Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘LINI O‘RGATILISHI ( DUTOR CHOLG‘USI MISOLIDA)'

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘LINI O‘RGATILISHI ( DUTOR CHOLG‘USI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
381
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san'at / maqom / an'ana / cholg'u / dutor / nota / zarblar / bezak / музыка / искусство / маком / традиция / инструмент / дутар / нота / удары / украшения

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xolmо‘minova Saodat Muzaffar Qizi, Beknazarov Xurshid

Mazkur maqolada Bolalar musiqa va san‟at maktabi o„quvchilariga o„zbek milliy cholg„ularimizdan biri dutor cholg„usining an‟anaviy ijro uslubini o„rgatish, hamda an‟anaviy maqom san‟atini rivojlantirish, ularni kelajak avlodga yetkazish, dutor cholg„usida o„quvchilarning ijro mahoratini oshirish haqida sо„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье учащиеся Детской школы музыки и искусств будут обучены традиционному стилю игры на дутаре, одном из узбекских национальных инструментов, а также развитию традиционного макомного искусства, его передачи будущим поколениям, дутара. Речь идет об улучшении исполнительских навыков учащихся.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘LINI O‘RGATILISHI ( DUTOR CHOLG‘USI MISOLIDA)»

BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA AN'ANAVIY IJROCHILIK YO'LINI O'RGATILISHI ( DUTOR CHOLG'USI MISOLIDA)

Xolmo'minova Saodat Muzaffar qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Kasb ta'limi: Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

Beknazarov Xurshid

Ilmiy rahbar: "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilariga o'zbek milliy cholg'ularimizdan biri dutor cholg'usining an'anaviy ijro uslubini o'rgatish, hamda an'anaviy maqom san'atini rivojlantirish, ularni kelajak avlodga yetkazish, dutor cholg'usida o'quvchilarning ijro mahoratini oshirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, maqom, an'ana, cholg'u, dutor, nota, zarblar,

bezak

АННОТАЦИЯ

В данной статье учащиеся Детской школы музыки и искусств будут обучены традиционному стилю игры на дутаре, одном из узбекских национальных инструментов, а также развитию традиционного макомного искусства, его передачи будущим поколениям, дутара. Речь идет об улучшении исполнительских навыков учащихся.

Ключевые слова: музыка, искусство, маком, традиция, инструмент, дутар, нота, удары, украшения

O'zbek madaniy me'rosi musiqa cholg'ulariga boy va ularning har biri uzoq o'tmishdan hozirgi kunga qadar, ustoz shogird an'anasida takomillashib, davom etib kelmoqda. Ushbu cholg'ulardan dutor cholg'usi an'anaviy maqom ijrochiligi yo'lida muhim cholg'ular sirasiga kiradi. Dutor cholg'usi o'zining o'zgacha ijrosi va chertim yo'llari bilan xalqimiz qalbidan shuningdek, har bir xonadon to'ridan joy olgan.

Olimlarimizning milliy madaniyatimizning an'anaviy maqom ijrochiligi yo'lida olib borilayotgan izlanishlari va takliflari natijasida 2003 -yil noyabr oyida "Shashmaqom" YUNESKO tomonidan "Insoniyatning og'izaki va nomoddiy

madaniy me'rosi durdonasi" deb tan olindi. 2008-yilda esa umumjahon Reprezentativ royxatiga kiritildi.

Yurtimizda an'anaviy maqom ijrochiligiga qaratilayotgan e'tibor va ularni rivoji uchun ko'plab taklif va qarorlar imzolangan bo'lib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi PQ-2435-sonli "Bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha 2016-2020 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi to'g'risida"gi Qarori, 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-sonli "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va 2018-yil 6-apreldagi "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarorlari ijrosi bo'yicha olib borilgan ishlarni alohida ta'kidlab o'tish joiz.

Hozirgi kunda milliy musiqa san'atiga berilayotgan e'tibor, yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilariga milliy cholg'ularimizdan biri bo'lgan, dutor sozida an'anaviy ijrochilik yo'li ta'lim va tarbiya bilan birga "ustoz-shogird" an'anasi asosida o'rgatilinib kelinmoqda.

Dutor cholg'usi haqidagi ma'lumotlar XV asrda yashab o'tgan Zaynulobiddin Husayniyning Alisher Navoiyga bag'ishlangan "Musiqiy ilm va amaliyot qonuni" risolasida dutor sozi haqida aytib o'tilgan lekin, risolada keltirilgan dutor hozirgi dutordan biroz farqlidir. Ushbu risolada keltirilgan dutorning dastasi kichkina va torlari ohangdor bo'lgan. Dutor cholg'usi haqidagi ba'zi ma'lumotlarda do'mbira cholg'usidan kelib chiqqan deyiladi. Tarixiy minyaturalarda keltirishicha Temuriylar davrida ham nay, chang, setor, dutor, doira, va boshqa cholg'ular ayol va erkak sozandalar ijro holati aks ettirilgan. Shunday ekan ota-bobolarimizdan bizgacha me'ros bo'lib kelayotgan musiqiy ilmining an'anaviy ijrochiligi yo'lida dutor cholg'usini takomillashtirish, rivojlantirish va uni kelajak avloda o'rgatish bizning burchimizdir.

Dutor cholg'usini an'anaviy uslubda o'rgatishda avvalambor o'tirish, ijro xolatlari bilan birga dutorni sozlanish taribi haqida ham tushuncha berib asta-sekin o'rgatish lozim. Chunki nafaqat dutor balki, boshqa cholg'ularni ijro qiluvchi sozandalar orasida o'z sozini sozlashni bilmaydiganlari ham uchraydi. Bunday bo'lmasligi uchun esa o'quv jarayoni boshlanishidan o'z cholg'ularini sozlashni o'rgansa maqsadga muvofiq bo'lar.

Bolalar musiqa va san'at maktabi dutor sinfi o'quvchilarida an'anaviy ijrochilik uslubini shakllantirishda ularga qiziq bo'lgan o'zbek xalq kuylari, va bolalar uchun yozilgan kompozitorlar ijodidan kuylar eshittirib va nota yozuvlari orqali tushunchalar berib o'rgatish lozim. O'quvchilarga har bir dars jarayonida dutorning dastasidagi pardalar joylashuvuni puxta o'rgatib, nota yozuvlari, nota sanog'i va cho'zimlari bilan birgalikda, qo'l mashqlari, musiqa tili bilan aytilganda

(gammalar) ijro qildirish zarur. Bu kabi qo'l mashqlari o'quvchining ijro tezligi (ijro texnikasi), pardalarda notalar aniqligi, kuyning ijro holati chiroyli chiqishiga yordam beradi. Musiqa ta'limotida pedagogik, psixologik tomonlama o'qituvchilarning bilim ko'nikmasi yuqori bo'lishi kerak, shunda dars unumdorligi va o'quvchinig vazifalarni tez o'zlashtirishi uchun yetarli darajada tushunchalar berishi oladi. Mashg'ulot vaqtida o'qituvchi kuyni o'quvchiga ijro qilib berishi, asarni ijro etishda kuyga o'zgacha ruh baxsh etuvchi, nolalar bezagi va qochirimi bilan birgalikda o'rgatib borilishi lozim. O'qituvchi dars jarayonida mustaqil fikr mulohazalar bilan o'quvchining qiziqish ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida, dutor ijrochiligida erishishi kerak bo'lgan yutuqlar haqida ham aytib tursa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda bolaning uyga berilgan vazifalarini o'z vaqtida bajarib kelishi va yangi ijro uslublarini, kuylarni ko'proq o'rganishga turtki bo'ladi.

An'anaviy dutor cholg'usi ijrochiligini shakllantirishda o'quvchilar mahorati va madaniyatini oshirishda tengdoshlari bilan taqqoslash va birgalikda ansambl bo'lib ijro etish bilan xam yaxshi natijalarga erishish mumkin. An'anaviy ijrochilikda kuylarni maromiga yetkazib ijro etishda, nolalarni ustida ishlash har bir zarb chertimlarga alohida e'tibor berish kerak. Musiqa ta'limida kuyga o'zgacha go'zallik beruvchi bezak va qochirimlar mavjud. Jumladan, forshlaglar, melizm, molish kabi bezaklar bo'lib, ular asosan chap qo'l barmoqlari bilan bosilgan bir pardadan ikkinchi pardaga sirg'alish harakatida bajariladi. Bu bezaklarni qo'llashda ijrochidan kata mahorat talab etiladi.

Musiqa ijrochiligining asosiy tayanchlaridan biri ritm, usullardir. Dutor cholg'usida usullar kuy bilan hamohanglikda keladi bunda o'quvchi nafaqat kuy ijrosida balki usullar, terma zarblarni ham mukammal darajada o'rganishi kerak. Bunda asosiy tayyorlov mashg'ulot jarayonida metranom va jo'rnavoz bilan hamohanglikda ishlashi zarur.

Hozirgi kunda Bolalar musiqa va san'at makatabida an'anaviy dutor cholg'usini o'rgatishda quyidagi zamonaviy texnalogiyalardan ham unumli foydalanilsa maqsadga muvofiq. O'qituvchi dars jarayonida o'quvchiga an'anaviy ijrochilikdagi sifatli audio, video fayllar bilan, darsni yanada qizg'in o'tishini ta'minlab berishi kerak.

O'quv jarayonida an'anaviy ijrochiligida kuzatiladigan kamchilliklardan biri, ayrim o'quvchi yoshlar, musiqa nazariyasi va nota yozuvini bilmaydiganlari ham uchraydi. Musiqa ta'limida ko'p ma'lumotlar va darsliklar musiqa nazariyasi, nota yozuvi bilan saqlangan. Shunga asoslanib an'anaviy ijrochiligida nota yozuvini o'qib ijro qilishni Bolalar musiqa va san'at maktabidan har bir dars o'quv mashg'ulot jarayonida o'rgatilsa o'rinli bo'ladi. Nota yozuvini o'qib ijro qilaolmasligi,

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

musiqaning nazariyasini bilmasligi, kelajakda o'quvchilarning savg'odsiz bo'lishini

anglatadi.

Bolalar musiqa va san'at maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilarning barchasi ham san'at yo'lini tanlamaydi. Ammo ular boshqa kasbda bo'lsalarda musiqadan uzoqlashmay u bilan hamohang hayot kechirishadi. Zero musiqa bilan shug'ullangan odamdan yovuzlik chiqmaydi degan gap zamirida ham haqiqat bor.

Alisher Navoiy o'z asarlarida "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanoat tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi" deb yozadi.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yildagi 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori.

3. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-aprelda imzolangan "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori.

4. J.K.Rasultoyev "O'zbek Dutor ijrochiligi" Toshkent "O'qituvchi" 1997

5. N.M.Turg'unova "Cholg'u ijrochiligi" (dutor) o'quv qo'llanma. Toshkent-2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.