SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
KOGNITIV METAFORA NAZARIYASIGA OID QARASHLAR
Yusupova Aziza Muhiddin qizi
Alisher Navoiy nomidagi
O'zbek tili va adabiyoti universiteti
O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi
azizaxonyusupova! [email protected]
+998974428765
ANNOTATSIYA
XXI asrda yuzaga kelgan tilshunoslikning yangi yo 'nalishlari til hodisalarini yangi nuqtai nazarlar, mezonlar, me'yorlar asosida tadqiq etishni taqozo etadi. Tilshunoslik va boshqa fanlarining o'zaro kesishuvi sifatida maydonga kelgan lingvomadaniyatshunoslik sohasi "dunyoning til manzarasi", "kontsept", "diskurs" kabi yangi tushunchalarning iste 'molga kiritilishiga sabab bo 'ldi. Ushbu maqolada metaforani anglash va dunyoni ifoda etishning spetsifik usuli sifatida tadqiq etishning zamonaviy yo 'nalishlari tadqiq etildi.
Kalit sozlar: kognitiv metafora nazariyasi, kontseptual metafora nazariyasi, metaforik modellashtirish, o 'zgarmaslik gipotezasi, metaforik oqibatlar, kontseptual bog'lanish, metaforaning tanqidiy tahlili, metaforaning kognitiv matn tahlili.
The new directions of linguistics that have emerged in the 21st century require the study of language phenomena based on new perspectives, criteria, and norms. The field of linguistics and cultural studies, which appeared as an intersection of linguistics and other sciences, led to the introduction of new concepts such as "language landscape of the world", "concept", "discourse". In this article, modern directions of research of metaphor as a specific way of understanding and expressing the world were explored.
Keywords: cognitive metaphor theory, conceptual metaphor theory, metaphorical modeling, invariance hypothesis, metaphorical consequences, conceptual connection, critical analysis of metaphor, cognitive textual analysis of metaphor.
Tilimizdagi so'zlarning juda katta qismi ko'p ma'nolidir, chunki kishilar o'zining kundalik hayotida yangi paydo bo'lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so'zlar qo'llayveradigan bo'lsa, so'zlarning soni o'ta ko'payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin bo'lmay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan bo'lar edi. Shuning uchun ham
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
har qaysi tilda sanoqli til birliklarning turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
1. Jahon tilshunosligida ham ko'chma ma'noni hosil qiluvchi so'zlarni tasniflashga doir bir qancha qarashlar mavjud. Masalan, fransuz tilshunosi J. Maruzo ko'chma ma'noli so'zlarni uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxaga ajratadi. Rus tilshunosi L. A. Buxalovskiy esa ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisani olti turga bo'lgan: metafora, vazifadoshlik, emotsionallik, metonimiya, xalq etimologiyasi sifatida, aloqadorlik.
2.Zamonaviy rus tadqiqotlarining o'ziga xos xususiyati-metafora tahliliga kognitiv-munozarali yondashuvning nazariy va amaliy rivojlanishi bilan harakterlanadi. Siyosiy dunyoni turkumlashtirish va konseptuallashtirishda metafora rolining birlashtiruvchi tavsifini A.N.Baranov, Yu.X.Karaulov, E.S.Kubryakova, T.G.Skrebtsova, A.P.Chudinov, Z.V.Budayevlar asarlarida ko'proq uchratishimiz mumkin.
Kognitiv metafora nazariyasi.
Bugun tilshunoslikda oilaviy bog'liqlik (o'xshashlik) tamoyiliga asoslangan konseptual metafora nazariyasining istiqbolli yo'nalishlari va yetakchi manbalari shuningdek,uning asosida tadqiqotga kognitiv yondashuvning murakkab ilmiy prototipi shakllandi. Bugun tilshunoslikda metafora haqida yetarlicha bilim va ko'nikmalar mavjud bo'lishiga qaramay, unga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu esa, til va psixik hodisalarning o'zaro ta'siridagi tadqiqotlarning dolzarblashuvi tufayli metaforologiyaning sifat jihatidan yangi bosqichga o'tishi bilan bog'liqdir.
So'nggi paytlarda metafora hodisasiga faylasuflar, mantiqchilar, sotsiologlar, psixologlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar va gumanitar fan vakillari ham muntazam ravishda murojaat qilmoqdalar. Ushbu metaforologik bilimga turtki bo'lib, metaforaning kognitiv nazariyasida o'z ifodasini topgan metafora mohiyati haqidagi yangi g'oyalar edi. O'tgan asr so'nggida E.S.Kubryakova «Kognitiv fan bu- dunyoni idrok etish, tasniflash, baholash va tushunish doirasida bilimlarni aks ettirish va saqlashni o 'rganadigan fan»dir deb yozadi.1
NATIJALAR
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma'no ko'chish usuli metaforadir. Metafora (yunoncha metaphora - ko'chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga
1 Баранов А.Н. Очерк когнитивной теории мeтафорi // Баранов А.Н., Караулов Ю.Н. Русская политичeская мeтафора (материал! к словарю). — Москва: Ин-т русского яз1ка РАН, 1991. — 321 с.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ular o'rtasidagi ma'lum o'xshashlik asosida ko'chishidir. Masalan, tandirning og'zi birikmasida og'iz so'zining ma'nosi odam yoki hayvon og'ziga tashqi o'xshashligi asosida vujudga kelgan. Nutq jarayonida metaforalardan o'rinli foydalanish nutqimizni ta'sirchan, jozibali qiladi. So'zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.
Nutqning ta'sirchanligi nutq madaniyatining eng muhim sifatlaridan biri bo'lib, nutqning og'zaki va yozma ko'rinishlarida namoyon bo'lib boradi. Bugungi kunda ona tili o'qitish metodikasida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish, nutq madaniyatini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalar ma'lum darajada o'rganilgan bo'lsada, ta'lim jarayonida o'qituvchilar o'quvchilarning yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, nutqning aniqligi, uzviyligi, ta'sirchanligi kabi sifatlarini o'quvchida shakllantirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shuningdek, o'quvchi yozma nutqni shakllantirayotganda nutqning jozibadorligi va ta'sirchanligini oshiruvchi vositalar haqidagi nazariy ma'lumotni bilibgina qolmasdan, uni qanday, qay usulda matnga kiritish yo'llari haqida ham bosh qotirishi kerak bo'ladi. Ma'no ko'chish turlarini o'rganish nutq madaniyatini rivojlantirish bilan birga, o'quvchi nutqining boy bo'lishiga qochiriq so'zlari va ko'chma ma'noli so'zlaridan, o'xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag'a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so'roq gaplardan foydalanishida namoyon bo'ladi. Badiiylikni oshirishda an'anaviy metaforalardan ko'ra xususiy-muallif metaforalarning ahamiyati katta ekanligini aytib o'tish, o'quvchilarga hayvon nomlari, o'simlik nomlari asosidagi ko'chishlar haqida ham ma'lumot berib o'tish lozim.
Kognitiv jarayondagi asosiy vazifa inson miyasining anologik qobiliyatlarining voqea hodisasi sifatida metaforalar tomonidan amalga oshiriladi. Kognitiv jarayonlarda inson ongining o'xshash imkoniyatlarining namoyon bo'lishi sifatida metafora muhim rol o'ynaydi.
Zamonaviy kognitiv fanda metaforaga tushuntirish, baholash, qabul qilish va idrok etish kabi psixik jarayonlarning asosi sifatida qaraladi. Inson metafora yordamida oz fikrini bayon etibgina qolmay, ularning estetik imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek, metafora bilan fikr yuritadi, ular yordamida o'zi yashab turgan olamni o'rganadi. Metaforalar bizga qabul qiluvchining ongida mavjud bo'lgan dunyoning lingvistik suratini o'zgartirishga, yaxshi tanish bo'lgan hodisalarni yangicha toifalar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bunda metaforaning estetik salohiyati, borliqni emotsional baholash qobiliyati muhim rol o'ynaydi. Ma'lumki, kognitiv metaforani o'rganish nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy nashrlar J.Lakoff va M.Johnsonning «Biz yashayotgan metaforalar» klassik tadqiqotga
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
asoslanadi. 2 Ushbu nazariyaga ko'ra, metaforizatsiya ikki bilim tuzilmasi (kontseptual sohalar: manba sohasi va maqsadli soha) o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik jarayoniga asoslanadi. Insonning tevarak-atrofdagi olam bilan bir yo'nalishli metafora bo'lishi natijasida sfera-manba elementlari kognitiv qobiliyatning mohiyatini tashkil etuvchi kontseptual maqsad-manbani hosil qiladi. Metaforlarni matndan tashqarida tahlil qilganimizda ular ifodalayotgan ma'noni tushunish biroz mujmalroq bo'ladi. Matn ichida aynan metafora bog'langan birliklar yordamida o'sha metaforalar anglatayotgan ma'no aniqroq namoyon boladi.
MUHOKAMA
Tarjimashunoslikda kognitiv va psixolingvistik yo'nalishning taraqqiyoti natijasida tarjimaning adekvatligi, asl nusxaga mosligi, avvalambor, til o'rtasidagi farqlarni tushunishga emas, balki muallif matni mazmun-mohiyatini tushunish, kontseptual tizimlar mazmunidagi farqlar, kognitiv strukturalarning mutanosib emasligi bilan belgilanadigan kommunikantlar ongining, ya'ni milliy o'ziga xos komponentlarning mos kelmasligini anglash bilan izohlanadi. Tarjima nazariyasida metaforalar tarjimasiga mashaqqat talab etuvchi masalalardan biri sifatida qaraladi. Bu masalaga bag'ishlangan ishlar har doim dolzarblik kasb etadi, zero, badiiy asar tarjimoni ko'pincha metaforalarni tarjimada aynan berish borasida qiyinchilikka duch kelishadi. Metaforaning mazmunini, maqsad va vazifalarini belgilash uchun uni, avvalambor, anglash zarurati yuzaga keladi. Anglash masalasi tilshunoslikda turli aspektlarda o'rganilgan. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda anglash jarayonini ifodalovchi turli atamalar uchraydi. Ushbu atama bilan jarayonning o'zi ham, natijasi ham nomlanishi mumkin.3 Bundan tashqari, "idrok qilish" atamasi mavjud bo'lib, bu atama "anglash"ning sinonimi sifatida qabul qilinadi, shuningdek, anglash jarayoni bosqichlarini belgilash uchun qo'llaniladi. An'anaviy tarzda olganda, metafora voqe'lik ob'yektlarini anglashning asosiy usullaridan biri, so'zlar, yangi ma'nolarini hosil qilish manbasi, obrazli nutq yoki poetik nutqning doimiy zaxirasidir, demakki, metafora uchun kognitiv, nominativ, xarakterlovchi va badiiy vazifalar xosdir. Zamonaviy kognitiv tilshunoslik metaforaning yuqoridagi an'anaviy ta'rifidan butunlay voz kechadi. Shu tarzda, ikki so'zning ma'nosini bog'laydigan metafora tasviriy vosita emas, balki ikki tushunchaviy sferani birlashtiradigan va voqelikni kontseptualizatsiyasida manba doiraning tuzilmasini shakllantirish imkonini beradigan ongning asosiy amaliyoti (jarayoni)dir.
2 Арутюнова Н.Д. Язж и мир человека. — Москва: Наука, 1999. — 896 с.
3 Вежбицкая А. Семантические универсалии и описание язшов. — Москва: Язык русский кул'тур^ 1999. — 776
с. — URL
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
XULOSA
Shuni aytib otish kerakki, g'oyalarning umumiy rivojlanishi kognitiv ravishda uning alohida yo'nalishlarining rivojlanishiga, shuningdek, kognitiv metafora nazariyasining rivojlanishiga doimiy ta'sir qiladi.Bu yondashuv metaforaning kognitiv va diskursiv o'lchamlari o'rtasida katta farq mavjud emasligi to'g'risidagi tezisga asoslanadi. Shunga ko'ra, tadqiqotchilarning asosiy harakatlari metaforaning kognitiv va diskursiv xususiyatlarini aniqlashga qaratilgandir. Metafora bir vaqtning o'zida ham aqliy ham lingvoijtimoiy hodisadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Tursunov U, Muxtorov J. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslik.-Toshkent. 1965. 125-b.
2. Mirtojiyev M. "O'zbek tilida polisemiya". - Toshkent. Fan. 69-b.
3. Qo'ng'urov R. O'zbek tilining tasviriy vositalari. Toshkent. Fan, 1977. 54-b.
4. Umurzoqova M., Xo'jamberdiyeva Sh. "Metafora va uning uslubiy xususiyatlarini o'rgatish" O'zbekiston: Til va madaniyat. III seriya. O'zbek tili ta'limi. - Toshkent, 2017. 98-b.
5. Арутюнова Н.Д. Язык и мир чeловeка.— Москва: Наука, 1999. — 896 с.
6. Баранов А.Н. Очeрк когнитивной тeории мeтафорi // Баранов А.Н., Караулов Ю.Н. Русская политичeская мeтафора (матeриалi к словарю). — Москва: Ин-т русского язка РАН, 1991. — 321 с.
7. Вeжбицкая А. Сeмантичeскиe унивeрсалии и описаниe язшов. — Москва: Язык русский кул'тур^ 1999. — 776 с. — URL