Научная статья на тему 'KITOBXONLIKKA YO‘NALTIRILGAN OMMAVIY TADBIRLAR – PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA'

KITOBXONLIKKA YO‘NALTIRILGAN OMMAVIY TADBIRLAR – PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
68
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / ijtimoiy-madaniy muhit / ob’yektivlik / bolalar adabiyoti / tragediya / ballada / epos.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sh.A. Xolboyeva, F.Fayzullayev

Ushbu maqolada kitobxonlikka yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlar va ularning natijasida o‘qiladigan badiiy asarlaning yoshlarga ta’siri, ularning har bir yosh bosqichidagi psixologik ahamiyati, badiiy asarlar nafaqat madaniy, balki ilmiy muammolarning ham yechimi bo‘lishi mumkinligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KITOBXONLIKKA YO‘NALTIRILGAN OMMAVIY TADBIRLAR – PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA»

KITOBXONLIKKA YO'NALTIRILGAN OMMAVIY TADBIRLAR - PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA 1Sh.A. Xolboyeva 2F.Fayzullayev

1Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti, 2Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani 8-

maktab MMIBDO' https://doi.org/10.5281/zenodo.10115907

Anotatsiya. Ushbu maqolada kitobxonlikka yo'naltirilgan ommaviy tadbirlar va ularning natijasida o'qiladigan badiiy asarlaning yoshlarga ta'siri, ularning har bir yosh bosqichidagi psixologik ahamiyati, badiiy asarlar nafaqat madaniy, balki ilmiy muammolarning ham yechimi bo'lishi mumkinligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: badiiy asar, ijtimoiy-madaniy muhit, ob'yektivlik, bolalar adabiyoti, tragediya, ballada, epos.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish va kitob o'qish madaniyatini shakllantirish yurtimizda umummilliy harakatga aylanmoqda. Oddiygina buning misoli sifatida so'nggi yillarda kitobxonlikka qaratilgan loyihalarga bir nazar tashlasak.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish orqali yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi" qabul qilindi. 2021 -ildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi "Kitobxonlik haftaligi" etib belgilandi. "Ma'rifat karvoni" loyihasi doirasida 4 mln. dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi. Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan"Yosh kitobxon" respublika tanloviga bugungi kunga qadar 3,6 mln. nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

2017-yildan buyon 280 nafar yosh kitobxonlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan bo'lsa, shundan 17 nafari g'oliblikni qo'lga kiritib, Prezident sovg'asi - "Spark" avtomashinasi sovrindori bo'ldi. E'tiborlisi, tanlovda g'olib bo'lgan 17 nafar qizlarning 5 nafari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ularning kitob o'qib, bilim olishiga katta turtki bo'lmoqda. 2018-yilda bo'lib o'tgan tanlovning 20-30 yosh toifasida respublika bosqichi ishtirokchilaridan bir nafari "Zulfiya" mukofotini qo'lga kiritgan bo'lsa, bir nafari 2023-yil "Ilhom" mukofoti bilan taqdirlandi. Natijada o'zaro fikr almashish uchun kitobxonlar jamoasi shakllandi. Kitobxonlikka oid qanday loyiha bo'lmasin, ularning barchasida "Yosh kitobxon" tanlovi ishtirokchilarini topish mumkin. Misol uchun, 2022-yilda "Zukko kitobxon" tanlovining respublika bosqichida barcha jamoalarning kamida bir nafari "Yosh kitobxon" tanlovi g'oliblari edi. Yoki "Kitobxon talaba" tanlovining har yilgi g'oliblari "Yosh kitobxon" tanlovida charxlanganlar. Kitobxonlar tanlovdan so'ng yo'qolib ketishmayapti, aksincha sayqallanib, boshqa tanlovlar g'olibiga aylanmoqda.

Yosh oilalar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan "Yosh kitobxon oila" tanlovini o'tkazish orqali 66 ming kitobxon oila shakllantirildi. 2021-yilda II o'rinni qo'lga kiritgan Beshimovlar oilasi ham kitob o'qishning samarasini IKAR loyihasida avtamobil yutib olgani bilan isbotladi.

Yoshlarga mo'ljallangan badiiy asarlar mualliflarini rag'batlantirish maqsadida "Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovini o'tkazilib, mukofot jamg'armasi 1 mlrd. 30 mln. so'm bo'lgan Prezident sovg'asi g'oliblarga topshirildi.

Ma'rifatparvar jadid allomalari va ularning ilmiy merosi haqida "Jadidlar" rukni ostida 8 ta kitobdan iborat to'plam 23 ming nusxada (184 mingta) chop etilib, kutubxonalar va ta'lim muassasalariga yetkazib berildi.

Ijodkor yoshlarni izlab topish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va intilishlarini qo'llab-quvvatlash, ular o'rtasida she'rxonlik, g'azalxonlik va kitobxonlik madaniyatini oshirishga ko'maklashish maqsadida o'tkazilgan "Mushoira" tanlovi orqali 268 mingga yaqin yoshlar o'zaro bellashdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqgan xolda aytish mumkinki, bunday tanlovlar avvaldan kitob o'qishni yaxshi ko'rgan kitobxonlar uchun sinov maydoni, kitob o'qimayotganlar uchun tajriba maskaniga aylanmoqda. Bu kitobxonlar yo'qolib ketishmaydi. Kitob o'qigan qizning onasi, doimo ko'ngli xotirjam, sababi uning qizi axloqsizlik bilan shug'ullanmayapti. Bunga misol qilib, 10-14 yosh toifasida g'alaba qilgan Muxlisa Nasimovaning onasi aytgan fikrlarni keltirish mumkin: "Men qizimni bekorchi narsalar bilan mashg'ul emasligidan xursandman, u shu kungacha nimaiki natijaga erishgan bo'lsa, "Yosh kitobxon" tanlovidagi tajribasi asos bo'ldi, bu tanlov qizimni kelajakini tarbiyaladi".

To'g'ri kitobxonlar faqat tanlov uchun kitob o'qimoqda deyish mumkin, lekin rag'bat bo'lmas ekan, hech kim ham harakat qilmaydi. Oylik maosh rag'bat bo'lgani uchun ishlaymiz, qorinning to'ygani rag'bat bo'lgani uchun ovqatlanamiz. Demak, nima uchun ham ma'naviy ozuqa olib, ham mehnat uchun rag'batlantirilmaslik kerak?! "Yosh kitobxon" va unga yondosh kitobxonlikka yo'naltirilgan ommaviy tanlovlar kitobxonni oddiygina kitob o'qishga emas, balki diqqatli bo'lishga, jumlalarni aniq xotirada saqlashga, xulosa chiqara olishga, fikrlarni jamlashga o'rgatadi. G'alaba qilish uchun "Kecha va Kunduz" romanini shunchaki o'qish emas, balki hijjalab qahramon va joy nomlarini, epizodlarni, hissiyotlarni boshidan kechirish kerak. Bu esa har qanday yod olish qobiliyati kuchli bilimdonlarning ham qo'lidan kelmaydi. Respublika bosqichigacha yetib kelgan kitobxonlarni uch kun suvsizlik bilan sinasangiz, ular bu sinovdan o'tishadi, nega? Sababi ular kitob o'qish sinovida, bardosh sinovidan o'tishgan.

Tashkil etilgan barcha tanlovlarning ijobiy natijasi hozirgi kunda namoyon bo'lmoqda, katta natijalar esa manashu kitobxonlarning farzandlari, nabiralarida dunyoga keladi.

Shuningdek, Sh.Mirziyoyevning "Besh tashabusi"da ham kitobxonlikning muhim omili bo'lgan ma'naviyatning inson, jamiyat, millat hayotidagi o'rni bayon etilgan.

Shuningdek kitobxonlik va unga yo'naltirilgan ommaviy tadbirlar masalasi bilan J.Tulenov va B.Qodirov "Ma'naviy yuksalish sari" asarida, O.Sharafiddinov "Ma'naviy kamolot yo'llarida" asarida, N.Yoqubov "Badiiy asar vositasida estetik tarbiya yerish" asarida, S.Matjon "Kitob o'qishni bilasizmi?" asarida, A.Zunnunova "Badiiy asar tahlili metodikasi" asarlarida, Grini L.E. Baxodir Zokir, M.Quronov, B.Karimov, N.Karimov, N.Choriyev, M.Boysariyev va boshqalar.

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlarida "kitobxonlik madaniyat" tushunchasining mohiyatini aniqlash muammolari P.Yu.Markova, O.Grinyuk, M.Smorodinskaya, N.Yu.Krivda, N.Stefanovskaya, N.D.Shmatko, L.M.Shipisina va boshqalar tomonidan o'rganilgan.

Kitobxonlik madaniyatnining nazariy asoslarini rivojlantirish va amaliyotga tabdiq etish masalalari D.Armstrong, F.Armstrong, H.M.Levin, D.Mitchel, D.L.Ryndak, A.Sander, A.D.Treherne, L.Jackson, C.S.Szymanski, M.Winzer, B.A.Wright, M.L.Yell kabi olimlar tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

Tadqiqotchi Bahodir Karimov o'zining «Ikki daho - ikki bebaqo» [1] asarida vatanparvarlik tushunchasi, uning millatga, ma'naviy hayotga o'tkazayotgan ta'sirini, uni shakllantirishning nazariy-g'oyaviy asoslari bilan keng shug'ullanadi.

Yana bir olim A.Zunnunovning "Badiiy asar tahlili metodikasi" asarida xalq og'zaki ijodini o 'rganish asosiy usullaridan biri bo 'lgan ifodali o'qish haqida fikr yuritilgan bo 'lib, unda keltirilishicha "..ifodali o'qish badiiy asarni anglash, estetik o'zlashtirish, tahlil qilishning muhim vositasidir. Ifodali o'qish o'quvchilar nutqini o'stirish bilan birga, uning fikrlashini, tasavvurini rivojlantiradi, ularda obrazli tushuncha hosil qiladi va fikrlash qobiliyatini o'stiradi" [2], degan fikrlar orqali doston va laparlardagi ifodali o'qish nafaqat dunyoqarashni, balki nutqni ham shakllantirishini bilib olamiz.

Safo Matjonning "Kitob o'qishni bilasizmi?" asarida esa Safar Barnoyev bilan suhbati keltirib o'tilgan bo'lib, unda bolalar adabiyotiga bog'liq muammolar yoritilgan va albatta xalq qo'shiqlari va ertaklariga to'xtalingan. Unda ilmiy izlanish olib borayotganlarga qarata "Esingizdan chiqmasin, bolalar erkalatuvchi qo'shiqlarni yaxshi ko'radi, tez yodlaydi. Mavsumiy qo'shiqlarning umri bitdi. Hech qaysisi "Laylak keldi, yoz bo'ldi", yoki "Oftob chiqdi olamga"ning o'rnini bosa olmaydi. Qo'shiq degani bolaning tilini, dilini charxlashi kerak, bizda esa aksincha" [3] deya xalq qo'shiqlarining tarbiyaviy ahamiyatini keltirib o'tadi.

S.Ahmedovning "Adabiyot darslarida epik janrlarni o'rganish" mavzusida ilmiy ishida Muqimiyning "Sayohatnoma" asarini keltirib o'tib, "bizning xalq og'zaki ijodidagi so'zlar ma'noga boy ekanini "maqtanur" [4] so'ziga bergan ta'rifidan ko'rishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki xalq og'zaki ijodini o'rganish orqali shu vatanga, tilga tegishli bo'lgan tushunchalarni ham bilib boramiz.

N.Yoqubovning "Badiiy asar vositasida estetik tarbiya berish" asarida esa bog'cha yoshidagi bolalar uchun qanday xalq qo'shiqlarini tanlash afzalligi keltirib o'tilgan bo'lib, jumladan "she'rning qisqa va lo'ndaligi, obrazlarning soddaligi, turli tovushlarga taqlid qilish -bularning hammasi bog'cha yoshidagi bolalarda asarni xotirada saqlab qolishga yordam beradi" [5] jumlalari orqali xalq qo'shiqlaridagi soda va ravonlik bolalarga xotirani mustahkamlashda ham yordam berishini bilib olamiz.

Ozod Sharafiddinovning "Ma'naviy kamolot yo'llarida" [6] asarida "Tilda hikmat ko'p" bobida keltirib o'tilgan tilimizning qanchalik boy ekani, undagi iboralarni matal va maqollarda keltirishimiz, tilga bo'lgan hurmat ekanini aytib o'tadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, kitobxonlik va unga yo'naltirilgan ommaviy tadbirlar yoshlarni, o'quvchilarni ham ma'naviy, ham badiiy, ham estetik tarbiya qila oladi. Har qanday vujudga keluvchi muammolarni orttirilgan xulosalar orqali yengib o'tadi.

REFERENCES

1. B.Karimov "Ikka daho - ikki bebaqo", - T.: 2022-y. 15-16 bet

2. A.Zunnunov "Badiiy asar tahlili metodikasi" T.O'qituvchi 1989-y. 2-3-betlar.

3. Safo Matjon "Kitob o'qishni bilasizmi?", - T.: O'qituvchi 1993 y, 45-46 bet.

4. S.Ahmedov "Adabiyot darslarida epic janrlarni o'rganish", - T.: 1986-y. 80-bet.

5. N.Yoqubov "Badiiy asar vositasida estetik tarbiya berish" O'qituvchi 1978-y. 14-bet.

6. Ozod Sharafiddinov "Ma'naviy kamolot yo'llarida" Toshkent 2001-y. 29-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.