Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYADA TA’LIM QONUNCHILIGI'

KONSTITUTSIYADA TA’LIM QONUNCHILIGI Текст научной статьи по специальности «Право»

44
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYADA TA’LIM QONUNCHILIGI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

KONSTITUTSIYADA TA'LIM QONUNCHILIGI

B. E. Yuldashev

Ilmiy rahbar dotsent, tarix fanlari nomzodi

Matsapaev D. Sh., T. I. Muzaffarov

Iqtisodiyot fakulteti BHT-6 guruh talabalari [email protected] muzaffarovtemurbek1303 @gmail .com

Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamolati va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. "Ilm - dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi o'tkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur...Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urug'iga, yor-do'stiga, din va millatga foyda etkurmak bir tarafda tursun, o'z ustiga lozim bo'lgan ibodat va toatni ham loyiqicha qila olmas...Shuning uchun o'qimak, bilmak zamonlarini qo'ldan bermay, vujudimizning dushmani bo'lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa'y qilmog'imiz lozumdur" - deydi Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy guliston yoxud ahloq" asarida[1].

Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o'ylanmagan ishlarga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi Asosiy qonunimizning 50 - moddasida "Har kim ta'lim olish huquqiga ega[2].

Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishi ta'minlaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir[3].

Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

68

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi,"[4] - deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekistonda barcha jinsi, tili, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi. O'zbekiston mustaqillik yillarida uzluksiz ta'limning barqaror tizimini, ya'ni, maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, professional ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta'limni yaratdi va shaxsning ta'lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustahkamlab qo'ydi. Ta'lim shakli va bosqichlarining ko'p xilliligi shaxsning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim olish huquqini iloji boricha to'laroq amalga oshirishga imkon beradi[5].

Ta'lim olish huquqining mazmuni shundan iboratki, u O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta'lim-tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi. Yurtimizda ta'lim olish huquqi quyidagicha ta'minlanadi, ya'ni, ta'lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish, davlat va nodavlat ta'lim berish muassasalarining tarmog'ini yaratish, davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi, davlat ta'lim muassasalaridagi ta'limning bepulligi, tayanch (to'qqizinchi sinf) ma'lumoti olishning majburiyligi, ta'limning turli shakllarini qo'llash, ta'lim muassasalarining siysiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarga qaram emasligi[6].

Davlat faqat ta'lim olish huquqini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratibgina qolmay, mamlakatdagi maktab ishlarini nazorat ham qilib turadi. Ta'lim sohasida davlat standarti tasdiqlangan, maktablar va boshqa o'quv yurtlarini bitiruvchilarning bilim darajasiga mos keladigan muayyan o'lchovlar o'rnatilgan[7]. Davlat keyingi paytda ancha keng tarmoqqa ega bo'lgan nodavlat o'quv yurtlaridagi ta'lim jarayonini ham nazorat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasida diniy muassasalar maktab ishlaridan ajratilgan.

Ta'lim huquqini ta'minlash mexanizmida iqtidorli o'quvchilar va talabalarni

qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ularning ijodiy ta'lim faoliyatini

rag'batlantirishga qaratilgan davlat choralari muhim o'rin tutadi. Buning uchun turli

jamg'armalar, bolalar ijod uylari va stipendiyalar ta'sis qilindi, iqtidorli o'quvchilar

va ularning o'qituvchilarini rag'batlantirishning mutlaqo yangi

shakllari (faxriy yorliq berish bilan cheklanmasdan katta

miqdorda pul mukofotlari to'lash) joriy etildi[8],

E^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^W^ecember 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Ta'lim olish huquqi va imkoniyati kengaytirilib, Konstitutsiyada nogironligni bor bolalarga o'z tengdoshlari bilan bir xil ta'lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish belgilab qo'yildi. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun muhim kafolatdir[9].

Pedagog hodimlarning haq-huquqlari, burch va mas'uliyatlari ilk bor Asosiy Qomusimizda o'z aksini topdi[10]. Xususan, O'zbekiston Respublikeasi Konstitutsiyaning 52-moddasida "O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosiy sifatida e'tirof etiladi[11].

Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amg'o'rlik qiladi"[12], deb belgilandi.

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ta'lim sohasiga oid 52-moddasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, uning kasb egalari ijtimoiy himoyasini kafolatlash, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashishga yo'l qo'yilmasligini mustahkamlash - bularning barchasi mamlakatimizda ta'limni rivojlantirish jarayoniga to'siq bo'layotgan holatlarning oldini oladi[13].

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Zero, eng katta samara beruvchi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoya hisoblanadi.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.

5. Kasimova A. A Rol jen^inM v sovremennoy nauke. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

70

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

7. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

8. Inagamova M.M, Joraboev N Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

9. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022

10. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

11. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ...T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan,

12. Dadasheva A. A. MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122 13..Inagamova. M.M O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637

15. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 2020 yil 19 may.

16. Abdulla Avloniy. "Turkiy guliston yoxud ahloq" T., "O'qituvchi", 1992.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

71

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.