Научная статья на тему 'KOMPOZITOR SH.SOBIROVNING DUTOR BAS VA FORTEPIANO UCHUN MAXSUS YOZGAN “TALQIN” KUYINING IJRO TAHLILI'

KOMPOZITOR SH.SOBIROVNING DUTOR BAS VA FORTEPIANO UCHUN MAXSUS YOZGAN “TALQIN” KUYINING IJRO TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
43
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Talqin / dutor bas / kompozitor / temp / cholg‘uning o‘ziga xos xususiyatlari va ijro uslublari / ohang / tahlil

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zulxorbek Zaynabidinovich Turapov

Kompozitor Sh.Sobirovning dutor bas va fortepiano uchun maxsus yozgan “Taliqin” kuyi mumtoz musiqamiz an’analariga asoslangan holda dutor bas cholg‘usi uchun maxsus yozilgan. Maqolada ushbu kuyni ijro tahlili ko‘rib chigiqiladi. Asar dutor bas hamda ud cholg‘usi mohir ijrochisi Z.Turapov uchun maxsus yozilgan bo‘lib, cholg‘uning ijro imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijodiy va nazariy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPOZITOR SH.SOBIROVNING DUTOR BAS VA FORTEPIANO UCHUN MAXSUS YOZGAN “TALQIN” KUYINING IJRO TAHLILI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

KOMPOZITOR SH.SOBIROVNING DUTOR BAS VA FORTEPIANO

UCHUN MAXSUS YOZGAN "TALQIN" KUYINING IJRO TAHLILI

Zulxorbek Zaynabidinovich Turapov zulxorbek@mail .ru O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Kompozitor Sh.Sobirovning dutor bas va fortepiano uchun maxsus yozgan "Taliqin" kuyi mumtoz musiqamiz an'analariga asoslangan holda dutor bas cholg'usi uchun maxsus yozilgan. Maqolada ushbu kuyni ijro tahlili ko'rib chigiqiladi. Asar dutor bas hamda ud cholg'usi mohir ijrochisi Z.Turapov uchun maxsus yozilgan bo'lib, cholg'uning ijro imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijodiy va nazariy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Talqin, dutor bas, kompozitor, temp, cholg'uning o'ziga xos xususiyatlari va ijro uslublari, ohang, tahlil.

PERFORMANCE ANALYSIS OF "TALQIN" WRITTEN SPECIALLY FOR DUTOR BASS AND PIANO BY COMPOSER SH.SOBIROV

Zulkhorbek Zaynabidinovich Turapov zulxorbek@mail .ru State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: Composer Sh.Sobirov's song "Taliqin" written especially for dutar bass and piano is based on the traditions of our classical music. The article analyzes the performance of this song. The work was written for Z.Turapov, a master performer of dutar bass and oud, and was creatively and theoretically analyzed, taking into account the possibilities of the instrument.

Keywords: Talqin, Interpretation, dutar-bas, composer, tempo, features of the instrument and its use, melody, analysis.

Milliy mumtoz musiqa san'atimizning yorqin va boy ijrochilik an'analari bugungi kun bastakorlari va kompozitorlari tomonidan yaratilayotgan ko'plab yangi asarlarning poydevori sifatida sermahsul ijodiy laboratoriya aylanganini qayd etish lozim. Har bir ijodkorning yangicha sayqali va ijrochilarni talqinlari asar oldida turgan g'oya, qator ijodiy-ijroviy vazifalarni yechishi pirovardida o'zining qiziqarli badiiy topilmalari bilan e'tiborga loyiq. Sherzod Sobirov tomonidan sozanda

Zulxorbek Turopov uchun maxsus yaratilgan "Talqin" asari ana shunday namunalardan biridir.

Ma'lumki, maqomning ashula bo'limi uchun xos bo'lgan Talqinning ritmik usuli ko'plab betakror maqom namunalarni yaratilishi uchun zamin bo'lgan. Dutor bas uchun maxusus yaratilgan cholg'u asarni "Talqin" deb nomlanishida butun asrning ritmik o'zagi tashkil etgan o'zgaruvchan ulchov ketma- ketligi yotadi.

Cholg'u asar bo'lishiga qaramay uning asosida ashulaga xos shakltuzilish va rivojlanish tamoyillari o'rin olgan. Xususan, "Talqin" fortepianoning to'qqiz taktli muqaddimasi bilan ochiladi:

Muqadimaning o'zida asar mavzusini kuy va usul asosi shakllanib, tayanch turg'unlarga takroran qaytishi ("lya" tovushi) va sharqona lad buyog'ilarini jilvalashga hizmat qilgan IIj frigiy,VI| doriy, so'ng xromatik IVj pog'onalarning kuy xarakatida kelishi asarning shiddati va umumiy xarakterini belgilab beradi.

Birinchi namoyishidanoq 2/4,6/8,2/4, 7/8 o'zgaruvchan asosiy to'rt o'lchamlar birikmasi asosida kelgan ritm surati e'tiborga havola qilinadi. Talqin usuliga xos bo'lgan vazmin temp mazkur ko'rinshda birmuncha tez, ya'ni "Vivo" ("Jonli") tempida taqdim etilib, ashuladani ana'anaviy bir muncha vazmin tempidan farqli ularoq , cholg'u ijrochilik tabiatiga xos dadil va xarakatchan, bir ustun atrofida aynib urg'ulanishida tokkatasimon xarakteri bilan e'tiborni tortadi:

Asarnining dramaturgik shakl tuzilish 3-qismli bo'lsada uning rivojlov tamoyillari ashula singari yoritilishini ko'ramiz. Xususan, yuqori registr(avj)ga qadar rivojlanib, pastga tushish kabi bosqvichlar o'rin olgan. Bu borada daromad "lya" tovushidan sozanda kuyidan boshlanib (10-47-taktlar) fortepiano jo'rligi orqali (48-59-taktlar) kvarta yuqoriga "re" bosqichidanasta rivojlanib, miyonxat qismini dastabki bosqichini bajaruvchi bo'limga (60-101-taktlar) 4-taktli jo'rlikdan yana yuqoriga "sol" tovushidan mavzuni yuqorilab ko'tarilishida (105-128-taktlar), yangi bosqichda 2 taktli jo'rlik orqali eng boshida kelgan dastabki mavzuni bir oktava yuqorida variant ko'rinishida (131-144 taktlar) va "mi" tovushidan (145-167-taktlar) avj sari bosqichma-bosqich ko'tarilganini ko'ramiz.

Kuy to'lqini rivoji davomida o'lchov o'zgarib 3/8, 2/4,6/8 2/4,7/8,2/4 ja'mi olti o'lcham birikmasi misolida yoritilgani, ijrochi sozanda uchun ma'lum ritimik qiyinchilik yaratadi

Tokkatalik alomatlar mavzuni turg'un tayanch tonlari atrofida aylanib turishi, takroriy ritmik asosida o'zini namoyish qiladi:

Asarning o'rta avji qismi As-dur (162-166-taktlar) kelib fortepiano jo'rligining oktavali faktura xarakatida, "f "jarangi kuchida va registrlar kengligini qamrab oliishida ko'zga tashlanadi:

Avjning yung yuqori nuqtasi Yes-dur (182-196-taktlar) tonalligida kelib eng yuqori registr tovushlarini qamrab olishi, fortepianoning oktavali fakturasi yordamida bir muncha quvvatlanadi.

Aynan ushbu bo'limda triol kuy xarakati nisbatan tekis va ravon, uzun cho'zilmalarga alishib guyo g'alabani nishonlash kabi yuqori turg'un tovushlarni tasdiqlab bergandek bo'ladi:

Bundan so'ng kelgan katta bo'lim Furovard qismi singari asta sekinlik bilan avjdan pastga tushib, o'zini dastlabki boshlang'ich takroriga qaytib kelishi orqali umumiy dramaturgik shakl tuzilishni gavdalaydi. Shuni belgilash lozimki, har bir tonal siljishlarida kuy va uning lad bo'yoqlari (IIj frigiy,VI| ) doimo saqlanib qoladi.

"Talqin" milliy ohang va usullarda sug'orilgan musiqiy-badiiy asar bo'lib, o'zbek komopozitorlari, bastakor va sozandalar tomonidan maxsus dutor-bas uchun yaratilib kelayotgan konsert ijro repetrtuarni kengaytirishga hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jabborov A. O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. - Toshkent. 2004.

2. Turapov Z. Dutor bas. - Toshkent. 2004.

3. Sobirov Sh. Dutor bas uchun maxsus bastalagan "Talqin" kuyi (klavir, qoTyozma)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.