Научная статья на тему 'KOREYSCHA VA O‘ZBEKCHA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI'

KOREYSCHA VA O‘ZBEKCHA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maqol / xalq og‘zaki ijodi / milliy / madaniyat / mantiq / ma’no / tarjima / proverb / folklore / national / culture. logic / meaning / translation.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Damira Abdumannab Qizi Raimkulova, M.N.Taylanova

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek xalq maqollari o‘rtasidagi miliy-madaniy va universal xususiyatlari misollar yordamida o‘rganiladi hamda ushbu tillardagi maqollarning tarbiyaviy ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqollarni o‘rganish natijasida ikki xalq madaniyatining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, national-cultural and universal features between Korean and Uzbek folk proverbs are studied with the help of examples, and the educational value of proverbs in these languages is also considered. As a result of the study of proverbs, similar and different aspects of the cultures of the two nations were revealed.

Текст научной работы на тему «KOREYSCHA VA O‘ZBEKCHA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI»

KOREYSCHA VA O'ZBEKCHA MAQOLLARNING MILLIY-MADANIY

XUSUSIYATLARI 1Damira Abdumannab qizi RAIMKULOVA, 2M.N.TAYLANOVA

1Tarjima nazariyasi va amaliyoti:koreys-ingliz guruhi 1-kurs talabasi: damiraraimkulova84@gmail.com. 2Ilmiy rahbar, PhD, TDShU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11109360

Annotatsiya. Ushbu maqolada koreys va o 'zbek xalq maqollari o'rtasidagi miliy-madaniy va universal xususiyatlari misollar yordamida o'rganiladi hamda ushbu tillardagi maqollarning tarbiyaviy ahamiyati ham ko'rib chiqiladi. Maqollarni o'rganish natijasida ikki xalq madaniyatining o'xshash va farqli jihatlari aniqlandi.

Kalit so'zlar: maqol,xalq og'zaki ijodi, milliy,madaniyat,mantiq,ma'no, tarjima

Abstract. In this article, national-cultural and universal features between Korean and Uzbek folk proverbs are studied with the help of examples, and the educational value ofproverbs in these languages is also considered. As a result of the study of proverbs, similar and different aspects of the cultures of the two nations were revealed.

Keywords: proverb, folklore, national, culture. logic, meaning, translation.

Maqollar shunday gavharlarki, ular inson nutqini bezaydi, millatning madaniyati va milliy ruhini ko'rsatadi. Maqollar ibratli so'zlar deb ham ataladi. Negaki, u gapga husn beradi, flkrni tushunib olishini osonlashtiradi, shuningdek, yorqin va ta'sirchan qiladi. Bir so'z bilan nutqning bo'yoqdorligini ta'minlaydi. Ma'lumki, maqollar uzoq yillar davomida ota-bobolarimizning ko'rgan kechirganlari asosida yuzaga kelganligi uchun xalq tilida "Otalar so'zi", "So'z ko'rki" deya ta'riflanadi.

Xalqimizning milliy boyligi bo'lmish maqollarni o'rganish har doim muhim ahamiyat kasb etgan. Inson nutqining bezagi bo'lmish maqollar dunyoning barcha qit'alarida keng tarqalgan va o'rganishlar orqali ularning o'rtasida o'xshashliklar kuzatilgan.

Jahondagi barcha xalq maqollari o'ziga xos ko'rinishga va o'ziga xos xususiyatga ega, lekin til o'rganuvchilar yangi tilni o'rganish vaqtida ular o'rtasidagi o'xshash jihatlarni bir kategoriya ostiga birlashtirishadi. Bu vaqtda grammatika, so'zlarning qo'llanilishi va boshqa jihatlarda o'xshashliklar kuzatiladi. Shu haqida G.L. Permyakov "Turli xalqlarning bir xil yoki o'xshash vaziyatlarni modellashtiruvchi maqol va matallari, barcha etnik, geografik, tarixiy va lingvistik o'ziga xosliklariga qaramay, bir-biriga juda yaqindir". [3:20]

Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog'liq, ammo ularni faqat bir millatga tegishli, deyish mutlaqo noto'g'ri. Demak, turli millatlarga kiruvchi koreys va o'zbek xalq maqollarining ham ma'lum yo'nalishda takrorlanishlarini kuzatish mumkin bo'ladi. Masalan, koreys tilidagi maqollar o'zbek tilidagi maqollarga funksional jihatidan o'xshashligiga

aa^ [6:01] maqoli yorqin misol bo'la oladi. Chunki so'zma - so'z tarjimasida

"Hamma narsaning o'z vaqti bor", deb tarjima qilinadi. Ko'rinib turibdiki, o'zbek tilida ham so'zma-so'z mos keladigan "Har narsaning o'z vaqti bor" maqoliga mos keladi.

I - "Ko'z qalb oynasidir". Bu maqolda ir- ko'z degani, □ hs' -qalb, -

ko'zgudir. Demak, so'zlar ketma ketligi,joylashuvi, ma'nomazmuni ikki tilda bir-biriga mos tushadi.

Boshqa millat xalq maqollari ko'pincha ma'nosi bir xil, lekin qo'llanilgan so'zlari turlicha bo'ladi. Misol uchun, Qadimgi yunoniylarda ho'kizlarning ko'ziga

nisbat berib, ho'kizchashm so'zi ishlatilgan. Bu bizning tasavvurimizdagi go'zal, shahlo ko'zlarni anglatgan. Qozoq va qirg'iz tillaridagi bo'tako'z so'zida bo'taloqqa (tuyaning bolasi) nisbat berilib, buni boshqa tilga aynan ko'chirish mushkul. Bunday o'xshatishlar bamisoli bizda dovyurak botirni arslonga o'xshatishdek gap. Demak, turli millatlar maqollarga o'zlarining milliy ramzlarini moslashtirishadi. Tillar har xil, mantiq esa bir. [2:64]

Bunday holatga bir qator maqollarni misol keltirish mumkin.

fll [4:72] maqoli o'zbek tilidagi "Bo'rini yoqlasang qulog'i

ko'rinadi" maqolining muqobili hisoblanadi.Tarjimasi esa "Hattoki yo'lbarslar ham gapirsangiz keladi". Bu maqolda bo'ri so'zining o'rnida yo'lbars qo'llanilib kelingan. Ma'lumki, koreys xalqida yo'lbars timsoli qadimdan muhim ahamiyat kasb etgan. Shu sababli, juda ko'p ertak, xalq qo'shiqlari, maqollarda yo'lbars timsoli keng qo'llaniladi.

Misol uchun [4:72] Buning ma'nosi, 'Siz

qanchalik qiyin vaziyatda bo'lishingizga qaramasdan, undan chiqib ketishga yo'l bor", deganidir.

"tii [4:43] -"Guruch boshi qancha pishgan bo'lsa,

shuncha boshini egadi", degan maqolda guruch boshog'ini pishganda boshini pastga tushirishiga qiyoslab, ko'proq o'rgangan, ko'proq narsani anglagan odamning takabburligi kam bo'lishini ifodalaydi.

[5:02] bu koreys xalq maqolining tarjimasi "Chiroq tubi qorong'u",

deganidir. Chiroq yoqqanimizda, chiroq o'zining tagidan boshqa barcha joyni nuri bilan yoritishiga guvoh bo'lganmiz, albatta. Chiroqning tagi esa qorong'u bo'ladi. Bu maqol orqali odamlarning uzoqdagi narsalarni emas, yaqindagi voqealardan bexabar qolishi yoki e'tibor bermasligi nazarda tutilgan.

O'zbek tilida "Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q" tarzida qo'llaniladi.

Nutqda "Yomon xabar tez tarqaladi" maqolidan ko'p foydalaniladi. Xuddi shu maqol

koreys tilida ham qo'llaniladi. Faqat "sh shO| ü^" [5:02] ya'ni "Oyoqsiz xabar

uzoqqa boradi" tarzida beriladi. So'zlar turlicha bo'lishiga qaramasdan ma'noning bir xilligi kuzatilinadi.

Har bir xalq o'z avlodiga yaxshilik qilishni istaydi. Buni "Ai| ^ tH-^ Zl^p'

[5:03] maqoli misolida ham ko'rish mumkin.Ya'ni "Uch yoshdan boshlangan odatlar sakson yoshgacha davom etadi", deganidir. Bolalikdan orttirilgan yomon odatlardan saqlanish va yomon odatlardan tashlash mushkulligi yoritiladi.Bu maqol "Bukrini go'r tuzatadi" maqolini eslatishi tabiiy holatdir.

shO shO [4 :05] ning tarjimasi - Agar siz aytgan so'z yaxshi

bo'lsa, sizga keladigan so'z ham yaxshidir. Agar siz boshqalarga yaxshilik qilsangiz,o'zingizga

ham yaxshilik qaytishi ta'kidlanadi. O'zbek tilidagi muqobili "Yaxshilik qilsang,yaxshilik ko'rasan" maqoliga teng keladi.

" [5:02] ning tarjimasi: bo'sh qog'oz bo'lish yaxshiroqdir.Ya'ni

biror narsa qanchalik oson bo'lmasin, uni birgalikda qilish yaxshiroqdir. O'zbek tilida "Birdan ikki yaxshi, ikkidan uch yaxshi" ya'ni bitta odamdan ko'ra ikkitasi birgalikda yaxshiroq, degan ma'noni bildirib kelgan.

Yana misollar keltiradigan bo'lsak,"^£ji i^K [4:54] -

Tarjimasi: " Sigirni yo'qotgandan keyin omborni

tuzatish"dir.Noto'g'ri ish qilgandan keyin afsuslanishdan foyda yo'q, degan ma'no nazarda tutilgan. O'zbek tilida esa bunday vaziyatda "So'nggi pushaymon, o'zingga dushman" maqoli to'g'ri keladi.

Bugungi kunda xalq maqollariga e'tibor kuchayib bormoqda. Sababi, maqollar bizlarni dushmanlardan himoya qiladi, yaxshi-yomonni, oq-qorani farqlashni o'rgatadi, mehnat qilishga, saxiylikka, mehribon bo'lishga undaydi. Shu sababli, maqollar nafaqat xalq og'zaki ijodi, balki bugungi kunda maqollarga sekin-astalik bilan lingvomadaniyat namunasi sifatida ham e'tibor qaratilmoqda. "Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga, yaxshi bilan yursang-yetarsan murodga", "Sabrning tagi-oltin", "Mehnat- mehnatning tagi rohat" [1:32] , koreys xalq

^ " va shu

kabi maqollarlarni misol sifatida keltirish mumkin. Maqollar bir jumladan iborat ekanligiga qaramasdan, mazmun -mohiyati cheksiz ummonlardir. Shu bir jumlali maqollar hayotimizning ko'rki hisoblanadi. Shuning uchun maqollar hech qachon madaniyatimizdan, nutqimizdan chiqib ketmaydi, aksincha uni boyitib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :

1. Mirzayev T., Sarimsoqov B., Musoqov A. O'zbek xalq maqollari. - Toshkent:

2. Sharq, 2005.

3. Salamov.G'. Tarjima nazariyasiga kirish.-Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik institutining kichik bosmaxonasi, 2015.

4. Пермяков Г.Л. Основы структурной паремиологии. - М.: Наука,1988.

5. @korea book.pdf

6. https://img.studyforce.co.kr/studyforce/data/chineseQ41.pdf

7. https://lhgoyang.com/qt/?mod=document&uid=870#

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.