Научная статья на тему 'DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MUAMMOLAR'

DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
240
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / korrupsiyaga qarshi kurashish / davlat xizmatlarida korrupsiya / xalqaro standartlar / korrupsiyaga qarshi kurash agentligi.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

Maqolada muallif O'zbekiston uchun dolzarb bo'lgan davlat xizmatidagi korrupsiyaga qarshi kurash muammosiga alohida to'xtalib o'tgan. Davlat organlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari izchil tahlil qilingan. Zamonaviy O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini yuritish bo'yicha maqbul chora-tadbirlar asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MUAMMOLAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

DAVLAT XIZMATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI MUAMMOLAR

Moxichexra Yunusalievna Yuldasheva

^aBnar cohhk KyMHTacn xy3ypHgarH "ConHK-cepBHc" gaBnar yHHTap KopxoHacn

Kagpnap 6ynHMH 60m MyTaxaccncH [email protected]

Maqolada muallif O'zbekiston uchun dolzarb bo'lgan davlat xizmatidagi korrupsiyaga qarshi kurash muammosiga alohida to'xtalib o'tgan. Davlat organlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ushbu sohada vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari izchil tahlil qilingan. Zamonaviy O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini yuritish bo'yicha maqbul chora-tadbirlar asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatlarida korrupsiya, xalqaro standartlar, korrupsiyaga qarshi kurash agentligi.

Hozirgi kunda O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega sohalardan bin bo'lib hisoblanadi. Iqtisodiyot, huquqni muhofaza qilish va davlat faoliyatining boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki bosqichida yo'l qo'yilgan jiddiy noto'g'ri hisob-kitoblar, qonunchilik bazasining mukammal emasligi, samarali boshqaruv siyosatining yo'qligi korrupsiyaning kuchayishiga sabab bo'lgan asosiy omillar bo'ldi.

Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Prezidenti etib saylangan vaqtdan boshlab, korrupsiyaga qarshi kurashish va bu salbiy illatga qarshi kurashishni o'zining dasturiy vazifasini deb e'lon qildi. Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o'rtasida o'zaro yaqin hamkorlik o'rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifi bildirildi.1 Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to'siqlardan biri bo'lib, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o'rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi. O'zbekiston ham bu muammodan xalos bo'lmagan. Dunyodagi korrupsiya darajasini o'rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O'zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali bu illat butunlay barham topmagan. O'zbekiston aholisning fikricha, sog'liqni saqlash, ta'lim,

1 Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashning yangi tuzilmalarini tashkil qilish bo'yicha yig'ilishi 11.02.2020.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo'li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e'tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta'minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

2019 yilda O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etishning samarali tizimini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. U "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmonni imzoladi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ishlab chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy rejasi ko'proq umumiy chora-tadbirlar tizimi bo'lib, qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan yanada to'ldirilib, aniqlashtiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy rejasi, birinchi navbatda, mulkiy nazorat qilinadigan shaxslar doirasini kengaytiradi.

Davlat xizmatiga nomzodlarni tanlash - rejaga muvofiq - endi ancha qattiqlashdi. Xodimlarning malakasi va ularning ma'naviy fazilatlariga qo'yiladigan talablar oshdi. O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi alohida agentlik tuzilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy rejasini amalga oshirish doirasida so'ngi yillar davomida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" 10 dan ortiq qaror, farmon, qonunlar qabul qilindi, unda "korrupsiya", "korrupsiyaga qarshi kurashish" tushunchalarini belgilaydi, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar oqibatlarini minimallashtirish va (yoki) bartaraf etishning huquqiy va tashkiliy asoslarining asosiy tamoyillarni belgilaydi.

"O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risi"dagi O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarorida quyidagilarga alohida e'tibor qartilgan va korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish, bu jarayonga jamoatchilikni jalb qilish hamda korrupsiyaning oldini olish bo'yicha idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlikni ta'minlashga oid materiallarni tayyorlash uchun buyurtmalar berish; nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta'minlashga qaratilgan loyihalarini

2 "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son https://lex.uz/uz/search/all?act type=3&searchtitle=korrupsiya&fform id=3973

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

hamda bu borada o'tkaziladigan tadqiqotlarini va ijtimoiy so'rovlarini moliyalashtirish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish.

2. Agentlikda Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etish orqali faoliyati samaradorligini oshirish belgilandi.

Kelgusida quyidagilar rejalashtirilgan: O'zbekiston Respublikasida davlat lavozimlarini va davlat xizmatining ayrim lavozimlarini egallab turgan shaxslarning xarajatlari ustidan nazoratni joriy etish, agar ushbu shaxslarning xarajatlari ularning daromadlariga aniq mos kelmasa, ular hisobga olinadi. Daromadlari deklaratsiya qilinishi kerak bo'lgan shaxslar ro'yxatini kengaytirish masalasi va hokazolar.

Ayni paytda, bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boshqa huquqiy choralarni ham ko'rishni taqozo etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro standartlar va normalarni keng joriy qilish hamda Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi Evropa Kengashi Konventsiyasini (ETS No 173) ratifikatsiya qilish, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish kabilarni nazarda tutadi.

Ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, korrupsiya barcha davlat va jamoat mexanizmlarining normal faoliyatiga jiddiy to'sqinlik qilmoqda. Albatta, korrupsiya hamma mamlakatlarda hamisha mavjud bo'lgan. Biz uning ustidan to'liq g'alaba haqida gapirmayapmiz. Ammo u imkon qadar ko'proq huquqiy to'siqlarni yaratishi kerak, shunda u ijtimoiy va davlat tizimining ustun elementi bo'lishni to'xtatadi. Korrupsiyaga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy mexanizmlaridan biri O'zbekistonda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligini joriy etish bo'lishi kerak.

Shubhasiz, O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirishdagi asosiy to'siqlardan biri qonunchilik bazasining to'liq shakillanmaganligidir. Biroq, bu yagona muammo emas. Bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini amalga oshirishdagi eng muhim strategik vazifa - bu jamoatchilik ongini tubdan o'zgartirish, O'zbekiston jamiyatida korrupsiyani qat'iy va faol rad etish muhitini yaratish konseptual vazifadir.

Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, tarixiy amaliyot, shuningdek, xalqaro va O'zbekiston tajribasi tahlili shuni ko'rsatadiki, puxta o'ylangan va muvozanatli huquqiy siyosat tufayli korrupsiya davlat va jamiyat nazorati ostiga olinishi va sezilarli darajada cheklanishi mumkin.

Birinchidan, davlat xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi barcha darajadagi mansabdor shaxslarning subyektiv ixtiyoriylik imkoniyatlarini ruxsat etilgan maksimal darajada cheklagan holda qat'iy huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Ikkinchidan, davlatning uzoqni ko'zlab, korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha keng

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ko'lamli siyosati profilaktika salohiyatiga ega bo'lgan keng ko'lamli huquqiy normalarga ega bo'lgan ko'p tarmoqli korrupsiyaga qarshi qonunchilikka asoslanishi kerak. Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali huquqiy mexanizmini ishlab chiqishda muammoning mohiyatini faqat poraxo'rlik bilan bog'lab qo'ymasdan, bu hodisani keng talqin qilish va tushunishdan kelib chiqish zarur. To'rtinchidan, huquqiy targ'ibot va tashviqot, fuqarolik jamiyati institutlari, radio, televideniye va internetni korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmiga kiritmasdan turib, korrupsiyaga, barcha sohalardagi korrupsioner mansabdor shaxslarga nisbatan rad javobi va murosasizlik muhitini yaratish mumkin emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 11.02.2020.

2. Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son

3. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.01.2017 yildagi O'RQ-419-son

4. "O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.12.2021 yildagi PQ-34-son

5. Lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.