Научная статья на тему 'BETXOVENNING JAHON MUSIQASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI'

BETXOVENNING JAHON MUSIQASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1403
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Betxoven / variatsiya / sonata / kompozitor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulnoza Ibroximova

Ushbu maqolada Betxovenning jahon musiqasi taraqqiyotida tutgan o‘rni, hamda kompozitorning “Patetik” sonata, 14 sonli “Oy” sonatasi va 23sonli “Appassionata” asarlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BETXOVENNING JAHON MUSIQASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI»

BETXOVENNING JAHON MUSIQASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O'RNI

Gulnoza Ibroximova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Betxovenning jahon musiqasi taraqqiyotida tutgan o'rni, hamda kompozitorning "Patetik" sonata, 14 - sonli "Oy" sonatasi va 23-sonli "Appassionata" asarlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Betxoven, variatsiya, sonata, kompozitor

BEETHOVEN'S PLACE IN THE DEVELOPMENT OF WORLD MUSIC

Gulnoza Ibrokhimova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about Beethoven's role in the development of world music, as well as the composer's works "Pathetic" sonata, "Moon" sonata No. 14 and "Appassionata" No. 23.

Keywords: Beethoven, variation, sonata, composer

Betxoven o'z davrining buyuk fortepiano ijrochisi edi. XVIII-asrning oxiriga kelib italyan cholg'u sozlari ustasi B.Xristofori yasagan fortepiano asta-sekin klavesin sozini siqib chiqara boshladi va xalq orasida ommalashdi. Fortepianoda ijro texnikasini puxta egallagan Betxoven ajoyib ijrochilik mahorati bilan barcha tinglovchilarni qoyil qoldirgan. Baland, yorqin va kuychan tovushlarga ega bo'lgan fortepiano uning sevimli sozi edi. Betxoven bu sozni sevib ilro qilish bilan bir qatorda, soz uchun kompozitor butun ijodiy yo'li davomida asarlar yozgan. Sonatalar, variatsiyalar hamda 60 dan ortiq turli pyesalar bunga misoldir. Bularning orasida 32 ta sonata mashhur asarlar hisoblanadi. Fortepiano sonatasi - kompozitor Betxovenni hayajonga solgan fikrlar va tuyg'ularni ifodalashning qulay shakli edi. Kompozitor yaratgan 32 ta sonata orstida uchtasi nihoyatda mashhur. Bular sakkizinchi sonli «Patetik» sonata, 14 - sonli «Oy» sonatasi va 23- sonli «Appassionata» asarlaridir.

«Patetik» sonatasi sakkizinchi raqam ostida keladigan sonatani kompozitor 1798-yilda yozgan va «Katta patetik» sonata deb atagan. «Patetika» so'zi grekcha «pafos» so'zidan kelib chiqqan va «ko'tarinki kayfiyatdagi asar» degan manoni beradi. Mana shu «Ko'tarinki ruh» sonataning har uch qismi musiqasiga xos, lekin «ko'tarinkilik» har bir qismda turli tarzda ifodalangan. Sonata do minor tonalligida yozilgan.

Birinchi qism musiqasi sonata allegrosi shaklida yozilgan bo'lsa-da, lekin musiqaning rivojlanishi Gaydn va Motsart sonatalaridagi rivojlanishdan o'ziga xos

I icclT^^^^H 288 http://oac.dsmi-qf.uz

xususiyatlari bilan farq qiladi. Sonata sekin sur'atdagi kirish mavzusi bilan boshlanadi. Fojiali va shu bilan birga tantanali savol tarzida akkordlar yangraydi. G'amgin, lirik kayfiyatdagi kuy javob sifatida berilgan. Kirish bo'limidan keyin juda tez sur'atda ijro etiladigan bosh mavzu shiddat bilan ko'tarilayotgan va pasayayotgan to'lqinlarni eslatadi. Yordamchi mavzu juda chiroyli, kuychan xarakterda. Mordent bezaklari kuyga alohida go'zallik beradi yakuniy mavzu odatdagidek yakunlovchi husiyatga ega. Rivojlov bo'limida bosh mavzu va kirish mavzusining lirik xarakterdagi bo'lagi qayta ishlangan. Repriza bo'limida ekspozitsiya bir oz o'zgartirilib takrorlangan. Birinchi qism yakunlanishi oldidan bosh mavzu katta kuch bilan juda tez sur'atda takrorlanadi va bu narsa ko'tarinki kayfiyatni ifodalaydi va intilish, qat'iyat ustun ekanligini ko'rsatadi.

Sonataning ikkinchi qismi juda sekin va kuychan tarzda ijro etiladi. Musiqa juda muhim va jiddiy masalalar ustida chuqur o'yga tolgan insonning ruhiy holatini tasvirlaydi. Birinchi qismda ko'tarinki kayfiyat yorqin musiqa orqali ifodlangan bo'lsa, bu qismda inson aqli va zakovatini tasvirlashda o'z aksini topgan.

Sonataning uchinchi qismi rondo shaklida yozilgan. Musiqa hayajonli xarakterda bo'lib tez sur'atda chalinadi. Ammo bu musiqada birinchi qism musiqasiga xos bo'lgan shiddat yo'q. Kuylar o'rtasidagi farq ham unchalik katta emas. Uchinchi qism rondo shaklida yozilgan. Asosiy mavzu to'rt marta takrorlanadi. Bu hayajonli lirik xarakterdagi musiqiy mavzu butun qism musiqasi xarakterini belgilaydi. Betxovenning «Patetik sonatasi» nihoyatda mashhur asar bo'lib kompozitorlar Gaydn va Motsart yaratgan sonatalardan keskin farq qiladi. Betxoven bu asari bilan sonata janrining bundan keyingi rivojlanishiga katta yo'l ochib berdi.

Betxovenning mashhur asrlaridan yana biri «Oy sonatasi» hisoblanadi. Betxovenning 14-raqam ostida yozilgan sonatasi «Oy sonatasi» nomi bilan mashhur. Kompozitorning zamondoshi shoir L.Relshtab asarni shunday nom bilan atadi. Uning fikricha sonataning birinchi qismi musiqasi oydin kecha manzarasini va lirik xayollarga berilgan inson kayfiyatini tasvirlaydi. Sonata do diez minor tonalligida yozilgan va uch qismdan iborat. Betxoven bu asarni «Fantaziya uslubidagi sonata» deb atagan. Darhaqiqat sonataning birinchi qismi odatdagiday sonata allegrosi shaklida emas, erkin shaklda yozilgan. Demak kompozitor bu asar bilan ham sonata janriga yangilik kiritgan. Mazkur sonataning yozilishiga kompozitor hayotidagi fojiali voqea - omadsiz muhabbat sabab bo'lgan va musiqada shu mavzu ko'rsatib berilgan degan qarashlar mavjud.

Sonataning birinchi qismi - Adajioda muhabbati javobsiz qolgan baxtsiz insonning chuqur qayg'usi va fojiali o'ylari tasvirlangan. Musiqa ko'p jihatdan I.S.Baxning xoral prelyudiyalarini eslatadi.

Sonataning ikkinchi qismi - Allegretto musiqasi juda go'zal va nazokatli. Musiqa juda go'zal, ammo engiltabiat qiz obrazini tasvirlaydi. Bu qism shaklan uncha katta

I [ccñ^^BI 289 http://oac.dsmi-qf.uz

emas, fojiali, qayg'uli xarakterdagi birinchi qism va shiddatli uchinchi qism o'rtasidagi yorqin epizoddir.

Uchinchi qism - Final sonata allegrosi shaklida yozilgan. Juda tez sur'atda chalinadigan musiqani «kuygan, ruhan ezilgan ko'ngil faryodi» deb ta'riflash mumkin. Shiddat bilan juda tez sur'atda dahshatli va g'amgin xarakterdagi musiqiy mavzular o'tadi. Bu bilan kompozitor taqdirning dahshatli zarbalariga uchrgan kishining ruhiy holatini tasvirlagan.

Betxovenning «Oy sonata» si kompozitorning eng mashhur asarlaridan hisoblanadi va jahon fortepiano musiqasining eng ajoyib asarlari qatoriga kiradi. «Oy sonata» si ning shuhrati faqat musiqaning go'zalligi va his-tuyg'ularning chuqurligida emas, balki asarning yaxlitlik xususiyatidadir. Sonataning uchala qismi tinglovchi tomonidan ajralmas, yaxlit holda qabul qilinadi. Butun sonata musiqasi hayajonli his -tuyg'ularning o'sib borib nihoyatda kuchli qalb tug'yoniga aylanishini tasvirlaydi.

Sonata «Appassionata» Betxovenning 23-raqam ostida yozilgan sonatasi butun jahon musiqa adabiyotining eng buyuk, durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Buyuk fransuz yozuvchisi Romen Rollan aytishicha bu sonata kompozitorning boshqa sonatalari orasida «Monblan kabi Alp tog'larining boshqa cho'qqilari uzra savlat to'kib turadi». Sonataga «Appassionata» deb Betxoven nom bermagan, lekin shuni aytish joizki, bu nom musiqaning mohiyatini juda to'g'ri ifodalaydi. «Appassionata» so'zi «zavq-shavqqa to'la, ehtirosli» degan ma'noni bildiradi.

Bu asarda juda kuchli intilish, kurash, qalb qo'zg'oloni va ehtiroslarning junbushga kelishi tasvirlangan. Betxovendan bu sonataning mazmuni haqida so'raganlarida, u qisqa qilib «Shekspirning «Bo'ronini» o'qinglar» deb qo'yaqolgan ekan. Lekin kompozitor bu bilan «Shekspir asarini musiqada tasvirladim», - demoqchi emas edi. Betxovenning boshqa sonatalari musiqiy mavzularining go'zalligi borasida «Appassionata» bilan bellashishi mumkin. Lekin dinamikaning shiddati borasida ularning hech biri «Appassionata»ga yetolmaydi.

Sonata fa minor tonalligida yozilgan va uch qismdan iborat. Qismlar musiqasi turli xarakterda bo'lsa ham sonataga yaxlitlik xususiyati xos. Birinchi qism sonata allegrosi shaklida yozilgan. Ekspoziciyadagi bosh mavzu fojiali xarakterda. Yordamchi mavzu yorqin, osoyishta xarakterda bo'lib, bosh mavzudan farq qiladi. Shu ikki mavzuni rivojlantirish orqali kompozitor birinchi qismda ayovsiz kurash manzaralarini mahorat bilan tasvirlab bergan.

Sonataning ikkinchi qismi - Andante variatsialar shaklida yozilgan. Musiqa, osoyishta, lirik kayfiyatda. Bu qism ehtiroslarning junbushga kelishi va shiddatli kurashlar tasvirlangan birinchi va shiddatli kurashlar tasvirlangan birinchi va uchinchi qismlar o'rtasidagi yorqin epizoddir.

Betxovenning ijodi jahon musiqa san'atining eng baland cho'qqilaridan biridir. Kompozitor asarlarida inson quvonchi va qayg'u - hasrati, insoniyatning ajoyib kelajak

I îhSi^^Bl 290 http://oac.dsmi-qf.uz

va baxtiga erishish uchun olib borgan qahramonona kurashi o'zining yorqin ifodasini topdi. Betxoven musiqasi o'zining chuqur mazmuni, dramatizmi, ehtirosi va qudrati hamda tinglovchiga ta'sir qilish kuchi bilan kishini maftun etadi va xayratda qoldiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. В.Галаская. Музикалная литература зарубежних стран. Випуск М. 1983 г.

2. А.Алшванг. Людвиг Ван Бетховен. (очерк жизни и творчества). М.1970 г.

291

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.