Научная статья на тему 'MAKTAB O'QUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING INTEGRALLASHUVI'

MAKTAB O'QUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING INTEGRALLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
506
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
musiqa / integrallashuv / tinglash / o‘rganish / tinglash / music / integration / listening / learning / understanding

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shohida Rahmatullayevna Mahkamova

Ushbu maqolada maktablarda o’qitilayotgan musiqa madaniyati darslarida, maktab o’quvchilarning musiqaga bo’lgan munosabatlari bayon etilgan. Bundan tashqari musiqa darslarini olib borishda qollaniladigan turli xil metodlar keltirilgan. Shuni aytish kerakki musiqa o’qitishda xar-xil usullar metodlardan foidalanish o’quvchilarni qiziqtirishga va o’rganilayotgan kuy yoki qo’shiqni tezroq eslab qolishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRATION OF MUSIC CULTURE LESSONS IN SCHOOL STUDENTS

This article outlines the relationship between music and school students in music school classes. In addition, there are various methods used for conducting music lessons. It is worth noting that the use of different methods of teaching in music helps students to remember and learn the song or song faster.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O'QUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING INTEGRALLASHUVI»

www.scientificprogress.uz

MAKTAB O'QUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING

INTEGRALLASHUVI

Shohida Rahmatullayevna Mahkamova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktablarda o'qitilayotgan musiqa madaniyati darslarida, maktab o'quvchilarning musiqaga bo'lgan munosabatlari bayon etilgan. Bundan tashqari musiqa darslarini olib borishda qollaniladigan turli xil metodlar keltirilgan. Shuni aytish kerakki musiqa o'qitishda xar-xil usullar metodlardan foidalanish o'quvchilarni qiziqtirishga va o'rganilayotgan kuy yoki qo'shiqni tezroq eslab qolishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: musiqa, integrallashuv, tinglash, o'rganish, tinglash INTEGRATION OF MUSIC CULTURE LESSONS IN SCHOOL STUDENTS

Shohida Rahmatullayevna Mahkamova

Head of the Department of Music Education of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article outlines the relationship between music and school students in music school classes. In addition, there are various methods used for conducting music lessons. It is worth noting that the use of different methods of teaching in music helps students to remember and learn the song or song faster.

Keywords: music, integration, listening, learning, understanding

KIRISH

Musiqa asarlarini o'rganish va tinglash jarayonida bolalar bir qancha asarlarni eslab qolishlari, shu asarlar haqida to'g'ri tushuncha hosil qilishlari, xatto ularni yaxshi ko'rishlari bilan birga, musiqaning ta'sirchanlik vositalari haqida ma'lumot olishlari zarur. Bu ish jarayonida musiqa savodi musiqa tinglash bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Musiqa savodida olingan bilim musiqa asarlarini o'rganishda amaliy tadbiq qilinadi. Bolalar musiqa tinglashga asta-sekin odatlanibgina qolmay, balki musiqa haqida gapirib berishga ham o'rgana borishadi. Shubhasizki, bu narsa birdaniga sodir bo'lib qolmaydi. Musiqa o'qituvchisining tinglangan asarlar xususidagi tushuntirishlari, uning o'sha asarlarda turli vositalar va musiqaviy ta'sirchanlik element (unsur)laridan foydalanish haqida hikoya qilib berishi tufayli bolalar musiqa tinglash jarayonida

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

musiqaga mustaqil suratda tahliliy munosabatda bo'lishga tayyorlana boradilar. Boshlang'ich sinflarda tinglab o'tilgan asarlar haqida o'qituvchining savollari va o'quvchilarning javoblari shaklida suhbat olib boriladi. O'quvchilarning ma'lum bir asar haqidagi tasavvurlarining barqarorligi va to'liqligi savollarning nechog'lik puxta o'ylanib, mantiqiy va ma'nodor qilib ifodalanishiga bog'liq bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'quvchilar asosan asarning o'ziga xos xususiyatiga, uning tempi va dinamikasiga taalluqli savollarga javob qaytara bilishlari, marshni, raqs kuyini, xalq qo'shiqlarini ajrata bilishlari kerak. Shuningdek, ikki va uch qismli asarlarni aniqlay olishlari zarur. Bir o'quv yili mobaynida o'quvchilar 10-12 ta davomida musiqa asarlari bilan tanishishlari kerak. Har bir darsda 5- 7 daqiqa musiqa tinglash o'tkaziladi. Sinflarda yuqorilab borgan sari musiqa tinglashni 8-12 daqiqagacha ko'tarish mumkin. Bu dastur bo'yicha biror chorakni chuqurroq o'rganish maqsadida tavsiya qilinadi. Bunday darslar chorak so'nggida o'tkaziladigan bo'lsa, ular topishmoq shaklidagi nazorat darslari bo'lishi mumkin. Bunda o'qituvchi shunga qadar tinglangan barcha musiqa asarlarini chalib, qayta eshittiradi. Kichik asarlarni to'liq, katta asarlardan lavhalar chaladi. O'quvchilar esa asarning nomi, mualliflari, qaysi janrga taalluqli ekanligi haqida, asarning musiqiy tuzilishi, kompozitor asarda qanday ifoda vositalaridan foydalangani haqida bilganicha gapirib beradi. Beshinchi sinfdan dasturga xor, orkestr, simfoniya, libretto, uvertyura, musiqali drama va komediyadan parchalar, operalardan ariyalar, duetlar, raqs kuylari, maqomlar, klassik asarlar, folklor kuy va qo'shiqlar, chet el kopmpozitorlarining asarlari yettinchi sinfga qadar kiritilganki, bu asarlarini ijro etish ko'p vaqt talab etadi. Shuning uchun ba'zan butun bir darsni musiqa tinglashga ajratish mumkin. Dars davomida o'quvchilarni doimo musiqani idrok qilishga o'rgatish kerak. Avvalo, maktab o'quvchisi musiqa asarini yaxlit musiqali obraz deb anglashi muhimdir. Ma'lumki, musiqaning mazmuni insonning his-tuyg'ulari, kayfiyati, fikrlaridan iborat. Musiqa insonning so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan ichki holatini, ruhiy kechinmalarini bayon etishi mumkin. Bolalarni xuddi ana shu his-tuyg'u va emotsional holatlarni idrok qilishga o'rgatishi lozim. Musiqa o'qituvchisining o'z darslarini me'yoriy tashkil etishi bu musiqa tinglash faoliyatining mazmunli va samarali o'tishiga garovdir. Boshlang'ich sinflarda ilk musiqa tinglashdanoq o'qituvchi bolalarga musiqa tinglash vaqtida o'z o'rtoqlarining eshitishlariga halaqit bermay o'tirishlarini qat'iy uqtirishi lozim. Chunki bola bu tartibni buzsa, birinchidan, ijrochini hurmat qilmayotganini ko'rsatsa, ikkinchidan, tinglovchilar-sinfdoshlarining fikrlarini chalg'itadi. O'qituvchi musiqa asarini tinglayotgan vaqtda bolalarga hadeb qimirlayvermasligini, erkin o'tirib asarni tinglash zarurligini, o'girilib qarash, qog'ozni shildiratish, shivirlab gaplashish, savol

berish va boshqalarni e'tiborini jalb qiladigan va ortiqcha harakatlarni qilmaslikni tushuntiradi. Musiqa asarini ixlos bilan va bosiqlik bilan zehn qo'yib, diqqatni jamlab tinglash kerakligini aytadi. Shunday yo'l bilangina o'quvchilarni madaniy tinglovchi qilib tarbiyalash mumkin.

MUHOKAMA

O'qituvchi boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqatini tez o'zgaruvchanligini hisobga olib, asarni tinglashdan avval ularga musiqa necha qismdan iboratliligini, dinamikaning qanday rivojlanib borishini aniqlash, asosiy mavzu (kuy)ni eslab qolish kabi topshiriqlarni taklif qilishi mumkin. Darsda o'qituvichining asarlarni to'g'ri va ifodali ijro etishlari ahamiyatlidir. Chorak mavzusidan kelib chiqib, asarning musiqaviy tuzilishi, xarakteri, ifoda vositalari, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi, sinf tarkibi jihatdan o'rganib, quyidagi bosqichlarda o'zlashtiriladi:

1. Asarni tinglashga bolalar diqqatini tortish va asar haqida o'qituvchining kirish so'zi.

2. O'qituvchi ijrosida yoki texnik vositasi orqali asarni tinglash.

3. Tinglangan asar haqida suhbat-tahlil.

4. Asarni to'la va qayta tinglash, asar haqida bolalar taassuroti va yakuniy suhbat.

O'qituvchi darsda musiqa asarini ijro etishdan oldin bolalarni tinglashga tayyorlashi, ularning asarni mukkammal anglab olishlariga, his etish va baho berishlariga yordam berishi zarur. Buning uchun o'qituvchi asarni birinchi marta ijro etishdan oldin qisqacha kirish suhbati o'tkazadi. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni musiqa tinglashga hissiy tayyorlashdir. Odatda, o'qituvchi asar mualliflarining nomlarini aytadi, ularning hayoti va ijodi haqida qisqacha gapirib beradi, asarning yaratilish tarixidan olingan biror dalilni bayon qiladi, shundan so'nggina o'quvchilarning diqqatini jamlab va bolalarda qiziqish uyg'otib, asarni ijro etishga kirishadi. Suhbatni suratlar, rangli rasmlar, sahna ko'rinishlari va mashhur ijrochilarga oid foto suratlar bilan olib borish foydalidir. Musiqa daslarida musiqa asarini so'zlar bilan sharhlangan holda olib borish bolalar idrokiga ijobiy ta'sir qiladi. O'qituvchi o'zining qisqa-qisqa tushuntirishlari bilan bolalarga musiqaning emotsional mazmunini, uning go'zalligini idrok qilishda yordamlashadi, asarning eng mazmunli joylariga alohida e'tibor berish lozimligini uqtiradi, savollar beradi va musiqa asarini tinglagan vaqtda undagi muhim joylarini ajratish haqida vazifalar beradi. O'qituvchi bolalar tinglab bo'lgandan so'ng o'z taassurotlarini anglashlariga, musiqaning xarakterini so'zlar vositasida belgilashlariga, unda nimalar ko'proq yoqqanligini aytishlariga erishadi, musiqaning emotsional mazmunidagi eng nozik va xilma-xil ta'riflarni topishga yordam beradi.

NATIJA

Asarni o'rganishda uni ijro etib ko'rsatish juda muhimdir. Agar asar bolalarga darrov yoqib qolsa, o'qituvchining asar ustida ishlashi oson bo'ladi. Aksincha, ularga yoqmagan asar ustida ishlashda o'qituvchining bolalarda shu asarga nisbatan paydo bo'lgan salbiy tushunchani bartaraf qilishiga to'g'ri keladi, bu esa o'quvchilarning asarni o'zlashtirishlariga anchagina to'siq bo'ladi. O'qituvchi asarni

yuksak badiiy sa'viyada ijro etsagina o'quvchilarni jalb etishi va tinglangan musiqaga havas uyg'otishi mumkin. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, o'qituvchining asarni bevosita ijro etishga nisbatan disketdan eshittirishi ancha beparvolik bilan idrok etiladi. Agar o'qituvchi biror cholg'u asbobi (fortepiano, rubob, g'ijjak, dutor, bayan va boshqalar)ni yaxshi chala bilsa, u bolalarga imkon boricha chalib berishga harakat qilishi lozim. Bunda o'qituvchining o'zi ijro etadigan asarlami uyda juda puxtalik bilan tayyorlashi, notaga qarab chalishdan tiyilish ya'ni asarni yoddan to'g'ri ijro eta olishi, bolalarga nazar tashlab turish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun asarni sinchiklab o'rganib olishi zarur. Asarni jo'shqin, ta'sirli va puxta o'ylab ijro etish kerak. Agar tinglanadigan asar vokal janriga oid bo'lsa, o'qituvchi, garchi ovozi uncha kuchli bo'lmasa ham, shu asarni so'zi bilan aytib berishdan tortinmasligi lozim. Asarni yaxshi bilib olish muhimdir, shundagina o'qituvchi uni ijro etishi bilan bolalarni asarning texnik yozuviga qaraganda ko'proq jalb eta oladi, chunki "jonli ijro" doimo yaxshiroq idrok qilinadi. Lekin shunday asarlar ham borki, ularni eshittirishda magnit tasmalari yoki disketlardan foydalanmaslikning iloji yo'q. Busiz xor, orkestr, simfoniya, opera ariyalari, baletlardan parchalar, turli cholg'u asboblar ansambli (dastasi) da ijro etilgan kuylarni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun maktabda eng yaxshi jamoalar, ansambllar, orkestrlar va yakkaxon hofizlar ijrosidagi musiqa asarlari yozib olingan disklar to'plami bo'lishi juda ham foydalidir. O'qituvchi magnit yozuvidagi asarni tinglar ekan, o'zi ham shu musiqa asari yoki mavzuning ayrim lavhalarini dadil chala bilishi yoki kuylay olishi kerak. Musiqa asarini o'qituvchi birinchi marta to'la-to'kis ijro etishi shart. Agar bu opera, simfoniya yoki kantata bo'lsa, batafsil o'rganiladigan parcha yoki qism o'qituvchi tomonidan to'liq ijro etiladi. So'ngra tahlil qilish jaryonida o'qituvchi ayrim musiqa frazalarini, ba'zi parcha va mavzularni chalib va kuylab beradi, oxirida esa, go'yo yakun chiqargandek, asarni yana to'liq ijro etadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish kerakki, suhbatlarni o'quvchilarning faol ishtirokida maroqli, zavqli qilib o'tkazish lozim. Xonada shunday ijodiy vaziyat tug'dirish kerakki, bunda o'quvchilar tinglagan asarda o'zlarini nimalar hayajonlantirganini tortinmasdan samimiy ravishda gapiradigan bo'lsinlar. Suhbat, tahlil, o'qituvchining izohlari aniq,

qisqa, mantiqiy bo'lishi, bularning hammasi musiqani bevosita idrok etish bilan, albatta, mustahkamlana borishi kerak. O'qituvchi keyingi darslarda asarni qayta ijro etishda shu asar haqidagi ma'lumotlar doirasini asta-sekin kengaytiradi, yangi dalil va tafsilotlarni bayon qiladi, asar tuzilishining boshqa xususiyatlariga bolalar diqqatini jalb etadi. Dars jarayonida tinglangan asarning ko'p marta takrorlanishi uning yaxshiroq o'zlashtirilishiga va xotirada qolishiga yordam beradi. Musiqa asarini ijro etgandan keyin o'qituvchi uni bolalar bilan suhbat shaklida tahlil qilishga kirishadi. Asarning tuzilish xususiyatlari, shakli, ladi, toni, garmoniyasi, xarakteri, ohangdoshligi, tempi, kuyi, jo'rnavozlikning roli va shu kabilar oydinlashtiriladi.

REFERENCES

1. I. A. Karimov "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", - Т. "Ma'naviyat nashriyoti", 2008-yil

2. T.Ortiqov. Musiqa o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. T.2010 y.

3. Mannonov S. O'zbek xalq musiqa madaniyati. Monografiya.

4. H.Nurmatov, N.Yo'ldosheva « O'zbek xalq musiqasi ijadiyoti» o'quv qo'llanma. -Т.: «G'ofur G'ulom» nashriyoti, 2007 y.

5. Махкамова Шохида Рахматуллаевна.Имконияти чекланган болалар ва хар томонлами етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни // Maktab va hayot. Махсус Сон № 1 22-23 betlar

6. G. Sharipova «Musiqa metodikasi». - Т. «O'zbekiston faylasuflar» nashriyoti, 2012 у.

7. Ш.Махкамова, М.Асадуллаева. Ёшларни маънавий тарбиялашда кушикчилик санъатининг тутган урни // Халк таълими. ISSN 2181-7839 2020-№3 60-63 betlar.

8. Ш.Махкамова, М.Асадуллаева Великий шёлковый путь»: взаимодействие культур запада и востока в контексте проблемы модернизации музыкального образования в Узбекистане.// Science and education scientific journa. special issue 4 207-214бетлар.

9. Асадуллаева Мастура Мактаб ёшидаги болаларда овоз режими ва гигиенаси// Maktab va hayot. Махсус Сон № 125-26 betlar.

10. Халилова Махфуза Мухаммаджановна. San'at-mojizadir// Science and Education" Scientific Journal December 2020 / Volume 1 Special Issue 4.169-176 бетлар

11. Махкамова Шохида Рахматуллаевна. Хазрат навоийнинг мусикий тафаккури // Science and Education" Scientific Journal December 2020 / Volume 1 Special Issue 4 215-223бетлар

12. Мухитдинова Малохат Саиджабборовна. Musiqaterapiya-alohida yordamga muhtoj bo'lganbolalar bilan olib boriladigan uzliksiz ta'lim-tarbiya//2020 Махсус сон 35-39 бетлар.

13. Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O 'QUVCHILAR TARBIYASIDA MUSIQA FANINING TUTGAN O 'RNI. Scientific progress, 7(5).

14. Mahkamova, S. R., & Obidova, S. P. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI MUSIQIY TARBIYALASH VA TA'LIM BERISH. Scientific progress, 1(3).

15. Махкамова, Ш. Р. (2020). ХАЗРАТ НАВОИЙНИНГ МУСИКИЙ ТАФАККУРИ. Science and Education, 1(Special Issue 4), 215-222.

16. Махкамова, Ш. Р. (2020). МУСЩА ИЛМИ ВА ИСЛОМ ДИНИ: ТАЛЛИН МУАММОСИ. Academic research in educational sciences, (3).

17. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. А. (2020). «ВЕЛИКИЙ ШЁЛКОВЫЙ ПУТЬ»: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ КУЛЬТУР ЗАПАДА И ВОСТОКА В КОНТЕКСТЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education, 1 (Special Issue 4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.