Научная статья на тему 'KONSERVA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH'

KONSERVA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

269
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
botulizm / kasallik / zaharlanish / ovqat / mahsulot / meva-sabzavot / zardob / konserva.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Gulhayo Ne’matullo Qizi Sharofova

Ushbu maqolada konserva oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning kelib chiqishi va uning oldini olish choralari ko`rilgan. Konserva mahsulotlari inson hayoti uchun xavflilik darajasini o`rganish nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSERVA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

KONSERVA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH

Gulhayo Ne'matullo qizi Sharofova

Bakalavr, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Ushbu maqolada konserva oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning kelib chiqishi va uning oldini olish choralari ko'rilgan. Konserva mahsulotlari inson hayoti uchun xavflilik darajasini o'rganish nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: botulizm, kasallik, zaharlanish, ovqat, mahsulot, meva-sabzavot, zardob, konserva.

Pishiqchilik mavsumi hamma uy bekalarimiz qishgi mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida uylarida konservalar tayyorlashni boshlaydilar. Biroq shifokorolarimiz og'ir kasalliklardan biri hisoblangan botulizmni oldini olish maqsadida uyda konserva mahsulotlarini tayyorlamaslikni va uyda tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste'mol qilmaslikni tavsiya etishmoqda. Muhokama va natijalar

Botulizm uzi qanday kasallik? Uning oqibatlari qanday? Bu haqda batafsil ma'lumotni Sogliqni saqlash vazirligi Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Ovqatlanish gigenasi bolimi mudiri Qamriddin Boqiyevdan oldik. Biz mutaxassis sifatida birinchi navbatda odamlarning bu boradagi saviyasini, bilimini va gigiyenik madaniyatini oshirishimiz lozim. Kasallik uyda konservalangan mahsulotlardan kelib chiqadi. Buning asosiy sababi shuki, xonadonlarda texnologik talablarga to liq rioya qilinmaydi va buning iloji ham yo'q. Ushbu kasallikning qo'zg'atuvchilar tashqi muhitda suvda, tuproqda keng tarqalgan. Bular noqulay sharoitda ustiga qobiq hosil qiladi. Qachonki ular o'zi uchun qulay sharoitga, ya'ni kislorodsiz joyga tushsa ular qobigidan chiqib, vegetativ holatga o'tib kopaya boshlaydi, biologik toksin ishlab chiqaradi. Ushbu qobiq ichida qancha muddat bolsa ham turaveradi. Toksinlar inson uchun juda zaharli. Kislorodli oddiy havoda esa ular yashay olmaydi, parchalanib ketadi.

Botulizm uzi nima? Botulizm kasalligi ayrim hollarda o'lim bilan tugaydigan, og'ir turdagi ovqatdan zaharlanish bolib, uy sharoitida tayyorlangan pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikrasi

ANNOTATSIYA

Kirish

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

va boshqa konserva mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida yuzaga keladi.

Nima qilish kerak? Kasallik sporalari o lishi uchun +120 darajali harorat bo'lishi kerak. 20 daqiqadan oshiq qaynab turishi kerak. Bundan tashqari 2,5 atmosferadan yuqori bosimda sterillanishi kerak. Sporalar bankalarga tushib qolsa ular qobiqdan chiqib ko'payadi va ozidan toksin ishlab chiqaradi. Buni iste'mol qilgan odam botulizm kasaliga chalinishi mumkin. Shu sababli biz uy sharoitida konserva tayyorlamaslikni tavsiya etamiz. Albatta, shuncha odam uyda tayyorlayapti-ku deyishingiz mumkin. Ha, lekin bu milliondan bitta holatda uchrasa ham bir inson uchun ayanchli natijalarga sabab bulishi mumkin.

Vaqtida yordam berilsa-chi? Kasallik yuzaga kelib u markaziy nerv tizimi neyronlarini falajlaydi. Kasallikka zudlik bilan davo choralari ko'rilmasa u o'lim bilan tugashi mumkin. Kasallikning yashirin ya'ni inkubasion davri 14 kunni tashkil qiladi.

Eng achinarlisi... Bu kasallikni o z qo llarimiz bilan keltirib chiqaramiz va o z qo llarimiz bilan yaqinlarimizni zaharlaymiz! Bu kasallik quzqatuvchisi hech bir dezinfeksion moddalarga o'lmaydi faqat ishqorli kislotali muhitda o'sishdan to'xtashi mumkin. Buni oldirish uchun termik obrabotkani kuchaytirish lozim.

Zaharlanish belgilari qanday?

• Holsizlanish, ko'ngil aynishi, qayd qilish, og'iz qurishi;

• Ko'rishning xiralanishi;

• Buyumlarni ikkitadan ko' rinishi;

• Ko'z qovog'ining osilishi;

• Ovoz bug'ilishi.

Botulizmga chalinmaslik uchun...

• Uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik;

• Belgilanmagan joylar, kocha-kuylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini harid qilmaslik;

• Dokonlardan konserva mahsulotlarini harid qilish jarayonida mahsulot yorlig'i va unda keltirib o'tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e'tibor berish;

• Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqamasdan yaxshilab kozdan kechirish, qopqog'i ko'tarilmaganligiga, suyuqligining tiniqligiga va mahsulotning ezilmaganligiga e'tiborli bo'lish lozim.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xulosa

Botulizm kasalligini davolash hamda asoratlarini oldini olishning yagona yo'li shifokorga o'z vaqtida murojaat qilish. Bemorni uy sharoitida o'zboshimchalik bilan davolash og'ir asoratlarga, hattoki o'limga olib kelishi mumkin. Shu sababli kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilish lozim! Bugungi kunda tibbiyot ancha rivojlangan. Hozirda kasallik toksiniga qarshi har bir yuqumli kasalliklar shifoxonasida anatoksin zardoblar bor. Ushbu zardob qanchalik tez va vaqtida organizmga quyilsa va neytrallansa kasallikdan shuncha tez forig' bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. Q. O. Dodoyev. Konservalangan oziq-ovqat mashsulotlari texnologiyasi. Toshkent. "Noshir" 2009 y.

2. O'zbekiston qishloq va suv xojligi jurnali Maxsus son 2019 yil, ToshDAU, A.Rasulov assistent, S.Sharipov t.f.n dotsent

3. R.Jo'rayev. Mevasabzavotlarni saklash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi, T., 2000. Dyachenko V. S, Bolezni i vrediteli ovoshey i kartofelya pri xranenii, 2 izd. M., 1985.

4. Axmedov.A.U. Meva sabzavotlarni konservalash texnologiyasi. Jizzax Redaksion nashriyot bo'limi. 2007 y

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.