// Fuqarolik jamiyati. 2020-y.

4. Анварова, Дилдора.Коррупциявий хавф - хатар уни аникдаш ва бах,олашнинг киёсий -хукукий тахдили /Д.Анварова// Huquq va burch. - 2020 й

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.