SHAXSLARARO MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI VA MULOQOT
TUSHUNCHASI
Nodira Karimbayevna Sabirova
O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti
Charos Zaydilla qizi Risvayeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur bobda shaxs va jamiyat munosabatlari, ularni baxolashning me'zonlari, tarixiy ijtimoiy faktorlari va nafaqat o'zbek balki ingliz tilidagi shaxslararo munosabatlarning asosiy harakteristikasi taxlil etiladi. Shuningdek, tarixiy-falsafiy ta'limotlar taraqqiyotida G'arb va Sharq olimlari tomonidan shaxslararo munosabatlar tushunchalari berilgan ta'rif va nazariyalar qiyosiy tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Shaxslararo munosabatlar, muloqot, individ, muloqot yo'nalishi.
ABSTRACT
This article analyzes the relationship between the individual and society, the criteria for their evaluation, historical and social factors, and the main characteristics of interpersonal relationships not only in Uzbek but also in English. It also provides a comparative analysis of the definitions and theories given by Western and Eastern scholars to the concepts of interpersonal relationships in the development of historical and philosophical teachings.
Keywords: Interpersonal relationships, communication, individual, direction of communication.
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng shaxsning har tomonlama, yaxlit rivojlanishiga yo'l ochildi. Shubhasizki, ushbu holat davlatimizning qator farmon va qarorlari bilan mustahkamlanmoqda. Xususan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning hayotga tadbiq qilinishi fikrimiz isbotidir. Shakllanib kelayotgan yangi avlod kadrlar misolida ham ko'rib turibmiz.
Fuqorolik va huquqiy davlat bunyod etilayotgan hozirgi sharoitda jamiyatning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, madaniy -ma'rifiy ishlarni amalga oshirish asosida ma'naviy
April, 2022
609
boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni o'zida birlashtirgan yangi inson shaxsining shakllanishi ta'minlanadi.
Avvalo, shaxs tushunchasining asl negiziga e'tibor beradigan bo'lsak, shaxs bu idrok qila oluvchi, esda saqlay oluvchi va fikr yuritish qobiliyatiga ega mavjudotdir. Shaxs insonga ta'lluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakati bilan boshqalardan ajralib turadigan, mavjud xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Shaxs ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning maxsuli hamdir. Insonning falsafiy tafakkuri rivojida shaxs va jamiyat munosabati muhim o'rinda turadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ko'plab konseptsiyalar va falsafiy qarashlar mavjud. Shaxs va jamiyat munosabatiga qarashda dastlab mifologik, diniy qadriyatlar ustuvor bo'lgan. Bu kabi ijtimoiy rivojlanish, avvalo dunyo to'g'risidagi tasavvurlari, ongi, bilimi, tashqi olamga bo'lgan ta'sirlari va ko'nikmalarining ifodasidir. Ya'ni bu "tabiat-inson-jamiyat" munosabatini ko'rsatadi. Asta-sekin "inson-jamiyat" munosabatiga bo'lgan qarashlar shakllanib bordi. Diniy, falsafiy va mifologik qarashlar o'z aksini topa boshladi. Ushbu ikki atamaga falsafiy tarafdan yondashadigan bo'lsak, "Inson", "Jamiyat" munosabati insonning jamiyatdagi o'rni, inson mohiyat va unga xos xususiyatlar to'g'risida falsafiy yondashiladi. Mifologik nuqtayi nazardan olib qaralsa, inson, shaxs va jamiyat munosabatlari fantastik, xayoliy tarzda ifodalash ongning mifologik darajada ekanligi bilan bog'liq tasavvurlar aks etadi. Sharq falsafasida qadimgi Hindiston falsafasida inson "dunyoviy jon"ning bir bo'lagi tarzida talqin qilingan, qadimgi Xitoy falsafasida esa, inson va jamiyat to'g'risida o'ziga xos talqinlar mavjud. Keyinchalik inson, jamiyat va shaxs munosabatlarini o'rganishda Qadimgi Gretsiyada shakllangan falsafada Suqrot, Platon, arastu, Demokrat, Arastu va boshqa ko'plab boshqa faylasuflarning inson, shaxs va jamiyat to'g'risidagi qarashlari shakllandi. O'rta asrda xristian konseptsiyasi yuzaga chiqdi. Bunda Avgustin qarashlarni uchratish mumkin. Islom dinida ham inson va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Yangi va hozirgi zamon falsafasi bilan bog'liq qarashlar ham o'ziga xos ekani ma'lum.
Bu bosqichlarlarning har birini alohida tahlil etish, shaxs va jamiyat munosabati masalasi, din va islom ta'limoti bilan bog'liq jihatlarga ham to'xtalib o'tish lozim.
Gumanistik nazariya namoyondalari A.Maslou va K.Rodjerslar shaxs bo'lib shakllanayotgan insonga shaxsni
April, 2022
610
mukammalashtirishining asosi o'z-o'zi aktivlashtirishga intilish asosiy xususiyat deb hisoblaydilar. [2, 5]
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi globbalashuvi jarayonida shaxs va jamiyat munosabatlari muammosiga e'tibor kuchayib bormoqda. Tarixda esa turli diniy-falsafiy tizimlar shaxs masalasiga o'zgacha yondashilgan. Antik davr falsafasini ko'radigan bo'lsak, shaxsga nisbatan asosan ijtimoiy munosabatlar nuqtayi nazardan qaralganda, xristianlik ta'limotida shaxs maxsus mohiyat, "Individual substansiya", aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.
Yangi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekart shaxs to'g'risida dualistik g'oya shakllanishiga yo'l ochib berdi. Bunda avvalo, o'z-o'zini anglash - "Men" tushunchasi bilan birlashib ketdi.
Juda ko'plab ta'rif va tushunchalar orasida Amerikalik psixolog G. Ollportning ta'rifi e'tiborga loyiqdir: "Shaxs bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o'ziga xos psixofiziologik tizimlar shaxs xususiyatlari yig'indisi bo'lib, u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq - atvor yuzaga keladi".[2, 12]
Rus psixologi S.L.Rubinshteyn: "Odam o'zidagi takrorlanmas xususiyatlariga ko'ra individualdir. Uni o'z atrofidagilariga, borliqqa bo'lgan ongli munosabati, biror faoliyat bilan shug'illanishi uning shaxs ekanligidan dalolat beradi" deb ta'kidlab o'tadi.[3, 18]
XX asr psixologi va filosofi Erik Fromm shaxs tushunchasiga shunday ta'rif beradi, "Shaxsda shunday yaxlit tug'ma va orttirilgan psixik xususiyatlar borki, u individni xarakterlab beradi va qaytarilmasligini ifodalaydi. Shaxs xususiyatlari -temperament, qobiliyat, hissiy-irodaviy sifatlar va xarakterni o'z ichiga oladi. Ammo shaxsning mohiyati-bu uning yo'nalganligi,uning motivatsiyalari, ijtimoiy munosabatlari va ustanovkalari (ko'rsatmalari), shu bilan birga albatta o'z-o'ziga munosabatdir"
Bizga ma'lumki, "shaxs" tushunchasi faqat psixologiya fani orqali emas balki, boshqa ko'plab falsafa, sotsiologiya, pedagogoka kabi fanlar tomonidan ham tahlil qilib o'rganilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, "muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o'zida quyidagilar kiradi:
• individlarning o'zaro ta'sir jarayoni
• Individlar o' rtasidagi axborot almashinuvi j arayoni
April, 2022
611
• Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
• bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni.
• bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
• shaxslarning bir-birlarini tushinish j arayoni"
Muloqot jarayoni o'ziga xos ravishda murakkab bo'lib, bunda uch xil bosqich mavjud. T. Shibutani "Ijtimoiy psixologiya» kitobida (darsligida) "Agar odam ozgina bo'lsa ham o'zini anglasa, demak, o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera oladi", deb tugri yozgan edi. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan, suxbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan mulokot - mulokotning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich avlodlar o'rtasidagi mulokot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta'lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqot mavzuyi va yo'nalishiga ko'ra:
• Ijtimoiy yo'naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
• Guruxdagi predmetga yo'naltirilgan (mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
• Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o'z muammolarini yechish maqsadida o'rnatgan munosabatlari).
• Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan murakkab uzaro ta'sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o'z qonun-qoidalari, ta'sir usullari va yo'l-yo'riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo'ladiganlarning burchidir.
Shaxslararo munosabatlarning tabiatiga jinsi, millati, yoshi, fe'l-atvori, sog'lig'i, kasbi, odamlar bilan tajribasi, o'zini o'zi anglashi, muloqotga bo'lgan ehtiyoj va boshqalar kabi shaxsiy xususiyatlar ta'sir qiladi. Shaxslararo
XULOSA
munosabatlarning rivojlanish bosqichlari:
April, 2022
1) tanishish bosqichi - birinchi bosqich - odamlar o'rtasida o'zaro munosabatlarning xususiyatini aniqlaydigan o'zaro aloqalar, o'zaro tushunish va baholashning vujudga kelishi;
2) do'stlik davri - shaxslararo munosabatlarning paydo bo'lishi, odamlarning bir-birlariga nisbatan ichki munosabatlarini oqilona (o'zaro ta'sir qiladigan odamlar bir-birlarining qadriyatlari va kamchiliklarini anglash) va hissiy darajalarda (tegishli tajribalarning paydo bo'lishi, hissiy munosabat va boshqalar);
3) o'rtoqlik - qarashlarning yaqinlashishi va bir-birini qo'llab-quvvatlash; ishonch bilan tavsiflanadi.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi.
REFERENCES
1. G. Ollport "Psixologiyada shaxs" 1998, 12 bet.
2. S.Hasanov, D.Abdumadjidova, N. Atayeva. Psixologiya (psixologiya nazariyasi va amaliyoti asoslari) Ma'ruza matni-Toshkent 2016, 5-bet.
3. S.L. Rubinshteyn . Umumiy psixologiya asoslari 2006.
April, 2022