Научная статья на тему 'DUTOR CHOLG`U IJROCHILIGIDA ASARLARNI JO`RNAVOZ (FORTEPIANO) BILAN IJRO ETISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

DUTOR CHOLG`U IJROCHILIGIDA ASARLARNI JO`RNAVOZ (FORTEPIANO) BILAN IJRO ETISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

403
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuy / garmoniya / ritm / faktura / dinamika / artikulyatsiya / shakl / melody / harmony / rhythm / invoice / dynamics / articulation / form

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Talifa Ozodovna Fayziyeva, Gulmira Komiljonovna Normuminova, Alimbayeva Komiljonovna Maftuna

Dutor cholg`u ijrochiligi uchun yozilgan asarlarning jo`rnavoz (fortepiano) bilan ijro etish ko`nikmalarini shakllantirishning ilg`or usullari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SKILLS TO PERFORM PERFORMANCES WITH DUTOR INSTRUMENTS

The advanced methods of shaping the playing skills with the piano (piano) of the works written for the performance of Dutor musical are illuminated

Текст научной работы на тему «DUTOR CHOLG`U IJROCHILIGIDA ASARLARNI JO`RNAVOZ (FORTEPIANO) BILAN IJRO ETISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

DUTOR CHOLGU IJROCHILIGIDA ASARLARNI JORNAVOZ (FORTEPIANO) BILAN IJRO ETISH KONIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Talifa Ozodovna Fayziyeva

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti

Gulmira Komiljonovna Normuminova

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti

Alimbayeva Komiljonovna Maftuna

Buxoro Badiiy Akademiya tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan sanat maktab-internati

o' qituvchisi

ANNOTATSIYA

Dutor cholgu ijrochiligi uchun yozilgan asarlarning jornavoz (fortepiano) bilan ijro etish konikmalarini shakllantirishning ilg'or usullari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kuy, garmoniya, ritm, faktura, dinamika, artikulyatsiya, shakl.

FORMATION OF SKILLS TO PERFORM PERFORMANCES WITH

DUTOR INSTRUMENTS

Talifa Ozodovna Fayziyeva

Master of Navoi State Pedagogical Institute

Gulmira Komiljonovna Normuminova

Master of Navoi State Pedagogical Institute

Alimbayeva Komiljonovna Maftuna

Teacher of Specialized Art Boarding School of Bukhara Academy of Arts

ABSTRACT

The advanced methods of shaping the playing skills with the piano (piano) of the works written for the performance of Dutor musical are illuminated.

Keywords: melody, harmony, rhythm, invoice, dynamics, articulation, form.

KIRISH

Dutor cholgu ijrochiligida yorqin emotsional mazmun- mohiyat, chuqur badiiy estetik qarash va har tomonlama mukammal musiqiy ifodaviylikni ozida mujassam etgan sermazmun xarakterdagi, jornavoz (fortepiano) bilan ijro etiluvchi turli janr va shakllarda yozilgan ko plab musiqiy asarlar mavjud bo lib, soha rivoji hamda taraqqiyotida ularning orni hamda ahamiyati benihoya katta.

Dutor cholgu ijrochiligida talim olib kelayotgan yosh dutorchilarda, jornavoz (fortepiano) bilan ijro etiladigan turli janrdagi asarlarning ijro talqinlari to'g'risidagi umumiy musiqiy (nazariy hamda amaliy) konikma va tushunchalarni shakllantirishda, ular bilan to'g'ri ishlash salohiyatini o'stirish talab etilganligi boisdan, fortepiano bilan birga ijro etiluvchi asarlarning garmonik, strukturaviy, fakturaviy jixatlari, kompozitorning musiqiy tili va boshqalardan ajralib turuvchi ifodaviylik uygunligi hamda bunday asarlarga xos chuqur mazmun- mohiyatning umumiy korinishlarini misollar bilan yoritib, mavzuning ijrodagi murakkablik jihatlarini bartaraf etish yollarini bilish muhim sanaladi.

METODOLOGIYA

Jumladan "Qashqarcha" deb nomlanuvchi ozbek xalq kuyi D-dur tonalligida yozilgan bo' lib, uning ijrosi birinchi navbatda kuy, ritm va garmoniya mutanosibligini tahlil qila olish, xalqona xarakterning o ziga xos musiqiy tili, iislubini to liq anglash singari miikammal ijrochilik ko nikmalarini talab etadi.

Yuqoridagi misolda asarning asosiy tonalligi yorqin bayon qilingan bo' lib, 2/4 olchovi fortepiano partiyasining basidagi yashirin melodik harakat va o'ng qo lda

asarning asosiy mavzusini ko rsatuvchi melodik harakatning kuchli hissadan boshlangan.

Keying taktlarda repriza bilan chegaralanishi o z ifodasini topgan. Bunda dutor va jornavoz partiyasi funksiya jihatdan o xshash strukturaviylikni kasb etganligi sababli, vertikal harakatda aniq ritm uyg unligiga e'tabor berish kerak.

"Qashqarcha" o zbek xalq kuyining yakulovchi qismidagi asosiy mazmun va mohiyati, ungajor boluvchi fortepiano partiyasining tub garmonik akkomponimenti kuy, lad, ritm, faktura, janr, shakl orqali o zaro kuchli bog liqlikni namoyon etganligi uchun ular o rtasida gorizontal va vertikal harakatlarning uygunlashuvi natijasida hosil bo luvchi tovushlar koloritining birligiga e'tabor berish muhim sanaladi:

"Qashqarcha" ning to liq xarakter mavzuiyligi ustida sekin tempda ijro etib, jo rnavozning chap qo lidagi partiyasiga ko proq ritmni his qilish uchun e tiborli bolish kerak boladi.

"Qora soch" deb nomlanuvchi o zbek xalq kuyining asosiy bosh mavzusi dutor partiyasiga berilgan, fortepiano partiyasida musiqiy tasawur faoliyati asta- sekinlik bilan o'sib boradi. Asarning kirish qismidagi mavzu ijrosining xilma- xilligiga dinamika, agogika, artikulyatsiya kabi ifodaviylikning ijrochilik vositalaridan to'g'ri foydalanish hisobiga erishiladi:

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Qora soch" asarining yakunlovchi qismida dastlabgi ekspozitsion qismidagi garmoniyaning D- dur tonalligi uyg unligida kelib, mavzu bayoni fortepiano partiyasida kelganligini ko rishimiz mumkin va bunda dutor partiyasi mavzuga oktavali faktura orqali yakun topadi. Bunda dutor ijrochisi fortepiano partiyasi fermato belgisida tugallanmagunicha asar obrazidan chiqib ketmasligi kerak bo ladi:

n n

"Kongil guldastasi" deb nomlanuvchi asarda dutor va jornavoz (fortepiano) partiyalarining fakturasi, ijodiy obrazi, nyuanslari, dinamik belgilari, musiqiy ohangi, frazirovka va boshqa barcha musiqiy elementlari, yagona, mustahkam emotsional mohiyat kasb etadi.

Asarning tub garmonik asosiga hamda tovushlar muvofiqligiga (interval va akkordlarga) erishishda ijrochilarning garmoniyani his etishi bilan bogliq konikmalar shakllantirilgan bo' lishi lozim:

quyidagi bosqichlarga amal qilish orqali yaxlit asar xarakterini tezroq anglash va ijroda talqin qilishga yordam beradi:

-Tuzatishga qaratilgan takroriy ijro- oquvchining asarni organish jarayonida qismlarda yo l qoyilgan xatolarini tuzatmasdan, ijro ko nikmalarini jornavoz (fortepiano)bilan davom ettirishi notogridir.

Chunki, qismlarda ishlanmagan xatoliklarni toliq ijroda tuzatish qiyin kechadi. Shuning uchun bu xatolarni qism o rganilayotgan davrda bartaraf etish lozim. -Sekinlaslitiruvchi va to xtab qolishga moyil bolgan ijroning, ishonchsiz ijro bilan yuzaga kelishi va jo rnavoz bilan togri chalish konikmasiga to sqinlik qilishi bilan bog'liq jarayon.

Bunda o quvchining idrokli musiqiy xarakatini yuzaga keltirishga yordam beruvchi, jo'rn a voz partiyasining yengil ritmik ijroga urg' u berilishiga e'tibor qaratish kerak.

XULOSA

Jo rnavoz (fortepiano) bilan ishlash konikmalarini shakllantirishda vertikal (dutor va fortepiano partiyasi) faktura va strukturasiga ega kuychanglik materiallarini birgalikdagi yagona ijroga asoslash jarayoni nihoyatda muhim sanaladi.

Bunda o quvchining asardagi barcha dinamik belgilarga amal qilgan holda, asar xarakterini toliq yoddan jo'rn a voz (fortepiano) bilan ijro etish jarayonida yoritib berish, konsert ijroga tayyorlash va ijrochilik mahoratini oshirishi namoyon boladi.

REFERENCES

1. Qulmatova S. "Dutor". -T., "Musiqa", 2010.

2. Muhamedova G. "Dutor o rganish alifbosi". -T., "Sano-standart", 2014.

3. Rahimov Sh. "Dutor". -T., 2004.

4. Qodirov R. " Musiqa psixologiyasi". -T., "Musiqa", 2015.

5. Qodirov R. " Musiqa pedagogikasi". -T., "OzDK", 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.