Научная статья на тему 'BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI'

BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
77
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
brayl / tiflopedagogika / tiflometronom / tiflotyuner / solfedjio / garmoniya / polifoniya / xor / orkestr. / Braille / typhlopedagogy / typhlometron / typhlotyuner. solfeggio / harmony / polyphony / chorus / orchestra.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Namozova Dilorom, Astanova Zumradxon Tohirovna

Ushbu maqolada ko’zi ojiz o’quvchilarning musiqa savodxonligini ta’minlash yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FIRST STEPS OF BRAIL NOTA SYSTEM IN MUSIC EDUCATION

This article discusses ideas for teaching music literacy to blind students

Текст научной работы на тему «BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI»

BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI

Namozova Dilorom

FarDU dotsenti, Astanova Zumradxon Tohirovna

FarDU musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6569802

Annotatsiya. Ushbu maqolada ko'zi ojiz o'quvchilarning musiqa savodxonligini ta'minlash yuzasidan fikrlar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: brayl, tiflopedagogika, tiflometronom, tiflotyuner, solfedjio, garmoniya, polifoniya, xor, orkestr.

ПЕРВЫЕ ШАГИ СИСТЕМЫ BRIL NOTA В МУЗЫКАЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В этой стате обсуждаюця идеи по обучению музыкалной грамотности слепым учащимся.

Ключевые слова: шрифт брайля, тифлопедагогика, тифлометроном, тифлотюнер, солфеджио, гармония, полифония, хор, оркестр.

THE FIRST STEPS OF BRAIL NOTA SYSTEM IN MUSIC EDUCATION

Abstract. This article discusses ideas for teaching music literacy to blind students.

Keywords: Braille, typhlopedagogy, typhlometron, typhlotyuner. solfeggio, harmony, polyphony, chorus, orchestra.

Kirish. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mazmunidagi fikrlari ko'zi ojiz yoshlarni ham musiqa san'atiga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, hududlarda ulug' san'atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil etish yuzasidan amaliy ko'rsatma sifatida ko'zi ojiz, yuksak ite'dodli yoshlar qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha g'amxo'rdikdir.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. Biroq ularning noyob iste'dodlarini muvofiqlashtirib ro'yobga chiqarishda haqiqiy tayanch va suyanch bo'lishi zarur bo'lgan ijodiy uyushmalarimiz va idoralarimizning o'rni va ta'siri yetarlicha sezilmayapti. Ijodiy tashkilotlarimiz shiddat bilan o'zgarayotgan zamonga hamqadam bo'lib yashash, o'z faoliyatini samarali tashkil etishda davr talablaridan orqada qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan O'RQ-641, "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi" qonunining 8, 38, 40-moddalari asosida bugungi kunda ko'zi ojiz bolalar ta'lim-tarbiyasiga davlatimiz tomonidan katta e'tibor va imkoniyatlar berilmoqda. Shuningdek, bu qonunning "8-moddasida qayd etilgan "Nogironligi bo'lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o'z individualligini saqlab qolish huquqi..."dan kelib chiqib nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, mehnatga bo'lgan qiziqishiga ko'maklashish, ta'limga, ilm-fanga, texnikaga, san'at va sportga jalb etish maqsadida nogironligi bo'lgan bolalar manfaatlari, ularga nisbatan bajariladigan barcha harakatlarda ustuvorlik yaqqol seziladi.

Davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo'lgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Brayl alifbosini, muqobil harflarni, nutq va og'zaki muomala ko'nikmalarini o'zlashtirish, shuningdek o'qituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv ta'lim masalalarida o'qitish, imo-ishora tilini va Brayl alifbosini biladigan nogironligi bo'lgan o'qituvchilarni ta'lim muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ko'makdosh bo'lgan loyihalar tahsinga sazovordir. Shu o'rinda "Ko'ngil ko'zi" loyihasi muallifi, Mass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida Respublikamiz bo'ylab 12 ta ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, hamda ularda ta'lim olayotgan 3000 dan ziyod ko'rish qobiliyati cheklangan o'quvchilarga barcha turdagi musiqa cholg'u asboblari, zarur o'quv anjomlari tuxfa etildi. Saida Mirziyoyeva o'zining telegramdagi kanalida "Ko'ngil ko'zi" loyihasi doirasida Yangi yil bayrami arafasida "Sovg'alar karvoni" xayriya aksiyasi boshlanganligi haqida quyidagicha yozgan edi:

"Loyiha rahbari sifatida shuni aytamanki, endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida ko'plab chop etilgan bosma hamda audio kitoblarga ega bo'ladi. Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashda, ko'zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotda zafarlarga erishishingizda yordam beradi," - deydi Saida Mirziyoyeva.

Ko'zi ojiz bolalar hayotida ilk bora amalga oshirilgan "Sovg'alar karvoni" xayriya aksiyasi bolajonlar qalbiga quvonch, ertangi kuniga ishonch shukuhini olib kirdiki, ularning qo'lida jarang sochayotgan bu cholg'ularning ovozi turli sahnalarda minntdorlik hissi bilan yangramoqda. Qolaversa, ushbu loyiha tomonidan amalga oshirilgan ishlardan eng quvonarlisi shuki, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi o'quvchilar shu yildan e'tiboran Bolalar musiqa va san'at maktablarida bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Buning natijasi o'laroq ayrim iqtidorli ko'zi ojiz o'quvchilar Respublika miqyosidagi xatto, xalqaro ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib faxrli o'rinlarni egalladilar. Ularga cholg'u ijrochiligi va xonandalik sirlaridan saboq berayotgan bir guruh ko'zi ojiz va sog'lom ustozlarning xizmatlari tahsinga loyiqdir.

Tadqiqot natijalari. Biroq, bugungi kunda ya'ni ta'lim sohasiga kirib kelayotgan inovatsiyalashish jarayoni ilgarilab, o'zaro raqobatlashib ketayotgan bir paytda ko'zi ojizlar ta'limi, ayniqsa, musiqa yo'nalishi anchagina oqsab qolayotganligi sezilmoqda. Chunki, bir tomondan ko'zi ojiz o'quvchilarni Brayl nota tizimi orqali o'qitishda zarur qo'llanma va darsliklar, bo'lgan taqdirda ham o'quvchilarga mos kelmasligi, yetarli emasligi bo'lsa, ikkinchidan, ularga ustozlik qilayotgan pedagoglarning musiqa tiflopedagogikasidan bexabar ekanligi, ko'zi ojiz BMSM o'qituvchilarga o'z ustida ishlashlari va ijod qilishlari, zamonaviy dars mashg'ulotlarini olib borishlari uchun yetarli shart-sharoitning yo'qligi, jumladan, ularga yordamchi kotibalar ajratilmaganligi qator og'riqli nuqtalarni keltirib chiqarmoqda. Buning natijasida o'quvchilar qanchalik mohir ijrochi bo'lmasin, ular nota savodxonligidan, Solfedjio, Garmoniya, Polifoniya kabi fanlarni o'zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Orkestr va Xorda ijro etish, shuningdek, unda dirijorlik qilish haqida esa aytmasa ham bo'ladi. Hozirda ko'zi ojiz o'quvchilar noyoob esda saqlash tug'ma iste'dodiga tayanib, faqatgina an'anaviy ijrochilik yo'nalishida taxsil olishga majbur bo'lmoqdalar. Ya'ni ular ko'proq tinglash orqali biror cholg'uni chalish yoki qo'shiq kuylashni o'rganmoqdalar. Qolgan yo'nalishlar esa ularga

bir orzudek bo'lib qolmoqdaki, bu muammoning yechimini izlab topish zamon talabi darajasida muhum ahamiyatga egadir.

Muhokama. Ushbu muammoni hal etishda avvalo, ko'zi ojizlarning musiqiy savodxonligini shakllantirish maqsadida bizgacha mavjud manbaalardan foydalangan holda Brayl nota tizimiga asoslanib, nota savodi bo'yicha o'quv qollanma (Brayl nota alifbosi) yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazkur o'quv qo'llanmada besh chiziqli nota yo'li asosida yoziladigan notalar va ularning cho'zimlari ifodasi, skripka, bas va boshqa kalitlar, intervallar, alteratsiya, dinamika, nota cho'zimini uzaytiruvchi, hamda nota yozuvini qisqartiruvchi, shuningdek, nota savodxonligiga oid barcha belgilar va alomatlar birgina yo'ldan iborat bo'lgan bo'rtma nuqtalar ko'rinishida o'z aksini topishi ko'zda tutilgan. Ayrim noqulaylik tug'diruvchi belgilarni qayta ko'rib chiqish, moslashtirish, mavjud bo'lmaganlarini esa yaratish zarur bo'ladiki, bunday izlanishlar natijasi o'zidan keyingi joriy qilinadigan ko'plab darsliklarga keng yo'l ochib beradi. Bu esa kelajak avlodning bizdanda yuqori cho'qqilarga erishib, musiqa ilmining yetuk namoyondalari, buyuk san'at ustalari bo'lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Xulosa. Xulosa tarzida ta'kid o'rinliki, ushbu mummaolar yechimini topish uchun quyidagi nazariy -amaliy va metodik ishlar yuzasidan faoliyat olib borish maqsadga muvofiqdir:

1. Brayl nota alifbosini yaratish.

2. Mavjud Musiqa nazariyasi, Solfedjio, Shashmaqom, , Fortepiano, Ansanbil, Orkestr, Xor uchun bir ovozli va ko'p ovozli kuy-qo'shqlarning matnlari va notalarini brayl yozuviga o'girib, alohida kitob shaklida nashr qilish.

3. Ko'zi ojiz o'quvchilarni musiqa va san'at sohasida o'qitish uchun maxsus o'quv dasturlar ishlab chiqish.

4. Brayl doskalarini joriy qilish, Tiflometronom va Tiflotyunerlarni ko'zi ojizlar uchun moslashtirish.

5. Musiqa tiflopedagogikasi metodikasini ishlab chiqish va pedagoglarni bu tizim bo'yicha qayta tayyorlash.

Adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 03.08.2017 dagi O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi

2. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan O'RQ-641. 8, 38, 40-moddalari

3. O'RQ-641 "Nogironligi bo'lgan shaxslaening huquqlari to'g'risi". www.lex.uz

4. Loyixa muallifi. "Ko'ngil ko'zi" loyihasi muallifi, Nass-media fondi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoyeva. 14:49/ 23.12.2019. www.xabar,uz

5. Madina Nasretdinova, Dilshod Toshaliyev, & Durdona Raimjon Qizi Murodova (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK SAN'ATINING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI. Scientific progress, 3 (2), 846-850.

6. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI. Scientific progress, 3 (2), 841-845.

7. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.