Научная статья на тему 'PEDAGOGLARNING O‘Z USTIDA ISHLASH JARAYONIDA JAHON TAJRIBALARINI O‘RGANISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI'

PEDAGOGLARNING O‘Z USTIDA ISHLASH JARAYONIDA JAHON TAJRIBALARINI O‘RGANISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mamlakat / ta’lim / tajriba / xorijiy tajriba / ta’lim inspeksiyasi / tuzilma / xalqaro baholash modernizatsiya / sinov / baholash

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karaboyeva Maxliyo Qodirjonovna

Ushbu maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini yuksaltirishda jahon tajribalarini o‘rganishning ahamiyati va Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSh kabi ilg‘or xorijiy ta’lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta’lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim tizimidagi yutuqlari, ta’lim standartlari monitoring qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGLARNING O‘Z USTIDA ISHLASH JARAYONIDA JAHON TAJRIBALARINI O‘RGANISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

PEDAGOGLARNING O'Z USTIDA ISHLASH JARAYONIDA JAHON TAJRIBALARINI O'RGANISH VA ULARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI

Karaboyeva Maxliyo Qodirjonovna

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11505804

Annatatsiya. Ushbu maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatini yuksaltirishda jahon tajribalarini o'rganishning ahamiyati va Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSh kabi ilg'or xorijiy ta'lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. Shuningdek, ta'lim tizimidagiyutuqlari, ta'lim standartlari monitoringqilingan.

Kalit so'zlar: mamlakat, ta'lim, tajriba, xorijiy tajriba, ta'lim inspeksiyasi, tuzilma, xalqaro baholash modernizatsiya, sinov, baholash.

Аннотация. В данной статье кратко проанализирована важность изучения мирового опыта совершенствования профессиональной деятельности педагогов, а также приведена структура, опыт и современные образовательные программы передовых зарубежных образовательных систем, таких как Япония, Германия, Франция, США. Кроме того, осуществлён мониторинг достижений в системе образования, образовательных стандартов.

Ключевые слова: страна, образование, опыт, зарубежный опыт, образовательная инспекция, структура, международная оценка, модернизация, тестирование, оценка.

Abstract. In this article, the importance of studying world experiences in improving the professional activity of pedagogues and the structure, experience and modern educational programs of advancedforeign educational systems such as Japan, Germany, France, and the USA are briefly analyzed. Also, achievements in the educational system, educational standards were monitored.

Keywords: country, education, experience, foreign experience, educational inspection, structure, international assessment, modernization, testing, evaluation.

Ta'lim-tarbiyani modernizatsiya qilish Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasi maqsadlarini ro'yobga chiqarishning eng samarali prinsipi bo'lib hisoblanadi. Bu esa, pedagogika nazariyasida qiyosiy yo'nalishni kuchaytirilishi, turli mamlakatlarda qo'llaniladigan tarbiya konsepsiyalarini tahlil qilish, sinovdan o'tgan, insonparvarlik mohiyatiga ega bo'lgan tarbiya konsepsiyalarining yutuqlaridan, vositalaridan, texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Bu esa, jahondagi pedagogik nazariyalarning g'oyaviy asoslari va mazmunini umumlashish jarayonini yuzaga keltirmoqda.

Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur'atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta'lim tizimi takomillashtirilmoqda. Umumiy o'rta ta'lim sifati ilg'or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. 2019-yil 26-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarning kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030-yilga qadar esa 50 foizini, zamonaviy maktablarga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi. Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomada maktab o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o'quv yuklamalari va fanlarni qayta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

ko'rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabi yotlar sifatini oshirish zarurligini ta'kidladi. Maktablarda moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash, o'quv-tarbiya jarayonida xalqaro zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash bo'yicha vazifalarini belgilab berdi. Yurtimizda matematika, kimyo, fizika, va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg'ulotga ajratilgan. Rivojlantirilgan davlatlarda bu ko'rsatkich 30 -50 foizni tashkil etadi [1, 6-b.].

Ta'lim olish - bu bilim, ko'nikma va malakalar tizimini egallash jarayonidir, ya'ni bunda shaxsning ijodiy faoliyatining jihatlari, dunyoqarashi va o'zini tutish sifatlari tashkil topadi hamda bilish qobiliyatlari rivojlanadi. Inson ma'lumotli bo'lib, bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lib, o'zida fikrlar tizimini shakllantiradi. Ta'lim olish vazifalari turli yo'llar bilan hal qilinadi. Ulardan eng asosiysi o'qitish hisoblanadi.

O'qitish - bu ta'lim oluvchilarga yangi o'quv axborotini taqdim etish, uni o'zlashtirishni tashkillashtirishga, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatla rini rivojlantirishga maqsadli yo'naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir. O'qitish jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasida o'zaro harakat yuzaga keladi va uning samardorligi o'qituvchi va talabani hamkorligiga bog'liq bo'ladi.

O'qish-o'rgatish - bu ta'lim oluvchilarga yangi o'quv axborotini taqdim etish, uni o'zlashtirishni tashkillashtirishga, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo'naltirilgan, muntazamli tashkiliy jarayondir.

O'qitishning asosiy natijasi - bu talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar, ularda shakllangan bilish ehtiyojlari va qobiliyatlaridir. Bilimlarda haqiqiy borliq umumiy aksini topadi. Talabalar hodisa, voqea, qonuniyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'rganadilar va u ularning yutug'i bo'ladi.

O 'qitish jarayonining eng muhim natijasi - bu ko'nikmadir.

Ko'nikma - egallagan bilimlar asosida o'zgaruvchan sharoitlarda birorta faoliyatni amalga oshirish qobiliyati. Pedagogik amaliyotda ko'nikma aqliy va amaliy ko'nikmalarga bo'linadi. Aqliy ko'nikma fikrlovchi vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo'ladi. Bular ijodiy faoliyat va ishlab chiqaruvchi faoliyat uchun muhim hisoblanadi.

Amaliy ko'nikmalar aniq amaliy harakatlarni bajarishga yo'naltirilgan, ya'ni ishlab chiqarish topshiriqlarini yechish, hisob ishlarini bajarish, ish rejasini tuzish [2, 3-b.].

Amaliy ko'nikmalar aqliy ko'nikmalar bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi, bilimlarga tayanmasdan turib topshiriqlarni yechish, hisoblash, reja tuzishni amalga oshirib bo'lmaydi. O'qitishning natijalaridan yana biri bu malakalarni egallash hisoblanadi.

Malakalar - bu, ko'p marta takrorlash natijasidagi mashinal (beixtiyoriy), harakatlardir. Kasbiy faoliyatda malakalar katta ahamiyatga ega bo'lib, ular kuch, vaqt, e'tiborni tejaydi.

O'qitish o'zining asosiy (didaktik) vazifasidan tashqari boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Rivojlantiruvchi vazifani mohiyati - o'qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va irodaviy rivojlanishi, bilishga bo'lgan intilishlarini va ijodiy faollikni shakllantirish va rivojlantirishni ta'minlashdan iborat bo'ladi.

Rivojlantiruvchi vazifa rivojlantiruvchi prinsipga asoslanib, uning mohiyati, o'qitish jarayonini shunday murakkab darajada tuzish kerakki, bunda talabadan ham aqliy ham irodaviy kuchlarni sarf qilsin. O'quv jarayoni talabada qoniqish, bilish quvonchini, hayron bo'lish, ya'ni u nimanidir bajara olishi hissini uyg'otishi zarur.

Shu bois o'quv materiali juda ham sodda bo'lmasligi kerak va talaba faqat uni qayta rib qolmasdan, balki bilimlar asosida topshiriqlar zanjirini yecha olishi kerak.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Tarbiyalovchi vazifa - o'qitishni tarbiyalash prinsipiga asoslanadi. O'qitish va tarbiyalash jarayonlari o'zviy bog'liqlikda bo'ladi.

Ularning umumiy maqsadlari - bo'lg'usi mutaxassilikning mohiyatini va ijtimoiy muhimligini tushunuvchan, o'z mehnatining natijalariga kasbiy ma'suliyatga ega bo'lgan mutaxassisni shakllantirishdan iborat. O'quv jarayonida tarbiya o'qitish mazmunini amalga oshirish yo'li orqali, uni to'g'ri tashkillashtirish va zarur usullarni qo'llash orqali amalga oshiriladi. O'rta maxsus o'quvdargohi o'qituvchisi o'zining bilimi, o'ziningtutishi, ishga bo'lgan munosati o'quv faniga, mutaxassislikka va mehnat faoliyatiga, hayotga bo'lgan ayrim munosabatni aniqlab beradi.

Bugungi kunda dunyo ta'lim modellari negizida korparatsiya va hamkorlik prinsiplari turadi va bu ko'p jihatdan jamiyyat va shaxsning mehnat bozorining ta'lim hizmatlariga bo'lgan extiyojlarini ta'minlashga qaratilgan. Bugungi kunda jahonda davom etayotgan ta'lim jarayonida to'rt asosiy model faoliyat ko'rsatmoqda. Bular: an'anaviy, ratsionalistik, gumanistik, (fenomenologik) va institutlashmagan ta'lim modellari bo'lib hisoblanadi.

Dunyoning rivojlangan davlatlari ta'lim modellarida ushbu modefekatsiyalarni kuzatish mumkin. Bu ta'lim tizimi ayrim mamlakatlar ta'lim tizimidagi an'anaviylik tayyor bilimlarni yodlashga qaratilgan ta'lim yo'nalishidan keskin farq qiladi [3, 3-b.].

Yaponiya ta'lim tizimi: Yaponiya ta'limida "iqtidorli o'quvchi" tushunchasi yo'q, chunki har bir o'quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg'or mamlakatlar ichida Yaponiya ta'limi o'ziga xos yo'nalishi yetakchi o'rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta'lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich maktab, kichik o'rta maktab, yuqori o'rta maktab, oliy ta'lim tizimlariga kiruvchi oliy o'quv yurtlari. Boshlang'ich maktabda o'qituvchilar bolalarni tanqidga, ya'ni o'z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o'rgatishadi.

Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchi faqat ta'lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o'qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo'lgan yagona davlat. Majburiy ta'lim muhiti. Ta'limning bu pog'onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko'rsatiladi. Yuqori o'rta maktab 10-12-sinflarni o'z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo'limlari mavjud. Yuqori bosqich o'rta maktablarda butun o'quv jarayonida o'quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O'quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o'z xohishlariga ko'ra, ingliz tili, texnik ta'lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.

Universitetlariga yuqori va o'rta maktabning yoki 12 yillik oddiy maktabni bitirgan o'quvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 bosqichga bo'linadi: 1 -bosqich turar joyda o'tkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo'yicha test sinovlaridan o'tkaziladi. Yaponiyada oliy ta'lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta'limi bilan uzviy bog'liqdir. Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas'uliyati ayniqsa kattadir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo'lib o'sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o'zlarini ma'sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko'plab metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko'p lab pedagogik maslahatlar berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo'lib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog'oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek, kerak bo'lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o'rnatilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Yaponiya o'rta maktablarining saviyasi AQSh o'rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yaponiyada ta'lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg'unlik kasb etgan.

Amerika Qo'shma Shtatlari ta'lim tizimi: Amerikada o'rta ta'lim 12 yil bo'lib boshlang'ich o'rta va quyi maktablarga bo'linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o'quvchilarning 88 foizi o'qiydi. Ta'lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qo'shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta'limga sarflanadi. 12 foiz o'quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag'lar va xayriya mablag'lari hisobidan shakllantiriladi. Mamlakatlarda ta'lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar bo'yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi. Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko'chirish uskunalari juda ko'p joylashtirilgan. Chunki, o'qituvchi tomonidan o'quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi. Boshlang'ich maktabda har yil sinf o'qituvchisi o'zgaradi. Boshlang'ich sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz yengilroq. Ko'paytirish jadvali 3-sinfdan boshlanadi. Amerika maktablaridagi o'ziga xos usullaridan biri har bir o'quvchining, "Hisobot kartasi" yuritilishidir. Unda o'quvchi 10 xil xatti-harakati bo'yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi [4, 6-b.].

Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o'quvchilari uchun "Sevimli o'yinchoq" metodini qo'llashadi. Bu metodda bolalar o'yinchog'ini tariflaydi. Mazkur metodni qo'llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo'lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o'rgatishdir. Amerikada ta'limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug'diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo'lgan davlatda butunlay savodsiz bo'lgan bolalar ham topiladi. AQShda ta'lim tizimining maqbul tomonlarining ijobiy qo'llanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Germaniya ta'lim tizimi: Germaniya jahon ma'rifat va madaniyat o'choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o'z shaxsini erkin rivojlantirish, o'z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o'qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta'lim tizimi boshlang'ich va o'rta ta'lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o'qish bepul. Germaniyada maktab ta'limi quyidagi maktab tiplariga bo'linadi: boshlang'ich maktab; yo'nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy maktab ; maxsus maktab. Boshlang'ich maktab ta'lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish maktabga o'tishadi. Asosiy yoki to'liq xalq maktabi boshlang'ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o'quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o'qituvchilari o'zlarini o'qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o'quvchilar yomon o'zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta'lim olishiga majbur bo'lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo'lib, odatda 5-10-sinflarni o'z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta'lim beradi va o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mas'uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko'nikmalariga yuqori talab qo'yadigan kasb egalari bo'lishi uchun kasbiy ta'lim kurslariga tayyorlaydi. Germaniya ta'limi o'ziga xos yo'nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o'rin olishda o'zini oqlab kelayotgan ta'lim tizimi mavjud. Fransiya ta'lim tiizimi: Fransiyada ta'lim sifati ta'lim, sport va tadqiqotlar bo'yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko'rsatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Bosh inspeksiya 4 ta vazifani bajaradi:

1. Qo'llab-quvvatlash - ta'lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini oliy ta'lim rektoratlarini.

2. Ekspertiza qilish - vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar faoliyati, xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar.

3. Baholash - tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar, ijtimoiy siyosiy ahvol, kadrlar.

4. Nazorat qilish - tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar.

Bosh inspeksiyada to'planadigan tajribalarning xilma-hilligi, bolalar bog'chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu esa, ta'lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o'quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o'qishiga jalb etishga ta'sir qiladi. Fransiya ta'lim tizimiga ko'ra bola 6 -7 yoshida tayyorlov sinfga boradi, keyin shu maktabda 4 yil boshlang'ich sinfda o'qiydi. Bu boshlang'ich sinflar odatda alohida boshlang'ich maktab sifatida faoliyat ko'rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo'ladi. Keyingi bosqich o'rta ta'lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o'qiydi va yakunida to'liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi. Keyingi 3 yil davomida turli yo'nalishdagi litseylarda o'qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTMlarga qabul qilinadi. O'qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi ishlamaydigan o'qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta'lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o'qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o'rtasidagi obro'si diqqat bilan o'rganiladi va tegishli chora ko'riladi. Maktab o'qituvchilariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori. Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo'lmog'i lozim. Fransiya ta'lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko'zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to'garaklar mavjud.

Fransiya ta'limidagi: 1) maktabgacha tarbiyadanoq o'quvni predmetlashtirib tashkil etish; 2) boshlang'ich ta'limni 3 bosqichda puxta amalga oshirish; 3) o'quvni didaktik vositalar bilan ta'minlashga berilayotgan katta e'tibor; 4) o'quv muassasalarinig turli firmalar, konsernlar, korxonalar, mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlari bizning ta'limga ham ko'chib bormoqda. Albatta, ta'limga har qanday yangilik, o'zgarish, jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish ta'lim inspeksiyasi tashkil qilindi. O'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va ularni yurtimiz ta'lim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda chet el pedagogikasidagi ilg'or jihatlarini o'zashtirish, yangi -yangi o'quv predmetlarini ta'lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg'or pedagogikalarinig biriga aylantirishdir. Bundan tashqari, O'zbekistonda ta'lim bo'yicha xalqaro loyihalarda ishtirok etmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yirik oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda.

REFERENCES

1. Ikromov A.B., Mxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: ta'lim, ilmfan // Kasb mahorati. - T., 2004. - 2-son.

2. Anorqulkova G., Karimov A. Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xos yo'nalishi uslub va tahlili // Xalq ta'limi. - T., 2017. - 3-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

3. Nosirov A. Fransiyada ta'lim sifati qanday nazorat qilinadi? // Boshlang'ich ta'lim. - T., 2019. - 12-son.

4. http://lex.uz

5. http://pedlip.ru

6. http://pedagog.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.