Научная статья на тему 'M.BAFOYEVNING CHANG VA FORTEPIANO UCHUN YOZILGAN “KONSERT” ASARINING TAHLILI'

M.BAFOYEVNING CHANG VA FORTEPIANO UCHUN YOZILGAN “KONSERT” ASARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
70
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / lirika / kompozitor / ritm / ohang / cholg‘u / ijodkor / dinamika

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahadjon Mamadaliyev

Ma’lumki, bugungi zamonaviy xalq cholg‘ulari ijrochilik san’atida o‘zbek milliy musiqa madaniyati namunalari bilan birgalikda kompozitorlar ijodida ham birdek ijro etib kelinmoqda. Chunki, O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari xalq cholg‘ularida keng ko‘lamda ijro etilib, ular o‘quv hamda konsert dasturlarini boyitib bormoqda. Shunday asarlardan biri M.Bafoyevning chang va fortepiano uchun yozilgan “Konsert” asaridir. Ushbu maqolada asarni ijrochilikdagi tahlilini qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «M.BAFOYEVNING CHANG VA FORTEPIANO UCHUN YOZILGAN “KONSERT” ASARINING TAHLILI»

M.BAFOYEVNING CHANG VA FORTEPIANO UCHUN YOZILGAN "KONSERT" ASARINING TAHLILI

Ahadjon Mamadaliyev Mamadaliyevaxadj on005@gmail .com O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Ma'lumki, bugungi zamonaviy xalq cholg'ulari ijrochilik san'atida o'zbek milliy musiqa madaniyati namunalari bilan birgalikda kompozitorlar ijodida ham birdek ijro etib kelinmoqda. Chunki, O'zbekiston kompozitorlarining asarlari xalq cholg'ularida keng ko'lamda ijro etilib, ular o'quv hamda konsert dasturlarini boyitib bormoqda. Shunday asarlardan biri M.Bafoyevning chang va fortepiano uchun yozilgan "Konsert" asaridir. Ushbu maqolada asarni ijrochilikdagi tahlilini qildik.

Kalit so'zlar: musiqa, lirika, kompozitor, ritm, ohang, cholg'u, ijodkor, dinamika.

ANALYSIS OF M.BAFOYEV'S "CONCERT" WRITTEN FOR CHANG AND

PIANO

Ahadjon Mamadaliyev Mamadaliyevakhadj on005@gmail .com State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: It is known that composers today, in order to perform works of Uzbek national music, use modern folk instruments. The works of Uzbek composers often include performances on folk instruments enriching educational and concert programs. One of such work is M. Bafoev's "Concert" for chang and piano. In this article, we analyzed the performance of this work.

Keywords: music, lyrics, composer, rhythm, melody, instrument, artist, dynamics.

O'zbekiston bastakorlarining xalq cholg'ulari uchun maxsus asarlar yaratishdagi faol ijodiy faoliyati o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin bo'lmoqda [1, 52 b]. O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, professor, kompozitor, drijor, pedagog Mustafo Bafoyev serunum, serqirra ijodkorlardan biridir [2, 47 b]. M.Bafoyevning chang va fortepiano uchun yozilgan "Konsert" asari 2020 yilda yaratilgan. Asar milliy ohanglarga tayanilib, zamonaviy ruh bilan sug'orilgan. Konsert texnik va lirik jihatidan mukammal yaratilgan bo'lib,

I icclT^^^^H 658 http://oac.dsmi-qf.uz

changchi sozandaning ijrochilik tajribasini yanada oshiradi. Qolaversa, asardagi ritmlarning ravonligi, tempni bir maromda tutib turish kerak bo'ladi.

"Konsert" uch qismdan iborat. Birinchi qism D-dur tonalligida, 4/4 o'lchovida va sonata-allegro shaklida yozilgan. Allegro tempida o'n taktdan iborat kirish qismi f dinamikasi bilan boshlanadi.

Misol №1

Birinchi raqamdan chang bosh mavzuni ijro etadi. Bosh mavzu f dinamikasida ijro etiladi. Mavzuda asosan triollar yetakchilik qiladi. Chang ijrosi uchun qulay bo'lgan uslublar qo'llanilgan. Misol №2

Ikkinchi raqamdan mf dinamikasi bilan chang partiyasida kirish qismi namoyon bo'ladi. Uchinchi taktdanp dinamikasidapizz shtrixida ritmik imitatsiyalar ijro etiladi. Uchinchi raqamda chang jo'rligida fortepiano bosh mavzuni namoyon etadi. Bu raqamda pizz va arco shtrixlari yordamida savol-javobli sekvensiyalar jaranglaydi. To'rtinchi raqamdan yordamchi mavzu kirib keladi. Bu mavzu lirik xarakterda gavdalanadi. Mavzu mobaynida trelli va triolli notalar tez-tez uchraydi. Misol №3

Chang va fortepiano orasidagi o'zaro bellashuvli taktlar, asar dramaturgiyasiga yanada keskin ta'sir ko'rsatgan. Beshinchi raqam esa bog'lovchi partiya hisoblanadi. Bunda Es-dur - C-dur, A-dur - Cis-dur kabi tonnaliklar orasida ketma-ket almashinib keluvchi imitatsiyalar ifodalangan. Chang va fortepiano partiyalari bir taktdan iborat sekvensiyalar bilan o'zaro bellashuvlar keskinlashib boradi.

Misol №4

Yettinchi raqamdan c-moll tonnaligida epizod qismi kirib keladi. Epizod 7/8 o'lchovda, Piu mosso tempida yozilgan. Mayin va lirik ohangga boy mavzu p dinamikasida ijro etiladi. Misol №5

Sakkizinchi raqamda chang cholg'usipizz shtrixidagi partiya jo'rligida fortepiano lirik mavzuni davom ettiradi. To'qqizinchi raqamdan esa epizoddan olib chiquvchi yakunlovchi partiya namoyon bo'ladi. Chang va fortepiano orasida bellashuvli taktlar davomida turli tonnaliklarga og'ishmalar sodir bo'ladi. O'ninchi raqamga to'rt takt qolganida o'n oltitalik passajlar yordamida reprizaga olib o'tadi. O'ninchi raqamdan repriza hech qanday o'zgarishsiz takrorlanadi. O'n beshinchi raqam koda hisoblanadi. ff dinamikasida ijro qilinuvchi sekvensiyalar bilan birinchi qism yakun topadi.

Ikkinchi qism konsertning link markazi hisoblanadi. Reprizasiz murakkab uch qismli shaklda yozilgan. Tezlik surati Andante, o'lchovi 6/8. Umumiy tonnaligi d-moll va a-moll. Ikkinchi qismning A bо'limi sekvensiyalardan tuzilgan kirish qismi bilan boshlanadi.

Misol №6

To'qqiz taktdan so'ng bosh mavzu yangraydi. pizz va arco shtrixlari yordamida ijro etiluvchi ohanglar chang ijrochiligi uslubiga xosdir. Birinchi raqamdan boshlab rondo shakliga xos jumlalar ketma-ket jaranglaydi. Bu takroriy jumlalarda faqatgina oktavalari farq qiladi.

Uchinchi raqamda arpedjioli harakatlar gavdalanadi. pp dinamikasidagi arpedjiolar septaakordlar jo'rligida ijro etiladi. To'rtinchi raqamda arpedjiolarning sekvensiyali varianti ya'ni, kvintolli yurishlarni ko'rishimiz mumkin.

Misol №7

Beshinchi raqamda ikkinchi qismning markazi boshlanadi. Bu partiya a-moll tonalligida yangraydi. Mavzu lirik ohangda bo'lib, Moderato tempida yozilgan. Bu mavzu bosh partiyaga kontrast ravishda keladi. Misol №8

-X---

-tk--

mp —---- "---

Beshinchi raqamning o'ninchi taktidan boshlab chang partiyasida pizz shtrixi yordamida lirik mavzuning imitatsiyalari aks ettirilgan. Yettinchi raqamga to'rt takt qolganida esa, arco shtrixida aksentli notalar bilan imitatsion harakatlar davom etadi.

Yettinchi raqamda lirik mavzu oktavali tarzda namoyon bo'ladi. Fortepianoda esa kontrapunktli partiya jo'r bo'ladi. Sakkizinchi raqamga sakkiz takt qolganida mavzuning navbatidagi imitatsion variatsiyalari ijro etiladi. Sakkizinchi raqam lirik markazning reprizasi hisoblanadi.

Misol №9

To'qqizinchi raqam pp dinamikasida ijro etiluvchi bog'lovchi partiya bo'lib, kadensiyaga olib kiruvchi jumla hisoblanadi. O'ninchi raqamda kadensiya Piu mosso tempida boshlanadi. Kadensiyada ikkinchi qism mavzularining variatsiyalari qo'llanilgan. Dastlab triollar bilan boshlanuvchi jumla mp dinamikasida ijro etiladi.

Misol №10

Triolli passajlar yuqoriga harakatlanib so'ngrapizz shtrixi yordamida kvartolli o'n oltitaliklar bilan pastga tushadi. Bunda ritmlar va shtrixlarning o'zaro uyg'unligini ko'rishimiz mumkin. Kadensiya davomida ikkinchi qismning o'rta mavzusidan

foydalangan holda 5/8 o'lchovi, Piu mosso tempida sekvension harakatlanuvchi jumlani kо'rishimiz mumkin. Bu jumla ham о'zining rivojiga erishib yakun topadi. Misol №11

pizz.______Piu mosso ^ = 240

— arco P 1ZZ.

t J

arco

pizz.

So'ngra namoyon etilgan mavzuning yana bir variatsiyasi 4/4 o'lchovida f dinamikasida ijro etiladi. Kadensiya yakunida passajlar jadallashib yuqoriga harakatlanadi. Passajlar konsertning uchinchi qismi tonalligiga olib keluvchi ko'prik vazifasini bajaradi.

Uchinchi qism Presto tempi, 6/16 o'lchovi, G-dur tonnaligida yozilgan. Bu qism quvnoq va shiddatli xarakterda bo'lib, chang cholg'usining texnik imkoniyatlarini to'liq ko'rsatib beradi. O'n ikki taktdan iborat fortepianoning kirish qismi f dinamikasida raqsga xos yorqin usullarni ifodalaydi. O'n uchinchi taktdan boshlab chang partiyasida yorqin xarakterli bosh mavzu namoyon bo'ladi.

Misol №12

Bosh mavzu qirq takt davomida uzluksiz ravishda ijro etiladi. O'n uchinchi raqamdan esa, fortepiano partiyasi 5/8 o'lchovi, p dinamikasida bosh mavzuning navbatdagi jumlasiga olib o'tuvchi taktlar ijro etiladi. Beshinchi taktida chang yana 6/16 o'lchovi, p dinamikasida bosh mavzu elementlaridan tuzilgan sakkiz taktni namoyon etadi. Konsert janriga xos bellashuvli motivlar shu tariqa davom etadi. O'n

to'rtinchi raqamga o'n olti takt qolganida pizz shtrixi ostida sekvension harakatlanuvchi duollar keladi. Misol №13

O'n to'rtinchi raqamda yana bosh mavzu gavdalanganidan sо'ng, mavzuning davomi chang va fortepiano orasida bellashuv tarzida yangraydi. O'n oltinchi raqamdan yordamchi mavzu boshlanadi. Fortepiano sakkiz takt usul namoyon bo'lganidan so'ng, chang f dinamikasida tantanavor mavzuni ijro etadi. Trellar va forshlaglar yordamida jaranglovchi yordamchi partiya bosh mavzuga nisbatan kontrast xarakterda keladi.

Misol №14

Mavzu o'n yettinchi raqamga o'n to'rt takt qolganida ritmlardan iborat jumla bilan davom etadi. O'n yettinchi raqamda pizz shtrixi, p dinamikasida triollar har xil oktavalarda ijro etiladi. To'qqizinchi taktdan esa, mf dinamikasida yana usullardan iborat ritmik fakturalar namoyon bo'ladi. O'n sakkizinchi raqamdan yigirmanchi raqamga qadar jumlalar yuqoridagilarga xos yondoshilgan. Tantanavor namoyon bo'lgan mavzu endilikda G-dur tonnaligida yangraydi.

Misol №15

Yigirma ikkinchi raqamda bosh mavzu D-dur tonnaligida takrorlanadi. Yigirma oltinchi raqamdan esa, bog'lovchi partiya boshlanadi. Uchinchi qismnnng reprizasi hech qanday o'zgarishsiz takrorlanadi. O'ttiz uchinchi raqamda asarning koda qismi boshlanadi. Koda juda jadallik bilan yanraydi. Triolli passajlar to'xtovsiz ravishda ijro etiladi.

Misol №16

Asar duollar va kvartollardan iborat tantanali jumla bilan o'z nihoyasiga yetadi. Uchinchi qism har tomonlama murakkabliklarga ega. Shuning uchun ijrochidan yirik shaklga xos bo'lgan barcha ko'nikmalarni mukammal egallashi lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Odilov-O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995 y.

2. A.HJabborov-"O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari" "Yangi asr avlodi" nashriyoti.Toshkent.:2004 y.

3. M.Bafoyev-"Konsert" chang va fortepiano uchun klavir (qo'lyozma).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.