Научная статья на тему 'MAQOLLAR MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI'

MAQOLLAR MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5105
345
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqol / qavlun / tarjima / Fol‟klor janr / “Tarjima san‟ati” / do„stlik / matallar / iboralar / xalq o„yinlari. / proverb / qavlun / translation / folklore genre / “The Art of translation” / friendship / matals / phrases / folk games.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Surayyo Bozor Qizi Hamrayeva

Ushbu maqolada maqollarning shakllanish tarixi, mohiyat va xususiyatlari haqida so„z borgan. Shuningdek maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o„rni ayrim maqollar misolida tahlil qilingan. Boshqa millat maqollarining tarjima qilinishi, xalqlar o„rtasidagi do„stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the history, nature, and characteristics of articles. The role of proverbs in the culture of our people is also analyzed in the example of some proverbs. It was noted that the translation of proverbs of other nations plays an important role in strengthening friendly relations between nations.

Текст научной работы на тему «MAQOLLAR MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI»

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

MAQOLLAR MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI

Surayyo Bozor qizi Hamrayeva

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maqollarning shakllanish tarixi, mohiyat va xususiyatlari haqida so'z borgan. Shuningdek maqollarning xalqimiz madaniyatida tutgan o'rni ayrim maqollar misolida tahlil qilingan. Boshqa millat maqollarining tarjima qilinishi, xalqlar o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: Maqol, qavlun, tarjima, Fol'klor janr, "Tarjima san'ati", do'stlik, matallar, iboralar, xalq o'yinlari.

This article discusses the history, nature, and characteristics of articles. The role of proverbs in the culture of our people is also analyzed in the example of some proverbs. It was noted that the translation of proverbs of other nations plays an important role in strengthening friendly relations between nations.

Keywords: proverb, qavlun, translation, folklore genre, "The Art of translation", friendship, matals, phrases, folk games.

Maqollar bizning nutqimizga qadimdan kiritilagan, ammo ularning kelib chiqishi haqida kam odam o'ylaydi. Chunki u davrlarda barqaror frazeologik birliklar mavjud emas edi. Shunda bo'lsada maqollar yangi muloqot madaniyatining shakllanishiga yordam berdi. Qadimiy dostonlarimizda keltirib o'tilgan maqollar bugungi kunda ham o'zing ahamiyatli yuqotmasdan xalqimiz so'zlashuvida, adabiyotida, bir so'z bilan aytganda fikrni qisqa, lo'nda qilib ifodalash uchun ishlatilib kelinmoqda. "Maqol" atamasi arabcha qavlun - gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan. Maqol janrining o'rganilish tarixi Mahmud Koshg'ariyga borib taqaladi. O'zining "Devonu lug'ati turk" asarida 400 ga yaqin maqol va matallar o'rin olgan, undan tashqari so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodida ham maqollarga alohida e'tibor berilganligini ko'rishimiz mumkin. Maqollar so'z boshi o'rnida ishlatilgan hikoyalarni ham ko'plab uchratamiz. Adib Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hikoyasida epigrafida sifatida "Otning o'limi - itning bayrami" maqoli keltirilgan. Bu adibning mahorati bilan bir qatorda,

ABSTRACT

KIRISH

April, 2022

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

hikoyaning mazmun-mohiyatini bir maqolda ochib bergandek ko'rinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqollar xalq tajribasidan o'tgan, voqea-hodisalarning so'zdagi o'zgarmas ifodasidir [1]. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng xalq og'zaki ijodiga alohida e'tibor qaratdi, bu borada maqollarninig ham chetda qolmaganligini ko'rishimiz mumkin. Hattoki, Birinchi prezident I.A.Karimov "... agarki e'tibor bersa, tilimizda halollik va poklik haqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, "Yo'lini topdimi, qandini ursin", "Uzumini yeng-u, bog'ini surishtirmang" degan maqollar borligidan ko'z yumib bo'lmaydi" [2] diya takidlaganligini ko 'rishimiz mumkin. demak ijobiy ahamiyat kasb etuvchi maqollar ko'pchillikni tashkil etsada, ayrim salbiy holatlarni ko'rsatuvchi maqollarni ham uchratamiz.

Filologiya fanlari doktori B.M.Jo'rayeva O'z ilmiy tadqiqotlarida o'zbek xalq maqollari intralingvistik birliklar yordamida shakllangan 6 ta guruhga ajratgan. a) iboralar asosida shakllangan maqollar: sanamay sakkiz demaslik - sanamay sakkiz dema. b) Fol'klor janrlari asosida shakllangan maqollar: d) e'tiqodiy tushunchalar asosida shakllangan maqollar, f) xalq umidlari asosida shakllangan maqollar, s) xalq o'yinlari asosida shakllangan maqollar e) hadislar asosida shakllangan maqollar [3]. Yuqorida keltirib o'tilgan yo'nalishlar xalq maqollarining shakllanish jarayonlari mazmun - mohiyatidan kelib chiqib guruhlarga ajratilgan. Xalqlar o'rtasidagi madaniy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishining bir bo'lagi tarjima asar hisoblanadi. Bu haqida V.G.Beliniskiy "Bir xalqning adabiy asarlarini boshqa xalqning tiliga tarjima qilish, ularning o'zaro yaqinlashishlariga, bir - birlariga g'oya almashishlariga asos bo'ladi, ana shunda yangi adabiy asar kelib chiqadi va aqliy siljish ro'y beradi", demak tarjima asarlar madaniy aloqalardan tashqari, turli millat vakillarini orasida do'stlik aloqalarini ham rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Maqol bu - gapning qaymog'idir. Qaysi xalq yoki millat tomonidan yaratilmasin, u mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, boshqa davlat aholisi ham foydalanishlari mumkin. Ammo Maqollarni tarjima qilish tarjimonlari uchun talaygina muammolarni keltirib chiqaradi. Sabab sifatida shuni keltirib o'tish mumkinki, tarjimon o'z sohasidan tashqari tarix, falsafa va boshqa fan sohalaridan ham xabardor bo'lishi talab etiladi. Bu haqida G'aybulloh Salomov "Tarjimonda yozuvchi va tanqidchidan, aktiyor, rassom va olim mehnatidan ham nimadir bor. Bu shundan iboratki, tarjimon so'zshunos bo'lib tahlil qiladi, aktiyor singari boshqalarning (shu o'rinda- muallifning) qiyofasiga kiradi va ayni

vaqtda o'zligini saqlaydi....." [4] deya takidlagan edi o'zining "Tarjima tashvishlari"

kitobida. Demak maqollarning tarjimasi bilan shug'ullanish ham tarjimondan katta mas'uliyatni va tajribani talab qiladi.

April, 2022

Volume 3 | Issue 4 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

К. Jo'rayev o'zining "Tarjima san'ati" nomli kitobida tarjimachilik faoliyatiga alohida to'xtalib, ushbu tarifni keltirib o'tgan: "Tarjimachilik ishi- milliy adabiyotlarni o'zaro ayirboshlash, birida uchraydigan milliy biqiqlik va kamchilikni ikkinchisida bartaraf qilishga imkon beruvchi eng ishonchli vositalardan biri. Tarjimon esa shu ijodiy jarayonni amalga oshiruvchi adib"[5]. Albatta tarjima faoliyati bilan shug'ullanish bu -millatlar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini mustahkamlashga, an'ana va urf - odatlarga hurmat, ayrim kamchilliklar bo'lsa, tarjima qilinganda tuzatilishiga ham sabab bo'ladi. Maqol - donolik, donishmandlik ramzi. Uni to'g'ri o'qib, to'g'ri anglash va boshqalarga yetkazish alohida layoqatni talab qiladi. Bunda g'o'rlik, mas'ulyatsizlikka erk berib bo'lmaganidek, bilib-bilmay o'zlashtirishga ham yo'l qo'yib bo'lmaydi. Maqollarni nashrga tayyorlab, uni ko'pchillikka manzur etaman, degan odam avval uni mag'zini chaqib ko'rishi kerak.

Xalq og'zaki ijodi namunalarida - doston, qo'shiq, maqol yoki metal bo'lsin- birgina so'zning o'zgarishi bilan matn ma'nosi butunlay o'zgarib ketishi, ohangi, badiiyatiga putur yetishi mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Maqoli va matallar xalq aql - idrokining mahsuli, uning hukmi, ko'p asrlik tajribalari, turmushdagi turli hodisa - voqealarga munosabati demakdir. "Maqol kundalik hayotda kishilarning bir birlariga munosabatlarida yaratiladi"[6]. Xalq maqoli -xalqning mulkidir. Maqol qayg'usi - xalq qayg'usi, maqol g'azabi - xalq g'azabi, maqol kulgusi - xalq kulgusi va maqol kinoyasi - xalq kinoyasi demakdir. Shu o'rinda shuni takidlash mumkinki, maqol yaratmagan birorta til, maqol ishlatmagan bironta xalq yo'q bo'lmasa kerak.

Soha olimlari tomonidan ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan va bugubgi kunda ham davom ettirilmoqda. Shu bilan birga maqollarni ham alohida turkum va yonalishlarga ajratilagnigini ko'rishimiz mumkin. Jumladan: do'stlik, vatanga sadoqat, vafodorlik , ilm va ko'plab yonalishlari bor. Do'stlik haqidagi maqollarga to'taladigan bo'lsak, avvalo maqollar turli xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashini ham inobatga olishimiz zarur.

Dunyoda hamma xalqlarning tillarida ham do'stlik, birodarlik, hamjihatlik va hamkorlik to'g'risida juda ko'p maqollarni uchratamiz. Sharq xalqlarida ham do'stlik to'g'risida ajoyib maqollar yaratilgan. Boshqird maqoli "Xalqlarning do'stligi - ularning boyligidir" yoki Gruzin maqoli "Daraxt tomiri bilan, odam do'stlari bilan " Tatar maqoli "Qushning kuchi qanotida, odamning kuchi do'stlikdadir " degan g'oya ilgari surilganligini ko'ramiz. Yuqorida keltirilgan maqollarda shakl o'zgargani bilan mazmun saqlangan yani bir xil g'oya va maqsadga

April, 2022

Volume 3 I Issue 4 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 I UIF: 6,1

xizmat qilishini takidlash munkin. O'zbeklarda esa "Do'sting uchun zahar yut" degan maqol bor. Shunday ekan biror millatning maqoli tarjima qilinib boshqa xalqlar ham foydalansa, yoki mazmuni bir-biriga yaqin maqollar, millatlarning do'stlik rishtalarini bog'lashga xizmat qiladi.

Xalqning tilida mavjud bo'lgan har bir so'z tilda ifodalanar ekan, ma'lum xalqning maqollari o'sha xalq tilida keltirilgan so'zlardan shu xalq vakillari tomonidan shu xalqning o'ziga xos xususiyatlari bilan, yasalish usuli bilangina ifodalanadi. Shu o'rinda ayrim ingliz tilidan kirib kelgan maqollardan ham kirib kelgan maqollardan misollar keltirib o'tishimiz mumkin. Jumladan: "Ertaga hech qachon kelmaydi", "Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do'st yo'q" va "It bilan yotgan, burga bilan uyg'onadi" kabi ko'plab maqollarga o'xshash, ma'nolari bir-biriga yaqin bo'lganlari bizda ham ko'plab uchraydi.

Xulosa o'rnida takidlash mumkinki, har bir millatning o'ziga xos madaniyat asosida maqollari ham shakllanadi va shu millatning madaniy merosiga aylanadi. Maqollarda asosan o'sha xalqning urf - odatlari, an'analari, quonchi va qayg'usi o'z aksini topadi. Boshqa xalqlarning maqollari tarjima qilinganda, milliylikka alohida e'tibor berilish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga xalqlar o'rtasida do'stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "O'zbek xalq maqollari" X.Suvonqulova "Adabiyot uchqunlari", Toshkent. 2014.

2. I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch" , Toshkent. "Ma'naviyat" 2008. 21-bet.

3. ЖУРАЕВА БИБИШ МУ^СИНОВНА. УЗБЕК ХАЛ^ МА^ОЛЛАРИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ЛИНГВИСТИК АСОСЛАРИ ВА ПРАГМАТИК ХУСУСИЯТЛАРИ. АВТОРЕФЕРАТИ. Самарканд - 2019 17-20 бетлар.

4. G'aybulloh Salomov, Tarjima tashvishlari. Toshkent, 1983. 8 bet.

5. К. Жураев "Таржима санъати" Тошкент. 1982 й. 31-б.

6. G'aybulloh Salomov, Tarjima tashvishlari. Toshkent, 1983. 7 bet.

XULOSA

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.