Научная статья на тему 'Botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati'

Botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
256
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
botulizm / tashxis / PSR / diagnostika

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Dilafruz Abdujalolovna Shodieva, Nasiba Sobirovna Djumaeva, Zebo Djaloliddinovna Bahrieva, Gavxar Zakirovna Uzakova

Ushbu maqolada botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati»

Botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati

Dilafruz Abdujalolovna Shodieva dilafraz. shodieva85@gmail. com Nasiba Sobirovna Djumaeva Zebo Djaloliddinovna Bahrieva Gavxar Zakirovna Uzakova Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada botulizm kasalligi tashxisotida PSR diagnostika ahamiyati to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: botulizm, tashxis, PSR, diagnostika

The diagnostic value of PSR in the diagnosis of botulism

Dilafruz Abdujalolovna Shodieva dilafruz. shodieva85@gmail. com Nasiba Sobirovna Dzhumaeva Zebo Djaloliddinovna Bahrieva Gavhar Zakirovna Uzakova Samarkand State Medical University

Abstract: This article provides detailed information about the diagnostic value of PSR in the diagnosis of botulism.

Keywords: botulism, diagnosis, PSR, diagnostics

Bolalar amaliyotida, shuningdek kattalar amaliyotida nevrologik va gastroenterologik patologiya bilan botulizm kasalligining qiyosiy tashxisoti odatda yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo'limida amalga oshiriladi. Ushbu kasallikni ro'yxatga olishning past chastotasi, shuningdek, bunday bemorlarni davolashda so'nggi yillarda to'plangan klinik tajriba botulizmni zamonaviy ilmiy va amaliy usullar bilan tashxislash hamda davolash muammosini o'rganish dolzarbligicha qolmoqda.

Botulizm - orqa va uzunchoq miya zararlanishi simptomlari bilan kechadigan, ko'ndalang-targ'il va silliq mushaklarining parez va paralichlari, intoksikatsiya belgilari ba'zida boshlang'ich davrida gastroenterit belgilari bilan namoyon bo'ladigan o'tkir yuqumli kasallikdir. Qo'zg'atuvchisi Clostridium botulinum, xarakatchan, anaerob, kuchli tipospetsifik toksin ishlab chiqaradi. Antigen

xususiyatiga ko'ra 7ta serologik tiplar - A, B, C, D, E, F va G ga bo'linadi. Yurtimizda A, B, E turlari ko'p uchraydi.

Adabiyotlarga ko'ra, botulizm kasalligi tashxisining kech qo'yilishi va kasallikning og'irlik darajasini to'g'ri baholay olmaslik, o'pkaning sun'iy ventilyasiyasi (O'SV) qo'yilishidan oldin to'satdan nafas to'xtashidan botulizm kasalligida o'lim kuzatiladi. Botulizmda reanimatsion chora tadbirlar o'tkazilishidan oldin kuzatiladigan to'satdan o'lim holati ko'pincha o'tkir nafas etishmovchiligiga asoslangan. [5, 6].

Kasallikning kechishi va kasallikdan keyingi asoratlari bemorni o'z vaqtida tashxislash va kasalxonaga yotqizish, kasallikning dastlabki soatlarida yoki kunlarida antitoksik zardobni kiritish bilan belgilanadi. Bu botulizm bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch davolashning asosiy komponentidir. Botulizmning boshlanish davrida gastrointestinalga xos belgilar mavjudligidan ovqat toksikoinfeksiyasi; falaj rivojlanishidan esa ensefalit, gipertonik kriz; qo'ziqorindan, metil spirtidan, medikamentozli (atropin, belladonna) zaharlanishlar; miasteniya, dermatomiozit va boshqalardan qiyosiy tashxislash qiyinchilik tug'dirmoqda.

Botulizm kasalligi diagnostikasida zamonaviy etapda serologik va bakteriologik usullar kombinatsiyasiga asoslangan usullarni yoki bir paytning o'zida bir nechta serologik usullarni qo'llash lozimligini ko'rsatadi [ 8, 9].

Shunday bo'lsa-da, botulizm kasalligi laborator diagnostikasini zamonaviy tendensiya asosida takomillashtirish botulizm kasalligi diagnostikasiga tekshiruvning molekulyar - genetik usullarini kiritishni talab qiladi.

Tadqiqot maqsadi: Botulizm kasalligi tashxisotida PSR (Polimeraznaya sepnaya reaksiya) tashxisot usuli ahamiyatini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot materiallari: tadqiqot materiali bo'lib, oxirgi 10 yil ichida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga (VYUKKSH) murojaat etgan bemorlar hisoblanadi.

Tadqiqot usullari: anamnestik, epidemiologik, klinik va laborator.

Tadqiqot muhokamasi: shu maqsadda 2008-2018 yillarda "Botulizm" tashxisi bilan VYUKKSH da davolanib chiqqan bemorlarning kasallik tarixi retrospektiv tahlil etildi. O'tkir ichak infeksiyasi - "O'II" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning 3,4% ni botulizm bilan kasallangan bemorlar tashkil etadi. Tashxis epidemiologik, klinik va laborator tekshiruvlar asosida standart bo'yicha qo'yilgan. Kuzatuvlar natijasida ma'lum bo'ldiki, kasallik ayollarda nisbatan kam uchragan (43,8%). Bemorlarga statsionargacha bo'lgan etapda quyidagi tashxislar qo'yilganligi bois, 56,7% holatda bemorlar statsionarga kechikib murojaat etishgan: insult (23,6%), alkogolli intoksikatsiya (34,5%), gipertonik kriz (11,9%), gipokligemik koma (13,4%), O'RI (9,5%), ovqatdan zaharlanish (2,3%), nevrit (4,8%) va b. 43,3% holda bemorlar to'g'ridan to'g'ri statsionarga murojaat etishgan va ularga «botulizm»

tashxisi qo'yilib, darhol yotqizilgan. Bemorlarning statsionarga kech murojaat qilinishi gipodiagnostika bilan bog'liq ekanligi kuzatuvlarda ma'lum bo'ldi. Statsionarga kechikib murojaat etgan bemorlarning salmoqli qismini erkak jinsidagilar tashkil etadi. Bemorlarni yillar bo'yicha kesimini taqsimlaganimizda, 2008 yil-19,4%, 2009 yil-14,6%, 2010 yil 12,8%, 2011 yil 9,7%, 2012 yil 9,9%, 2013 yil 6,5%, 2014 yil 6,6%, 2015 yil 6,9%, 2016 yil 5,8%, 2017 yil 4,9%, 2018 yil 2,9%. Oxirgi yillarda botulizm kasalligining uchrash tezligi kamayganligini konserva mahsulotlarini tayyorlashda ma'lum standartlarga amal qilinayotganligini bilan bog'lash mumkin. Kuzatuvdagi bemorlar yoshi bo'yicha 14 yoshgacha bo'lgan bemorlar (9,5 %), 15-19 yoshgacha bo'lgan bemorlar (14,3% ), 20 - 29 yosh (23,6%), 30-49 yoshgacha (36,8%), 50 yoshdan kattalar (15,8%) tashkil etdi. Kuzatuvdagi bemorlarning 56,8% 25-49 yoshdagi ayollar tashkil etadi. Kuzatuvdagi bemorlar orasida aholining mehnatga layoqatli qismi ko'pchilikni tashkil etdi (60,4%). Tahlil davomida bemorlar yashash manzilgohlariga ko'ra taqsimlanganda, bemorlarning aksariyati Samarqand viloyatidan murojaat etganligi aniqlanildi (77,8%). Samarqand viloyati tumanlari orasida kasallik asosan Nurobod (35,8%), Pastdarg'om (18,7%), Tayloq (29,7%)tumanlarida qayd etildi. Kasallik epidemiologik anamnezi so'rab surishtirilganda, 2,6% holda kasallik etiologik omili sifatida dudlangan baliq, 19,5% holda uyda tayyorlangan ikralar, 37,6% uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasi, 34,9% holda uyda tayyorlangan bodring konservasi, 4% qo'ziqorin konservasi, 1,4 % holda boshqa turdagi konservalangan mahsulotlar sabab bo'lgan. Kasallik epidemiologik anamnezi so'rab surishtirilganda, kasallik etiologik omili sifatida asosan konservalangan pomidor va bodringli mahsulotlar ekanligi aniqlanildi (72,5%). Bemorlarning aksariyat qismini aniq ish joyiga ega bo'lmagan insonlar tashkil etadi(60,8%). Ular orasida mardikor ayollar ham mavjud. Bemorlarning 15,2% kasallikning birinchi kuni, 22,3% 2-kuni, 30,2% 3-kuni, 32,3% 4-kuni bemorlar murojaat etishgan. Kasallik belgilari bir necha soatlardan so'ng kelib chiqishi mumkinligini e'tiborga olgan holda bemorlarning 15,2% kasallikning birinchi kuni murojaat etishgan. Bu holat kasallik tashxisotida laborator instrumental tekshiruv usullari etishmasligi bilan bog'liq. Bemorlar asosan kasallikning 2-4 kunlari yotqizilgan (84,8%). Kuzatuvdagi bemorlardan kasallik 4,7% holda letal oqibat bilan tugallangan. Kasallik letal oqibat bilan tugagan bemorlarning 3,5% ni Nurobod tumanidan yotqizilganlar tashkil etadi. Botulinumning virulentligi baland shtammlari aylanib yurganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu holat kasallik tashxisotida tekshiruv usullarini takomillashtirishni, qo'zg'atuvchi shtammlarini aniqlashga yordam beradigan, kasallik spetsifik davosi effektivligini oshirishga imkon beruvchi tekshiruv usullarini kiritishni taqozo qiladi. Kasallikning og'ir shakli 29,6% holda, o'rta og'ir shakli 70,4% holda aniqlanildi. Kasallik tashxisoti asosan klinik va epidemiologik usullar asosida qo'yilgan. Botulizm tashxisotida boshqa

usullar past samaradorlikka ega. Shularni e'tiborga olgan holda, botulizm kasalligi laborator diagnostikasini zamonaviy tendensiya asosida takomillashtirish, kasallik diagnostikasiga tekshiruvning molekulyar - genetik usullarini kiritishni talab qiladi. Bu usullar an'anaviy usullardan past bo'lmasdan, balki an'anaviy usullarga(klassik) nisbatan ustunroq turadi. Bu holat ularning yuqori sezgirligi (80% gacha) va spetsifikligi (100% gacha) bilan bog'liq. Bu usulning afzalligi shundaki, bu usulda kasallik og'irligi va bosqichiga bog'liq bo'lmagan holda tahlil natijalarini tez olish, bu usulni ommaviy ravishda qo'llash imkoniyati mavjud [3, 9]. PSR tekshiruv usulining o'ziga xos xususiyati shundaki, uning turli modifikatsiyalari real vaqt oralig'ida molekulyar markerlarning miqdorini oshirish orqali ushbu usulning sezgirligi va spetsifikligini oshirish imkoniyati mavjud. Natijada PSR usulida bitta sinamadagi minimal miqdordagi bakteriyalarni aniqlash mumkin [10, 11]. Bu usulda kasallik og'irlik darajasi va zardob bilan davolash davomiyligini taxmin qilish mumkin. PSR usuli kamchiligiga uning narxi qimmatligini, laboratoriyalarda kerakli sharoitlarni yaratish, laboratoriya xodimlarini professional darajada tayyorlash kiradi.

Ko'plab ilmiy nashrlarda ko'rsatilishicha, hozirgi zamonda ushbu kasallik tashxisoti etarli darajada takomillashmaganligini e'tiborga olgan holda, botulizm kasalligiga qarshi aholi orasida sanitar oqartiruv ishlarini o'tkazish, turli profilaktik va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar asosiy o'rinda turadi.

Xulosa: Botulizm muammosi ko'p qirrali hisoblanadi. Bu muammoni bartaraf etish tizimli amalga oshirilish lozim. Botulizm kasalligi ayrim hollarda o'z vaqtida tashxislanmasligi bois, kasallik tashxisotida serologik, bakteriologik, molekulyar -genetik usullar kombinatsiyasini yoki bir paytning o'zida bir nechta serologik usullarni qo'llash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Лобзин Ю.В., Зубик Т.М. Ботулизм у военнослужащих: Диагностика и лечение // Военно-медицинский журнал. - 2003. - №3. - С. 65-67

2. Никифоров В.В. Ю.Н. Томилин, Т.Я. Чернобровкинассоавт. Трудности ранней диагностики и лечения ботулизма.//Архив внутренней медицины. -2019.-№4. -с.254-259.

3. Никифоров В.В. Ботулизм. В кн.: Инфекционные болезни: национальное руководство под ред. Ющука Н.Д., Венгерова Ю.Я. 2-е изд., перераб. и доп. М. ГЭОТАР-Медиа.2018; 558-568.

4. Ярмухамедова Н. А. и др. Клиническо-эпидемиологические аспекты нейробруцеллеза по данным областной инфекционной клинической больницы города Самарканда //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 18-2 (96). - С. 72-77.

5. ШОДИЕВА Д. А., ТАШПУЛАТОВ Ш. А. ОСЛОЖНЕНИЯ ПРИ ПИЩЕВОМ БОТУЛИЗМЕ (литературный обзор) //ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ. - 2022. - Т. 7. - №. 5.

6. Шодиева Д. А., Ташпулатов Ш. А. Критерии тяжести основного процесса при ботулизме у детей //Children's Medicine of the North-West. - 2020. -Т. 8. - №. 1. - С. 403-403.

7. Шодиева Д. А., Ташпулатов Ш. А., Джумаева Н. С. ВНЕШНЕЕ ДЫХАНИЕ ПРИ БОТУЛИЗМЕ У ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ СТЕПЕНИ ТЯЖЕСТИ ОСНОВНОГО ПРОЦЕССА //Вопросы науки и образования. - 2021.

- №. 6 (131). - С. 35-43.

8. Ярмухамедова Н. А. и др. CLINICAL AND EPIDEMIOLOGICAL ASPECTS OF NEUROBRUCELLOSIS ACCORDING TO THE INFORMATION OF SAMARKAND MUNICIPAL INFECTIOUS DISEASES HOSPITAL //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 14-2. - С. 61-66.

9. Sobirovna D. N., Zakirovna U. G., Abdujalolovna S. D. Post-covid syndrome in new Coronavirus infection //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 1106-1112.

10. Рузиева М., Шукуров Ф., Шодиева Д. Самарканд вилоятида оив инфексияси эпидемиологик аспектлари //Журнал вестник врача. - 2014. - Т. 1. -№. 01. - С. 11-13.

11. Курбонова Л. и др. Бру^ллёз билан OFриган бeморларда элeктрокардиограмманинг узига хос хусусиятлари //Журнал вестник врача. -2014. - Т. 1. - №. 01. - С. 6-7.

12. Юсупова Н., Шодиева Д. Ботулизмнинг замонавий аспектлари //Журнал вестник врача. - 2014. - Т. 1. - №. 01. - С. 20-21.

13. Джумаева Н., Абдухамитова М., Шодиева Д. Клинико-лабораторная характеристика паротитной вирусной инфекции у взрослых в современных условиях //Журнал вестник врача. - 2012. - Т. 1. - №. 04. - С. 54-57.

14. Джумаева Н. С., Восеева Д. Х., Абдурахмонова З. Э. Современный взгляд на лечение лямблиоза //Достижения науки и образования. - 2020. - №. 16 (70). - С. 65-69.

15. Култаева Н. Ж., Джумаева Н. И. Развитие организаторских способностей студентов высших учебных заведений //Молодой ученый. - 2014.

- №. 9. - С. 491-493.

16. Джумаева Н. и др. Характеристика клинических проявлений гипоксически-ишемического поражения у новорожденных в остром периоде //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2016. - №. 2 (87). - С. 49-52.

17. Ярмухамедова Н. А. и др. Функциональные изменения со стороны сердечно-сосудистой системы у больных с хроническими формами бруцеллеза //Достижения науки и образования. - 2020. - №. 4 (58). - С. 56-60.

18. Yarmukhamedova N. A. et al Functional changes in the cardiovascular system in patients with chronic forms of brucellosis." //Achievements of science and education. - 2020. - №. 4. - С. 58.

19. Ярмухаммедова Н., Узакова Г., Раббимова Н. Особенности течения ветряной оспы у взрослых //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2017. -№. 1 (93). - С. 155-157.

20. Ташпулатов Ш. А. и др. СЛУЧАЙ ИЗ ПРАКТИКИ. ПОЛИСИНДРОМНЫЕ ПРОЯВЛЕНИЯ ХРОНИЧЕСКОГО БРУЦЕЛЛЁЗА //Вопросы науки и образования. - 2020. - №. 37 (121). - С. 32-40.

21. Ярмухамедова М., Ачилова М., Узакова Г. Клиническая характеристика бруцеллеза в самаркандской области //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2016. - №. 3 (89). - С. 120-123.

22. Матьякубова Ф. Э., Ибрагимова Э. Ф., Бахриева З. Д. КЛИНИКО-ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ШИГЕЛЛЕЗА У ВЗРОСЛЫХ НА СОВРЕМЕННОМ ЭТАПЕ //Вестник науки и образования. -2020. - №. 22-1 (100). - С. 64-72.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.