Научная статья на тему 'KO’RISHDA NUQSONI BO’R O’QUVCHILARNI INGLIZ TILI O’QITISHDA (TPR) USULIDAN FOYDALANISH'

KO’RISHDA NUQSONI BO’R O’QUVCHILARNI INGLIZ TILI O’QITISHDA (TPR) USULIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy / innovatsiya / boshlang’ich / o’yin / ta’limiy / ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.G’.Safarova

Ko‘rish qobiliyati zaif bolalarni xorijiy tilda so‘zlashga o‘rgatish bola patologiyasidagi bir qator xususiyatlar tufayli muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, ko‘plab ko‘rish qobiliyati zaif bolalar o‘z ona tillarida so‘zlaganlarida nutqiy buzilishlar yuzaga keladi, bu esa xorijiy tillarni o‘zlashtirishga ta’sir qiladi. Ikkinchidan, hissiy tajribaning qashshoqlashuvi va bilishga oid faollikning susayishi bolaning so‘z zaxirasi hajmiga ta’sir qiladi. Uchinchidan, sekin idrok etish ko‘p marotaba takrorlashlarga va to‘xtalishlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO’RISHDA NUQSONI BO’R O’QUVCHILARNI INGLIZ TILI O’QITISHDA (TPR) USULIDAN FOYDALANISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

KO'RISHDA NUQSONI BO'R O'QUVCHILARNI INGLIZ TILI O'QITISHDA (TPR)

USULIDAN FOYDALANISH Z.G'.Safarova

O'zbekiston Jahon tillari universiteti tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10035812

Annotatsiya. Ko'rish qobiliyati zaif bolalarni xorijiy tilda so'zlashga o'rgatish bola patologiyasidagi bir qator xususiyatlar tufayli muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, ko'plab ko 'rish qobiliyati zaif bolalar o'z ona tillarida so'zlaganlarida nutqiy buzilishlar yuzaga keladi, bu esa xorijiy tillarni o'zlashtirishga ta'sir qiladi. Ikkinchidan, hissiy tajribaning qashshoqlashuvi va bilishga oid faollikning susayishi bolaning so'z zaxirasi hajmiga ta'sir qiladi. Uchinchidan, sekin idrok etish ko'p marotaba takrorlashlarga va to'xtalishlarning ko'payishiga sabab bo'ladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang'ich, o'yin, ta'limiy, ta'lim

Mazkur yondashuv doirasida ta'lim jarayoni muloqot modeli asosida qurilgan. Aynan shu sababli, ta'lim jarayoni maksimal darajada real muloqot muhitiga moslashtirilgan. O'rganilayotgan muammolar aniq bir yechimga ega bolmaganligi sababli, ularni muhokama qiladigan subyektlar - o'qituvchi va o'quvchilar - muloqotdagi sheriklar sifatida bir-biriga teng hisoblanadi. Shu sababli, mazkur yondashuvning asosiy xususiyati kommunikativlik bo'lib, u ta'limning nutqiy yo'nalishini, nutqiy-fikrlash faoliyatini muvofiqlashtirishni, individuallik(o'ziga xoslik)ni ta'minlash, nutqning funksionalligini hisobga olish, ta'limning vaziyatga moslashtirish, ta'lim jarayonini tashkil etishning yangilikka asoslangan va noan'anaviy tarzda tashkil etish tamoyiliga amal qilishni ta'minlashdan iborat.

TPR (Total Physical Response) yoki to'liq jismoniy ta'sirchanlik usuli amerikalik psixolog Dj. Asher tomonidan 1977 yilda ishlab chiqilgan (http://www.slideshare.net/asmarany3/total-response). U 1970-yillarda mashhur olim hisoblangan. Olim chet tilini ikkinchi til sifatida o'rganayotganlarga mazkur jarayonni imkon qadar samarali va og'riqsiz amalga oshirishda yordam berishga qaror qildi. Mazkur usul asosida miyaning ikki yarim sharlari nazariyasi yotadi, bu holatda miyaning chap yarim shari mantiq va idrok uchun, o'ng tomoni esa sezgi va ongosti uchun javobgardir. Tilni an'anaviy usullar yordamida o'rganish orqali biz olingan bilimlarni chap yarim sharga (esda saqlash, takrorlash) joylashtiramiz. Agar biz TPR usulidan foydalansak, yangi bilimlar o'ng yarim sharda qoladi va natijada biz bilan abadiy qoladi.

Mazkur usul yordamida til o'rganish bolalik davrida ona tilini o'zlashtirish bilan qiyoslanadi va tilni o'zlashtirishning tabiiy ketma-ketligi tamoyili, deb ataladi. Dastlab, bola tilni "tinglaydi", gapirishga majburlanmaydi, keyincahlik u undan nimani xohlayotganlarini, qanday so'zlar qanday obyektlar bilan bog'liqligini tushunishni boshlaydi, ota-onasidan yengil buyruqlar oladi. Va faqat ichki jihatdan tayyor bo'lgandan so'ng, o'z-o'zidan gapira boshlaydi. Ya'ni, gapirish uchun dastlab ko'p tinglash kerak. Keyinchalik, bolaga avval o'qishni, keyin harflarni, so'ngra so'zlarni yozishni o'rgatiladi. Faqatgina maktabda til grammatikasini o'qish boshlanadi. TPR usulida ona tilini o'zlashtirishning barcha bosqichlari o'xshash hisoblanadi. Faqatgina talabalar grammatikani o'rganmaydilar, degan tuzatish kiritilgan.

An'anaviy usullar bilan qiyoslaganda, TPR usulida quyidagilar mavjud emas: alifbo, transkripsiya, tarjima, qoidalar. Mazkur usulda tarjima talab etilmaydi, chunki har bir so'z uni boshqa so'zlar bilan bog'laydigan tarmoqqa kiritilgan, so'zni kontekstda o'rganish va uni qo'llash

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

usullarini birdaniga o'rganish oson hisoblanadi. So'zning tarjimasi mazkur vazifani bajarmaydi. Bu usulda qoidalar o'rganilmaydi. Qoidalarni o'rganish tilni chap yarim shar orqali qabul qilishga olib keladi, bu esa mazkur usulga zid hisoblanadi. Vaqt o'tishi bilan talaba "tilni his qila boshlaydi" va noto'g'ri gapirish uning uchun g'ayritabiiy holatga aylanadi (biz har doim ham qoidani ona tilidagi kabi bilmaymiz, lekin biz to'g'ri gapiramiz).

Mashg'ulotlar guruhda ham, yakka tartibda ham o'tkazilishi mumkin. Dastlabki mashg'ulotlarda o'qituvchi fe'llardan boshlab bir nechta buyruqlarni kiritadi, so'ngra sekin-astalik bilan fe'llarni otlar bilan bo'lash bo'yicha mashqlar bajariladi. Dastlab faqat talabalarni sinfda o'rab turgan obyektlardan foydalaniladi.

Yangi so'zni kiritish sxemasi faqat buyruq orqali amalga oshiriladi:

• O'qituvchi buyruqni aytadi va o'quvchilar bilan birgalikda harakatni bajaradi (bir necha

marta).

• So'ngra o'qituvchi buyruqni ovoz chiqarib aytadi va o'quvchilar mustaqil ravishda (buyruqni baland ovozda aytmasdan) harakatlarni bajarishadi (bir necha marta).

• O'qituvchi har bir talabaga alohida murojaat qilib, ma'lum bir buyruqni bajarishni taklif

qiladi.

Bitta dars davomida bu kabi buyruqlar etarli darajada ko'p bo'lishi mumkin. Dars yakunida global (qayta-qayta) takrorlash amalga oshiriladi. Sinfdagi barcha predmetlar o'zlashtirilgach, rasmlardan, mavhum tushunchalardan (rolli o'yinlar orqali) foydalanish boshlanadi, so'ngra ular lug'atni zamonlarga asoslagan holda butun hikoyalarni o'rganadilar. Taxminan 20 soatlik darsdan so'ng talabalar so'zlarni baland ovozda talaffuz qilishni, bir-birlariga buyruq berishni boshlaydilar.

Sinfda o'qituvchi ota yoki ona rolini bajaradi. U darsni so'z ("jump") yoki ibora ("look at the board") bilan boshlaydi va harakat bilan ko'rsatadi. So'ngra o'qituvchi buyruqni aytadi, o'quvchilar esa harakatlarni bajaradilar. Buni bir necha marta takrorlash orqali o'quvchilardan harakatlarni bajarayotganda so'zlarni takrorlashni so'rash vositasida vazifani kengaytirish mumkin. Talabalar so'z yoki iboralarni ishlatishda ishonch hosil qilganda, ulardan bir-birlariga yoki butun sinfga buyruq berishni so'rash mumkin.

Agar o'quvchilar o'qituvchining atrofida turib, biror harakatni bajarayotganda erkin yurish va harakat qilish imkoniga ega bo'lsa, samaradorlik ortadi.

TPRdan ko'p narsalarni o'rgatish va amaliyotda qo'llash maqsadida foydalanish mumkin:

• Harakatlarga oid lug'at (tabassum, chopish, bosh og'rig'i, burilish (smile, chop, headache, wriggle))

• Fe'lning zamon va jihatlari (har kuni ertalab tishimni tozalayman, to'shagimni yig'ishtiraman, nonushta qilaman (Every morning I clean my teeth, I make my bed, I eat breakfast))

• Sinfda foydalaniladigan iboralar (Kitoblaringizni oching (Open your books))

• Buyruqlar (O'rningdan tur, ko'zni yum (Stand up, close your eyes))

• Hikoyalar va tarihiy voqealar

REFERENCES

1. Kuptsova, A. K. English for managers and logisticians (B1-B2) : textbook and workshop for secondary vocational education / A. K. Kuptsova, L. A. Kozlova, Yu. P. Volynets ; under the general editorship of A. K. Kuptsova. — 2nd ed., ispr. and add. — Moscow : Yurayt Publishing House, 20XX. — 355 p.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

2. Arkhipovich, T. P. English for Humanities (b1). In 2 hours Part 1 : textbook and workshop for secondary vocational education / T. P. Arkhipovich, V. A. Shishkina. — Moscow : Yurayt Publishing House, 20XX. — 445 p.

3. Antipova L. V. English for students of biotechnology and public catering (a2-b2) : a textbook for secondary vocational education / L. V. Antipova [et al.] ; edited by L. V. Antipova. — 2nd ed., reprint. and add. — Moscow : Yurayt Publishing House, 20XX. — 217 p.

4. Arnold, I.V. Stylistics. Modern English: Textbook for universities / I.V. Arnold; Scientific ed. P.E. Bukharkin. - M.: Flint, Science, 20XX. - 384 p.

5. Volegova, O.A. English for bachelors of Management: Textbook / O.A. Volegova. - Ph/D: Phoenix, 20XX. - 430 c.

6. Алехина С. В. Инклюзивное образование : история и современность / С. В. Алехина. - М. : Педагогический университет «Первое сентября», 2013. - 33 с.

7. Алехина С. В. Инклюзивное образование и психологическая готовностьучителя / С.

B. Алехина // Вестник Московского городского педагогического университета. Серия : Педагогика и психология. - 2012. - № 4. - С. 117-127.

8. Ахметова Д. З. Инклюзивная культура общества как результат реализатсии инклюзивной политики и практики / Д. З. Ахметова // Инклюзивноеобразование : преемственность инклюзивной культуры и практики : сборник материалов ИВ Международной научн.-практ. конф. / гл. ред. С. В. Алехина. - М. : МГППУ, 2017. -

C.16-23.

9. Abduazimov A. O'zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi. - T., «O'qituvchi», 1992.-135 b.

10. Abduqodirov A.A. Smart-texnologiyasiga oid tushunchalar va uning asosiy tamoyillari.//Axborot ta'lim makonini takomillashtirishda axborot resurslari va texnologiyalari integratsiyasi: Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T.:TDPU, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.