Научная статья на тему 'KONFUTSIY FALSAFIY TA’LIMOTI VA UNDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR'

KONFUTSIY FALSAFIY TA’LIMOTI VA UNDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
15791
805
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi Xitoy / buyuk donishmand / Konfutsiy / “konfutsiychilik" / insonning tabiiy axloq-odobini takomillashtirilish / hukmdor va quyi qatlam / insonning axloqi va tarbiyasi / 仁 (Ren) insonga bo’lgan muhabbat / 义 (Yi) ma’suliyat / 礼 (Li) xulq-atvor me’yorlari / 智 (Zhi) bilimlar / 信 (Xin) ishonch. / Ancient China / the great sage / Confucius / "Confucianism" / the improvement of human natural morality / ruler and lower class / human morality and education / rén (Ren) love for man / yì (Yi) responsibility / lǐ (Li ) norms of behavior / zhì (Zhi) knowledge / xìn (Xin) trust.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tursinboyev, Azizbek

Ushbu maqola Konfutsiy hayoti va faoliyati, uning falsafiy qarashlari va asosiy tushunchalarini o'rganishga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONFUCIOUS PHILOSOPHICAL DOCTRINE AND THE MAIN CONCEPTS IN IT

This article is devoted to the study of the life and work of Confucius, his philosophical views and basic concepts

Текст научной работы на тему «KONFUTSIY FALSAFIY TA’LIMOTI VA UNDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR»

KONFUTSIY FALSAFIY TA'LIMOTI VA UNDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7354597

TURSINBOYEV Azizbek Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.

This article is devoted to the study of the life and work of Confucius, his philosophical views and basic concepts

Qadimgi Xitoyning buyuk donishmandi, bundan 2500 yil avval yashagan va ijod qilgan Konfutsiy "konfutsiychilik " deb ataluvchi axloqiy-siyosiy bilimlar ta'limotini ishlab chiqqan. Bu ta'limotning mazmun-mohiyatini insonning tabiiy axloq-odobini takomillashtirilish, davlatni boshqarish haqida ma'lumotlar berilgan. Konfutsiy ta'limotida hukmdor va quyi qatlam vakillari o'rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalik, nafosatshunoslik qoidalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta tushuncha alohida o'rin tutadi: t (Ren) insonga bo'lgan muhabbat, S (Yi) ma'suliyat, ^L (Li) xulq-atvor me'yorlari, ^ (Zhi) bilimlar, {{ (Xin) ishonch.

Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom # ( xiao ) ham kiritiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo'lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma'noga ega bo'lgan.

"Besh ezgulik tushunchalar" ning mohiyati quyidagilardan tashkil topgan:

t Ren "Insonga bo'lgan muhabbat", "Insonparvarlik" ma'nosini beradi. Inson xulq-atvor me'yorlari va axloqiy yuksalishlarini ifodalab beradi, ya'ni bunda ko'ngilchanlik, qa'tiyat, kamtarlik, oliyjanoblik, odamlarga nisbatan muhabbat, haqiqatgo'ylik, ochiq ko'ngilllik kabi hislatlar aks ettiriladi. Muallif tomonidan bu ko'rinishlardagi shaxslarga misol tariqasida afsonaviy hukmdorlar - Yao, Shun va Yuy kabilar ko'rsatiladi. Konfutsiy tomonidan insonning ahloqiy takomillashishga harakat qilishi kerakligi ta'kidlab o'tiladi. Odamning barcha ezgu xususiyatlarini u " ren " asosida kelib chiqqan deb ko'rsatadi, bu tushuncha asosida jamiyatdagi munosabatlar shakllantirilishi ta'kidlanadi. Konfutsiy fikricha, inson o'zini o'zi yaratadi, ya'ni hayoti davomidagi barcha qarorlari uning o'ziga bog'liq. Bunda uning boshqa insonlarga bo'lgan munosabati ham inobatga olinadi.

S Yi "Ma'suliyat". Insonga bo'lgan oily muhabbat (t ren) hayotda ma'suliyat hissi (S yi ) orqali moddiylashadi. "Yi" tushunchasining o'zi esa ko'p ma'nolarga ega. Bu tushuncha orqali insonning ma'naviy holati belgilanadi. Bu insonnig haqiqat izlashiga va o'z ota-onasiga nisbatan haqiqatgo'y bo'lishi, ular bergan tarbiyalariga minnatdor bo'lishi orqali namoyon bo'ladi. Boshqa insonlarga nisbatan uni mehrli bo'lishi inobatga olinib, uning xudbinligiga qarshi kurashishiga da'vat etadi.

^L Li "Xulq-atvor me'yorlari ". ^L "Li" tamoyili odamlar o'rtasidagi turli xil munosabatlarni ifodalab beradi, insonning jamiyatdagi xulq-atvorini ifodalaydi. Xitoy ahloqshunosligida uch turdagi o'zaro munosabatlar ajratib ko'rsatiladi: hukmdorlar va quyi qatlam vakillari o'rtasidagi munosabatlar, kattalar va kichiklar, ota va o'g'il o'rtasidagi munosabatlar. Biroq, bunda

konfutsiychilik ta'limotida patriarxal oila va ijtimoiy tizim munosabatlari boshida "ma'rifatli hukmdor" turishi kerakligi uqtiriladi. Iqtisodiy jihatdan odamlar o'rtasidagi barcha munosabatlar Konfutsiy tomonidan ma'naviy- axloqiy toifalarga bo'lib ko'rsatiladi, bu tushunchalarning barchasi li tushunchasida mujassamlashgan. Bunda insonning urf-odatlarga nisbatan hurmati , ishonchi va ularga amal qilishi ifoda etiladi. Aslida inson xulqi orqali namoyon bo'ladi. ^L Liga amal qilgan inson katta hurmat va yuqori cho'qqqilarga erishadi.

^ Zhi "Bilimlar" deb tarjima qilinadi. Konfutsiy ta'limotida bilim tushunchasi masalasi tarixiy kitoblarning va ajdodlar tajribasini o'zlashtirilish tarzida ifodalaniladi. Bilimlarning o'zlashtirilishining asosiy usulini u qadimiy solnoma va tarixiy manbalar asosida o'qish jarayoni deb ko'rsatiladi. Ushbu o'rinishda Konfutsiy ta'limotida zamonavi bilimlarga kam e'tibor qaratiladi. Bilimlar tarixiy jihatdan ajdodlar tajribasi asosidagina o'rganilganda, samarali bo'lishi ta'kidlanadi. Barcha yangi hodisa va bilimlar ajdodlar tajribasi asosida yuzaga kelishi ta'kidlanadi. Konfutsiy tomonidan yuksak tarzdagi ajdodlar sifatida afsonaviy hukmdorlar Yao, Shun va Yuy kabilar alohida ko'rsatib o'tiladi. Bu shaxslarning qilgan amallari namuna tarzida xalq og'zaki ijodi orqali avloddan-avlodga uzatilgan. Konfutsiy o'z qarashlarida Yao, Shun va Yuyni namuna tarzida keltirib o'tadi. O'zi haqida esa u shunday fikrlarni bildiradi: "Men harakat qilaman biroq yaratmayman. Men tarixni sevaman va unga ishonaman." Shuningdek u "Mening olgan bilimlarim ajdodlar qoldirgan merosdan iborat bo'lib, unga men hech narsa qo'shmaganman, uni boshlang'ich holatida avlodlarga qoldiraman. Bilim va ta'limot Osmon tomonidan yaratilgan bo'lib, men faqatgina yerga ekin ekuvchi va ishlov beruvchi dehqon kabi faoliyat ko'rsataman." Inson o'zi qilgan ishlariga baho berib, ularni to'gri yoki noto'g'ri tahlil qilsihi lozim. Bu insonni o'jarlikdan saqlaydi.

{s Xin "Ishonch". Ishonch va sadoqat, hukmdorlarga sadoqat, Konfutsiy ta'limotining ajralmas elementlaridan biri hisoblanadi. O'g'illarning itoatkorligi, ota-onaga ehtirom (xiao ). Konfutsiy qarashlariga ko'ra, odamlar o'rtasidagi munosabatlar asosi quyidagilardan iborat: 1. Imperator va unga bo'ysunuvchi hokimlar o'rtasida munosabat. 2. Ota va o'gil o'rtasida munosabat. 3. Aka-uka o'rtasida munosabat. 4. Er va xotin o'rtasida munosabat. 5. Do'stlar o'rtasida munosabat. Bu besh munosabat turlari ichida ota-onaga hurmat, ehtirom ko'rsatish alohida ajratib ko'rsatiladi. Bunda insonning haqiqatga amal qilib yashashi, samimiy bo'lishi inobatga olinadi. Bu insondagi belgilar o'zaro bog'langan bo'lib, ular inson tarbiyasidagi muhim amallar bo'lib ham xizmat qiladi.

Konfutsiy ta'limoti butun Xitoy bo'ylab yoyilgan. Chunki uning qarashlari o'z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotiga Konfutsiy va uning maktabi alohida hissa qo'shgan. Konfutsiyni yunon falsafasi tarixidagi Suqrotning o'rni bilan qiyoslash mumkin. Konfutsiy maktabida asosan uning hikmatlari, o'g'itlari va pandu-nasihatlari o'rgatilgan. Ular o'z ustozlarini ishlarini davom ettirishgan, ya'ni konfutsiylik ta'limotini butun Xitoy bo'ylab va butun dunyo bo'ylab yoyishga harakat qilganlar. Konfutsiyning shogirdlari unga sodiq bo'lishgan va o'z ustozlarini Buyuk Inson sifatida hurmat qilishgan. Xitoyda Konfutsiy tuzgan maktab ko'p asrlar davom etdi. Miloddan avvalgi 136-yilda imperator U Di hukmronlik qilgan davrda Konfutsiy qarashlari rasmiy ravishda "ta'limot" deb e'lon qilindi. Shundan keyin Konfutsiy ta'limoti 2000 ming yildan ortiq vaqt mobaynida hukmron ideologiya sifatida davom etdi.

Mazkur bob tahlili quyidagi xulosalarga olib keldi, xususan:

Konfutsiyshunos olimlarning asosiy 2 xil to'plami mavjud bo'lib, ular " 0 va

H" deb nomlib, "To'rt muqaddas devon" va "Besh muqaddas kitob " deb tarjima qilinadi.

H" "Besh muqaddas kitob" Konfutsiyga qadar yaratilgan " ii ¿5" «Qo'shiqlar kitobi», «Tarix kitobi», "}L "Marosimlar kitobi", "M "O'zgarishlar kitobi" va "#

Ш" "Bahor va Kuz kitobi" singari qismlardan iborat bo'lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta'limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta'limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan.

"И "To'rt devon" esa Konfutsiy "Hikmatlari"dan tashqari, "X "Buyuk ta'limot", "Ф Ш" "Bilim o'chog'i", ip" "Suhbat va mulohazalar kitobi", "Mengzi kitobi" va

Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so'zlaridan tashkil topgan.

Bulardan tashqari quyidagi to'rt asar ham 13 muqaddas devon tarkibiga kiritilgan: 1) Zuozhuàn (Zuo solnomasi), 2) Gongyàngzhuàn (Gongyang solnomasi), 3) «ШШ^»

Güliángzhuán (Guliang solnomasi), 4) « ^Ш» ëryà («Erya» lug'ati). Konfutsiy uchun eng muhimi bu insonning axloqi va tarbiyasi, bunda quyidagi beshta tushuncha alohida o'rin tutadi: t (Ren) insonga bo'lgan muhabbat, S (Yi) ma'suliyat, ^L (Li ) xulq-atvor me'yorlari, ^ (Zhi) bilimlar, {g (Xin) ishonch. Bundan tashqari ezgu fazilatlarga kattalarga hurmat ehtirom # (Xiao) ham kiritiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ezgulik tushunchalarining tarjimalari shartli ravishda amalga oshirilgan bo'lib, bu tushunchalarning har biri juda keng ma'noga ega bo'lgan. REFERENCES

1. ШШЖ. - 2002^.

2. ШШо ummt, - 1959^0

3. I^l'I^^lË^^"- ±Ш, 1957^0

4. ni.^fSoiüiíi^^1 тштш. - irn, 1953^0

5. - ±m, 1957^.

6. С.А. Хашимова . ХОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИ СИФАТЛАРДА КОНВЕРСИЯ ХОДИСАСИ- МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 2020

7. С.А.Хашимова. Хитой тили грамматикаси. - Т., 2012 йил.

8. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

9. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

10. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Ш-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

11. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

12. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

13. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

14. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

15. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

16. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 85-91.

17. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

18. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1504-1511.

19. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

20. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО -ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

21. NS

ШЩ^—^Ь- 87, 0

22. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

23. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.