Научная статья на тему 'KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR'

KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
811
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompozitsiya / tabiat / fazo / muhit / forma / mazmun / uyg’unlik / yaxlitlik / badiiylik / funksionallik / ijtimoiy mazmun / ijtimoiy asoslar / ifoda vositasi / estetik talablar. / composition / nature / space / environment / form / content / harmony / integrity / artistry / functionality / social content / social foundations / means of expression / aesthetic requirements

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sohibov, Rahmonali

Maqolada oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari bilan boshqarishga e’tibor qaratilgan. Boshqaruvda samaradorlikni oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim vosita sifatida xizmat qilishi, o’quv jarayoniga intensiv ravishda tadbiq etilishi ta’lim tizimida tom ma’nodagi ijobiy o’zgarishlarga olib kelishi ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF COMPOSITION. GENERAL CONCEPTS ABOUT COMPOSITION

The article focuses on the management of innovative activities in the higher education system with information technologies. It is stated that information and communication technologies serve as an important tool in increasing the efficiency of management, and intensive application of them in the educational process will lead to positive changes in the educational system.

Текст научной работы на тему «KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Rahmonali Sohibov

Farg'ona davlat universiteti, tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari bilan boshqarishga e'tibor qaratilgan. Boshqaruvda samaradorlikni oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim vosita sifatida xizmat qilishi, o'quv jarayoniga intensiv ravishda tadbiq etilishi ta'lim tizimida tom ma'nodagi ijobiy o'zgarishlarga olib kelishi ifodalangan.

Kalit so'zlar: kompozitsiya, tabiat, fazo, muhit, forma, mazmun, uyg'unlik, yaxlitlik, badiiylik, funksionallik, ijtimoiy mazmun, ijtimoiy asoslar,ifoda vositasi, estetik talablar.

Статья посвящена управлению инновационной деятельностью в системе высшего образования с использованием информационных технологий. Утверждается, что информационно-коммуникационные технологии служат важным инструментом повышения эффективности управления, а интенсивное их применение в образовательном процессе приведет к положительным изменениям в системе образования.

Ключевые слова: композиция, природа, пространство, среда, форма, содержание, гармония, целостность, художественность, функциональность, социальное содержание, социальные основы, выразительные средства, эстетические требования.

The article focuses on the management of innovative activities in the higher education system with information technologies. It is stated that information and communication technologies serve as an important tool in increasing the efficiency of management, and intensive application of them in the educational process will lead to positive changes in the educational system.

Key words: composition, nature, space, environment, form, content, harmony, integrity, artistry, functionality, social content, social foundations, means of expression, aesthetic requirements.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Kompozitsiya - qonuniy tashkil qilingan organizm, uning hamma qismlari mustahkam aloqada va o'zaro bog 'liqlikda. Bualoqa va ozaro bogliqlik xususiyati rassomning goyaviy fikr bilan belgilanadi. Fikr mohiyatiga xos bo'lgan konstruktiv

g'oya kompozitsiyaning amaliy asosini beradi."

Kompozitsiya so'zi lotincha "kompozitio" so'zdan olingan bo'lib, "tuzmoq", "yaratmoq" degan ma'noni beradi. San'atning har qanday sohasida kompozitsion tuzilishsiz, uning barcha qism va komponentlarini uyg'unlashtirmasdan turib, badiiy asar yaratib bo'lmaydi. Kompozitsiya forma va mazmunni yaxlitlikda ifodalashning muhim vositasidir.

Kompozitsiya deganda biz ma'lum bir ifodaga ega tuzilmasini yaxlitlikda, maqsadli qurish, qaysiki, qismlar joylashuvi va o'zaro mutanosiblikda, bog'liqlikda bo'lishini va umumlashtirilgan fikr va mazmunga ega ekanligini tushunamiz. Shuningdek tugallangan badiiy asarni, masalan, rangtasvir asarini kartina deb, musiqa asari yaxlit g'oya atrofida o'zaro bog'langan balet spektaklning nomerlarini, metal eritmasi tarkibini, duxilar va hokazolarni kompozitsiya deb atashadi. Shuningdek badiiy asarni tuzish qonuniyatlarini o'qitadigan fan ham kompozitsiya fani deyiladi.

MUHOKAMA VA NATIJLAR

Jismlarni tartibsiz, uyib tashlangan holatdagi ko'rinishi, mazmunida bir hillik, bir ma'nolielementarlikning mavjudligini ham kompozitsiya deb bo'lmaydi. Kompozitsiya har qanday yaxlitlikdagi tuzilmada ( strukturada), hoh u san'at asari bo'lsin, ilmiy ish, information habar yoki tabiat yaratgan orgaizmda ham mavjud bo'lishi kerak.

Kompozitsiya buyumlar dunyosi shakli, ijtimoiy mahsulotlar, mashinalar, me'moriy va dizayn ob'yektlarini yaratishda ham zarur vositadir.

Bajariladigan ishdagi kompozitsion yondashuv qismlarning mantiqiy va chiroyli joylashuvini ta'minlaydi hamda shaklga yaqqollik, chiroy baxsh etuvchi, mazmunni ravshanlashtiruvchi yaxlitlik yuzaga keladi.

Tuzilish va go'zallik mantiqi, qismlarning yaxlitlik, mutanosiblikdagi uyg'unligi, yuqorida qayd qilinganidek nafaqat insonning yaratuvchanligiga bog'liq. Kompozitsiya alomatlarini biz tabiat shakllarida, o'simliklarning tuzilishida, mavjudotlar organizmida, koinotning tuzilishida va hokazolarda ham ko'rishimiz mumkin.

Kompozitsiya - yaratilajak barcha badiiy asar uchun " materiallarni" tashkillashtirish vositasihamdir"Material" deganda nafaqat jismiy ashyo, ya'ni,

Y.A. Kibrik.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yoq, smal'ta, mato, loy, so'z va hokazolar ko'zda tutiladi. Bunda badiiy asar yuzaga kelishi jarayonidagi ijodiy jarayon uchun kerak bo'ladigan syujet, g'oya, natura, turli davrlar uchun illyustrativ materially va boshqalar ham ko'zda tutiladi. Bu haqda taniqli rus olimi L. Vigodskiy adabiyot asari haqida "Material deganda barcha tayyor turmush munosabatlari, turli voqealar, turmush tarsi, xarakterlar tushuniladi" deb aytgan edi.

Aytilgan anashu materiallarning badiiy qurilishi qonuniyatlarini asoslarini qonuniyatga ko'ra joylashtirish tartibotini- shu asarning shakli deyilsa to'g'ri bo'ladi. Chunki badiiy asarning yakuniy namunasida "materiallar" umumlashgan, yaxlit ifoda vositasiga aylangan holda, muallifning xulosaviy natijasi sifatida namoyon bo'ladi. (Keltirilgan bu fikrlar san'atning barcha turlariga tegishlidir).

Kompozitsion qurilma materiallarini tashkillashtirish vositasi ekanligini yaxshi taxlillamasdan turib san'at asarini nafaqat yaratish, hatto u haqda fikrlab ham bo'lmaydi. Badiiy asarda kompozitsiya qurilmasining maqsadi san'atda ishlatiladigan materiallarning har biri o'zaro bog'langan, mantiqiy yaxlit joylashtirilgan, ya'ni, barcha ishtirokchilari o'z guruhlariga nisbatan to'g'ri o'rnatilgan bo'lib, ular badiiy asarni yakuniy ifodaliligini ta'minlashi lozim . Kompozitsion qurilma shakllarni uyg'unlashtirib borib, asar mazmunini boyitadi va uning qiymatini ( badiiylik, sifat qiymati ma'nosida) oshiradi. Kompozitsiya bu mazmun va shakl katigoriyasidir, chunki u mazmunni yoritib, shakllarni uyg'unlashtiradi.

Shunday qilib, kompozitsion ishlov orqali mazmun va shakl birligiga erishiladi. Shuni e'tirof etish joizki, "mazmun" tushunchasi, mavzu, syujet, g'oya tushunchalaridan kengroqdir, chunki u ijodiy jarayon davomida qayta-qayta fikrlanib, shakllarga ishlov berish tufayli asarda materiallarni uyg'unlashtira olish va badiiy qiymatga erisha olish kabilarni ham o'z ichiga oladi.

Asardagi shakl va mazmun materialni o'zlashtirishdagi "kurash" jarayonini yuzaga keltirgan dialektik birlikdir. Badiiy shaklda mazmun moddiylashadi (mujassamlashadi).Bu borada M. Kagan- "Asar mazmuni uning shakl ma'nosidir, chunonchi san'at asari tarkibidagilarning barchasi uning mazmunidir" degan edi.

Badiiy asarda shakl va mazmun organik ravishda mujassamlashib yaxlitlashgan bo'ladi. Binobarin bu ikki tushunchani qarama-qarshi qo'yib taxlil qilsak, biz badiiy shaklning formal alomatlarini va shakl yasovchi vositalarni alohida-alohida o'rganish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Zeroki kompozitsiyani tashkil etuvchi vositalarni alohida-alohida holda tushunib olib taxlil etish kompozitsiya asoslarini o'zlashtirish uchun ham lozimdir.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Abduraxmonov G'.M. Kompozitsiya asoslari. Toshkent,

2. EJabborov. Kompozitsiya. Qarshi, 2019

3. Muhammadiyev. E. Rangshunoslik - Samarqand 2002.

4. Xudoyberganov. R. Rangshunoslik asoslari- Toshkent 2006.

5. Egamov. A. Kompozitsiya asoslari - Toshkent 2005.

6. Shoroxov. E. V . Kompozitsiya - Moskva 1986.

7. Volkov. N.N . Tsvet v jivopise - Moskva 1985.

8. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

9. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

10. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

11. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

12. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

13. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

15. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

16. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.

17. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.