Научная статья на тему 'KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM'

KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2910
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korreksiya / anomal / inklyuziv / defektalogiya / lagapediya / tiflopedagogika / surdopedagogika / oligafrenalogiya. / correction / anomalous / inclusive / defectology / lagapedia / dyspedagogy / deaf pedagogy / oligophrenology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ollaberganova M.M.

Ushbu maqaloda korreksion pedagogikaning fan sifatida shakillanishi hamda inklyuziv ta’lim haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Anomal bolalarga ta’lim tarbiya berishda qanday shart-sharoitlar zarur va inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘ligida nuqsoni bor bolalarning ruhiy holatini ijobiylashtirish va ularning rivojlanishiga yordam berish chora-tadbirlari haqida ma’limotlar mavjud. Korreksion pedagogikaning rivojlanib borishi, anomal bolalarning ta’lim olish jarayonlari qanday tashkil etilayotganligi va har bir sog‘ligida nuqsoni bor bolalar bilan shug‘ullanuvchi mutahassislar hamda inkyuziv ta’lim jarayoning muhim ahamiyatli belgilari yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNDAMENTALS OF CORRECTIONAL PEDAGOGY. INCLUSIVE EDUCATION

This article provides general information about the formation of correctional pedagogy as a science and inclusive education. There is information about what conditions are necessary for the education of abnormal children and measures to improve the mental state of children with health defects and help their development in the process of inclusive education. The development of correctional pedagogy, how educational processes of anomalous children are organized, specialists dealing with children with each health defect, and important signs of the inclusive education process are highlighted.

Текст научной работы на тему «KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM»

Ollaberganova M.M.

UrDPI Pedagogika fakulteti Pedagogika yo'nalishi talabasi

KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA'LIM

Sarlavha: Korreksion pedagogika fani sog'ligida nuqsoni bor bolalarning ta'lim olish jarayonini o'z ichiga qamrab oluvchi fan hisoblanadi. Inklyuziv ta'lim esa sog'lom va sog'ligida nuqsoni bor bolalarning birgalikda o'qitilishidir.

Annatatsiya. Ushbu maqaloda korreksion pedagogikaning fan sifatida shakillanishi hamda inklyuziv ta'lim haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Anomal bolalarga ta'lim tarbiya berishda qanday shart-sharoitlar zarur va inklyuziv ta'lim jarayonida sog'ligida nuqsoni bor bolalarning ruhiy holatini ijobiylashtirish va ularning rivojlanishiga yordam berish chora-tadbirlari haqida ma'limotlar mavjud. Korreksion pedagogikaning rivojlanib borishi, anomal bolalarning ta'lim olish jarayonlari qanday tashkil etilayotganligi va har bir sog'ligida nuqsoni bor bolalar bilan shug'ullanuvchi mutahassislar hamda inkyuziv ta'lim jarayoning muhim ahamiyatli belgilariyoritilib berilgan.

Kalit so'zlar: korreksiya, anomal, inklyuziv, defektalogiya, lagapediya, tiflopedagogika, surdopedagogika, oligafrenalogiya.

Ollaberganova M.M.

student Pedagogy department Faculty of Pedagogy UrDPI

FUNDAMENTALS OF CORRECTIONAL PEDAGOGY. INCLUSIVE

EDUCATION

Abstract. This article provides general information about the formation of correctional pedagogy as a science and inclusive education. There is information about what conditions are necessary for the education of abnormal children and measures to improve the mental state of children with health defects and help their development in the process of inclusive education. The development of correctional pedagogy, how educational processes of anomalous children are organized, specialists dealing with children with each health defect, and important signs of the inclusive education process are highlighted.

Key words: correction, anomalous, inclusive, defectology, lagapedia, dyspedagogy, deaf pedagogy, oligophrenology.

Kirish: "Korreksiya" tushunchasi (yunoncha "correction"-tuzatish) korreksion pedagogika pedagogik uslub va tadbirlar yordamida anomal

bolalarga ta'lim berish va ularning kamchiliklarini tuzatish, aqliy rivojlantirish vazifalarini o'z ichiga oladi. Anomol bola qanday bo'ladi? Anomol so'zining manosi? Ruhiy va jismoniy kamchiliklari mavjud bo'lgan bolalar anomal bolalar deb yuritiladi. Anomal so'zi yunoncha anomalos so'zidan olingan bo'lib odatdan tashqari, noraso degan ma'nolarni bildiradi. Karreksion pedagogikaning asosiy maqsadi anomal bolalarning ta'lim olishiga zarur shart-sharoitlarni o'rganib chiqish va ularning kamchiliklarini iloji boricha tuzatish, bartaraf etish yoki sezilmaydigan holga keltirish usullarini tarbiyachilarga va o'qituvchilarga yoritib berishdan iborat. Korreksion pedagogikaning vazifasi anomaliyaning kelib chiqish sabablarini, turlarini, anomal bolalarning psixofiziolagik rivojlanishdagi xususiyatlarini o'rganib chiqqan holda integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta'limni tashkil qilish va ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish hisoblanadi. Korreksion pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi. Korreksion pedagogika boshqa fanlarga nisbatan yangi fan sanaladi. Bu fan asosan 19-asrning o'rtalarida rivojlana boshladi. Bu fanning rivojlanishida buyuk psixolog professor L.S.Vigotskiyning hizmatlari katta hisoblanadi. 1925-yil Maskva shahrida Eksperimental defektalogiya instituti tashkil etildi. Bu institutni L.S.Vigotskiy boshqargan. L.S.Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi hususiyatlarni o'rganib chiqqan va nuqsonlarning murakkab tuzilishi haqida ham ta'limot ishlab chiqqan. U "Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari" kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta'lim olib borish kerakligini, korreksiya va kompensatsiya usullarini o'rganib chiqdi va bularni amalga oshirishning usullarini yoritib berdi. L.S.Vigotskiy anomal bolalarning "salbiy","ijobiy" tomonlarini o'rganib chiqib ta'lim tarbiyani bolaning patensial qobiliyatini inobatga olgan holda tashkil qilish zarurligini uqtirdi. U defektalogiya sohasida kata nazariy meros qoldirgan va shu bilan birga defektalogiya fanining asoschisi hisoblanadi. O'zbekistonda korreksion pedagogikaning rivojlanishi 1967-yildan boshlab keskin o'sib bordi. Sabab shu yili NIzomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va Psixalogiya fakultetining qoshida oligafrenopedagogika bo'limi yaratildi. Bu bo'limga 1976-yil surdopedagogika bo'limi ham qo'shiladi. Mustaqil defektalogiya bo'limida 1984-yildan boshlab bir nicha bo'limlarda ta'lim berila boshlanadi.

Korreksion pedagogikaning asosiy sohalari: Surdopedagogika (lotincha surdus- kar gung so'zidan olingan) - eshitishida nuqsoni bor bolalarning ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan; Tiflopedagogika (yunoncha tiflos - so'qir, ko'r so'zidan olingan) - ko'zi ojiz bolalarning ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan; Oligafrenalogiya (yunoncha oligos -kam, fren-aql)so'zidan olingan, aqliy tomondan zaif bolalarning ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan;Logopediya (yunoncha logos _so'z, padeo- tarbiya so'zlaridan olingan)- og'ir nutq nuqsonlarini o'rganish, oldini olish, bartaraf etish yo'llarini o'rganuvchi fan.Surdopedagogika. Eshitish nuqsonlarining kelib chiqishi tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin. Kar soqov bolalarning 25-30

foizida eshitish nuqsoni tug'ma hisoblanadi. Bu holat onaning homiladorligi davrida turli xil kasalliklar bilan kasallanishi va genetik faktorlar bilan bog'liq bo'ladi. Eshitishdagi orttitlagn nuqsonlar baxtsiz hodislar tufayli kelib chiqishi ham mumkin. Bolaning ilk yoshida meninggit, otit, poratit(tepki), qizamiq, qizilcha, meningoensefalit, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba'zi hollarda kar soqovlik yoki turli darajada zaif eshtishga olib kelishu mumkin. Kar-soqov bolalar ta'lim olishlari uchun ulaga maxsus alifbolar yaratilgan va bunday nuqsoni bor bolalar bilan surdopedagoglar shug'ullanadilar. Tiflopedagogika. 1784-yil Parijda ko'rlar uchun maxsus muassasa ochilgan. Ko'rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirma bo'ladi. Tug'ma sabablar orasida irsiy kasalliklar kata ahamiyatga ega. Orttirilgan turi esa tasodifan yuzaga kelgan kasalliklar yoki halokatlar natijasi bo'lishi mumkin. Ko'zi ojizlar uchun ham alohida alifbo yaratilgan bo'lib ularga maxsus bilimga ega bo'lgan tiflopedagoglar ta'lim beradilar. Lagapediya. Lagpediya korreksion pedagogika(defektalogiya)ning muhim sohalaridan biri sanalib bolaning so'zlashidagi nuqsonlarni iloji boricha bartaraf etish va oldini olish bilan shug'illanadi. Nutqiy buzilishning kelib chiquvchi sabablari orasida ekzagen(tashqi) va endagen(ichki) omillar asosiy ro'l o'ynaydi. Bunday nuqsoni bor bolalar ematsional barqaror emaslar, kayfiyati tez o'zgaradi, sejahl, agressiv va ko'p bezovta bo'ladilar. Nutqdagi nuqsonlarni lagapedlar maxsus massajlar bilan bartaraf qilishadi.Oligofrenologiya. Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkilotlarining ma'limotlariga ko'ra butun aholining 3foizini aqli zaiflar tashkil qiladi. Bu foiz son jihotdan 10.000 dan ortiq kishini o'z ichiga qamrab oladi. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ichida ham eng ko'p foizini aqli zaiflar tashkil qiladi. Chunki aqli zaiflikni keltrib chiqaruvchi sabablar juda ko'p. Aqliy zaiflikni belgilashda klinik, psixalagik va pedagogik mezonlarga bo'linadi. Oligafreniya 3darjada namoyon bo'ladi: debil, imbetsil, idiotiya. Debillik- aql pastlik oligafreniyaning eng yengil darajasi bo'lib, bunday bolalarni tashqi ko'rinishidan nuqsoni borligini bilib bo'lmaydi. Imbetsil va idiotiya bolalar ta'lim olish qurbiga ega bo'lmaydilar. Ular ijtimoiy ta'minot vazirligi qoshidagi bolalar internatlarida tarbiyalanadilar. Idion bolalar hattoki o'zining ota-onalarini ham taniy olmaydilar. Ular o'z- o'ziga hizmat qila olmaydilar, o'zgalar yordamiga muhtoj bo'ladilar. Imbetsil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo'lsa ham mustaqil hayot kechira olmaydilar. Ijtimoiy taminot vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari o'rgatiladi.

"Inklyuziv ta'lim" atamasi ingilizcha "inclusive" so'zidan olingan bo'lib uyg'unlashtirmoq, qamrab olish degan ma'nolarni bildiradi. Inklyuziv ta'lim sog'ligida nuqsoni bor bolalar bilan sog'lom bolalarni birgalikda o'qitishga asoslangan ta'lim sanaladi. Inklyuziv ta'lim nuqsoni bor bolalarning o'z tengdoshlaridan va jamiyatdan ajralib qolishini oldini oladi. Ularga sog'lom bolalar bilan birgalikda ta'lim berishning asosiy ijobiy tomoni bolaning ruhiy holati cho'kib qolishining oldi olinadi ya'ni cheklangan holda yakka o'ziga

ta'lim berilmasdan o'z teng qurlari bilan ta'lim olishi taminlanadi va bolaning hayolidagi menning sog'ligimda nuqsonim bor, men ular kabi sog'lom emasman, ular kabi ta'lim olib bilmayman degan fikirlarini bartaraf qiladi. Bola o'zining tengdoshlari orasida bo'lishi unga ko'p imkoniyatlar yaratadi. Masalan fikrlar almasha oladi, tengdoshlarining fikrlarini eshitadi va o'zining fikrini bayon qila olib boshlaydi, o'zining bilim darajasini tengdoshlariniki bilan solishtirib ko'radi va raqobat asosida bilim oladi ya'ni bolalar bilim jihatdan bir biridan ustun bo'lishni istashadi va bellashuv asosida ilm olishadi, rivojlanib borishadi. Ruhiy va jismoniy sog'ligida nuqsoni bor bolalar sog'lom bolalar tomonidan chetlatiladi va bu holatni o'qituvchi bartaraf qilishi zarur. Agar o'qituvchi e'tibor bermasa bu holat anomal bolaning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bolaning o'qishga bo'lgan qiziqishi keskin pasayadi va tengdoshlari davrasida bo'lishni istamay boshlaydi, davradan uzulib qoladi va keyinchalik boshqa davralardan ham o'zini olib qocha boshlaydi, insonlar orasida o'zing fikrini bayon qilishdan qorqib qoladi. Inklyuziv ta'limning muhim vazifasi ham aynan sog'ligida nuqsoni bor bolalarning jamiyatdan uzilib qolishini oldini olishdir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Defektalogiya- bu pedagogik fan. Defektulog o'qituvchi faqat nazariy bilimlarni egallagan bo'libgina qolmas amaliy malaka va ko'nikmalarni ham egallagan bo'lishi zarur. Defektologning vazifasi pedagogik, psixalagik, defoktologik bilimlar asosida o 'quvchilarga ilmiy bilim berish, malaka va ko'nikma bilan qurollantira bilish, tarbiyaviy ishlarni individual, guruhiy va keng ko'lamli mashg'ulotlarni rejalashtira bilish, o'quvchilarning jamoa, individual faoliyatlarini tashkil eta bilish, ularning jamoat ishlarini tashkil eta bilish, pedagogik rahbarlik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qila bilish va ularga rahbarlik qilish, ota-onalar va jamoatchilik o'rtasidagi ishlarni tashkil qilish, sport kuzatishlar, amaliy ishlar va boshqa tarbiyaviy ishlarni olib borishdan iboratdir. Har bir ota-ona o'z farzandini har tamonlama yetuk, bilimli va jamiyat rivojiga hissa qo'shadigan yoshlar qatorida bo'lishini istashadi. Sog'ligida nuqsoni bor bolalar bunday talablarga javob bera olmaydi degan fikr yo'q va bunday fikrning oldini olish uchun anomal bolalarga ta'lim-tarbiya beruvchi maxsus bilimlarga ega pedagoglar yetishtirilmoqda. Sog'ligida nuqsoni bo'la turib yaxshi ta'lim-tarbiya olgan va yaxshigina yutuqlarga erishgan yoshlarimiz ham bor albatta. Bularning barchasi yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarning mahsuli hisoblanadi. Afsuski, dunyoning ko'lab mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan mahrum etilganlar, ya'ni ular sog'-salomat hamma qatori to'laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli imkoniyatlar yaratilmagan. Butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni, "O'zbekistonda qadrlar tayyorlash milliy dasturi" kabi va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bor bolalar ham mehnat qilish, ta'lim olish, hayotda

o'z o'mini topib ketish huquqlariga egadirlar. Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning 19-moddasiga ko'ra, "Bola ota-ona tomonidan va har qanday shaxs tomonidan haqoratlanishi, qo'pol muomalada bo'lishdan himoyalanishi huquqiga ega ekanligini inobatga olib, ayrim mamlakatlarda ilgarilari ishlatiladigan atamalardan- "defektalogiya", ""anomal bolalar", "aqlan zaif" kabi va boshqalardan voz kechmoqdalar. 19-asrning 20-yillaridan beri defektalogiya fani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan sifatida o'rganilib kelmoqda. Hozirgi kunda bu fan "Korreksion pedagogika" deb ham yuritiladi.[5]

Tadqiqot metodologiyasi: Inklyuziv va korreksion ta'limda qo'llanuvchi interfaol usullar mavjud. Mavzuning qay darajada o'zlashtirilishi dars jarayonida qo'llanuvchi metodlarga bog'liq bo'ladi. Dars qay darajada qiziqarli metodlar orqali tashkil qilinsa o'quvchilarda fanga va o'qituvchiga nisbatan mehr va hurmat paydo bo'ladi. Bu esa fanning o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi. Interfaol metodlar bu o'rinda juda muhim. Interfaol ("Inter" - bu o'zaro, "Act" -Harakat qilmoq) O'zaro harakat qilish (yoki kim bilandir suhbatda, muloqotda bo'lish)ni anglatadi. Interfaol ta'limning mohiyati o'quvchilarning bir-birlaridan o'rganishlariga yo'naltirilgan ta'lim ekanligi. Interfaol ta'lim, interfaol usullar muloqotga asoslangan usullar tizimi bo'lib, o'quvchilarning hamkorlikdagi va faol ishtirokidagi ta'lim va usullar tizimi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilinmoqda. O'qishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilarning faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasini o'sishiga olib keladi. O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi. Dars metadalogiyasi deganda ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.

Tahlil va natijalar: Korreksion va inklyuziv ta'limning o'rni juda muhim hisoblanadi. Anomal bolalarning ta'lim va tarbiya olishi maxsus bilimga ega bo'lgan defektolog o'qituvchilarga topshirilgan va ushbu yo'nalishdagi o'qituvchi kadrlarni yetishtirishga ham kata e'tibor qaratilgan va imkoniyatlar yaratilgan. Jamiyatda har kim o'z o'rniga ega bo'lishi zarur. Inklyuziv hamda korreksion pedagogika ham shu fikrni oqlagan holda sog'ligida nuqsoni bor bolalarning jamiyatda o'z o'rnilarini topishga kata yordam beruvchi ta'lim shakllari sanaladi. Ruhiy yoki jismoniy sog'ligida nuqsoni bor bolalar bilan shug'ullanuvchi o'qitivchilar ularga ta'lim-tarbiya berish jarayonida iloji

boricha nuqsonlarni yo'q qilish yokida bilinmaydigan holga keltirish, ruhiy holatini yaxshilash va kelajakda yaxshi hayot kechirishlariga umid uyg'otish hamda shuning uchun harakat qilishga undash kabi vazifalarni bajaradilar.

Xulosa va takliflar: Anomal bolalarning jamiyatdan, o'z tengdoshlaridan uzilib qolishini oldini olish har bir insonning vazifasi sanaladi. Ruhiy yoki jismoniy jihatdan sog'lom bo'lmagan bolalarni chetlash ularning ruhiy holatini yanada tushkun holatga tushirib qo'yadi va u bolada kelajak hayot uchun qiziqish qolmaydi va bugungi kuni ham u uchun ahamiyatsiz bo'lib qoladi, ko'pchilik orasidan o'zini olib qochadigan va boshqa insonlar bilan birga vaqt o'tirishni xohlamaydigan bo'lib qolishiga olib keladi. Bolaning o'zgalar bilan muloqotda bolmasligining ko'plab salbiy tomonlari mavjud. Masalan: o'zgalar oldida fikrini bayon qila olmaslik, agressiv holatga tushib qolish, o'zgalar bilan fikr almashish orqali yangi bilimlarga ega bo'lish, quvnoq davralarda bo'lmaslik, o'zgalarga nafrat bilan qarash, hayotdan zavq ola bilmaslik va boshqalar. Anomal bolalarning ta'lim olish jarayonini yaxshi tashkil qilish zarur, ularning o'zgalar bilan muloqatini yaxshi yo'lga qo'yish ham muhim hisoblnadi. Inklyuziv ta'lim jarayonida nuqsoni bor bolalarning sog'lom bolalar tomonidan chetlatilishiga, masxara qilinishiga qarshi kurashish juda muhim va bu belgilarning oldini olish darkor. Bu vazifani bajarishda o'qituvchining ro'li muhim. Anomal bolalarning ruhiy holatini yanada yaxshilash uchun ularni ko'plab quvnoq sahna ko'rinishlarini tomosha qilishga, tabiat qo'ynida sayr qilish uchun sayohatlarni tashkil etish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1 "KORREKSION PEDAGOGIKA VA LOGOPEDIYA" TOSHKENT "IQTISOD MOLIYA" -2007

2 "PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN O'QUV MASHG'ULOTLARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TASHKIL QILISH" -Urganch - 2023

3 "INKLYUZIV TA'LIM: nazariya va amaliyot"- "ZEBO PRINT" TOSHKENT-2022

4 "INTERFAOL TA'LIM USULLARI "TAFAKKUR BO'STONI" -Toshkent -2012

5 "PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI" R.MOVLONOVA, N.VOXIDOVA, N. RAXMONQULOVATOSHKENT-2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.