KOMPOZITOR REFAT IBADLAYEV Nail Bahadirov Dilshod Karimov Xusnora Shukurjonova Guliston davlat univetsiteti [email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10992651
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 11th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Published: 18th April 2024 KEYWORDS
Buyuk ijrochilar esa ko'p holatlarda ajoyib kompozitorlik qobiliyatlariga ega bo'ladilar. Bunday baxtli ne'matlardan ajoyib bayanchi va kompozitor Refat Ibadlaevich Ibadlaev ham mustasno bo'lmadi. Ushbu maqolada kompozitor Refat Ibadlayev haiqda so'zyuritiladi.
Kompozitor, ijrochi, san'at, musiqa, bayanchi, kompozitsiya, asar, cholg'u.
Inson haqiqatdan ham qobiliyatli bo'lib, u har xil san'at ne'matlaridan bahramand bo'lish huquqiga egadir. Kompozitor buyuk ijrochi bo'lishi mumkin (F.Shopen, S.Raxmaninov). Buyuk ijrochilar esa ko'p holatlarda ajoyib kompozitorlik qobiliyatlariga ega bo'ladilar. Bunday baxtli ne'matlardan ajoyib bayanchi va kompozitor Refat Ibadlaevich Ibadlaev ham mustasno bo'lmadi. Agarda u, san'atning rang tasvir yoki she'riyati bilan jiddiy shug'ullanganida, nazarimda bu sohalar bo'yicha ham yuqori cho'qqilarni egallagan bo'lar edi. Kompozitor R.Ibadlaevning ijodi bayan cholg'usi bilan uzviy bog'liq. Bu cholg'u uchun u tomonidan ko'pgina maxsus asarlar va bayan - akkordeonchilar keng doirasida katta qiziqish uyg'ota oladigan ajoyib qayta ishlagan asarlari yozilgan.
Refat Ibadlaev 1942 yil Qrimda ishchi oilasida tavallud topdi. Bu oilada musiqani juda yaxshi ko'rishar edi, ayniqsa qrim-tatar xalq kuy va qo'shiqlarini. Uning katta akalarida ham har xil san'at turlariga moyillik bor edi, lekin hech qaysi birlari Refatday bu kasb bilan jiddiy qiziqishmadi. Kichkina Refatning yoshlik chog'idan musiqaga intilishi paydo bo'ladi. Ikki qatorli "Xromka" garmoshkasida u eshitgan musiqasini terib-chala boshlaydi. O'qishni o'rgangandan keyin, notalarni mustaqil o'rganadi. Umumta'lim maktabining badiiy havaskorlik to'garagida jo'rnavoz (akkompaniator) sifatida faol qatnashib keldi. Shuni aytib o'tish kerakki u vaqtdagi badiiy havaskorlik to'garagining saviyasi, malakasi (professional) yuqori darajada edi. R.Ibadlaev 1960 yil Hamza nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurti ajoyib o'qituvchisi A.E.Pushkinning bayan sinfiga o'qishga kiradi. Mana shu yillarda kompozitsiya bilan jiddiy shug'ullanib, uncha katta bo'lmagan pyesalar yozadi va xalq kuylarini bayan uchun qayta ishlaydi. Uning taqdirida mashhur qrim-tatar kompozitori Ya.Sherfedinov katta o'rin egallaydi. R.Ibadlaev undan garmoniya va kompozitsiya bo'yicha dars oldi. Toshkent musiqa bilim yurtini
bitirgandan keyin R.Ibadlaevni Guliston shahar musiqa maktabiga bayan va akkordeon sinfi bo'yicha o'qituvchi sifatida ishga yuborishadi. Bu yerda u bo'sh vaqtlarida musiqa asarlari yozadi, xalq kuylarini qayta ishlaydi va konsert faoliyati bilan shug'ullanadi. Uning shaharga va shahar atrofidagi aholi yashash joylarida o'zining ijrochilik san'ati bilan keltirgan foydasini baholash qiyin. Afsuski uning bu xizmatlari haligacha munosib taqdirlangani yo'q. R.Ibadlaev 1969 yil Moskva Davlat madaniyat institutiga o'qishga kiradi. Bu yerda u bayan sinfi bo'yicha avvaliga o'qituvchi R.M.Zotkovda, so'ngra o'qituvchi A.I.Chinyakovda tahsil oldi. Institutda o'zi yozgan asarlar va qayta ishlagan kuylarini konsertlarda muvaffaqiyatli ijro etdi. U o'qituvchilarning, xususan V.G.Buxvostov maslahati bilan yozgan asarlarini sobiq "Sovet kompozitori" ("Sovetskiy kompozitor" Moskva shahri) nashriyotiga ko'rsatadi . Natijada uning bayan uchun qayta ishlagan bir nechta kuylari "Konsertno'e pyesa dlya bayana" (29,30 sonlari) to'plamida nashr qilindi.
R.Ibadlaev 1973 yildan 2015 yilga qadar Gulistan Davlat san'at bilim yurtining bayan-akkordeon sinfida o'qituvchi sifatida ishlab keldi. Kompozitorning ijodini ikki davr (etap) ga bo'lsak bo'ladi:
1-davr. 1960 - 80 yillar qrim-tatar mavzusiga bag'ishlangan davr.
2-davr.1990 yillardan o'zbekcha mavzularga bag'ishlangan davr.
Kompozitor 1960-1980 yillar o'zining ijodini asosan qrim-tatar xalqi kuylarini qayta ishlashga qaratdi va ulardan foydalandi. Maxsus yozilgan asarlarida ham bu iste'dodli xalqning kuy va ohanglari to'lib toshgan: ikki qrim daftari, to'rt syuitasi (bog'chasaroy, to'y, bolalar va boshqa). Bu asarlar shu yillarda yozilgan bir qator asarlarning ayrim namunalaridir. Shu davrda kompozitorning yozgan pyesalari sobiq "Sovetskiy kompozitor" (Moskva sh.) nashriyotida va Respublika gazetalarida muvaffaqqiyatli nashrdan chiqadi. R.Ibadlaev 1984 yil O'zbekiston Kompozitorlar uyushmasi qoshidagi qrim-tatar musiqasi bo'limi a'zosi bo'ladi. U yosh kompozitorlar tanlovi (konkursi) ning g'olibi (Toshkent sh.) va II darajali diplom sohibidir. 2015 yilga qadar u O'zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a'zosi bo'ldi. Ajoyib ijrochi R. Ibadlaev mohirona ijrochilik texnikasi bilan bir qator asarlarni radio va televideniyaga yozadi. Uning asarlarini buyuk bayanchi ijrochilar, xalqaro tanlov (konkurs) g'oliblari (laureatlari) E. Seid-Abdul, E.Abdukerimovlar (Moskva shahar filarmoniyasi) ijro etganlar va ijro etib kelmoqdalar.
1990 yillarda kompozitor o'zbek xalq musiqasi va O'zbekiston kompozitorlari asarlariga murojaat etadi va bu mavzular uning ijodida alohida o'rin tutadi. Bayan cholg'usi imkoniyatlarini juda yaxshi bilganligi o'zbek xalq kuylarini qayta ishlashda yangi qirralarini ochishga sabab bo'ladi.
Bolalar musiqa maktabi o'quvchilari va kollejning boshlang'ich kurs o'quvchilari uchun qayta ishlangan ko'pgina kichik shakldagi asarlari bilan bir qatorda, kompozitor tomonidan yirikroq asarlar ham yozilgan. Bu muqaddimasi keng, buyuk o'zbek xalqining qadimiy o'tmishini tasvirlovchi, jozibali raqslari orqali kompozitor G'.Qodirov mavzusini kuylovchi, ikki o'zbekcha mavzuga parafraz, "O'zbekcha syuita" va boshqalardir.
Shuni aytib o'tishimiz joizki kompozitor uchun ikkinchi Vatan bo'lgan O'zbekiston Respublikasida hech kim shu kunga qadar ijodning bu turida bunday yuqori natijalarga erishgan emas. Falsafiy mazmunning chuqurligi, texnik imkoniyatning samarali foydalanilishi, asarning badiiy usulini ochishda yordam berdi. Asarlarda tonalliklarning mohirona taqqoslanishi, doimiy fikrlar o'tkirligi va jozibasi, musiqiy yo'lning o'ziga xosligi, ravonligi,
usullar almashuvi, asar tuzilishining qulayligi va shu bilan birga boshlang'ich milliylik belgilarining saqlanib qolinishi ustalik bilan qo'llanilgan.
Bayan va fortepiano uchun yozilgan ansambllari alohida diqqatga sazovordir. Bunday ansambllar to'rttadan ko'p yozilgan. Bu yerda kompozitorning yana bir iste'dod qirrasi namoyon bo'ldi, sababi bir cholg'u uchun ijod qilish uning qobiliyat doirasi uchun torlik qilar edi.
Asarlarning qisqacha mazmuni.
1. "G'.Qodirov raqsi mavzusiga parafraz".
Asar ikki qismdan iborat bo'lib, tuzilishi jihatidan juda zich, yangi, shirali tilda yozilgan, zamonaviy jaranglaydi va shu bilan birga chuqur milliylik aks ettirilgan. Parafraz bayan-akkordeonchilar orasida keng tanilgan, lekin sozandalardan nihoyatda mohirona ijroni talab qiladi. Birinchi marta bu asarni Guliston Davlat san'at bilim yurti xalq cholg'u orkestri yakkaxon sozandasi (bayan) J.Ozbekov o'rta-maxsus musiqa va san'at o'quv yurtlari o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan XV - Respublika tanlovida (konkursida) ijro etdi. Hozirda parafraz XVII -Respublika tanlovi (konkursi) dasturiga ijro etilishi kerak bo'lgan asar sifatida kiritilgan. Shunday qilib asosiy mavzu jumlalaridan tuzilgan lya minorli quvnoq, hushchaqchaq 4 taktdan iborat kirish (muqaddimasi) qismi fermatada tugaydi, so'ngra sekventli tremololi akkordlarning chiqishi, o'zaro kvarto-kvintali munosabatida sur'at (temp) ning tezlashishi va tovushning kuchayib bayon etilishi o'n oltitalik notalardan iborat passajlarga o'tadi, hamda yuqori registrdagi akkordlarda ta'kidlangan "tenuto" shtrixi bilan tamom bo'ladi, yechiladi va re-minor tonalligiga modulyatsiya qilinadi.
Undan keyin mavzu boshlanadi. U kengaytirilgan (kattalashtirilgan) 3 hissali o'lchov vals sur'ati (tempi) da (asl nusxada 2/4 o'lchovida) bayon etilgan. Yordamchi ovozlar va imitatsiyalar (o'xshatishlar, tasvirlashlar) bilan boyitilgan. Hamma qism reprizalashgan, ayrim vaqtlarda keskin sinkopalashgan sekundakkordlari yana ravon valsga o'tadi. Birinchi qism mohirona tez kadensiya bilan tugaydi.
2-qismdagi bog'lanish "vivo" tempida aralash 2/4 o'lchovlarida tugaydi, yuqoriga ko'tarilayotgan sekvensiyalar bilan ijro etiladi. Sinkopali ritm (ijrochidan yuqori ravonlik va aniq artikulyatsiya talab qiladi) siniq oktavalarga o'tishni talab etadi.
Bog'lanish oxirida bo'rttirilgan sekundakkordlar va lyuft pauzadan keyin 2 qism boshlanadi, kompozitor yozgan ikki qismli o'lchovda boshlang'ich tonallikka ya'ni xuddi aslidagidek a-mollga qaytadi.
2 qism boshlang'ich lya-minor tonalligiga qaytadi. "Vivo" sur'ati (tempi) da mavzu yengil va quvnoq ijro etiladi. Kompozitorning uslubi o'zgarmaydi, o'sha imitatsiyalar (o'xshatish, tasvirlash) va yordamchi tovushlar, trellar, har xil registrlardagi yo'qlamalar saqlanib qolgan. Nay yangraydi, og'ir litavra sadolari, doiraning stakkatoli usuli aniq eshitiladi. Tovushlar rang-barangligi dinamik farqlar F va P lardan tuzilgan. Oldindan aytish mumkinki R.Ibadlaevning asarlari xuddi orkestrday jaranglaydi, ularni cholg'ulashtirish (instrumentovka qilish) juda ham yengil. Asar "poco rit" sur'atida va fermatadan keyin takt chizig'iga "vivo" sur'ati (tempi) da tugaydi. Tugatish uchun boshidagi 4 takt, quvnoq jumla qaytariladi va o'sib, kuchayib borayotgan kreshendoda tamom bo'ladi. Kengayib borib va balandlikka intilib yuqori registrda ff nyuansida tugaydi. Juda ajoyib yozilgan asar. Parafraz birinchi marotaba
O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida o'tkazilgan xalq cholg'u sozlari orkestrlari festivalida Guliston Davlat san'at bilim yurti xalq cholg'u sozlari orkestri tomonidan ijro etildi. 2. "Ikki o'zbek mavzusiga Parafraz."(O'zbek xalq kuylari "Yallama yorim" va "Jonon")
Keyingi ikki o'zbek mazvusiga yozilgan parafraz, kompozitor tomonidan 1993 yil yozilgan bo'lib, birinchi bor Guliston Davlat san'at bilim yurti Xalq cholg'u sozlari orkestri ijrosida xalqaro "Toshkent bahori - 2001" festivalida ijro etildi. Asar erkin variatsiya shaklida yozilgan. Bu asar ancha kengroq, pyesada chuqur falsafiy ma'no bor. Ba'zi qismlar ijrochidan o'ta nozik nyuansirovka talab qiladi. Asar e-moll tonalligida yozilgan muqaddima bilan boshlanadi. Asar epik, hikoya g'olibona uslubida yozilgan. Bu yerda kompozitor asosiy mavzu ohanglaridan foydalanadi. Muqaddima mavzusi og'ir, taranglashgan, jumlalar aksentlashtirilgan (ta'kidlangan) sekundakkordlar bilan tugaydi. Muqaddimada ot tuyoqlari tovushi va ot kishnashlari, qilichlar tovushi, jangovar drujinalarning og'ir harakati, qadimiy Sug'diyona askar harakatlari sezilib turadi. Intiluvchan kadensiya ikki aksentlashtirilgan (urg'ulashtirilgan) akkordlar bilan tugaydi.
Lyuft-pauzadan so'ng mavzu do-major (C-dur) tonalligida yangraydi. "largo" sur'ati (tempi) da mavzuni kvarto-kvintali intervallardan tuzilgan jo'r ovoz (akkomponement) lar o'rab oladi. Qo'shimcha mavzu (motiv) lar qo'shiqlardan iborat. Kompozitorning uslubi o'zgartirilmagan o'sha o'xshatishlar (imitatsiya), o'sha yordamchi tovushlar. Xuddi fortepianoga o'xshab ayrim qo'shimcha mavzu (motiv) lar bayanda ham bo'rttirib ko'rsatilgan. Birinchi variatsiya usuli o'zgartirilgan, boshlang'ich mavzu "con moto" sur'ati (tempi) da jaranglaydi, sinkopalashgan, reprizali. Undan keyin kompozitor 3/4 o'lchovidagi "razrabotka" ni ba'zida savol sifatida, ba'zida ta'kidlash sifatida ko'rsatgan. Shakli "adidato" xarakterida bo'lib, (C-dur, Des-dur) tonalliklarini qarshi qo'ygan. Mavzuni turli shakllarda uch va to'rt taktli gaplar tugashida texnik usullarni qo'llab; mexda tremolo, temperatsiyalashgan glissando, kvintolli passajlar orqali garmoniyani to'ldira borib asarning cho'qqisini Sf nyuansida tugatadi.
Uzoq bo'lmagan c-moll tonalligi lyuft-pauzadan so'ng (ikki hissali o'lchovga o'tadi) kuchli to'lqinsimon (tovushlar) bilan ko'tarilib pastdan yuqori tessitura registriga glissando to'dasi bilan qudratli (moguchiy) sekundakkordlarda (garmoniya tiqilib qolgan, baslarda kontrapunkt, tertsiyasiz tuzilmalar ko'rinadi, konsonansli intervallar o'rniga sekundalar, septimalar, kuy sindirilganday bo'ladi) orkestr tuttisi jaranglaydi, tovush keyinchalik asta-sekin pasayadi, fakturasi esa aralash baslarda kuychan figuratsiya.
Mavzu kuchli tremololi akkordlar bilan tugaydi, undan keyin mustahkam intervallarda repriza yangraydi va oxirida 3 marotaba mavzu yanada ildamroq endi "g-moll" tonalligiga modulyatsiya qilinadi. Kompozitor uni arpedjiolashgan variatsiyalarga kvarto-kvintali intervallarni qo'shib variatsiyalashtiradi va 1 qismini tremololashgan akkordlar oxirida sinkopalashtirib tugallaydi.
Taktga fermata qo'yilgan. Bo'ron tinadi, sokinlik boshlanadi. Uch hissali o'lchovda hadiksirab va mayin nola surayotganday nay ovozi boshlangich ikkinchi mavzu jumlasini kuylab yangraydi.
Ikki hissali javob qattiq, ishonchli yangraydi. O'sha ajoyib 3/4 o'lchovli leytmotiv uslubi (xarakteri) bir oz o'zgargan holda yanada qattiqroq yangraydi va yana 2/4 o'lchovida dag'al (qo'pol) javob takrorlanadi. Bu lirik dialogda kodaning yaqinlashib kelayotgan nafasi sezilib turadi va u endi organ punkti bilan baslarda "poco accel" sur'ati (tempi) da paydo bo'ladi. Gammaga o'xshab intilgan passajlardan keyin 3 hissali 4 takt, uchta 2 hissali taktlarga
almashadi va taktlar esa davriyani (periodni) qudratli akkordlar bilan kengaytiradi. Lyuft-pauzadan keyin "e-moll" tonalligi akkordli fakturada keng cinkopalashgan sakrashlar orqali pastki registrdan yuqori registrda qo'llanilgan (baslardagi kontrapunktdan mavzular leytmotivi ko'chirilgan) u primaning melodik holatida sekin sur'at (temp) da tamom bo'ladi. Tugallanishida asarning boshida ijro etilgan yakuniy kadensiya jaranglaydi va og'ir, aksentlashtirilgan keng joylashuvida almashilgan aylanma parafrazga Sf tovushida oxirgi g'olibona nuqtani qo'yadi.
Parafraz shubhasiz badiiy ahamiyatga ega va bayan akkordeonchilarning konsert repertuarini to'ldiradi (boyitadi).
3. "Bayram Xaytarmasi".
Qrim - tatar xalq qo'shiqlari va raqslari musiqasining ajralib turadigan xususiyatlaridan biri bo'lgan uning jozibasi M.I.Glinka, A.P.Borodin, A.A.Spendiarov, S.Z.Saydashevlarning diqqat e'tiborini o'ziga tortgan. R.Ibadlaevning ijodida qrim-tatar kuylari alohida o'rinda turadi. Xalq kuylari mavzulariga bayan uchun ko'p asarlar qayta ishlangan. Uning yozgan asarlari qrim-tatar xalqi musiqalari ohanglari bilan to'ldirilgan va boyitilgan. R.Ibadlaevning ijodidagi o'zbekona ohanglarini chuqur timsolli, umumturkiy ildizlar bilan bog'lash mumkin. Musiqa san'ati, folklor (xalq ijodi) janri tatarlarda va o'zbeklarda yaqin o'tmishda, umuman hozirgi vaqtda ham yangrab, hamda to'y ma'rosimlarida targ'ibot - tashviqot qilinib kelinmoqda. Bayram xaytarmasi 1968 yil yozilgan va sobiq O'zbekiston SSR "Yaxshi qo'shiq va cholg'ular uchun yozilgan pyesa" tanlovida (konkursida) ikkinchi mukofotga sazovor bo'lgan. Pyesaning shakli (formasi) variatsiyalashgan, reprizali. Ayrim qismlarida variatsiyalar oddiy intervallar bilan bayon etilgan: sekunda, tertsiya, sekstalar, qaysiki jo'r ovozlar (podgoloski) bilan kuzatib boriladi. Asarning o'rtasida sur'at (temp) sekinlashadi va aralash 4/8,5/8 o'lchovlarda "largo" sur'ati (tempi) da o'rta qismida kontrapunkt baslarda jaranglaydi. Garmoniya zich 4 va 5 tovushli akkordlardan tuzilgan, undan keyin tertsiya va o'ttiz ikkitalik cho'zimlardan tuzilgan passajlar tarkibiy intervallar bilan almashadi. O'rta qism reprizalashgan, ikkinchi voltani xuddi yengil shabadadek kadensiya yakunlaydi va undan keyin "vivo" sur'ati (tempi) da raqs davom etadi. Umuman reprizali variatsiyadan tarkib topgan birinchi qism qaytariladi. Undan keyin sur'at (temp) birdaniga uziladi va "alla breve" o'lchovi "andante" sur'ati (tempi) da o'ychan intermediya jaranglaydi. Erkin gammaga o'xshagan shakl (forma) da yozilgan. Bu qism oxirida sur'at sekinlashadi va butun nota bilan ff tovushida tamom bo'ladi.
Pyesaning tugashi intiluvchan "lesto" sur'ati (tempi) da boshlang'ich raqs motividan (qo'shimcha mavzusida) tuzilgan va oktava pastga sakrashlar bilan sf da pyesani yakunlaydi.
4. "Ekspromt e-moll".
Asar 1982 yilda bayan va fortepiano uchun yozilgan. Markaziy televideniyada ijro etilgan. Pyesaning shakli (formasi) oddiy uch hissali, oddiy va aralash o'lchovlarning tez-tez almashuvidan - 7/8, 3/8, 5/8, 6/8; 4/4, 3/4, 2/4 dan tashkil topgan.
Asar qrim - tatar xalqi ohanglaridan tuzilgan. Asarning lado garmonik xususiyatlarini aytadigan bo'lsak, oddiy-tertsiya, seksta. Pyesa bir nafasda yengil, metroritmni buzmasdan ijro etiladi. O'rta qismida garmoniya qiyinlashadi, submotivlar jumlasi har xil guruhlarda paydo bo'ladi (triol, kvintol, sekstollarda).
Ansambl badiiy masalani teng hamkorlikda bajaradi. Fortepiano bu yerda jo'r bo'lish vazifasini emas, balki suhbatdosh vazifasini bajaradi. Ularda o'ziga xos dialog bo'ladi, bayan jumlani boshlaydi, fortepiano uni tamom qiladi (tugatadi). O'rta qismning oxirida yakuniy kadensiya jaranglaydi, solistda esa ikkita yarimtalik xromatik sekundakkordlar bilan va to'rtta aksentlashtirilgan akkordlar bilan fortepianoda tugaydi. Bular pastki registrdan yuqorigi registrga sakrashlar bilan ijro etiladi, undan keyin solist uchun portlovchi sekstolli bir oktavali kadensiya jaranglaydi. U fortepianoda ikki taktli jo'r ovozga (akkomponementga) o'tadi va undan keyin repriza keladi.
Kompozitor R. Ibadlaevning ko'pgina asarlari orkestrday jaranglashini qo'shib qo'yish mumkin. Ular yengil cholg'ulashtiriladi va oson orkestr partiturasiga yoziladi. Bu asarning muallifi barcha yuqoridagi ko'rsatib o'tilgan asarlarni xalq chog'u sozlari orkestriga cholg'ulashtirishga muvaffaq bo'lgan. Hozirgi vaqtda ular "Bayan uchun xrestomatiya" to'plamida A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida chop etilgan. Bu asarlarni ko'pgina har xil konsert sahnalarida xalq cholg'u sozlari orkestri ijrosida eshitish mumkin, shu jumladan O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi zallarida ham.
Qo'shimcha sifatida - R.Ibadlaev Guliston Davlat san'at bilim yurti xalq cholg'u sozlari orkestri konsertlarining doimiy qatnashchisi bo'lganligini aytib o'tishimiz kerak. Uni ajoyib solist sifatida eshitishimiz mumkin,(virtuoz) mohirona asarlarni "bis" ga ijro etadi va oddiy kamtarin orkestr qatnashchisi-musiqachisi sifatida bir pultda o'quvchilar bilan yonma-yon o'tirgan. San'at kollejlari o'quvchilari uchun bir qator yangi qo'llanmalari nashrdan chiqqan. Tabiiyki, bunga juda katta tinimsiz mehnat va asab sarflangan hamda harakat qilingan. Kompozitor R.Ibadlaev to'g'risida ko'p va yaxshi maqolalar yozilgan. U nafaqat Respublikamizda taniqli shaxs, balki, O'rta Osiyoda ham uni yaxshi tanishgan. Bu o'tkir zehnli haqiqatdan ham iste'dodli insonning ijodi har doim insonlarga quvonch olib kelishini va ularni baxtli hamda mehribon qilishlarini tilab qolamiz, chunki san'atning asosi:-sahiylik, mehribonlik va oliyjanoblikdir. ASARLAR RO'YXATI:
1. Vals-arpedjio. 1960 y.
2. Y.Sherfedinov qo'shiqlar mavzusiga fantaziya. 1964 y.
3.Bayram xaytarmasi. 1967 y.
4.Qrimcha rapsodiya. №1. 1968 y.
5.To'y syuitasi. 1978 y. (3ta qismda)
6.Ekspromt e-moll. 1979 y. (bayan va fortepiano uchun).
7.Elmiraning valsi. 1979 y.
8.Qrim daftari. №1. (1978-1982 y).
9.Qrim daftari. №2. (1980-1995 y).
10.Bolalar syuitasi. 1989 y. (5ta qismda).
11.Bog'chasaroy syuitasi. 1985 y. (3ta qismda)
12.Bolalar albomi. 1980-1986 y
13.Qrimcha polka. 1982 y.
14.Qo'shiq "Tuzli shabada" (soleniy veter).
15.Bayan va fortepiano uchun "Konsert syuitasi" (3ta qismda). 1990 y.
16.Guliston haqida qo'shiq. 1998 y.
17.Tokkata va prelyudiya. 1998 y.
18.Mini-diptix. 2000 y
19.Bayan uchun xrestomatiya, 2-chiqish 2003 y.
20.Qrim daftari. №3.(1998-2004 y.)
21.Qrim rapsodiyasi. №2. 1987 y.
22.Bayanchi va akkordeonchilar ansambllari uchun asarlar (repertuari) san'at kollejlari uchun. 2003 y.
23.Bayan va akkordeon uchun xrestomatiya.(musiqa maktablari uchun). 2001 y
24.Konsert ijro amaliyoti.(bayan va fortepiano uchun asarlar) san'at kollejlari uchun. 2004 y.
25.Asarlar gazeta va jurnallarda nashr etilgan: gazeta- "Lenin bayrog'i" (1966-1998 y) Toshkent.
Jurnal "Yulduz" (1972-1998 y) Toshkent. Gazeta "Yango' dunya" (1995-2004) Simferopol. Gazeta "Qrim ovozi" (1995-2004) Simferopol.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bahadirov, N. S. (2023). ARTICLE ABOUT TOHTASIN JALILOV STATE ACADEMIC FOLK INSTRUMENT ORCHESTRA AND ITS CONDUCTOR, UZBEKISTAN PEOPLE'S ARTIST, PROFESSOR FORUQ SADIKOV. Journal of Innovation, Creativity and Art, 2(12), 71-73.
2. Sevara, R., & Sharifovich, B. N. (2022). Methods of improving techniques during the instrumental performance.
3. Go'Zal, S. R., & Sharifovich, B. N. (2022). O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARINING TOVUSH XUSUSIYATLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 4), 73-76.
4. Бахадиров, Н. Ш. (2023). КРАТКАЯ ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ГАРМОНИКИ (АККОРДЕОНА, КОНЦЕРТИНЫ И БАНДОНЕОНА). Scientific Impulse, 1(7), 163-166.
5. Бахадиров, Н. Ш. (2023). Французская Живопись XIX-XX вв. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(12), 1-3.
6. Бахадиров, Н. Ш. (2023). КОМПОЗИТОР РИ ИБАДЛАЕВ (1942-2019) ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.'Т. КОДИРОВ РАКСИ МАВЗУСИГА ПАРАФРАЗ","ПАРАФРАЗ","БАЙРАМ ХАЙТАРМАСИ" AСАРЛАРНИНГ КИСКАЧА МАЗМУНИ. Oriental Art and Culture, 4(1), 854-861.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À
7. Karimov, D. (2023, April). Muvaffaqqiyat Yo 'Lim: Unda Topganlarim Va Yo 'Qotganlarim. In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 6-8).
8. Dilshod, K. (2023, April). O 'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN FOYDALANISH HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 46).
9. qizi Shukurjonova, X. F. (2023). DUTOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(11), 237-240.
10. qizi Shukurjonova, X. F., & Shahnoza, A. (2023, January). BOSHLANG 'ICH MUSIQIY TA'LIM TIZIMIDA BOLALARNING MUSIQIY RITM QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 1, pp. 257-262).
11. Qizi, S. X. F., & Shahnoza, A. (2022). MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG 'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 123-129.
12. Saidov, D., Yo'ldosheva, S., & Sayfullayeva, N. (2024). ALGORITM MURAKKABLIGI TAHLILI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(5), 26-30.
13. Saidov, J., Abdujalolova, M., Ochilboyeva, M., & Murodova, G. (2024). MATEMATIKA, IJTIMOIY VA TABIIY FANLAR SOHALARIGA OID ALGORITMLAR. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(7), 67-71.