Научная статья на тему 'KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA BRAYL NOTA TIZIMI YORDAMIDA MUSIQIY CHOLG‘ULARNI O‘RGATISHNING YANGI METODI (QONUN CHOLG‘USI MISOLIDA)'

KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA BRAYL NOTA TIZIMI YORDAMIDA MUSIQIY CHOLG‘ULARNI O‘RGATISHNING YANGI METODI (QONUN CHOLG‘USI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
64
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ko‘zi ojiz / brayl nota / qonun / noxun / tiflopedagogik / gamma / qaror. / blind / braille note / qanun / nokhun / tiflopedagogic / gamma / decision.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z. Astanova

Ushbu maqolada ko‘zi ojiz o‘quvchilarga brayl nota tizimi bilan birgalikda “Qonun” cholg‘usini o‘rgatishning yangi netodini yaratish to‘g‘risida fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW METHOD OF TEACHING MUSICAL INSTRUMENTS TO BLIND STUDENTS USING THE BRAILLE NOTATION SYSTEM

In this article, ideas are presented on the creation of a new method of teaching the musical instrument "Qanun" together with the braille notation system to blind students.

Текст научной работы на тему «KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARGA BRAYL NOTA TIZIMI YORDAMIDA MUSIQIY CHOLG‘ULARNI O‘RGATISHNING YANGI METODI (QONUN CHOLG‘USI MISOLIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KO'ZI OJIZ O'QUVCHILARGA BRAYL NOTA TIZIMI YORDAMIDA MUSIQIY CHOLG'ULARNI O'RGATISHNING YANGI METODI (QONUN CHOLG'USI

MISOLIDA) Zumradxon Astanova Toxirovna

FarDU musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7217391

Annotatsiya. Ushbu maqolada ko'zi ojiz o'quvchilarga brayl nota tizimi bilan birgalikda "Qonun" cholg'usini o'rgatishningyangi netodiniyaratish to'g'risidafikrlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: ko'zi ojiz, brayl nota, qonun, noxun, tiflopedagogik, gamma, qaror.

НОВЫЙ МЕТОД ОБУЧЕНИЯ НЕЗРЯЧИХ УЧАЩИХСЯ ИГРЕ НА МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СИСТЕМЫ

НОТАЦИИ БРАЙЛЯ

Аннотация. В данной статье представлены идеи по созданию новой методики обучения слепых учащихся игре на музыкальном инструменте «канун» совместно с нотной системой Брайля.

Ключевые слова: слепой, азбука Брайля, канун, нохун, тифлопедагогика, гамма, решение.

A NEW METHOD OF TEACHING MUSICAL INSTRUMENTS TO BLIND STUDENTS USING THE BRAILLE NOTATION SYSTEM

Abstract. In this article, ideas are presented on the creation of a new method of teaching the musical instrument "Qanun" together with the braille notation system to blind students.

Keywords: blind, braille note, qanun, nokhun, tiflopedagogic, gamma, decision.

KIRISH

O'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasini milliy ananalarimizga monand holda shakllantirishda ularga musiqiy cholg'ularni o'rgatish g'oyat muhimdir. Zero, musiqa asboblarining sehrli ovozi bolaning ruhiyatiga chuqur kirib borib, uning ongida shakllanayotgan barcha hislarni ezgulik hislariga aylantiradi. Ayniqsa ko'zi ojiz yoshlarning ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topishlarida musiqiy cholg'ularning o'rni beqiyosdir. Chunki, cholg'ulardan taraluvchi ohanglar ularning dardli qalblariga malhamdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 02.02.2022 yilda qabul qilingan "Ma'daniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-112-sonli qarorida quyidagilar bayon etiladi: "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida: o'quvchilarga mazkur qarorga 1-ilovadagi ro'yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi".

Davlatimiz rahbari ko'zi ojiz yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga ham alohida etibor qaratib, bu borada bir nechta qarorlar imzoladilar.

Jumladan, 18.04.2022 yildagi "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-209-sonli qarorida: "Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov) Xalq ta'limi vazirligi (B.Saidov), Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Nurli maskan" maktablarida san'at (musiqa) yo'nalishini rivojlantirish, o'quvchilarning san'at yo'nalishidagi iqtidorlarini ro'yobga chiqarish maqsadida ularni hududlardagi musiqa va san'at maktablariga biriktirsin" deya ko'rsatma berdilar.

Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-57-sonli qaroriga muvofiq muhtaram yurtboshimiz "Madaniyat vazirligi O. Nazarbekovga 2022-yilning ohiriga qadar Bolalar musiqa va san'at maktablariga ko'zi ojiz va ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan matn va nota yozuvi muqobil shakllari bepul tarzda yetkazib berilishini ta'minlasin" deb topshiriq berdilar.

Bundan tashqari, ko'zi ojiz yoshlar hayotini yengillashtirish maqsadida ular uchun davlatimiz tomonidan ko'plab qulayliklar yaratilmoqda, har sohada imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Xususan, ta'lim sohasining turli yo'nalishlari buyicha olib borilayotgan islohatlar o'z samarasini bera boshladi. Jumladan, musiqa va san'at sohasida ko'zi ojiz iste'dodli yoshlar ko'plab yutuqlarga erishmoqdalar. Ular o'z ijro mahoratlarini katta-katta sahnalarda namoyish etib, nafaqat Respublika miqyosida, xatto xalqaro ko'rik-tanlovlarda ham qatnashib faxrli o'rinlarni egallamoqdalar.

Respublika miqyosida 12 ta Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari mavjud bo'lib, ularda 3 000 dan ziyod ko'rish imkoniyati cheklangan o'quvchilar ta'lim olmoqdalar. Iqtidorli ko'zi ojiz yoshlar Bolalar musiqa va san'at maktablarida ham sog'lom tengdoshlari bilan bir qatorda musiqiy bilimlarni egallamoqdalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'zi ojiz o'quvchilarga musiqiy cholg'ularni o'rgatish jarayonida Brayl nota yozuvidan foydalanish o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'dirmoqda. Chunki, Brayl nota yozuvi barmoqlar yordamida sezish orqali o'qiladi. Shu sababli uni bir vaqtning o'zida ham o'qib, ham chalishning imkoni yo'q. Odatda ko'zi ojiz o'quvchilar biror cholg'uda kuy ijro etishni o'rganish uchun avval Brayl yozuvidagi kuyning notalarini taktma-takt yod olib, so'ngra uni chalishga kirishadilar. Bu jarayon o'quvchiga nihoyatda qiyinchilik tug'diradi va undan kuchli xotira talab etadi.

Bir necha yillik pedagogik tajriba va izlanishlarimiz natijasida ko'zi ojiz o'quvchilarga Brayl nota yozuvi yordamida musiqiy cholg'ularni o'rgatishning yangi tiflopedagogik metodlarini ishlab chiqishga erishdik. Bu metodni qonun cholg'usi misolida ko'rib chiqamiz:

1. Dastlab, o'quvchida Qonun cholg'usining shakli va tuzilishi to'g'risida qo'l sezgilari orqali tasavvur hosil qilinadi;

2. Qonun cholg'usi to'g'risida nazariy va musiqiy boshlang'ich ma'lumotlar o'rgatiladi;

3. Brayl nota yozuvining yozilishi va o'qilishi bosqichma-bosqich yod oldiriladi. Qoidaga ko'ra notalarni yozish o'ng qo'l, o'qish esa chap qo'l barmoqlari bilan amalga oshiriladi;

4. O'quvchida qonun cholg'usining torlari bo'ylab yuqori tovushdan pastki tovush tomon o'ng va chap qo'l barmoqlarini yurgizib, sezish ko'nikmasini shakllantiriladi. Mashqlar jarayonida o'ng qo'l barmoqlari chap qo'l barmoqlaridan bir oz ustunlikka ega bo'lmog'i zarur. Ushbu mashg'ulot barmoqlarda sezuvchanlik to'liq hosil bo'lgunga qadar olib boriladi;

5. O'ng va chap qo'lning ko'rsatkich barmoqlariga Noxun taqiladi va barmoq sezgiining barmoqdan noxunga o'tkazish kerakligi o'quvchiga tushuntiriladi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Ko'rsatkich barmoqlar yordamida qonun torlarini chertish orqali tovush hosil qilsih, hamda tovush qator bo'ylab gamma mashqlarini chalish o'rgatiladi. Gamma chalish jarayonida bosh barmoqlar ko'rsatkich barmoqlarga tovushlarni topishda ko'mak berib turishi zarurligi to'g'risida o'quvchiga "Oltin qoida" sifatida singdiriladi.

7. Brayl nota yozuvida yozilgan kuyni o'qish bilan birgalikda uni chalishni amalga oshirish jarayonida, nota yozuvi chap qo'l barmoqlari yordamida o'qilganligi sababli chap qo'lning ko'rsatkich barmog'idagi noxun vaqtincha (o'quvchi kuyni to liq yod olgunga qadar) o'ng qolning o'rta barmog'iga taqiladi. Shunda, o'ng qo'l ko'rsatkich barmog'i vazifasini o'ng qo'l o'rta barmog'i oladi, chap qo'l ko'rsatkich barmog'i vazifasi esa o'ng qo'l ko'rsatkich barmog'iga o'tadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ushbu metodni puxta o'zlashtirgan ko'zi ojiz o'quvchilar qonun cholg'usi ijrochiligida bir vaqtning o'zida Brayl nota yozuvini ham o'qib, ham chalish imkoniyatiga ega bo'ladilar. So'ngra, kuy mustahkam yod olinib, ikkala qo'l barmoqlari ishtirokida mahorat bilan ijro etiaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ma'daniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-112-son qarori, 02.02.2022 www.Lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-209-sonli qarori, 18.04.2022 www.yuz.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-57-sonli qarori, 21.12.2021 www.Lex.uz

4. A. Xoltojiyev, "An'anaviy qonun cholg'usi ijrochiligi", Toshkent 2005

5. ОСНОВЫ ТИФЛОПЕДАГОГИКИ И ТИФЛОПСИХОЛОГИИ Курган 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.