Научная статья на тему 'KOREYS FRAZEOLOGIYASIDA “QUVONCH” KONSEPTINING SEMANTIKASI'

KOREYS FRAZEOLOGIYASIDA “QUVONCH” KONSEPTINING SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
131
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologizmlar / konsept / quvonch / lug‘at. / Phraseology / concept / joy / vocabulary.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Panjiyeva, Shahodat Olimjonovna

Inson hayotida ko‘pdan ko‘p qo‘llaniladigan xursandchilik ifodasidagi iboralar orqali quvonchning borliqdagi nazariyalari bir-biriga yaqin turadi. Quvonch ifodasining tildagi o‘ziga xos xususiyati nimadaligi va koreys xalqi quvonchni qanday anglab yetishini nazariy metaforalar orqali ko‘rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF THE CONCEPT "JOY" IN KOREAN PHRASEOLOGY

Theories of joy are closely related to each other in the expression of joy, which is often used in human life. We will look at the specifics of the expression of joy in the language and how the Korean people perceive joy through theoretical metaphors.

Текст научной работы на тему «KOREYS FRAZEOLOGIYASIDA “QUVONCH” KONSEPTINING SEMANTIKASI»

Scientific Journal Impact Factor

О

KOREYS FRAZEOLOGIYASIDA "QUVONCH" KONSEPTINING

SEMANTIKASI

(Koreys tili frazeologik lug'atlari asosida tahlil)

Panjiyeva Shahodat Olimjonovna

Email: shaho200656@gmail.com Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Inson hayotida ko pdan ko p qo 'llaniladigan xursandchilik ifodasidagi iboralar orqali quvonchning borliqdagi nazariyalari bir-biriga yaqin turadi. Quvonch ifodasining tildagi o'ziga xos xususiyati nimadaligi va koreys xalqi quvonchni qanday anglab yetishini nazariy metaforalar orqali ko 'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Frazeologizmlar, konsept, quvonch, lug'at.

Теории радости тесно связаны друг с другом в выражении радости, которое часто используется в жизни человека. Мы рассмотрим особенности выражения радости на языке и то, как корейцы воспринимают радость с помощью теоретических метафор.

Ключевые слова: фразеология, концепт, радость, лексика.

Theories of joy are closely related to each other in the expression of joy, which is often used in human life. We will look at the specifics of the expression of joy in the language and how the Korean people perceive joy through theoretical metaphors. Keywords: Phraseology, concept, joy, vocabulary.

Ikki yoki undan ortiq so'zdan tarkib topgan va yaxlit bir ko'chma ma'no ifodalaydigan, ta'sirchanlikka ega bo'lgan til birligi ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Frazeologizmlar o'z ma'no xususiyatlari bilan so'zlovchining boshqa odamlarga va muloqot predmetiga nisbatan emotsional ekspressiv qirralarga ega bo'lgan subyektiv munosabatini ifodalaydi. Frazeologizmlar tarkibidagi so'zlarning leksik-grammatik imkoniyatlari, ularning to'g'ri ma'nolari asosida birikishidan hosil bo'lmaydi. Bundan tashqari ular tarkibidagi so'zlarning semantik hamda grammatik munosabatida erkinlik ko'rinmaydi. Chunki bu xil birikma, so'zlarning erkin birikmasi bo'lganidek, nutq momentining o'zida tashkil topmay, balki ungacha tilda bir butun holda qo'llanib, yashab kelgan bo'ladi. Uni bir butun holga olib kelgan

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hodisa tarkibidagi so'zlarning bir ma'no markaziga kelib birlashishi, bu so'zlarning birikib turib bir ma'noni ifodalashidir.

^ 7^7 477 4 77

(1999) -7H4: #74 -4^: ^77 4^7 ^7^. -#34: 7^7 &7 «4^ 7H4. -4^44: ^44. -4744: 744^ 4^44. -4444: 44^ 777 &7 #4. -444: 74 ^ $1474 74 <H7 4 47447 747 4^. -74: 4^7 747 74 77# 44^ 44. 4 4 ^ 4¥7.

(1994) -7H4: #4 777 ^74^4 #74 44. -4^: ^77 4^7 ^74 -#34: 4^ 7 H74 «44. -4^44: ä447 &7 «44. -4744: 747 744^ 4^44. -4444: 44 4^7 7447 77 &7 #4. -444: 74^7 747 ^4 747 4 4 44 44 -74: 4^7 74 44, 44774 44.

(1992) ^44 7 ^74 47 .S (1856-1939) 7ff 4774 477 44^ 4774 7 4^4 4744. 7 444.^4. 747 7 44 ¥7 7^ 447 747 7^44.

Ushbu jadvalda koreys tilidagi "Quvonch" ma'nosini ifodalovchi konseptual lug'atlar misollar bilan keltirilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

Barchamizga ma'lumki tilda insonlar hayotida foydalaniladigan so'zlar ifodalanadi. Odatda insonlarda eski narsadan yangi narsa yasash qobiliyati bor. Insoniyatning shunday g'ayritabiiy holatini imkoni boricha sodda yoki keng tushuntirib berish maqsadida metaforadan ham foydalaniladi. Quvonch his-tuyg'ularni ifodalaydigan frazeologizmlar quyidagi 3 metafora asosida vujudga keladi:

I. Quvonch bu - hayotiy kuch, to'la-to'kis hayot kuchidir,

a) Quvonch bu - titroq;

b) Quvonch bu - iliqlik;

c) Quvonch bu - umrni uzaytirish.

II.Quvonch bu - muloyimlashgan hayotiy kuchdir.

a) Quvonch bu - xotirjamlik;

b) Quvonch bu - yoqimlilik.

III. Quvonch bu - ko'tarilgan hayotiy kuchdir.

a) Quvonch bu -mamnuniylik;

b) Quvonch bu - yengillik.

IVQuvonch bu - bayram.

a) Quvonch bu - tabassum;

b) Quvonch bu - raqs va qo'shiq;

c) Quvonch bu - to'la-to'kislik.

V. Quvonch bu - umid.

a) Quvonch bu - kengayish;

b) Quvonch bu - yorug'lik;

c) Quvonch bu - shijoat.

"Quvonch" degan yoqimli tuyg'uni yuqorida keltirilgan iboraviy metaforalar ma'nolar orqali aniq tushunib yetish mumkin. Shuningdek, koreys xalqining quvonch tuyg'usini qanday holatlarda his qilishini anglab yetish mumkin.

I. Quvonch bu - to'la-to'kis hayot kuchidir.

Quvonchning xususiyati shundaki, u hayotga kuch bag'ishlaydigan ilohiy kuchdir. Bu "Ta'sirlanish" degan tuyg'u bilan bog'liqdir. Inson ta'sirlansa, borliq kuchi to'qnash kelib hayajon va titroqni his qiladi. Sevgi yoki ta'sirlanish kabi tuyg'ular yurakdan his qilinadigan tuyg'ular bo'lib, shaxsning borliqdagi hayotini o'zgartirib yuborishi mumkin. Quvonchning bir qismi bo'lmish "ta'sirlanish"qalbni harakatga keltiradigan kuch bo'lib va bu tilda "titroq, iliqlik, shukronalik" kabi so'zlarda ifodalanadi. Quyida quvonch tuyg'ularini ifodalaydigan iboralarga misolar keltirilgan:

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1. Quvonchbu - titroq.

1.7Vwô11^4: [yuragi qaltiramoq] - yuragi xapqirib ketmoq; ichidan ta 'sirlanib ketmoq.

Misol: 77$o] 1^4 -

Xangan suvining orqa tarafidan ko 'tarilib kelgan o 'sha kundan ta 'sirlanib, yuragim xapqirib ketdi.

Birinchi misoldagi 1^4"iborasida hayotiy kuchning harakati

orqali hayotga nisbatan ishtiyoq uyg'onish ma'nosi yotadi.

2.^^/ ^^4: [yurakni ta'sirlantirmoq] - qalbni ta'sirlantirmoq/ tashqaridan qandaydir ta 'sir olib ko 'nglida tuyg 'u paydo bo 'lishi.

MisoU ^f^l ^Sll ^^ ^^^ ^^

1-Ayolni hurmat qiladigan bir gap qadimdan qalbni ta 'sirlantiradigan vasiyatli so 'z sifatida og'izdan og'izgayetib kelmoqda.

Ikkinchi ^^ 4"iborasida tuyg'u tashqaridagi ta'sir orqali nozik

harakatga keltiradigan qalbni 'rf—S— ya'ni, "Komungoning titrashi"ga

qiyoslagan holatda hisni qalbda uyg'otish ma'nosida qo'llanilgan.

3.S^°1 ^^4/ [burunning uchi jizzilamoq] - ta'sirlanib

ketmoq.

Ä^fl ^^ S^] 2-

Otilayotgan bombalar orasidan ham kuchli onaning mehridan bizning yuragimiz ta 'sirlanib ketdi.

Uchinchi "7#o] ^>4/ S^] ^^4" iborada "qalbi to'lib ketganidan bir marta titramoq" kabi ma'noda tuyg'uni ifoda qiladi. Ya'ni, yuqorida keltirib o'tilgan frazeologizmlarni jismoniy tajribalardan vujudga kelgan birikma deb ham atasak bo'ladi.

4.7^1 4^4/ 7^1 4S -%4:[yuragiga tegib ketmoq] / [yuragini qazib olmoq] - qalbni teshib yuboradigan darajada; qalbga tegib ketadigan darajada taassurot uyg 'otmoq, ta 'sirlanmoq.

Misol: 4^" ÔH-°1 7^1 4S 3-Meno'g'lm

yuborgan xatni o 'qib ta 'sirlanib ketdim.

1

2 1992.23.^.

Scientific Journal Impact Factor

0

To'rtinchi / #4" iborasida biror bir narsadan

judayam qattiq ta'sirlanganda ishlatilib, ushbu frazeologik iboradan koreys tilida unumli foydalaniladi.

5.^4^7 4^74 / qiri jimirlamoq]/[burni

uchi jimirlamoq] - ko 'z yosh chiqib ketadigan darajada ta 'sirlanmoq.

Misol:4^44 7*7 ÄS^ £4 ^

^4^7 4 -Mariya qo'shnisiga bildirmasdan unga yordam

berayotganini eshitib juda ham ta'sirlandim.

Beshinchi"^4 ^7 4 ^^ 7 4 ^^ 7 4"iborada nimadandir juda

ham qattiq quvonish natijasida qattiq ta'sirlanish vujudga kelgan holat aks ettirilgan.

2. Quvonchbu - iliqlik.

Jonli mavjudotlarning barchasi iliq va tinch joyda yaxshi unib o'sadi. Bu

quvonchning "iliqlik va yengillik"dagi ichki ma'nosi bilan bog'liq tushunchadir.

6.4^7^^74: [ko'ngli yorishmoq] - qalbi yumshab, erib ketadigan darajada iliq taassurot olmoq.

Misol:7 ^ 4^7 7 ^44 44 -

Bu kitobni yopsam qalbim yumshab unut bo 'lgan o 'sha kambag'allikdagi hayotimni sog 'inaman.

Oltinchi "4^7 iborasi qalbni yumshatib, eritib yuboradigan

darajada iliqlikni his qilganda yuzaga kelgan birikmadir.

7.4^7 —7 — 74: [yuragi qizib ketmoq] - hayajonlanmoq; juda ham kuchli hayajonlanmoq va katta ta 'sir olmoq.

744^ —7-Ko'm-ko'k osmonga qarab bo'yin cho'zib turgan quruq daraxt shoxlariga tikilib tursam agar/ Negadir yuragimga o 'zgacha hayajon tushar.

Yettinchi "4w7 —7-74" iborasi qattiq sevilib va g'amxo'rlikni ko'rganda minnatdorchilik sifatida qalbida uyg'ongan tuyg'uni ifodalashdagi birikmadir. Bu yerda "yurak"xursandchilikni anglab yetadigan, asosiy ichki tuyg'uni his qildiradigan vazifani o'tayapti.

8.^4^7 ^4: [ko 'z qiri/ qarashi achchiq] - kuchli ta 'sirlanmoq.

— 7 &-Men"Parijdagi muhabbat"nomlikinoniko'rganimdahar doim qattiq ta 'sirlanaman.

Scientific Journal Impact Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0

Sakkizinchi"^^ ^4" iborasida ta'sirlanganidan ko'tarilib ketgan harorat achchiq ta'mga qiyoslangan.

—rf-^74: [ko'z qiri/ qarashi qizib ketmoq]- ko'z yoshlari chiqib ketadigan darajada qattiq ta 'sirlanmoq.

Misol: ^ Ä^l^

Ä^ ^^ ^7^4 -Qachon bo'lishidn qat'iy nazar televizordagi komedik kinolarni ko'radigan bo'lsam ko'z yoshim chiqquniga qadar tomosha qilishni yaxshi ko 'raman.

Toqizinchi"^^^] —77 4"birikmasida ta'sirlanganidan ko'z yoshlari to'kilganda yuzining harorati ko'tarilib ketganday —^4"iborasi bilan

ifodalanadi.

^14: [ko'z qiri/qarashini qizartirib yubormoq] - qattiq

ta 'sirlantirmoq.

Misol: ^^47 ^7 ^^74 -Onam men har doim

medal olganimda qattiq ta 'sirlanganlaridan yig 'laydilar.

O'ninchi"^^ ^14" iborasida esa xursand bo'lganidayoki qattiq ta'sirlanganda o'zi bilmagan holda ko'zi issib ketib ko'z yoshi chiqib ketishi yoki burni jimirlab ketish holatlarida qo'llaniladi.

3. Quvonch bu - hayajon namligining oshishi.

Hamma jonli mavjudotda hayajon bo'lib, faol hayotiy kuchda hayajon ko'tarilishi bilan bog'liqdir.

11.[ko'nglini namlantirmoq] - hayajonlantirmoq.

Misol: 74^ ^^ / 3^4 - Bosib kelgan

qadamimdan to 'xtab qoldim. Yum - yum oqayotgan ko 'z yoshlar hayajonlantirar

O'n birinchi ibora tarkibidagi "^^4"- namlantirmoq so'zi qaysidir jihatdan suv bilan aloqadorlik jihatlari bor. Ya'ni, yurak quvonchni o'z ichiga olganligi bilan qiyoslangan bo'lib, xursandchilik tuyg'ulari qolipga solib tasvirlangan.

Yuqorida keltirilgan iboralarda umid asosiy ramziy so'z bo'lib qatnashib kelgan. Bunday umid orqali insoniyat kelajakda o'z quvonchiga ega bo'ladi. Shunday qilib,koreys tilida xursandchilik tuyg'usini ifodalaydigan frazeologizmlar somatik so'zlar bilan o'zaro bog'langan holda qo'llanilar ekan. Xursandchilik 15 ta, ya'ni, ko'z, quloq, bosh, og'iz, yelka, qorin, kindik, bel, orqa, oyoq, boldir, ich, yurak,

yuragim.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

о

o't pufagi, oshqozon, kabi tana a'zolari bilan ifodalangan. Bu bilan insoniyat quvonchni boshidan to oyog'ining uchigacha butun tanasi bilan his qilishini bilish mumkin. Yuqoridagi frazeologizmlardagi xursandchilikning ma'nosi "hayotiy kuch, bayram, umid" kabi birikmalar bilan ta'riflanadi. "Quvonch bu - hayotiy kuchdir" deb nomlanishida hayajon, jimirlash, iliqlik kabi tuyg'ular ham birgalikda qo'llaniladi. Quvonchnini ifodalaydigan asosiy tana a'zolardan biriqalb hisoblanganligi sababli quvonchni ham qalb orqali his qilish tabiiydir. Qalb orqali hamisha insoniyat o'z tuyg'ularini ifodalay oladi.

REFERENCES

1. Karimov LA.'Tinchlik va xavfsizligimiz o'z kuch qudratimizga, hamjihatligimizga va qat'iy irodamizga bog'liqdir". -T., O'zbekiston, 2004.

2. Bozorboev K.T. O'zbek so'zlashuv nutqi frazeologizmlari: filol. f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan diss. - Samarqand: A.Navoiy nomidagi SamDU. 2001. E.G'oziyev. "Psixologiya" Toshkent. 2000.

3. Hamroyev M.A. O'zbek tilidan ma'ruzalar majmuasi. -T, 2007.

4. Raxmatullaev SH. Frazeologik birliklarning asosiy ma'no turlari. T.: O'z FA nashriyoti, 1997.

5. Umarov E.A. Frazeologik lug'at, Toshkent, 1991.

6. Usmonova Sh.R. O'zbek va turk tillarida somatik frazeologizmlar: filol. f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan diss. - T.: M.Ulug'bek nomidagi ToshDU.1998.

7. Xojiyev A. Tilshunoslikning izohli lug'ati. - T., 1998.

8. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006.

9. Юсупов УД. Маъно, тушунча, концепт ва лингвокультурема атамалари хусусида // Стилистика тилшуносликнинг замонавий йуналишларида. Илмий-амалий конференция материаллари. - Тошкент, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.