Научная статья на тему 'MAXSUS MAKTABGACHA TA’LIMDA MAXSUS PEDAGOGIKANING O’RNI VA AHAMIYATI'

MAXSUS MAKTABGACHA TA’LIMDA MAXSUS PEDAGOGIKANING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
147
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / maxsus pedagogika / maktabgacha ta’lim / metodika / tarbiyachi / tarbiyalanuvchi / psixologik-pedagogik diagnostika / metod / faoliyat / test / jarayon / o’quv material / texnologiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ashurova Oygul Anvarjonovna, Ibrohimova Hosiyatxon Solijon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hozirda maxsus pedagogikaning qanday ahamiyati borligi va maxsus pedagogikaning qanday o’rni borligi haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAXSUS MAKTABGACHA TA’LIMDA MAXSUS PEDAGOGIKANING O’RNI VA AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAXSUS MAKTABGACHA TA'LIMDA MAXSUS PEDAGOGIKANING O'RNI VA

AHAMIYATI

1Ashurova Oygul Anvarjonovna, 2Ibrohimova Hosiyatxon Solijon qizi

1Pedagogika va Psixologiya fakulteti, "Maktabgacha ta'lim'' kafedrasi o'qituvchisi

2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045994

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hozirda maxsus pedagogikaning qanday ahamiyati borligi va maxsus pedagogikaning qanday o'rni borligi haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Tarbiya, maxsus pedagogika,maktabgacha ta'lim, metodika, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, psixologik-pedagogik diagnostika, metod, faoliyat, test, jarayon, o'quv material, texnologiya.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hozirda maxsus pedagogikaning o'rni nihoyatda katta.Maktabgacha ta'lim sohasida uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki ta'lim tizimning dastlabki bo'g'ini bilan birga keyingi ta'lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, ta'bir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o'zlashtirishi, maktabga moslashuvining yengil o'tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga jalb etilganligi, ta'limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir.

Maxsus maktabgacha pedagogika - bu nuqsonli yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning maxsus ta'lim jarayonini tashkil etish shakllari, metodlari, tamoyillari, qonuniyatlari mazmunini o'rganadigan fandir. Maxsus maktabgacha pedagogikaning ob'ekti alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalarning maktabgacha ta'limi hisoblanadi.

Maxsus maktabgacha pedagogikaning predmeti - nuqsonli yoki rivojlanishida kamchiligi bor bo'lgan va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasi masalalarini nazariy va amaliy o'rganishdir. Maxsus maktabgacha pedagogikada ta'limi, tarbiyasi va korreksion-pedagogik yordami o'rganishi yo'naltirilgan sube'ekti alohida ta'lim ehtiyojlariga ega maktabgacha yoshdagi bola shaxsi hisoblanadi. Fan sifatida maxsus maktabgacha pedagogikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

1.Nuqsonli va rivojlanishda kamshiligi bo'lgan ilk, erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish, o'rganish.

2.Maxsus maktabgacha ta'limning milliy tizimini rivojlantirish yo'llarini aniqlash.

3.Nuqsonli va rivojlanishida kamshiligi bor maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim va tarbiyasiga, defferensial diagnostikasiga nazariy yondashuvni ishlab chiqish.

4.Nuqsonli va rivojlanishida kamshiligi bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish. 5.Maxsus maktabgacha muassasalarning har bir turi uchun talabalarga javob beradigan dasturlarni tuzish yo'llarini aniqlash.

6.Maxsus ta'limni tashkil etishning turli shakllarini izlash va ishlab chiqish.

7.Rivojlanishida psixik kamchiliklari bo'lgan ilk, erta va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion-pedagogik ishga o'qituvchi-defektologni tayyorlash uchun zarur o'quvmetodik baza yaratish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Maktabgacha ta'limdagi maxsus pedagogikaning vazifalariga tayangan holda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ta'lim tarbiya berishga kirishiladi. Maxsus maktabgacha ta'limda asosan ilk, erta va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan, umumiy, maxsus va pedagogik-psixologik talablarga tayaniladi. Maxsus pedagogikaning maktbgacha ta'limdagi asosiy ahamiyati quyidagicha deb yuritiladi:

1 Bolaning qanday nuqsoni borligiga ko'ra ta'lim berish .

2 Nuqsonlarning qanday kelib chiqqanligi va sabablariga ko'ra ajratish.

3 Qanday qilib nuqsonlarni bartaraf etish.

4 Yosh hususiyatlariga ko'ra guruhlash.

Maktabgacha ta'limda masxus pedagogikaning asosiy o'rni esa turli xildagi nuqsoni bor bolalarni nuqson darajasiga ko'ra pedagogik-psixologik korreksiyalash ishlarini olib borish.Maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida asosiy talablardan biri bu turli xil nuqsonli bolalarni psixologik xususiyatlarini rivojlantirishni ko'zda tutadigan adekvat sharoitlarni yaratish maxsus talablarga kiradi. Ular psixik jarayonlar, tafakkur, nuqt va bola faoliyatini korreksiyalash orqali, undagi nuqsonni kompensasiyalash, shuningdek, ijtimoiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar - bunday bolalar umumta'lim maktabgacha muassasalarida va maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan maxsus ta'lim metodlari va maxsus korreksion qo'llab quvvatlashga muhtoj bo'ladilar. Bu atama maxsus ta'lim sohasida keng qo'llaniladi. Maktabgacha korreksion pedagogika quyidagi toifa bolalarning ta'lim va tarbiyasi muammolarini hal etadi: intellektida nuqsoni bo'lgan bolalar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar, ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar, tayanch harakat apparatida nuqsoni bo'lgan bolalar, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar, hissiy-irodaviy sohasi buzilgan bolalar, shuningdek, erta bolalar autizmi, xulq-atvori va faoliyati buzilgan bolalar, murakkab nuqsonli bolalar.

Xulosa

Hozirgi zamon maxsus ta'limning maqsad va vazifalari o'quvlarning milliy g'oya, Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, Prezident asarlari, maxsus ta'limning hozirgi davrdagi ustuvor yo'nalishlari, maxsus pedagogika yo'nalishlarining asoslariga doir bilim berishdan iborat. Nuqsonli bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ularning rivojlanishi kechikishi, ruhiy-pedagogik xususiyatlarini chuqur o'rganish va ularni tuzatish, bartaraf etishda tarbiyachi shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o'zida namoyon etishi lozim: nogiron bolalarni sevish, g'amxo'rlik qilish, kasbiga qiziqish; samimiylik, insonparvarlik, kamtarlik, madaniyatlilik, so'zda va amalda qat'iyatlilik va izchillik, vatanparvarlik, milliy mafkuraga ega bo'lishlik kabilardir. Shuni ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda O'zbekistonda rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga nisbatan e'tibor yanada kuchaymoqda. Ulardagi nuqsonlarni erta aniqlash hamda ta'lim-tarbiyasi uchun etarli darajada shart-sharoitlar yaratish ishiga alohida diqqat-e'tibor qaratilmoqda. Maxsus pedagogika fanining umumiy masalalari, rivojlanishida (intelektida, eshitishida ko'rishida va nutqida) nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, maktabgacha ta'lim maxsus muassasalari tizimi, fan metodlari, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi, rivojlanishdagi nuqsonlarning sabablari, rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tarbiyalash masalalarini qisqa mazmunda yoritishni maqsad qildik.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

1. MAXSUS PEDAGOGIKA :Lola Mo'minova, Mukarram Ayupova, Dilbar Nurkeldieva, Xurniso Kalbaeva

2. MAXSUS PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKA: L.R. Mo'minova, Sh.M.Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B.Yakubjanova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova

3. PEDAGOGIKA PSIXOLOGIYA ASOSLARI: E.G'oziyeva, G.To'laganova

4. Ashurova, O. A. (2021). AESTHETIC EDUCATION AS A FACTOR OF PROFESSIONAL TRAINING OF PRESCHOOL TEACHERS IN A PEDAGOGICAL UNIVERSITY. Theoretical & Applied Science, (5), 425-427.

5. Ashurova, O. (2021). Analysis of foreign experience on the development of eco-aesthetic culture of future preschool education specialists. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1478-1484.

6. Ashurova. O. A. (2021). SOCIO-HISTORICAL TRADITIONS OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 46-52.

7. Ashurova. O. (2021, December). THE IMPORTANCE OF AESTHETICITY OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 88-90).

8. Anvarjonovna. A. O. (2021). Factors for the Development of Ecoesthetic Culture of Future Preschool Educational Professionals. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(5), 162-164.

9. Anvarjonovna. A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

10. Anvarjonovna. A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

11. Anvarjonovna. A. O. (2021). AESTHETIC CULTURE OF THE EDUCATOR. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 253-255).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.