ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
KOREYS TILIDA "OVQATLANISH"GA ALOQADOR FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY ASPEKTI
Madina Komiljon qizi Nazarova
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti stajer-o'qituvchisi madina.nazarova00@mail.ru
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning frazeologiya sohasi, uning shakllanish tarixi, somatizmlar ishtirok etgan iboralarning zamonaviy tilshunoslikda o'rganilganlik darajasi, o'rganish masalalari hamda muammolariga alohida to'xtalgan. Somatizmlar ishtirokidagi iboralarning o'ziga xosligi, shu bilan birga inson ruhiy, hissiy, jismoniy holatini ifodalashda somatizmlarning ahamiyati haqida so'z boradi. Iboralar qay bir tilda bo'lmasin, eng muhim va o'ziga xos birliklari hisoblanadi. Ular orqali butun bir xalqning tarixi, madaniyatini o'rganish mumkin. Maqola doirasida "og'iz" somatizmi ishtirok etgan iboralarning "ovqatlanish" bilan bog'liq bo'lgan lingvomadaniy aspektlari, ularni zamonaviy tilshunoslikda o'rganish masalalari va mazkur iboralarda inson obrazi va xarakterining namoyon bo'lishiga oid ilmiy ishlarni tahlil qilgan holda, misollar orqali lingvomadaniy jihatdan yondashgan holda yangi xulosalarni berishdan iborat.
Kalit so'zlar: frazeologiya, somatizm, frazeologizm, frazeologik birlik (FB), somatik frazeologik birlik - SFB, lingvomadaniyat, semantika.
LINGUOMADICAL ASPECTS OF PHRASEOLOGICAL UNITS RELATED TO
"NUTRITION" IN KOREAN
ABSTRACT
This article focuses on the field of phraseology of modern linguistics, the history of its formation, the degree of study of phrases involving somatisms in modern linguistics, the issues and problems of study. The peculiarity of the expressions involving somatisms, as well as the importance of somatisms in expressing the mental, emotional and physical state of man. Phrases are the most important and unique units in any language. They can be used to study the history and culture of an entire nation. The article analyzes the linguocultural aspects of the phrases involved in the "oral" somatism associated with "nutrition", the problems of their study in modern linguistics and the scientific work on the expression of human image and character in these expressions. is to draw new conclusions through a linguocultural approach.
Keywords: phraseology, somatism, phraseology, phraseological unit (FB), somatic phraseological unit - SFB, linguoculture, semantics.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
KIRISH
O'zga xalqlarning turmush tarziga qiziqish azaldan mavjud. Odamlar har doim boshqa xalqning hayoti va turmush xususiyatlarini anglab yetishga harakat qilganlar. Bunday anglab yetish yo'llaridan biri til orqali, ayni holda - FBlar orqali anglab yetishdir. Frazeologiya sohasida mamlakatshunoslikka oid xususiyatlar ayniqsa bo'rtib namoyon bo'ladi, unda u yoki bu xalq hayoti va turmushining milliy o'ziga xosligi aks etadi. Mamlakat tarixi, geografiyasi, iqtisodiyoti, turmush tarzi faktlari -bularning barchasi ko'p sonli FBlar semantikasida aks etadi, ya'ni frazeologizmlarning milliy - madaniy semantikasi to'g'risida so'z yuritish imkonini beradi. Bugungi kunda bu aksariyat lingvistlar tomonidan e'tirof etilgan. Bunda u yoki bu til frazeologiyasining katta qatlami aynan milliy zaminda vujudga kelishi ta'kidlanadi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA
Koreys tili frazeologiyaga boy. FBlar, maqollar va barqaror iboralarning ko'p sonli to'plamlari va lug'atlari shundan dalolat beradi. Dastlabki tadqiqot ishlari asosan frazeologizmlarning kelib chiqishi va ma'nosini tushuntirishga bag'ishlangan. Koreys tilida ko'p sonli FBlar o'rta asrlardagi odamlar hayoti, dehqonlar turmushi va mehnati natijasida qaror topgan. Har bir xalq frazeologizmlarning obrazli asosini yaratish uchun o'z mahalliy, o'ziga xos voqeligidan foydalanadi. Obrazlar mazkur xalqni qurshagan muhitdan olinadi, FBlarning ma'nolari va ularning konnotatsiyalari esa mazkur til jamoasida chuqur ildiz otgan an'analar asosida rivojlandi. Somatizmlarni o'z ichiga olgan frazeologizmlar dunyoning madaniy manzarasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Shuning uchun ham milliy - madaniy munosabatda farqlanadi va mazkur ma'lumotlarni o'zida aks ettiradi. Umuman koreys tilshunosligida SFBlarning ahamiyati katta. "Bosh va unda joylashgan tana a'zolari"ning har biri koreys lingvomadaniyatida o'z tarifiga egadir. Ma'lumki, bosh tananing eng muhim qismi yuz hisoblanadi. Shuningdek, miya bosh suyagida, asosiy sezgi organlari esa (ko'z, quloq, burun, og'iz va til) yuzda joylashgan. Koreys tilshunosligida SFBlarning ahamiyati katta. "Bosh va unda joylashgan tana a'zolari" ning har biri koreys lingvomadaniyatida o'z tarifiga egadir. Ulardan biri og'iz-nafaqat koreys lingvistlari, balki jahon lingvistlari tomonidan ta'kidlanganidek, qaysidir darajada gapirish - so'zlashish bilan birga "ovqatlanish"ga bog'liq a'zo sifatida tanilgandir.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
Agar og'iz so'zlashish organi sifatida insonning nutqini yetkazib beruvchi bir vosita sifatida qaralsa, uning "ovqatlanish/oziqlanish" vazifasi esa insonning ichki organiga "taom" yetkazib beruvchi bir element sifatida ta'riflash mumkin.
" «/og'iz" leksemali FBlarning ikkinchi darajali "Ovqat va ovqatga aloqador"
ma'noviy guruhi - navbatdagi ichki semantik guruhlarga ajratiladi:
- ovqatga qaysar (s^fll
- och qolmoq
- qorni ochmoq (^i.
- ko'p yemoq (^h0|
- kam yemoq (^Wl
- ovqatga didi nozik ( «01
- mazali ovqat H^);
- bir xil narsa yemoq (>dM
- og'ziga yoqadigan narsa yemoq («00| i^C^);
- yemoq
- ovqat talab qilmoq (^^M
- tanlamasdan yemoq (7 | Ss^);
- yana yemoq (^
- ishtaxasi yaxshi («^0 W^);
- yaxshi yemoq (
Ovqatga qaysar ^C^C^) - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
«0 ^^ - so'zma - so'z "og'ziga o'lchamoq", ya'ni "ovqatga qaysar",
masalan: ^ W*l LS ^Efll «0 0^7f-
□ ^ HoN 0|0f: - so'zma - so'z - "Turmush tarzi unchalik yaxshi bo'lmagan oilada erning og'zi o'lchamliligi tufayli xotini juda qiynalardi", ya'ni "Turmush tarzi
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
unchalik yaxshi bo'lmagan oilada erning ovqatga qaysarligi tufayli xotini juda qiynalardi".
^Ol ^Cf- - so'zma - so'z "og'zi tarang", ya'ni "ovqatga qaysar", masalan: ^ ^o^ £ 0^|M| <^o|
a^CÉ # - so'zma so'z -
"Guruchning kuchi bilan yashayotgan farzandi(saroydan tashqarida yashayotgan Chon xonim) yoshligidan og'zi tarangligi uchun hozirgacha ham tanlab yeydigan odam edi", ya'ni "Guruchning kuchi bilan yashayotgan farzandi(saroydan tashqarida yashayotgan Chon xonim) yoshligidan ovqatga qaysarligi uchun hozirgacha ham tanlab yeydigan odam edi".
SC - so'zma - so'z "og'zi qisqa", ya'ni "ovqatga qaysar", masalan: ^
n Ett Sof-
^^ <£0\ EÎO^i ^É H&^OW - so'zma - so'z "Bir necha
yildan oldin ham kasallanib og'zi juda qisqa deb xavotirlangandim, ammo vaqt o'tgani sari sekin - asta miqdori ko'payib, yeyishi sal ko'zga tashlanib qoldi", ya'ni "Bir necha yildan oldin ham kasallanib ovqatga qaysarlanib qoldi deb xavotirlangandim, ammo vaqt o'tgani sari sekin - asta miqdori ko'payib, yeyishi sal ko'zga tashlanib qoldi".
NATIJALAR
Demak, koreys tilshunosligida "ovqatlanish" semantikasi FBlarda quyidagi obrazlar bilan bog'lanadi:
- o'lchash harakati bilan, ya'ni o'lchab yeydi, duch kelgan narsani yemaydi ma'nosida;
- taranglik holati bilan, ya'ni og'iz tarang, shuning uchun har narsa ham kiravermaydi ma'nosida;
- qisqa - uzunlik o'lchovi orqali ifodalanadi.
Och qolmoq (^C) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi quyidagicha:
^011 7-|D|#M - so'zma - so'z "og'ziga o'rgimchakto'r to'qimoq",
ya'ni "och qolmoq", masalan: ^ a É ^Ci # ^ ^
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
ЦШ 02 ^ ^ £ 5 ^ОНАА o|^l ода I
- so'zma - so'z - "Naxotki, pul yo'q deb yashayotgan og'izga
o'rgimchakto'r to'qisa, ko'zni chirt yumib ochgach, hayotni yangidan boshlayotgandek xuddi yelka yoyilgan kayfiyat bo'ladi", ya'ni "Naxotki, pul yo'q deb och qolsa, ko'zni chirt yumib ochgach hayotni yangidan boshlayotgandek kayfiyat bo'ladi".
ж^^И - so'zma - so'z "og'zi yiringlamoq", ya'ni "och qolmoq", masalan: ДЦ^ t^bSs ^ ШШШ tfe
- so'zma - so'z - "Chong Su Dongning xotini tikish - bichish bilan
zo'rg'a och qolmayotgan edi", ya'ni "Chong Su Dongning xotini tikish - bichish bilan zo'rg'a kun ko'rayotgan edi".
Tahlilga ko'ra koreys tilshunosligida "och qolish" semantikasi FBlarda quyidagi obrazlar bilan bog'lanadi:
- o'rgimchak to'r to'qishi harakati bilan, ya'ni to'r og'izga to'qilsa, ovqatlanishning imkoni bo'lmaydi;
- yiringlash bilan, ya'ni kasallik orqali yemaganning oqibatida og'iz yiringlashi bilan ifodalanadi.
Qorni ochmoq (ЧЛ ^I) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi quyidagicha:
ы0 On^H - so'zma - so'z "og'zi qiziqmoq", ya'ni "qorni ochmoq", masalan: Д^АН 0Ю|Шв ^7|7f- <^0| O^Ö Ï^s ^
ЧЛ HH|ü|S ^Of- Ч^Ц S^ès Я0Н Ч£ - so'zma - so'z - "Shuning
uchun bolalar yugurib o'ynab ochiqsa yoki og'zi qiziqsa barglarni uzib yeyishar, na'matak shoxini uzib yeyishar ham edi", ya'ni - "Shuning uchun bolalar yugurib+-o'ynab qorni ochsa barglarni uzib yeyishar, na'matak shoxini uzib ham yeyishar edi".
ы0 пп^И - so'zma - so'z "og'zi zerikmoq", ya'ni "qorni ochmoq", masalan: ДЙ^ОЬ êtt ПП^Ц НИ ^ Л# [fe
o^aAI - so'zma - so'z - "Lekin ba'zida og'zim zeriksa yoki qornim juda
ochganda tenjangchige esimga tushar edi", ya'ni "Lekin ba'zida qornim ochsa tenjangchige esimga tushar edi".
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
Demak, koreys tilshunosligida "qorin ochish" semantikasi FBlarda quyidagi obrazlar bilan bog'lanadi:
- qiziqish holati bilan, ya'ni nimadir yegisi kelish;
- zerikish holati bilan, ya'ni qorni ochganda og'zi zerikadi ma'nosi bilan ifodanaladi.
Ko'p yemoq "=nC) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi
quyidagicha:
^^^ EL^C - so'zma - so'z "og'zi savatdek kelmoq", ya'ni "ko'p yemoq", masalan: MM 0| M^00| M7| <^0|
iM|7f- ngSO Al^lÉ GW B^ £ ^^^^
hmh^^ - so'zma - so'z - "Rosti bugungi janjalda o'zi og'zi savatdek kelsa ham,
janob Ko umuman qimirlay olmay xech narsa yeyolmay qolgan edi", ya'ni "Rosti bugungi janjalda o'zi ko'p yesa ham, janob Ko umuman qimirlay olmay xech narsa yeyolmay qolgan edi"
^-Cf- - so'zma - so'z "og'zi ko'paymoq", ya'ni "ko'p yemoq", masalan:
n^HS o|d| ^ ^SS! & sh| M^fu
S&^ÜCÖ Ü n BÎê M S^ ^^ ^ - so'zma - so'z -
"Shunday qilib, avvaldan mavjud bo'lgan uchuvchi ishchilarga yaxshi maosh to'lab, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ysak, bir yil davomida barchaning og'zini ko'paytirishimiz mumkin", ya'ni "Shunday qilib, avvaldan mavjud bo'lgan uchuvchi ishchilarga yaxshi maosh to'lab, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ysak, bir yil davomida barchani ko'p yedirishimiz mumkin".
MUHOKAMA
Tahlil natijasi shuni ko'rsatmoqdaki, koreys tilshunosligida "ko'p yemoq" semantikasi quyidagi obrazda namoyon bo'ladi:
- og'izni predmetga - savatga o'xshatish, ya'ni katta og'iz;
- ko'payish sifati bilan, ya'ni ovqat miqdorining ko'payishi.
Kam yemoq o^ - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
^011 M0C - so'zma -so'z - "og'izga yopishmoq", ya'ni "kam ovqat",
masalan: ^L^ E^! 0|DH §
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
«Ü & ^^ H0i| D CC» - so'zma - so'z "Songmi
mag'rurlanib ko'zi yonib turgan Taeminni quchoqlab qo'yib, peshonasiga mosh bilan urib qo'ydi. "Bitta bilan kimni og'ziga yopishtirasan, yana uz", ya'ni "Songmi mag'rurlanib ko'zi yonib turgan Taeminni quchoqlab qo'yib, peshonasiga mosh bilan urib qo'ydi. "Bitta bilan kimni to'yg'azasan, yana uz".
h! sI - so'zma - so'z - "og'zini kamaytirmoq ", ya'ni "kam yemoq", masalan: 0^-|X|7f- ОЬ gtt Щ Ü^O^ WÜ ^^
HS S^i ^ МЦЯ - so'zma - so'z -
"Sonjaning otasi qaysidir zodagonning uyida ishchi bo'lib, nochor oilasining og'zini kichraytirish maqsadida yoshligida maktab internatga jo'natilgan bola edi", ya'ni "Sonjaning otasi qaysidir zodagonning uyida ishchi bo'lib, nochor oilasini kam yedirish maqsadida yoshligida maktab internatga jo'natilgan bola edi".
Koreys tilshunosligida "kam yemoq" tushunchasi quyidagi tarzda ifodalanadi:
- yopishish harakati bilan, ya'ni juda kam miqdorda bo'lgani uchun ovqat og'izga yopishmaydi;
- kamaytirish harakati bilan, ya'ni ovqat miqdorini kamaytirish kabilar bilan ifodalanadi.
Ovqatga didi nozik (HO ^I) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi quyidagicha:
HO - so'zma - so'z "og'zi baland", ya'ni "ovqatni tanlab yemoq",
masalan: M ^^^ HO ^^А Л^ M^O| SU ^
IB' - so'zma - so'z "Uning og'zi balandligi uchun oliynasab
joy bo'lmasa bormaydi, og'ziga yoqmasa pulini ham to'lamaydi", ya'ni "Uning didi juda nozikligi uchun oliynasab joy bo'lmasa bormaydi, og'ziga yoqmasa pulini ham to'lamaydi".
HO А! - so'zma - so'z "og'zi - Seul", ya'ni "faqat yaxshi ovqat yemoq", masalan: HO АЮ^А ^ W ^ M^S
lLaaI - so'zma - so'z - "Yun Je Hyon og'zi Seul bo'lgani uchun, stol ustiga
qo'yilgan ovqatlarga qayrilib ham qaramadi", ya'ni "Yun Je Hyon didi nozik bo'lgani uchun, stol ustiga qo'yilgan ovqatlarga qayrilib ham qaramadi". Demak, koreys tilshunosligida "didi noziklik" quyidagicha ifodaladi:
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
- balandlik, ya'ni didi baland, xohish-istaklari baland;
- shahar nomi, ya'ni Seul - Koreyaning poytaxti, rivojlangan markaziy shahar bo'lib, og'zi - Seuldek degani didi kuchlilikni bildiradi.
Bir xil narsa yemoq (5! - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
«001 - so'zma - so'z "og'ziga yopishtirib yurmoq", ya'ni "faqat
bir xil narsa yemoq", masalan: n^L ^^ ^^ «0 C^U^
5! Mi &h№. ^ - so'zma - so'z "Lekin
Suho aroqni og'ziga ilib yurganini ko'rishni istamadim. Mumkin emas. Va'dangda turasan - a?", ya'ni "Lekin Suho faqat aroqni ichib yurganini ko'rishni istamadim. Mumkin emas. Va'dangda turasan - a?"
"Bir xil narsa yemoq" tushunchasi koreys tilshunosligida quyidagi obrazda namoyon bo'ladi: - og'ziga ilib yurish harakati bilan, ya'ni boshqa narsani yemaydi, faqat bir narsani og'zidan tushirmay ilib yuradi ma'nosida keladi.
Mazali ovqat (^Aa^ H^) - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
«001 ^¡M^ - so'zma - so'z "og'ziga yopishmoq", ya'ni "shirin ovqat",
masalan: 7^! Hn E^A^i n^ §
Hf^ n°| «0 ^¡Me 50|Cf- - so'zma - so'z "U zo'rg'a
buloq boshiga yetib suv ichganda, idish og'ziga yopishib qolgancha qaytib tushmadi", ya'ni "U zo'rg'a buloq boshiga yetib suv ichgandi, suv shunchalik mazali tuyildiki og'zidan qaytib tushmadi"
Koreys tilshunosligida mazali ovqat tushunchasi og'izga yopishib qolish harakati bilan anglashiladi.
Og'ziga yoqadigan narsa yemoq («0 - mazkur guruhda FBlarning
semantik ifodalanishi quyidagicha:
«0 ^^ - so'zma - so'z "og'ziga mos", ya'ni "og'izga yoqmoq", masalan:
¥££0 AIS&^CHI n «0 KM? UL 5^701 ^00 - so'zma -
so'z "Sadon ham boy oilaga kelin bo'ldi, bunday narsa og'ziga mos kelarmikan? Sen yeyaver", ya'ni "Sadon ham boy oilaga kelin bo'ldi, bunday narsa og'ziga yoqarmikan? Sen yeyaver".
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
Og'izga yoqadigan narsani tanovul qilish koreys tilshunosligida mos kelish holati bilan ifodalanadi.
Yemoq - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi quyidagicha:
«1 - so'zma - so'z "og'izni tekkizmoq", ya'ni "yemoq", masalan:
З^ЭД Cl US ^AH ^А|7| -
so'zma - so'z "Hamda sharsharadek otilayotgan arteriyaga og'zini tekkizib qonni olib, ichishni boshladi", ya'ni "Hamda sharsharadek otilayotgan arteriyadagi qonni olib, ichishni boshladi"
Yuqoridagi misoldan shuni ko'rib turibmizki, koreys tilshunosligida "yemoq" semantikasi tekkizish harakati bilan ifodalanadi.
Ovqat talab qilmoq (ш^М - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
- so'zma - so'z "og'zini yoymoq", ya'ni "ovqat so'rash/talab
qilish", masalan: 4i 50| ^ « S0| № - so'zma -
so'z - "Yeyishga narsa bo'lmasa ham begonalar oldida og'zimni yoymayman", ya'ni "Yeyishga narsa bo'lmasa ham begonalar oldida ovqat talab qilmayman"
Demak, koreys tilshunosligida ovqat talab qilish tushunchasi quyidagicha ifodalanadi yoyish harakati bilan, ya'ni ovqat so'rab og'iz ochish/yoyish kabilar bilan.
Tanlamasdan yemoq (7^£|X| 8s^) - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
«0| - so'zma - so'z "og'zi uzun", ya'ni "tanlamay yemoq", masalan:
- 201 HIS ^ ^
- «0 SU|£.
- « SoHAH Щ
- ^ 40-|£. , so'zma - so'z:
- Bodringga o'xshash narsa ham yeyolmayman.
- Og'zingiz qisqa ekan.
- Og'zim uzun bo'lsa nima ham qilardim.
- Unda ko'k piyoz bilan yeng, yaxshi hazm bo'ladi, ya'ni:
- Bodringga o'xshash narsa ham yeyolmayman.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
- Tanlab yer ekansiz.
- Tanlamasdan yeb nima ham qilardim.
- Unda ko'k piyoz bilan yeng, yaxshi hazm bo'ladi.
Ko'rinib turibdiki, koreys tilshunosligida tanlamasdan yeyish quyidagicha ifodalanadi uzunlik bilan, ya'ni og'zi uzunligi uchun hamma narsa kirib ketaveradi.
Yana yemoq (^ 4U) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi
quyidagicha:
HO '□'□7-I&IU - so'zma - so'z "og'zi alangalamoq ", ya'ni "yana yegisi kelmoq", masalan: A1|^O| Л7НЖ ^ S^ODU
tU H^ ¿ЗД. HS ^^ElÖAA , so'zma - so'z
"Seshil extiyotlik bilan so'ragach, qiz yelkasini qimirlatib keksni og'ziga soldi. Mazali deb og'zi alangalanib yedi", ya'ni "Seshil extiyotlik bilan so'ragach, qiz yelkasini qimirlatib keksni og'ziga soldi. Mazali deb yana yegisi keldi."
Demak, koreys tilshunosligida "yana yemoq" tushunchasi quyidagi obrazda namoyon bo'ladi alangalanish holati bilan, ya'ni yana yegisi kelib og'zi alangalanadi.
Ishtaxasi yaxshi (H^O II) - mazkur guruhda FBlarning semantik
ifodalanishi quyidagicha:
HO &u - so'zma - so'z "og'zi shirin", ya'ni "ishtaxasi yaxshi", masalan:
ЧЯ1 5OU, HO &Ö 7|êO| Й^Л, H O ^Ö M^S Äisrn ^7f- 0-|д| ^Л AIU7-IU Uff SOU
пг^^Л - so'zma -so'z - "Shikheni shirin qilib yeydi, og'zi
shirin bo'lsa, ko'ngli ham hotirjam, og'zi taxir bo'lsa davolash ham qiyinashadi, endi taxir yoki shirinligini baxona qilish to'g'ri bo'larmikin?", ya'ni "Shikheni shirin qilib yeydi, ishtaxasi yaxshi bo'lsa, ko'ngli ham hotirjam, ishtaxasi bo'lmasa bo'lsa davolash ham qiyinashadi, endi taxir yoki shirinligini baxona qilish to'g'ri bo'larmikin?"
Ko'rinib turibdiki, koreys tilshunosligida "ishtaxasi yaxshi" tushunchasi quyidagicha ifodalanadi shirin ma'za bilan, ya'ni og'izning shirinligi bilan
ifodalanmoqda. Yaxshi yemoq (eh 4U) - mazkur guruhda FBlarning semantik ifodalanishi quyidagicha: HO lL^UU - so'zma - so'z "og'zi hosil bilan
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
uchrashmoq", ya'ni "yaxshi ovqatlanmoq", masalan: нлО^
Cl , Й7Н Яё л0
[fe «0 ЕШ SlH - so'zma - so'z - "Guruch
yo'qligi sababli bolalarim och, oila a'zolarim kiyishga bir kiyimi yo'q paytda meni og'zim hosil bilan uchrashganidan uyalardim", ya'ni "Guruch yo'qligi sababli bolalarim och, oila a'zolarim kiyishga bir kiyimi yo'q paytda men yaxshi ovqatlar yeyotganimdan uyalardim".
Demak, koreys tilshunosligida yaxshi ovqatlar yeyish tushunchasi:
- hosil bilan uchrashish, ya'ni og'zi xuddi hosil olgandek to'la bo'lishi bilan ifodalanadi.
Umuman koreys tilida "ovqat va ovqatlanishga aloqador" harakatlar "og'iz" leksemasidan iborat bo'lgan FBlarda qay tarzda, qay holatda, qanday so'z birikmalari, til birliklari bilan ifodalanashi turli misollar yordamida batafsil yoritildi.
- "ovqat va ovqatga aloqador" harakatlar guruhida kichik semantik guruhlarga bo'lingan FBlar ajratildi hamda ular orasida oppozitsion munosabatga kirishuvchi guruhlar ("ko'p yemoq - kam yemoq" va "tanlamasdan yemoq - ovqatga qaysar") ajratib ko'rsatildi;
- tahlil natijasida koreys tilidagi "«/og'iz" leksemasi ishtirokidagi FBlar
"ovqatlanish"ga doir ma'no guruhlarda quyidagi obrazda namoyon bo'ladi: sifat, o'lchov birligi, holat, shakl, maza - ta'm, uzunlik o'lchov birligi va hokazolar;
XULOSA
Umuman koreys tilida "ovqat va ovqatlanishga aloqador" harakatlar "og'iz" leksemasidan iborat bo'lgan FBlarda qay tarzda, qay holatda, qanday so'z birikmalari, til birliklari bilan ifodalanashi turli misollar yordamida batafsil yoritildi.
- "ovqat va ovqatga aloqador" harakatlar guruhida kichik semantik guruhlarga bo'lingan FBlar ajratildi hamda ular orasida oppozitsion munosabatga kirishuvchi guruhlar ("ko'p yemoq - kam yemoq" va "tanlamasdan yemoq - ovqatga qaysar") ajratib ko'rsatildi;
- tahlil natijasida koreys tilidagi "«/og'iz" leksemasi ishtirokidagi FBlar
"ovqatlanish"ga doir ma'no guruhlarda quyidagi obrazda namoyon bo'ladi: sifat, o'lchov birligi, holat, shakl, maza - ta'm, uzunlik o'lchov birligi va hokazolar.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-267-278
REFERENCES
1. Йулдошев Б. Узбек фразеологияси ва фразеографиясининг шаклланиши хдмда тараккиети. - СамДУ, 2013. 37 б.
2. Рустамова М. М. Италян ва узбек тилларида соматик фразеологизмлар: ф. ф. н. дисс. - Самарканд, 2016. 180 б.
3. Усманова Ш.Р. Узбек ва турк тилларида соматик фразеологизмлар: ф. ф. н. дисс. - Тошкент, 1998.
4. Алефиренко Н. Ф. Фразеология в системе современного русского языка. -Волгоград: Перемена, 1993. C 152.
5. Алефиренко, Н.Ф. Лингвокультурология: ценностно-смысловое пространство языка: учеб. пособие / Н.Ф. Алефиренко. - М.: Флинта: Наука, 2010. C 399.
6. Чой Юн Хи Внутренняя форма соматических фразеологических единиц русского языка: в сопоставлении с фразеологическими единицами корейского языка, дисс. .. .канд. филол. наук. - М., 2001. C 50 - 60.
7. Габрусенко Т.В. Эти непонятные корейцы, - М.: Муравей, 2003. C 81.
8. ЯТУШ! - Том 12, 1991.
9. 10(^) M. 2019.
10. 1, ■ 2020.
11. ы^З 8 Д^), 2009.
12. AM ^^ 2015.
13. O^OlLM 2/2 . 2015.
14. Я1Н. 2020
15. flRS 17(^) (HHEW. 2020
16. 7W. 2018