Shartli-patogen flora tomonidan qo'zg'atiladigan o'tkir ichak infeksiyalarning klinik va epidemiologik xususiyatlari
Nargiza Anvarovna Yarmuxamedova Otabek Saidovich Tirkashev Feruza Egamovna Matyakubova Nodira Tashtemirovna Rabbimova Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Annotatsiya: JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili dunyoda bir milliardga yaqin diareya kasalligi qayd etiladi. O'tkir ichak infektsiyalari (O'II) bilan kasallanish yuqori darajada bo'lib, barcha yuqumli kasalliklar orasida barqaror ravishda 2-3 o'rinni egallaydi [3, 7] va aniqlangan etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalari ulushi ortib bormoqda. Ko'rib chiqilayotgan kasalliklarning 87,6 % bakterial xususiyatga ega bo'lib, ularning katta qismi Enterobacteriaceae oilasining shartli-patogen bakteriyalaridan kelib chiqadi [1, 6]. Eng keng tarqalgan patogenlar - Proteus mirabilis, P. vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, E. aerogenes, Citrobacter freundii, Serratia xisoblanadi [2, 4 ]. Inson patologiyasida shartli-patogen mikroorganizmlarning roli ortib borishining sabablaridan turli xil muhit omillari ta'sirida ularning biologik xususiyatlarining o'zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy va epidemiologik sharoitlar o'zgarishi bilan bog'liq. Ichak mikroflorasining o'zgarishi (ko'pincha yuqumli genezli) erta yoshdagi bolalarning immun tizimidagi o'zgarishlar bilan kelib chiqadi. Immun tizimining hujayraviy va gumoral parametrlarining buzilish holati organizmning rezistentligini pasaytiradi [5]. Natijada allergik, infeksion va autoimmun asoratlarga olib keladi.
Kalit so'zlar: opportunistik flora, o'tkir ichak infektsiyasi, bakterial infeksiya.
Clinical and epidemiological characteristics of acute intestinal infections caused by conditionally pathogenic flora
Nargiza Anvarovna Yarmukhamedova Otabek Saidovich Tirkashev Feruza Egamovna Matyakubova Nadira Tashtemirovna Rabbimova Samarkand State Medical University
Abstract: according to WHO data, about one billion cases of diarrhea are registered in the world every year. The incidence of acute intestinal infections (AII) is
high, it consistently ranks 2-3 among all infectious diseases [3, 7], and the share of acute intestinal infections with a defined etiology is increasing. 87.6% of the considered diseases are bacterial in nature, most of them are caused by conditionally pathogenic bacteria of the Enterobacteriaceae family [1, 6]. The most common pathogens are Proteus mirabilis, P. vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, E. aerogenes, Citrobacter freundii, Serratia [2, 4]. One of the reasons for the increasing role of conditionally pathogenic microorganisms in human pathology is the change of their biological properties under the influence of various environmental factors, and the change of socio-economic and epidemiological conditions. Changes in the intestinal microflora (often of infectious origin) are caused by changes in the immune system of children of early age. Disruption of the cellular and humoral parameters of the immune system reduces the body's resistance [5]. As a result, it leads to allergic, infectious and autoimmune complications.
Keywords: opportunistic flora, acute intestinal infection, bacterial infection.
Tadqiqot maqsadi: Samarqand viloyati xududida shartli patogen flora tomonidan chaqiriladigan ichak infeksiyalarining klinik va epidemiologik kechish hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot usullari va materiallari: Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga (SVYuKKSh) 2021 yil davomida murojaat qilib kelgan 461 nafar (100%) bemor kuzatildi. Tekshiruv materiali sifatida: umumiy qon, siydik, axlat taxlili va axlatning bakteriologik tahlili hisoblanadi. Tekshiruv usullaridan klinik, epidemiologik, laborator, statistik usullar qo'llanildi. Natijalar retrospektiv holda chuqur tahlil qilindi.
Tadqiqot muhokamasi: O'tkazilgan tadqiqotda Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga (SVYuKKSh) murojaat qilgan bemorlarda o'tkazilgan kuzatuv natijalariga asoslangan. Kuzatuv ostiga olingan bemorlar Samarqand shaxri, Samarqand viloyati tumanlaridan murojaat qilib kelishgan.
Bemorlarning manzilgohlari tahlil qilinganida quyidagilar ma'lum bo'ldi. Bemorlarning asosiy qismini Samarqand shahridan (59,9%/276) va tumanlaridan kelgan bemorlar (40,1%/185) tashkil etdi (1-rasm).
■ Ca Ma pi^a hfl wa x;pn
■ Tyiviahmap ax,o,nncn
1-rasm. Bemorlarni yashash joyiga nisbatan taqsimlanishi (%).
Tumanlardan murojaat qilib kelishgan bemorlarimizni yashash joyiga nisbatan kuzatuv olib borilganida bemorlarda kasallanish ko'rsatkichini intensivligini yuqoriligi: Samarqand tumani (14,3%), Kattaqo'rg'on tumani (9%), Tayloq tumani (10%) da kuzatildi. Kasallanish ko'rsatkich quyidagi tumanlarda nisbatan kamroq: Urgut tumani (7,4%), Nurobod tumani (6,1%), Pastdarg'om tumani (6,4%), Payariq tumani (6,4%), Bulung'ur tumani (6,7%), Jomboy tumani (4,5%), Narpay tumani (5,2%), Oqdaryo tumani (6,4%), Ishtixon tumani (3,6%), Qo'shrabod tumani (7,3%), Paxtachi tumani (6,7%) (2-rasm).
2-rasm. Tumanlar miqyosida yashash joyiga nisbatan taqsimlanishi Kuzatuvga olingan bemorlarimizni shartli patogen flora tomonidan qo'zg'atiladigan ichak kasalliklari bilan yil davomida kasallanish holatini tahlil qilganimizda boshqa etiologiyali ichak kasalliklarining mavsumiy uchrashi bilan to'g'ri kelgan, ya'ni shartli pathogen flora tomonidan chaqirilgan O'II uchrash darajasi baxor faslida ( mart-3%, aprel-4%, may-7%), yoz faslida (iyun - 18%, iyul -19%, avgust - 22%) va kuz faslida (sentyabr - 14%, oktyabr-7%, noyabr-2%), qish faslida (dekabr-1%, yanvar-1%, fevral-2%) oylariga to'g'ri kelgan (3-rasm).
3-rasm. Kasallanishning yil davomida taqsimlanishi (%j Kasallangan bemorlarimizni jinslarga bog'liq holda taqsimlaganimizda: ayol jinsdagilar 42,6%, erkak jinsdagilar 57,4% tashkil qildi (4-rasm).
4-rasm. Bemorlarni jinsga nisbatan taqsimlanishi (%).
Sub'ektiv ma'lumotlarga asoslangan holda bemorlaming 19,9% kasallanishni sifatsiz ovqat mahsulotlari bilan bog'lash holati, 44,8% tartibsiz ravishda sun'iy ovqatlantirishga barvaqt o'tkazilganligi (mol suti, qaymoq, pechene berganligi), 16,9% bemorlar odatdagi ovqat ratsioniga yangi maxusulotlarni qo'shilganligi (mevalar, ovqatlar, sabzavotlar), 18,4% bemorlarda esa boshqa kasalliklar premorbid fonida o'tkir ichak kasalliklarini kelib chiqganligi ma'lum bo'ldi. Bemorlarning 18,9% kasallanish sababi aniqlanmadi.
Bemorlarda anamnesis morbi tahlil qilinganida, quyidagi holatlar ma'lum bo'ldi: bemorlardan 29,9% qismi SVYuKKSh ga murojaat qilib kelishidan oldin boshqa shifoxonalarda "Bronxozotiljam", "Tug'ma yurak nuqsoni", "Bolalar serebral falajligi" kabi tashhislar bilan davo muolajalarini olishgan.
Bemorlarning 13,4% qismi shifoxonaga kelgunga qadar tartibsiz ravishda, uy sharoitida antibakterial dori vositalari va antibiotiklar qabul qilishgan.
Bemorlarning 24,9% yil davomida bir necha martalab "O'tkir ichak infeksiyasi", "O'tkir gastroenterit" tashxislari bilan statsionar sharoitda davo muolajalarini olganligi ma'lum bo'ldi. Bemorlarning 8,6% yil davomida bir necha marta turli xil shifoxonalarda davo muoljalari qabul qilishgan.
Asosiy tashxisga hamroh kasalliklarning qo'shilib kelishining kuzatilishi: anemiya 92,3% holda, og'iz bo'shlig'i kandidozi-19,8% holda, oziqlanishning buzilishi (gipotrofiya) - 49,2%, turli hildagi diatezlar -14,7% holatda, bronxozotiljam-16,8 %, bolalar serebral falajligi-1,9% holda aniqlangan.
Kasallikning og'irlik darajasiga ko'ra: 29,6 % bemorlarda og'ir shaklda, 59,7 % bemorlarda kasallikning o'rta og'ir shaklining uchrashi, 10,7% bemorlarda kasallik yengil shaklda kechgan (5-rasm).
60.00%
■
40.00%
20.00%
I
0T00%
Ypr a onip maiLHi
Oriip nEJOM
5-rasm. Kasallikning og'irlik darajasiga ko'ra taqsimlanishi (%).
Bemorlarda kasallik klinik belgilari tahlil qilinganida: qorin sohasidagi og'riq, tana haroratining ko'tarilishi, ahlatining suyuq, yashil rangda, ko'piksimon, ko'p miqdordagi shilliq aralash kelishi, qusish, ko'ngil aynishi, umumiy darmonsizlik, ishtaxasining pasayishi kuzatilgan. Ahlatning suyuq xolda patologik aralashmalar qo'shilib kelishi 100% bemorlarda, qayt qilish 41,4%, qorin dam bo'lishi 59,6%, teri
qoplamlarining oqimtirligi 68,9%, tana haroratining ko'tarilishi 57,6%, ishtaxaning pastligi-100%, xolsizlik -100% holda kuzatilgan.
Bemorlarning axlatining bakteriologik tekshiruvi natijasida quyidagi holat aniqlandi: Citrobacter-18%, Proteus-18,6%, Pseudomonas aeruginosa -8,4%, Enterobacter-34,7%, Kleibsiella-17,2% xollarda topildi. Bemorlarning 3,1% qismida shartli patogen flora qo'zg'atuvchilarining Stafilaccocus aureus bilan birgalikda qo'shilib kelishi aniqlandi.
Kasallik asoratlaridan suvsizlanishning turlari va darajalariga ko'ra: bemorlarning 31,8% gipotonik (suv yetishmovchilik turi), izotonik turi 56,3% bemorda, gipertonik (tuz yetishmovchilik turi) 11,9% bemorlarda aniqlandi. Bemorlarning umumiy ahlat tahlilida makroskopik tekshiruvda: qon, shilliq, yiringli ajralmalar kuzatildi. Axlatning mikroskopik tekshiruvida: eritrotsitlar, leykotsitlar aniqlandi.
Qonning umumiy tahlilida barcha bemorlarda gemoglobinning 120 g/l dan 50 g/l gacha kamayganligi, leykotsitoz, EChT ning 34mm/soatgacha tezlashishi kuzatildi.
Bemorlarning 21,4% qismida kasallikning asoratlar bilan kechishi kuzatildi. Jumladan: gipovolemik shok -2,3%, ITSh- 1,9%, neyrotoksikoz-3,8 % xolatda aniqlandi. Statsionar sharoitda davo muolajalarini olgan barcha bemorlarga standart asosida antibakterial dori vositalari qo'llanilgan, dezintoksikatsion, oral regidratatsion terapiya, simptomatik terapiya qo'llanildi. Bemorlarning shifoxonada davolanish davomiyligi (o'rtacha o'rin kuni) 11,05±0,4 kunni tashkil etdi. Bemorlarning umumiy ahvolida klinik tuzalish kuzatilishi bilan uyiga javob berilgan.
Xulosa: ShPF tomonidan chaqirilgan O'IIlarda sub'ektiv ma'lumotlar o'rganilganida, anamnezidan qo'pol ravishda, barvaqt sun'iy oziqlantirishga o'tkazilgan bolalarda kasallikning ko'p uchrashi aniqlandi. Yil davomida uchrashi fasllar kesimida aksariyat xollarda yoz va kuz oylariga to'g'ri keldi. Ko'p xollarda salbiy premorbid foni kasallikning rivojlanishiga turtki bo'lib hizmat qilgan. Va shu o'rinda hamroh kasalligi bor bolalarda shartli patogen flora tomonidan qo'zg'atilgan ichak infeksiyalari og'irroq kechishi aniqlanildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Buslenko O. A. i dr. Ostrie kishechnie infeksii u vzroslix: osenka sostoyaniya intestinal'noy mikroflori i effektivnosti aminodigidroftalazindiona natriya v sostave ix kompleksnoy terapii //Epidemiologiya i infeksionnie bolezni. Aktual'nie voprosi. -2016. - №. 4. - S. 57-64.
2. Atabekova Sh.R., Ibadova G.A., Axmedova X.Yu. Bolalarda diareyadan keyingi xolatning ba'zi bir patogenetik jixatlari xamda davolash choralarini optimallash. Infeksiya, immunitet i farmakologiya, 2015, №4 - 20-24 b.
3. Muminova Sh.Sh. Achilova M.M., Rabbimova N.T., Tirkashev O.S., Matyakubova F.E. Kliniko-epidemiologicheskie osobennosti ostrix kishechnix infeksiy bakterial'noy etiologii// Problemi biologii i medisini. - 2018 - №3 - 17-18 b.
4. Rabbimova N. T., Matyakubova F. E., Juraev Sh. A. OSOBENNOSTI KLINIKO-LABORATORNOGO TEChENIYa KIShEChNIX PROTEOZOV U DETEY //Molodej' i medisinskaya nauka v XXI veke. - 2018. - S. 195-197.
5. Shipulin K. V., Txin L. K., Kolosova M. A. Kliniko-epidemiologicheskie osobennosti techeniya kishechnix infeksiy, vizvannix uslovno-patogennoy floroy, u vzroslix //mediko-biologicheskie, klinicheskie i sosial'nie voprosi zdorov'ya i patologii cheloveka. - 2020. - S. 290-292.
6. Yarmuxamedova N.A., F.E.Matyakubova., N.T.Rabbimova., O.S.Tirkashev. Erta yoshdagi bolalarda shartli patogen flora tomonidan qo'zg'atiladigan ichak kasalliklarining xozirgi zamonda o'ziga xos kechish xususiyatlari //PBiM (89) №3 2016.-S.124-127.
7. Kopachevskaya K. A. Rlinicheskie proyavleniya ostrix kishechnix infeksiy, vizvannix uslovno-patogennoy floroy, u detey rannego vozrasta, G. Xabarovska //Aktual'nie voprosi neonatologii i pediatrii. - 2017. - S. 115-118.
8. Tuychiev L. N. et al. Nasopharyngeal extraction of s. pneumoniae from adult patients with acute respiratory infections and antibiotic resistance of isolated strains //Art of Medicine. International Medical Scientific Journal. - 2022. - Т. 2. - №. 1.
9. Раббимова Н. Т., Матякубова Ф. Э., Тиркашев О. С. Частота выделения streptococcus pneumoniaе приострых респираторных инфекциях дыхательных путей //VOLGAMEDSCIENCE. - 2021. - С. 589-591.
10. Tuychiev L. N. et al. Antimicrobal susceptibility OF S. Pneumoniae, isolated from adults ШШ^^Ш (- 2021. - Т. 48. - №. 11.
11. Раббимова Н. и др. Математическое моделирование и прогнозирование заболеваемости кожным лейшманиозом в республике узбекистан //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2017. - №. 1 (93). - С. 104-107.
12. Egamovna M. F. et al. CLINICAL AND EPIDEMIOLOGICAL FEATURES OF THE COURSE OF SHIGELLOSIS IN ADULTS AT THE PRESENT STAGE IN 2009-2019 //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - Т. 3. - №. 5. - С. 1285-1294.
13. Абдухалилова Г. К. и др. Назофарингеальноe носительство str. е у взрослых. - 2022.
14. Egamovna M. F. et al. CLINICAL AND EPIDEMIOLOGICAL FEATURES OF THE COURSE OF SHIGELLOSIS IN ADULTS AT THE PRESENT STAGE IN 2009-2019 //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - Т. 3. - №. 5. - С. 1285-1294.
15. Ярмухамедова Н. и др. Особенности течения хронического гепатита с на фоне туберкулеза //Журнал вестник врача. - 2019. - Т. 1. - №. 1. - С. 129-132.1
16. Anvarovna, Y. N., Egamovna, M. F., Tashtemirovna, R. N., Buribayevna, M. G., & Saidovich, T. O. (2021). Clinical and Epidemiological Characteristics of Shigellosis in Adults at the Contemporary Stage. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 2(3), 311-318. https://doi.org/10.47494/cajmns.v2i3.221
17. Тиркашев, О. С. Клинико-эпидемиологическая характеристика кори в Самаркандской области / О. С. Тиркашев, Ф. Э. Матякубова, Н. Т. Раббимова // VOLGAMEDSCIENCE : Сборник тезисов VII Всероссийской конференции молодых ученых и студентов с международным участием: материалы конференции, Нижний Новгород, 16-18 марта 2021 года. - Нижний Новгород: Федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение высшего образования "Приволжский исследовательский медицинский университет" Министерства здравоохранения Российской Федерации, 2021. - С. 624-625. - EDN GZYHJQ.
18. Tirkashev O. S. et al. MEASLES AT THE PRESENT STAGE //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - Т. 3. - №. 5. - С. 177185.
19. Махмудова А. Н. и др. Медицина Узбекистана-достижения и перспективы развития сферы //Достижения науки и образования. - 2020. - №. 3 (57).
20. Kamariddinovna K. A., Nugmanovna M. A. IMPROVING POPULATION HEALTH THE IMPORTANT TASK OF THE STATE //Archive of Conferences. -2021. - Т. 17. - №. 1. - С. 204-208.
21. Nugmanovna M. A., Kamariddinovna K. A. Modern biotechnical problems of medicine and their solutions //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 13. - №. 1. - С. 169-173.\
22. Nugmanovna M. A. Legal socialization and individual deviant rights: relationships //falsafa va hayot xalqaro jurnal. - С. 49.
23. Kamariddinovna K. A., Makhmudova A. N. PROBLEMS OF FORMATION OF TOLERANCE IN SCHOOLCHILDREN IN THE MODERN SCHOOL //Conferencea. - 2022. - С. 112-115.
24. Shokirovna V. S., Nugmanovna M. A. replacing the works of our president Shavkat Mirziyoev in the development of civil society in our country //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 17. - №. 1. - С. 200-203.
25. Nugmanovna M. A. The place and significance of social and legal control in the legal socialization of the individual in civil society //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. - 2022. - Т. 12. - №. 2. - С. 21-33.
26. Махмудова А. Н. Шахс хукукий ижтимоийлашувида ижтимоий назорат тушунчаси ва тизими //международный журнал Консенсус. - 2020. - Т. 1. - №. 1.
27. Alimjanovich JR, Agababyan LR, Kamalov AI. Prevention and Treatment of Postpartum Hemorrhage. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. 2021 Aug 28;2(4):204-9.
28. Alimjanovich JR, Agababyan LR, Kamalov AI. AYOLLARDA TUG 'RUQDAN KEYINGI QON KETISHLARNI OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO 'YICHA KO 'RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINING MONITORINGINI TASHKIL ETISH.
29. Alimdjanovich JR, Ibragimovich AK. Organization of Monitoring of the Quality of Services Provided for the Prevention and Fight Against Postpartum Bleeding in Women. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES. 2021 Nov 11;2(6):14-21.