Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH'

INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
112
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / nuqson / kasb-hunar / imkoniyati cheklangan bolalar / bandlik / nogiron / ijtimoiy faollik / mehnat bozori / ko‘zi ojiz / karlar jamiyati / savodxonlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Adashaliyeva Mexribonu Mirzoxid Qizi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasiga, xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasida ham alohida bandlar kiritilib, mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo‘lgan o‘quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni bermoqda. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o‘z o‘rinlarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarning ham o‘z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hayotda o‘z yo‘lini topishga yordam berish, natijada kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilish imkoniyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

INKLYUZIV TA'LIMDA O'QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISH

Adashaliyeva Mexribonu Mirzoxid qizi

Namangan davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11046639

Annotatsiya. Mamlakatimizda so'nggi yillarda barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasiga, xususan, inklyuziv ta'limni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yang tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 20-moddasida ham alohida bandlar kiritilib, mustahkam huquqiy asoslaryaratildi. Bugungikunda inklyuziv ta'limjarayonidasog'lom o'quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo 'lgan o'quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni bermoqda. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham sog'lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o'z o'rinlarini topishga harakat qilmoqdalar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarning ham o'z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunargayo'naltirish, hayotda o'zyo'lini topishga yordam berish, natijada kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilish imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, nuqson, kasb-hunar, imkoniyati cheklangan bolalar, bandlik, nogiron, ijtimoiy faollik, mehnat bozori, ko'zi ojiz, karlar jamiyati, savodxonlik.

Аннотация. В последние годы в нашей стране, как и во всех сферах, сфере образования придается большое значение, в частности, развитию инклюзивного образования. В связи с этим были внесены отдельные положения в статью 50 новой редакции Конституции Республики Узбекистан и статью 20 Закона «Об образовании» и создана прочная правовая база. В настоящее время в процессе инклюзивного образования наряду со здоровыми учащимися положительные результаты дает обучение учащихся с определенными особенностями (нарушениями) развития. Дети с отклонениями в развитии пытаются найти свое место в жизни так же, как и их здоровые сверстники. При этом возрастает интерес детей с ограниченными возможностями к приобретению профессии, как и у их сверстников. Данная статья посвящена возможностям ориентации детей с ограниченными возможностями здоровья в профессии, помощи им в поиске своего пути в жизни и, как следствие, решения проблем трудоустройства в будущем.

Ключевые слова: инклюзивное образование, инвалидность, профессия, дети с ограниченными возможностями, трудоустройство, инвалид, социальная активность, рынок труда, слепые, сообщество глухих, грамотность.

Abstract. In our country, as in all areas, great importance has been attached to the sector of education, in particular, to the development of inclusive education, lately. In this regard, separate provisions were introduced into Article 50 of the new edition of the Constitution of the Republic of Uzbekistan and Article 20 of the Law "On education" and a solid legal basis was created. Currently, in the process of inclusive education, along with healthy students, positive results are obtained from teaching students with certain developmental characteristics (disabilities). Children with developmental disabilities try to find their place in life in the same way as their healthy peers. At the same time, the interest of children with disabilities in acquiring a profession, like their peers, is growing. This article is devoted to the possibilities of guiding children with disabilities in a profession, helping them find their way in life and, as a result, solving employment problems in the future.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Keywords: inclusive education, disability, profession, children with disabilities, employment, disabled person, social activity, labor market, blind people, the Deaf community, literacy.

Ma'lumki, bugungi kunda jahonda inklyuziv ta'lim jarayonida sog'lom o'quvchilar bilan birgalikda ayrim nuqsonlari bor bo'lgan o'quvchilarning ham bilim olishlari ijobiy natijalarni berayotganligi kuzatilmoqda. Inklyuziv ta'limning asosiy yutug'i shundaki o'quvchi nafaqat bilim oladi, balki ruhiy jihatdan ham o'z tengdoshlariga yetib oladi. Inklyuziv ta'lim jarayonida rivojlanishida nuqsoni bor bolalar sog'lom tengdoshlari bilan birdek harakat qilib, kelajakda hayotda o'z o'rinlarini topishga harakat qiladilar. Bu bilan imkoniyati cheklangan bolalarni ham o'z tengqurlari kabi kasb-hunar egallashga bo'lgan qiziqishlari ortadi.

O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining 20-moddasida ham inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilganligi keltiirib o'tilgan [1].

Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlagan holda beriladigan ta'limdir.

Imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish nafaqat ularga hayotda o'z yo'lini topishga yordam berish, balki kelajakda bandlik muammolarini ham hal qilishdan iborat. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Buni to'g'ri anglash va yosh avlodni ish o'rinlariga to'g'ri taqsimlash jamiyat rivojining eng muhim jihatidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq:

- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida professional ta'lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etilmoqda. Bunda, qisqa muddatli kurslarning o'quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarni inobatga olgan holda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O'zbekiston nogironlar assosiatsiyasi, O'zbekiston nogironlar jamiyati, O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati hamda O'zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.

- Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ham tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo'yicha doimiy ravishda o'quv kurslarini tashkil etmoqda. Bunda, o'quv kurslarini tashkil etishda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun bino-inshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, o'quv qurollari va o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi hamda xorijiy grantlar va xalqaro kreditlar hisobidan amalga oshiriladi [2].

Har bir yosh bola (yoki o'quvchi) yoshligidanoq ma'lum bir kasb-hunarni egallashga intiladi, biroq aksariyat hollarda kelajakdagi egallamoqchi bo'lgan kasb-hunarlari haqida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ma'lumot olishlari qiyin bo'lishi mumkin. Buning uchun maxsus pedagog va psixologlardan quyidagilarni inobatga olish talab etiladi:

- bolaning kasb-hunarlar haqida tasavvurini baholash;

- bolaning yoqtirgan kasbining o'ziga mosligini o'rganish;

- uning tanlagan kasbiga yaqin (yondosh) kasblarni ham bilish;

- tanlagan kasbini egallash imkoniyatini hisobga olish;

- bolaning sevgan kasbi haqida imkon qadar ko'proq ma'lumotlar berish;

- ularni ertangi kunga nisbatan ishonchini oshirish.

Yuqoridagi sanab o'tilgan hususiyatlarni hisobga olgan holda kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha rejalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mazkur rejalarda amalga oshiriladigan suhbat, trening va boshqa jihatlarni faqatgina bitta o'qituvchi tomonidan emas, balki bir nechta o'qituvchi tomonidan amalga oshirish yaxshi samara beradi.

Mavjud nazariyalardan shunday xulosaga kelish mumkinki, imkoniyati cheklanganlik bir tomondan insonni ma'lum bir ehtiyojlaridan cheklab tursa-da, boshqa bir tomondan ularni jamiyatda faol bo'lishga, ilmiy-ijodiy faoliyatda o'z bilimlari, ko'nikmalari va iste'dodlarini ko'rsatishga undaydi. Misol uchun, Brayl tizimi asosida jahondagi minglab ko'rish imkoniyati cheklangan bolalar bilim olmoqdalar. Ular bilan tizimli ish olib borish esa bilim, ko'nikma, malakalarni to'g'ri shakllanishiga turtki bo'ladi [3].

"Kelajakda kim bo'lmoqchisan?" yoki "Qaysi kasbni egallamoqchisan?" kabi savollar bilan rivojlanishida ayrim nuqsoni bo'lgan aksariyat bolalarga murojaat qilsangiz, deyarli hamma bolalarda ikkilanish holatlarini kuzatishingiz mumkin. Shu bois, yakka tartibda suhbatlar o'tkazish afzal bo'lib, bu esa ijobiy natijalarga olib keladi.

Ma'lum bir kamchiliklarga ega bo'lgan bolalarni kasb-hunarga yo'naltirishda ana shu nuqsonlarni sezdirmaslikka harakat qilish o'qituvchi (logoped), tarbiyachi va psixologlarning mahoratlariga bog'liq. Bunday hollarda shunday yo'l ko'rsatish kerakki, bolalar o'sha kasb-hunardan bezib qolmasin va unga bo'lgan qiziqishlarini so'nmasin.

Bolalarni kasb-hunarga yo'naltirishda muhim jihatlardan yana biri ularning yosh davrlarini ham hisobga olish zarur. O'smirlik davrida aksariyat kamchiligi bo'lgan bolalar ruhiyatida ta'sirchanlik bo'lib, har bir so'zga alohida e'tibor qaratadilar. Ayrim olimlar bu davrni o'smirlikning inqiroz krizis bosqichi deb ataydilar. Ana shu davrda bolani kasb-hunarga to'g'ri yo'naltira olish shu kasbga bo'lgan munosabatni bir umr saqlab qolishga sababchi bo'ladi.

Kasb-hunar tanlash o'smir bolalarning balog'atga yetish davri bilan birgalikda hamohang bo'lib, orzu-umidlarga berilish hamda qiziqishlardan kelib chiqadi. Biror bir kasbni ongli ravishda tanlashda, birinchi navbatda, u yoki bu mehnat turiga nisbatan ehtiyoj inobatga olinsa, ikkinchi tomondan shaxsiy moyillik va qobiliyatlarni hisobga olish talab etiladi. Insonning shaxsiy sifatlari u yoki bu kasb-hunar talablariga qanchalik muvofiqligi nazarda tutiladi. Kasb-hunarni tanlashda ishlab chiqarish jarayoniga tayyorgarlik ko'rish bilan birgalikda ma'naviy-axloqiy jihatlarni, ya'ni ma'lum bir kasb-hunarni egallashga bo'lgan ishtiyoqni ham shakllantirishi muhimdir.

Xulosa o'rnida, imkoniyati cheklangan bolalarni kasb-hunarga jalb qilishda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir:

- imkoniyati cheklangan bolalar uchun kasb-hunar o'rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va to'liq ifodalash;

- tegishli kasblar yuzasidan maslahatlar berish, o'quvchi va uning ota-onasi bilan uning jismoniy imkoniyatiga qarab kasb-hunarga yo'naltirish tadbirlarini ishlab chiqish;

- bolalarning imkoniyatlariga mos asosiy kasb-hunar turlari bilan tanishtirib borish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

- imkoniyati cheklangan bolalarni mehnat ta'limi darslari davomida kasb-hunarga tayyorlash va ularda muayyan kasblarga nisbatan qiziqishlarni uyg'otish;

- kasb-hunar tanlashga yordam beruvchi "ochiq eshiklar kuni" tadbirlarini tashkil qilish, bu jarayonga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish;

- o'quvchilarda kasblar olami bilan tanishish jarayonida o'zi sevgan kasb xususiyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida turli o'yinlar orqali kasb doirasida o'zini sinab ko'rish imkoniyatini yaratish, buning uchun kasblar olamiga taalluqli rolli o'yinlar tashkil etish;

- imkoniyati cheklangan bolalar uchun zamon talablariga javob beradigan maxsus kasb-hunar tanlash xonalarini tashkil etish;

- ommaviy axborot vositalari orqali kasb tanlash yuzasidan targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish hamda bu masalada imkoniyati cheklangan bolalarga ma'lumotlar berish, ularni psixologik tayyorlash kabi jihatlarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-57-sonli qarori. 2021 yil, 21 dekabr.

3. "Inklyuziv ta'limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. Toshkent - 2021 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.