Научная статья на тему 'KO‘ZI OJIZ YOSHLARNING MUSIQIY SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI'

KO‘ZI OJIZ YOSHLARNING MUSIQIY SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
144
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qalb ko‘zi / brayl / tiflopedagog / solfedjio / interval / akkord / alteratsiya / dinamik pribor. / heart eye / braille / typhlopedagogue / solfeggio / interval / chord / alteration / dynamic instrument

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Namozova, Dilorom Tursunovna, Astanova, Zumradxon Toxirovna

Mazkur maqolada ko‘zi ojiz yoshlaning musiqiy bilimlarni egallashlari uchun maxsus qo‘llanmalar yaratish to‘g‘risida fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO IMPROVE MUSIC LITERACY OF BLIND YOUNG PEOPLE

Here are some suggestions on how to look or get an appointment for music for blind people described.

Текст научной работы на тему «KO‘ZI OJIZ YOSHLARNING MUSIQIY SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KO'ZI OJIZ YOSHLARNING MUSIQIY SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Namozova Dilorom Tursunovna

FarDU Dotsenti Zumradxon Astanova Toxirovna

FarDU musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi magistranti zumradastanova@gmail. com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ko'zi ojiz yoshlaning musiqiy bilimlarni egallashlari uchun maxsus qo 'llanmalar yaratish to'g'risida fikrlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: qalb ko'zi, brayl, tiflopedagog, solfedjio, interval, akkord, alteratsiya, dinamik pribor.

Вот несколько советов о том, как посмотреть или записаться на музыку для слепых описано.

Ключевые слова: сердечный глаз, шрифт Брайля, тифлопедагог, сольфеджио, интервал, аккорд, альтерация, динамический инструмент.

Here are some suggestions on how to look or get an appointment for music for blind people described.

Keywords: heart eye, braille, typhlopedagogue, solfeggio, interval, chord, alteration, dynamic instrument.

Ne'matlarning eng yaxshilaridan biri - dunyoni ko'ra olish va uni idrok qilishdir. Yaratganning marhamati ila bu yorug' dunyoning mehmonlari bo'lganimiz va Alloh taolo tomonidan bizga tuhfa etilgan barcha ne'matlardan bahramand bo'la olishimizning o'zi buyuk baxtdir.

Shunday insonlar borki, bu turfa olamning serjilo go'zalliklarini: moviy osmon, bepoyon zamin uzra mavjlanayotgan jo'shqin hayotning tarovatini ko'zlari bilan emas balki, qalblari bilan his etish orqali anglaydilar.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Zulmatdan ziyo izlab...

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Zero, qalb ko'zi - Alloh yaratgan barcha narsalarni botiniy idrok eta oladigan mardum (gavhar)dir.1

Ayniqsa, ko'zi ojiz insonlar qalb ko'zlariga tayangan holda butun borliqni ichki bir tuyg'ular bilan tasavvur etish orqali ijtimoiy hayotga moslashadilar. Bu moslashuv jarayoni ko'zi ojizlar hayotida sog'lom insonlar singari yashash, bilim olish, kasb tanlash, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish borasida qulay shart-sharoitlarga ehtiyoj tug'diradi. Ehtiyojlar qondirilgani sari yangilari tug'ilaveradi. Yangi ehtiyojlar zamirida inson va jamiyat taraqqiy etib boradi.

Bugungi kunda ko'zi ojiz insonlar hayotini yengillashtirish maqsadida ular uchun davlatimiz tomonidan ko'plab qulayliklar yaratilmoqda, har sohada imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Xususan, ta'lim sohasining turli yo'nalishlari bo'yicha olib borilayotgan islohatlar o'z samarasini bera boshladi. Jumladan, musiqa va san'at sohasida ko'zi ojiz iste'dodli yoshlar ko'plab yutuqlarga erishmoqdalar. Ular o'z ijro mahoratlarini katta-katta sahnalarda namoyish etib, nafakat Respublika miqyosida, xatto xalqaro ko'rik-tanlovlarda ham katnashib faxrli o'rinlarni egallamoqdalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'zi ojiz san'at ustalari: Rustamqori Tursunov, O'lmas Rasulov, Orolmirzo Safarov, Ochilbek Matchonov kabi ustozlar izidan borayotgan yosh iste'dod sohiblari milliy musiqiy san'atimiz rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo'ladi."2

Ushbu ilhombaxsh so'zlar ko'rish imkoniyati cheklangan yoshlarning ongiga chuqur kirib borgan holda ularni ijodkorlikka da'vad eta boshladi. ko'zi ojiz insonlar tabiatan adabiyot, san'at va musiqaga bolalikdan astoydil mehr qo'yadilar, juda-juda qiziqadilar. Ularning ba'zilari boshqa bir sohaning egasi bo'lsa ham biron bir cholg'uni chala oladilar yoki qo'shiq kuylaydilar, g'azal o'qiydilar.

Ko'zi ojiz insonlar, ayniqsa, kitob mutolaa qilishni, radio tinglashni o'zlarining eng sevimli mashg'uloti deb hisoblaydilar. Bu mashg'ulotlar orqali ular bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni ta'minlaydilar va bundan zavq olib yashaydilar.

1 A. Navoiy "Qaro ko'zum" g'azali 1-bayt 2-qator, www.google.com

2 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 03.08.2017 dagi O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi www.president.uz

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ko'zi ojiz insonlarning eng sevimli sohalaridan biri musiqa bo'lib, ular musiqasiz yashay olmaydilar. Chunki, musiqa dardli qalblarga malham, o'ksuk ko'ngillarga taskin beruvchi ma'naviy ehtiyojdir. Ko'zi ojiz insonlar bu borada o'z ustida ishlashni yaxshi biladilar. Buning Samarali natijasi esa ularni mazkur sohani egallashlari uchun zamin yaratadi.

Bugungi kunda "Nurli maskan" 3 ixtisoslashtirlgan maktab-internatlarida musiqaning turli yo'nalishlari bo'yicha Bolalar musiqa va san'at maktablarining maxsus sinflari tashkil etilib, bu sinflarda ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar sog'lom bolalar bilan bir qatorda tahsil olmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir"4 mazmunidagi fikrlari ko'zi ojiz yoshlarni ham musiqa san'atiga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan amaliy ko'rsatma sifatida xizmat qilmoqda. Zero, yurtboshimiz yuksak ite'dodli ko'zi ojiz yoshlar qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha g'amxo'rdirlar.

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan O'RQ-641-sonli "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi" qonunining 8, 38, 40-moddalari asosida bugungi kunda ko'zi ojiz bolalar ta'lim-tarbiyasiga davlatimiz tomonidan katta e'tibor va imkoniyatlar berilmoqda. Shuningdek, bu qonunning 8-moddasida qayd etilgan "Nogironligi bo'lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o'z individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish prinsipi"dan kelib chiqib nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mehnatga bo'lgan qiziqishiga ko'maklashish, ta'limga, ilm-fanga, texnikaga, san'at va sportga jalb etish maqsadida nogironligi bo'lgan bolalar manfaatlari, ularga nisbatan bajariladigan barcha harakatlarda ustuvorlik yaqqol seziladi.

Ushbu qonunning 38, 40-moddalarida yozilihicha, davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo'lgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Brayl alifbosini, muqobil harflarni, nutq va og'zaki muomala ko'nikmalarini o'zlashtirish, shuningdek o'qituvchilarni va maktab

3 "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 18.04.2022 1-bandi www.yuz.uz

4 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 03.08.2017 dagi O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi www.president.uz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xodimlarini inklyuziv ta'lim masalalarida o'qitish, imo-ishora tilini va Brayl alifbosini biladigan nogironligi bo'lgan o'qituvchilarni ta'lim muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ko'makdosh bo'lgan loyihalar tahsinga sazovordir.

Biroq, ko'zi ojiz yoshlarning musiqa sohasidagi hali yechimini topmagan muammolarini hal etish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Bugungi kunda ta'lim sohasiga kirib kelayotgan innovatsiyalashish jarayoni ilgarilab, o'zaro raqobatlashib ketayotgan bir paytda ko'zi ojizlar ta'limi, ayniqsa, musiqa yo'nalishi zamon bilan hamqadamlikda, o'z faoliyatini samarali tashkil etishda davr talabidan ortda qolmoqda. Chunki, ko'zi ojiz o'quvchilarni musiqa ta'limi, cholg'u ijrochiligi, nota savodxonligi, solfedjio va musiqa nazariyasi kabi musiqaning turli yo'nalishlarida o'qitish uchun Brayl nota yozuvida zarur qo'llanma va darsliklarning yo'qligi dolzarb muammoligicha qolmoqda. Buning natijasida o'quvchilar qanchalik mohir ijrochi bo'lmasin, ular nota savodxonligidan, Solfedjio, Musiqa nazariyasi, Garmoniya, Polifoniya kabi fanlarni o'zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Orkestr va Xorda ijro etish, shuningdek, unda drijorlik qilish haqida esa aytmasa ham bo'ladi. Hozirda ko'zi ojiz o'quvchilar noyob esda saqlash tug'ma iste'dodiga tayanib, ko'p hollarda an'anaviy ijrochilik yo'nalishida tahsil olishga majbur bo'lmoqdalar. Ya'ni ular ko'proq tinglash orqali biror cholg'uni chalish yoki qo'shiq kuylashni o'rganmoqdalar. Qolgan yo'nalishlar esa ularga bir orzudek bo'lib qolmoqda.

Bu muammoning yechimini topish uchun sohadagi ilm axli yanada chuqurroq izlanishlar olib borishi muhimdir. Buning uchun bizgacha mavjud bo'lgan brayl nota yozuvidagi chet el adabiyotlarini tubdan o'rganib, davlat ta'lim standartiga mos holda bosqichma-bosqich uzluksiz ta'lim tizimiga olib kirish zarur. Eng avvalo, "Nurli naskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda, Umumta'lim maktablar qoshida ochilgan ko'zi ojiz bolalar uchun maxsus sinflarda, Bolalar musiqa va san'at maktablarida tahsil olayotgan ko'zi ojiz o'quvchilar uchun maxsus metodik va o'quv qo'llanmalar (Musiqa alifbosi va nazariyasi) yaratish kerakki, ushbu qo'llanmalar musiqaning turli yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, hamda bilim olayotgan o'quvchilarning nota savodxonligiga, musiqa nazariyasiga, solfedjiosiga oid muammolarini hal etishga xizmat qilishi lozim. Shuningdek, maskur qo'llanmada: tovush va uning turlari, musiqiy tovushning xususiyatlari, skribka kaliti, nota yozuvi hamda cho'zimlari, ritm, o'lchovlar, alteratsiya va dinamik belgilar, intervallar, nota cho'zimini uzaytiruvchi va nota yozuvini qisqartiruvchi alomatlar, pauzalar, ladlar majmuasi, akkordlar kabi barcha zarur bilimlar tiflopedagogik tilda tushuntirilishi kerak. Musiqa savodxonligidagi besh chiziqli nota tizimi va barcha

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

belgilar Priborning5 birgina yo'lidan iborat bo'lgan bo'rtma nuqtalar ko'rinishida o'z aksini topishi ko'zda tutilgan. Ayrim noqulaylik tug'diruvchi belgilarni qayta ko'rib chiqish, moslashtirish, mavjud bo'lmaganlarini esa yaratish zarur bo'ladiki, bunday izlanishlar natijasi o'zidan keyingi kashf qilinadigan ko'plab ilmiy yangiliklarga keng yo'l ochib beradi. Bu esa kelajakda ko'zi ojiz bolalarning yuqori cho'qqilarga erishib, musiqa ilmining yetuk namoyondalari, buyuk san'at ustalari bo'lib yetishishlariga xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa tarzida ta'kid o'rinliki, ushbu muammolarning yechimini topish uchun quyidagi amaliy-nazariy va metodik ishlar yuzasidan tizimli ravshda faoliyat olib borish maqsadga muvofiqdir:

1. Brayl nota alifbosini yaratish.

2. Musiqa nazariyasi, Solfedjio, Shashmaqom, Fortepiano, Ansanbil, Orkestr, Xor uchun bir ovozli va ko'p ovozli kuy-qo'shqlarning matnlari va notalarini brayl yozuviga o'girib, alohida kitob shaklida nashr qilish.

3. Brayl doskalarini joriy qilish, Tiflometronom va Tiflotyunerlarni ko'zi ojizlar uchun moslashtirish.

4. Musiqa tiflopedagogikasi metodikasini ishlab chiqish va pedagoglarni bu tizim bo'yicha qayta tayyorlash.

Ko'zi ojiz yoshlar musiqa sohasida yetuklikka, barkamollikka intiladilar. Buning uchun ilk qadam sifatida brayl nota alifbosing yaratilishi juda zarurdir. O'ylaymanki Bu boradagi izlanishlar mahsuli o'sib kelayotgan iste'dodli ko'zi ojiz yosh ijrochilarga poydevor bo'lib xizmat qiladi. ishonamanki, ushbu maqolada o'z aksini topgan fikrlar kelajakda izimizdan kelayotgan ko'zi ojiz yoshlarning bu boradagi ilmiy izlanishlariga turtki beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 03.08.2017 dagi O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi www.president.uz

2. O'RQ-641-sonli "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" www.lex.uz

3. "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 18.04.2022 1-bandi www.yuz.uz

5 Pribor - ko'zi ojizlarning yozish moslamasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. A. Navoiy "Qaro ko'zum" g'azali 1-bayt 2-qator, www.google.com

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

7. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

8. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

9. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

10. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

11. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

12. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

13. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.