Научная статья на тему 'KOMPARATIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA (O’ZBEKISTON VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMINI QIYOSLASH MISOLIDA)'

KOMPARATIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA (O’ZBEKISTON VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMINI QIYOSLASH MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
24
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Komparativistik yondashuv / pedagogik mahorat / ilg’or tajribalar / Germaniya ta’lim tizimi / jahon andozalari / qiyosiy pedagogika / kreativ qobiliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Otamirzayeva.K.I

Ushbu maqolada Komparativistik yondashuv asosida boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish pedagogik zaruriyat sifatida (O’zbekiston va Germaniya ta’lim tizimini qiyoslash misolida) haqida so’z boradi. Chunki, jahon ta’lim tizimini qiyosiy o’rganish va ilg’or tajribalarni respublikamizda ommalashtirish samarali natija bermoqda. Hech bir mamlakatda ta’lim tizimi xorijiy tajribalardan foydalanmasdan, bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan yangilana olmaydi va zamon talabi darajasida rivojlanmaydi. Zero, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol qo‘shilib borishi milliy ta’lim tizimini jahon andozalariga muvofiqlashtirishni talab qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPARATIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA (O’ZBEKISTON VA GERMANIYA TA’LIM TIZIMINI QIYOSLASH MISOLIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

KOMPARATIVISTIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA (O'ZBEKISTON VA GERMANIYA TA'LIM TIZIMINI QIYOSLASH MISOLIDA)

Otamirzayeva.K.I

doktorant, NamDU O'zbekiston Respublikasi, Namangan shaxri https://doi.org/10.5281/zenodo.11531708 Annotatsiya. Ushbu maqolada Komparativistik yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish pedagogik zaruriyat sifatida (O 'zbekiston va Germaniya ta'lim tizimini qiyoslash misolida) haqida so'z boradi. Chunki, jahon ta'lim tizimini qiyosiy o'rganish va ilg'or tajribalarni respublikamizda ommalashtirish samarali natija bermoqda. Hech bir mamlakatda ta'lim tizimixorijiy tajribalardanfoydalanmasdan, bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan yangilana olmaydi va zamon talabi darajasida rivojlanmaydi. Zero, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol qo'shilib borishi milliy ta'lim tizimini jahon andozalariga muvofiqlashtirishni talab qilmoqda.

Kalit so'zlar: Komparativistik yondashuv, pedagogik mahorat, ilg'or tajribalar, Germaniya ta'lim tizimi, jahon andozalari, qiyosiypedagogika, kreativ qobiliyat.

Аннотация. В данной статье говорится о совершенствовании педагогического мастерства учителей начальных классов на основе сравнительного подхода как педагогической необходимости (на примере сравнения образовательных систем Узбекистана и Германии). Потому что сравнительное изучение мировой системы образования и популяризация лучших практик в нашей республике дают эффективные результаты. Ни в одной стране система образования не может быть обновлена и развита на уровне времени без использования зарубежного опыта и сотрудничества друг с другом. Ведь активная интеграция Узбекистана в мировое сообщество требует гармонизации национальной системы образования с мировыми стандартами.

Ключевые слова: сравнительный подход, педагогическое мастерство, передовой опыт, немецкая система образования, модели мира, сравнительная педагогика, творческие способности.

Abstract. This article talks about improving the pedagogical skills of primary school teachers based on the comparative approach as a pedagogical necessity (in the example of comparing the educational system of Uzbekistan and Germany). Because the comparative study of the world education system and the popularization of best practices in our republic are yielding effective results. In no country can the educational system be renewed and developed at the level of the times without using foreign experiences and cooperating with each other. After all, the active integration of Uzbekistan into the world community requires the harmonization of the national education system with world standards.

Keywords: Comparative approach, pedagogical skill, best practices, German education system, world models, comparative pedagogy, creative ability.

KIRISH.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Jahonda zamon talablariga mos metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish modellarini, metodik tizimi, multimediali elektron resurslar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda "ta'lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish" ga zarurat borligi qayd etilmoqda. Bugungi kunning zamonaviy boshlang'ich sinf o'qituvchisi-nafaqat sohasi bo'yicha bilimli, balki, birinchi o'rinda tashabbuskor bo'lishi ayniqsa bugungi kun boshlang'ich sinf o'qituvchisi kuchli nazariy bilimga ega, yangilikka intiluvchan,o'z g'oyalarini amaliyotga tadbiq eta oladigan, jahon tajribasiga qiziqadigan va yangi andozadagi o'qitish tizimini ta'limga olib kirishga qodir bo'lishi lozim. Davlatimiz rahbari "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrik nutqida ta'kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun ham, prezident: "Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi",-deb ta'kidlaganlarida "Uchinchi Renessans poydevori"ni ta'lim islohotlarida ko'rdi. Bu vazifalarni bajarishda qiyosiy pedagogika fani maydonga chiqadi. Chunki, jahon ta'lim tizimini qiyosiy o'rganish va ilg'or tajribalarni respublikamizda ommalashtirish samarali natija bermoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI:

Qiyosiy pedagogika tushunchasiga komparativist olimlar turlicha ta'rif beradilar. Rus olimi M.Sokolova qiyosiy pedagogikani ta'lim-tarbiya pedagogik nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining yo'nalishlari, umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadigan, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va falsafiy asoslari hamda milliy o'ziga xoslikni ochib beradigan soha deb qaraydi. N.Belkanov qiyosiy pedagogikani ta'limdagi globallashuv, baynalmilallik va integratsiya natijasi deb qaraydi. Uning fikricha, qiyosiy pedagogikada taqqoslash -bu ta'lim va pedagogika sohasida duhyo tendensiyalari bilan aloqadorlikni anglash demakdir. K.Musinning ta'kidlashicha, qiyosiy pedagogika dunyoning turli davlatlarida turli tarixiy davrlarda ta'lim -tarbiya pedagogik nazariyasi va amaliyotining holatini o'rganadi, pedagogika va maktab amaliyotining xalqaro tajribasini o'rganish va foydalanish yo'llari hamda shaklini aniqlaydi, o'z davlatida ta'lim -tarbiya modelining kelajagini bashorat qiladi. B.L.Vuifson esa qiyosiy pedagogikani pedagogik fanlaming sohasi deb qaraydi va u qiyosiy aspektda turli davlat, hudud umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy davrlarda pedagogik nazariya va amaliyotning mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va qonunyatlarini o'rganadi, deb ta'riflaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

O'zbekiston ta'lim tizimi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. Bulardan ko'zda tutilgan maqsad ta'lim tizimini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda o'quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakli va metodini kompleks yangilash hamda yanada takomillashtirishdan iborat. Bu vazifalarni muvafaqqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el ta'lim tizimi va pedagogikasi tajribalarni o'rganishni talab etadi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR.

Hech bir mamlakatda ta'lim tizimi xorijiy tajribalardan foydalanmasdan, bir -biri bilan hamkorlik qilmasdan yangilana olmaydi va zamon talabi darajasida rivojlanmaydi. Zero, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol qo'shilib borishi milliy ta'lim tizimini jahon andozalariga muvofiqlashtirishni talab qilmoqda. Hozirgi davrda ta'lim sohasida AQSH,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya mamlakatlarida erishilayotgan yutuqlar ibratlidir. Chunonchi, Germaniya ta'lim tizimi rivojlangan davlatlar ichida o'z nufuziga ega bo'lganligi bois shu davlatning ta'lim tizimini o'rganishga jazm qildik. O'zbekiston Respublikasi va Germaniya ta'lim tizimining qiyosiy tahlili quyidagicha:

l.O'zbekistonda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga boradilar. Ixtiyoriy, pulli.

- Germaniyada 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar maktabgacha sinflar, maktablar qoshidagi bolalar bog'chasi, bolalar bog'chasiga boradilar. Ixtiyoriy, pulli.

2. O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim 7 yoshdan 11 yoshgacha, ya'ni 4 yil davom etadi. Ta'lim majburiy, bepul.

- Germaniyada boshlang'ich ta'limga 6 yoshdan qabul qilinadi, o'qish 4-6 yil davom etadi. Ta'lim majburiy, bepul.

3. O'zbekistonda 4 yillik boshlang'ich ta'limdan so'ng 5 yillik o'rta ta'limga o'tiladi. Ta'lim majburiy, bepul.

- Germaniyada boshlang'ich ta'limdan so'ng o'rta ta'limga o'tiladi. O'rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash, maxsus maktablar va gimnaziyalar. Ta'lim majburiy, bepul. 4. O'zbekistonda umumiy o'rta ta'limdan so'ng AL va KHKlariga kiradilar. Ta'lim majburiy, bepul.

- Germaniyada umumiy o'rta ta'limdan so'ng kasbiy ta'lim va boshqa tipdagi maktabga boradilar.

5 Germaniyada har bir Felarda ta'lim tizimi haqida o'zining qonuni mavjud.

- O'zbekistonda respublika bo'yicha yagona "Ta'lim to'g'risidagi qonun" amalda qo'llaniladi.

6. Germaniyada darslik va o'quv qo'llanmalar qiymatining ozgina qismiga beriladi.

- O'zbekistonda maktab tizimida darsliklar, qo'llanmalar bepul beriladi.

7. Ma'lum toifadagi o'quvchilarga har ikkala davlat moddiy yordam ko'rsatadi.

8. Germaniyada umumiy o'rta ta'lim turli tiplarga bo'linadi va ular orasida farqlar bor.

- O'zbekistonda bunday tiplarga bo'linish yo'q, lekin fanlarni chuqurlashtirib o'rganishga yo'naltirilgan maktablar bor.

9.O'zbekistonda a'lo baho "5" bo'lsa, Germaniyada "l "baho a'lo hisoblanadi.

XULOSALAR.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda jahon va dunyo tajribalarida ta'limiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida boshlang'ich ta'lim sohasida ham malakali mutaxassislar va yetuk kadrlarga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Bu xalqaro tajribalarga tayangan holda darslarga bo'lgan qiziqish mazmunini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama innovatsion jarayonga bo'lgan e'tiborini kuchaytirishni va o'quvchilarda kreativ qobiliyatni o'stirishni talab qiladi. Mavjud qator talablarning ayni damda ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, ko'pincha xorijiy davlatlardagi kabi fan va ta'lim sohalari rivojlanishini baholash hamda o'quvchilar bilimini monitoring qilish orqali ta'limdagi sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or va innovatsion tajribalarni sohaga keng miqyosida jalb qilish kerakligini anglatadi. Zamonaviy boshlang'ich ta'lim uchun istiqbolli, ustuvor yo'nalishlardan biri bu - o'quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Zamonaviy ta'lim O'zbekiston yoshlarini istiqbolli kelajakka eltadi. Ta'lim 1tarbiya - bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

REFERENCES

1. Prezident Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020.

2. M.J.MUTALIPOVA, B.X.XODJAYEV.Darslik. Toshkent-2015.6-7-bb.

3. G.N.Najmiddinova. Pedagogik mahorat kursining tehnologiyalashtirilgan ma'ruza matnlari .12-13-betlar.

4. Äzizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. TDPU-2003.

5. A.Xoliqov.Pedagogik mahorat. Toshkent 2011.

6. N.N. AZIZXO' JAYEVA.. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent-2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.