Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI'

KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
66
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / demokratik / huquqiyqadam / xalqarohujjat / kodekslar / sivilizatsiya / prinsip / strategikmaqsad

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ruxshona Satimboyeva

Ushbu maqolada baxtimiz qomusi bo’lgan Konstitutsiyamiz haqida tushunchalar, Konstitutsiyamizning tarixi , moddalar va yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI»

KONSTITUTSIYA ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI.

Satimboyeva Ruxshona.

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim fakulteti, 1-bosqich, 104-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14205331

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 9 th November 2024 Accepted:12th November 2024 Published:22nd November 2024

Ushbu maqolada baxtimiz qomusi bo'lgan Konstitutsiyamiz haqida tushunchalar,

Konstitutsiyamizning tarixi , moddalar va yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz haqida ma'lumotlar berilgan.

KEYWORDS

Konstitutsiya,

demokratik, huquqiy qadam,

xalqaro hujjat, kodekslar,

sivilizatsiya, prinsip, strategik maqsad.

Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „o'rnatish", „belgilash") —bu davlatning asosiy bosh qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini, advokatura, prokuratura sohalaridagi bilimlarni belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Konstitutsiya demokratik davlatchilik belgisidir. Konstitutsiya o'zining 3 turdagi shakli mavjud , kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga bo'linadi.

"Konstitutsiya" atamasi Qadimgi Rimdayoq bor edi Amir Temur "Temur tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lgan. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi birinchi huquqiy qadam - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. "Davlat tili to'g'risida"gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo'yildi: "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi".

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi ikkinchi huquqiy qadam - Prezidentlik instituti ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liq. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi uchinchi huquqiy qadam - "Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishidir.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'rtinchi huquqiy qadam - Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi beshinchi huquqiy qadam -Birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991-yilgi tashrifi bilan chambarchas bog'liq. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi oltinchi huquqiy qadam - Davlat mustaqilligining e'lon qilinishidir. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi yettinchi huquqiy qadam - 1991-yil 29-dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to'g'risidagi referendumning o'tkazilishiga

www.in-academy.uz

taalluqli. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi sakkizinchi huquqiy qadam - birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'qqizinchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi o'ninchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishidir. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992-yil 6-dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o'zgartishlar kiritilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e'tiboran, 8 dekabr - umumxalq bayrami deb e'lon qilindi.

Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni o'rganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an'analardan kelib chiqish natijasida yaratilgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ,1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va jahon andozalariga mos bo'lib, xalqaro talablarga javob beradi.

Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 6 bo'lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. "Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi". Ushbu haqqoniy e'tirof O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 16-noyabrda imzolagan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi farmoyishda alohida ta'kidlandi.

Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizni yoqlab ovoz bergani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi, shu bilan bir qatorda, Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha orzu-umidlari va intilishlari o'z aksini topganini ifoda etadi. Dunyoning 100 dan ortiq davlati Konstitutsiyalarida jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ehtiyojlariga javob beradigan ekologik huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari mustahkamlangan. Asosiy Qonunimizning 115-moddasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o'zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini, 49-moddasida esa : "Har kimning qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga bo'lgan huquqiga ega"1 ekanligi belgilangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish ekanligi qat'iy belgilandi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi. Ayniqsa, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlangani e'tiborga sazovordir. Bir so'z bilan aytganda, bugun Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e'tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilganini ishonch bilan ta'kidlashimiz mumkin. Yangi tahrirdagi asosiy qonunning qabul qilinishi bilan bu borada yanada mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratildi. Shuningdek, Yangi O'zbekiston o'zining ushbu sohalardagi xalqaro majburiyatlariga qat'iy sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Konstitutsiyamizda Yevropa, Osiyo, Sharq va Amerika mintaqalarida joylashgan dunyo davlatlarining ijobiy konstitutsiyaviy tajribasi o'z aksini topgan. Asosiy qonunimiz huquqshunos olimlar, siyosatshunoslar, ko'plab xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan sinchiklab o'rganilgan bo'lib, unga inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq normalari qo'shimcha ravishda uyg'unlashtirilgandir., O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov o'z nutqida:"Ishonchimiz

1 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 2023 y.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

www.in-academy.uz

komilki, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar xolis va to'g'ri ta'kidlaganlaridek, O'zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi "Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun" tamoyili asosida xalq farovonligini yanada yuksaltirish, inson, fuqarolik jamiyati va davlatni jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi."2-deb fikr bildirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 2023y

2. A.Saidov "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson sha'ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati"

3. uz. Wikipedia.org.

4. www.uzairways.com.

5. www.constitution.uz.

6. Abduraxmonova S. Sh. (2021). THE IMPORTANCE OF PRESCHOOL LITERATURE FOR CHILDREN OF PRESCHOOL EDUCATION. European Scholar Journal, 2(4), 447-449.

7. Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

8. Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

9. Журахужаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА УК;УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

10. Мирзаев, О. Х. (2020). Воспитание профессионально-нравственных качеств у будущих молодых фермеров средствами отечественной литературы. Science and Education, 1(2), 508-513.

11. Xusanovich, M. O. (2021). Formation Of Elements Of Entrepreneurial Activity In Pupils Of The Preschool Educational Organization. JournalNX, 1, 265.

12. Khalilkhoja, D. M. (2022, March). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF HOME INDIVIDUAL EDUCATORS. In Conference Zone (pp. 315-318).

13. Azimova, Z. E., & KHASANOVA, G. THE WAY OF SCIENCE. THE WAY OF SCIENCE Учредители: Издательство Научное обозрение, (6), 58-59.

14. Азимова, З. Э., & Муллаахунова, Н. М. (2023). РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ 6 КЛАССА УЗБЕКСКИХ ШКОЛ СРЕДСТВАМИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИСКУССТВА НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 638641.

15. Азимова, З. Э. (2018). Олий укув муассасаси маънавий-маърифий ишларининг педагогик назария ва амалиётда тутган урни. Современное образование (Узбекистан), (2), 26-35.

16. Gulhayo, M. (2023). TECHNOLOGIES FOR DEVELOPMENT OF GENERAL COMPETENCES OF PRESCHOOL TEACHERS. Science and innovation, 2(B4), 632-634.

17. Mominova, G. (2023). MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING UMUMMADANIY KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI. Science and innovation in the education system, 2(2), 122-126.

18. Iminova, D. N. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA MAKTAB O'RTASIDAGI HAMKORLIKNING AHAMIYATI. Science and Education, 2(1), 301-303.

19. Iminova, Dilnoza. "MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI BILISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH." Models and methods in modern science 1.17 (2022): 54-56.

! A.Saidov "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson sha'ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati"

Volume 1, Issue 15, November 2024

Page 109

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.