Научная статья на тему 'YOSHLARDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‘RNI'

YOSHLARDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
396
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob / kitobxonlik / oila kitobxonligi / yoshlar ma’naviyati / barkamol avlod tarbiyasida kitobning orni / ota-onaning kitob o‘qishi. / book / reading / family reading / spirituality of young people / the place of books in education of mature generation / parents' reading.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Xasanova

Ushbu maqolada kitobxonlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda oila kitobxonligi, yoshlarning kitobga qiziqishini rivojlantirishga ta’sir etadigan ko‘plab omillar haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE FAMILY IN DEVELOPING YOUTH LIBRARY SKILLS

This article provides information about family reading in the development and support of reading, many factors that affect the development of young people's interest in books

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA KITOBXONLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSHLARDA KITOBXONLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA

OILANING O'RNI Xasanova Gulnora Chorshanbiyevna

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7357251

Annotatsiya. Ushbu maqolada kitobxonlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashda oila kitobxonligi, yoshlarning kitobga qiziqishini rivojlantirishga ta'sir etadigan ko'plab omillar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: kitob, kitobxonlik, oila kitobxonligi, yoshlar ma'naviyati, barkamol avlod tarbiyasida kitobning orni, ota-onaning kitob o'qishi.

РОЛЬ СЕМЬИ В ФОРМИРОВАНИИ БИБЛИОТЕЧНЫХ НАВЫКОВ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. В данной статье представлена информация о семейном чтении в развитии и поддержке чтения, многих факторах, влияющих на развитие интереса молодежи к книгам.

Ключевые слова: книга, чтение, семейное чтение, духовность молодежи, место книги в воспитании зрелого поколения, родительское чтение.

THE ROLE OF THE FAMILY IN DEVELOPING YOUTH LIBRARY SKILLS

Abstract. This article provides information about family reading in the development and support of reading, many factors that affect the development of young people's interest in books

Keywords: book, reading, family reading, spirituality of young people, the place of books in education of mature generation, parents' reading.

Bugun barcha sohada integratsiya jarayoni kuzatilib, axborot oqimi zamon va makon chegaralarini tan olmayapti. Globallashuv ta'sirida turli xalqlarning milliy qadriyatlariga putur yetmoqda. Lekin kitobning qadri hamisha yuksak bo'lib qolaveradi. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi. Shunday ekan, mutolaa madaniyati, bu ma'nan yuksalish sari eng maqbul va ma'qul, oydin yo'l, desak, ayni haqiqatdir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekistonda kitobga bo'lgan qiziqish va unga bo'lgan hurmat azaldan shakllangan bo'lib, uni bilim va ma'naviyatning bebaho manbai sifatida qadrlab kelgan. Istiqlol yillarida ushbu xayrli an'ana yangi, yanada teran ma'no-mazmun bilan boyidi.

O'zbek xalqiga xos bo'lgan kitobxonlik juda qadimiy tarixga boy an'anaga ega. O'tmishda xalqning, millatning ulug'lari, iste'dod sohiblari orasida so'z san'atining dostonxonlik, qasidaxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik, g'azalxonlik kabi turlari shakllangan bo'lsa, oddiy xalq orasida kitobxonlik - "Alpomish", "Ravshanxon", "Rustamxon", "Malikai ayyor" dostonlarini o'qish, shu bilan birga ertakchilik, askiyachilik san'ati keng tarqalgan. Savodi bo'lmaganlar ham qiroat bilan o'qiydigan badiiy ijrochilarni taklif qilib, kitobxonlik qilishgan.

Ilmdan bebahra ko'ngil - ojiz, kitobsiz uy - hamisha qorong'u. Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg'otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Buning uchun maktabda, oiladagi mihim vazifa kitobxonlikni inson hayotidagi zaruratga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruratga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy tajribasiga asoslanadi.

O'qishga o'rgatish oiladan boshlanadi. Bu yerda bir muammoga duch kelishimiz mumkin. Hamma ota-ona ham o'zi o'qish madaniyati xususiyatlariga ega bo'lmasligi mumkin, bolaning yoshiga mos kitobni tanlay olmasligi, farzandiga to'g'ri, ifodali o'qib bera olmasligi mumkin. Buning sabablari ota-onada bo'sh vaqtning yo'qligi, kutubxonaga bo'rmasligi, bolalar adabiyotini yoqtirmasligi yoki bilmasligi, yetarlicha ma'lumotga ega emasligi, savodsizligi, kutubxonachi bilan muloqotda bo'lmasligi, kutubxonachining ota-ona bilan birga ishlamasligi va shu kabilar bo'lishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar maktab, litsey va kollej oqituvchilari, tarbiyachilar, kutubxona xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borishlari, maslahatlashishlari zarur.

Bugungi kunda kitobxonlik sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Yoshlar ma'naviyati tadrijiy rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu jihatdan oilada kitobxonlikni shakllantirishda, kitoblar vositasida tarbiyalashda quyidagi omillarga e'tibor berilishi lozim:

- bolalarda kitob o'qish ishtiyoqini hosil qilish;

- kitob tanlashda bolaning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim;

- kitob tanlashga ixtisoslashish;

- kitobni ekspertizadan o'tkazish;

- kitob o'qishni kuzatib, nazorat qilib borish.

Bu masalalar nihoyatda murakkab bo'lib, bolalarning kitobxonlikka bo'lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, yoshlarimizning bugungi kitobxonlik darajasi yuksak darajada emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqishning yagona yo'li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o'qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo'lgan kitoblar tanlash qo'l keladi. Sharq mutafakkirlarining tajribasiga ko'ra, kitobxon qaysi mavzuga qiziqsa shu mavzudagi kitobni taqdim qilish, kitob o'qishga ko'nikma hosil qilgach esa asta-sekin unga ixtisoslashgan kitoblar taqdim qilib boriladi.

Ota-onaning bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlab berishdir. Ularning saviyasiga mos bo'lgan adabiyotlarni keng targ'ib qilish yoshlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo'lib yetishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Kitob tanlashda kitobxonning ma'naviy darajasini hisobga olish birmuncha murakkab omildir. Bunda bolaning ma'naviy darajasiga tayanish, uning intellektual o'sishiga olib keladi.

Bolaning yosh xususiyatini, psixologik imkoniyatlarini hisobga olish uning ratsional o'sishiga olib kelsa, ma'naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa ratsionallikdan ko'ra keng qamrovli va samaralidir. Shuning uchun butun oilada kitobxonlik ruhi bo'lishi kerak. Bunda oiladagi kitobga bo'lgan munosabat, birinchi navbatda, ota-onaning kitobga bo'lgan munosabati muhim omil hisoblanadi. Oilada kitobxonlik ruhi bo'lsa, bu bevosita bolaning ruhiyatiga ham ta'sir etadi.

Ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma'no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis tavsiyalari asosida tanlashi maqsadga muvofiq. Bu tarbiyaning asosiy yo'nalishidan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chalg'imaslikka, o'smir ma'naviy dunyosining to'g'ri shakllanishiga va qo'yilgan maqsadga yetishishga olib keladi. Bu o'zbek milliy pedagogikasi tajribasidan ham ma'lum. Ular talabga javob bermaydigan kitobni o'z farzandiga o'qishni qat'iy taqiqlagan. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.

Badiiy asar o'qishni estetik idrok qilishning eng muhim turlaridan biri deyish mumkin. So'z-obrazlar, shartli ramzlar zaminidagi badiiyat olamini kashf etish kitobxonning ko'tarinki tasavvuri va boy tafakkur imkoniyatlarini to'liq ishga solishni talab etadi. Asar idrok qilish-obrazli fikrlash qobiliyatini, badiiy tasavvurni, ijodiy kechinmani taqoza etadi. Ushbu xislatlar tug'ma bo'lmay, balki oqish jarayonida hosil qilinadi va kamolotga yetkaziladi.

Har qanday tavsiya etilgan adabiyot kitobxonda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishi, estetik va go'zal sifatlarni tarbiyalashi, aqliy ong, bilim doirasini kengaytirishi, amaliy ijtimoiy faoliyatiga ta'sir korsatishi kerak. Ayniqsa, barkamol avlod tarbiyasida kitobning orni katta. Muntazam oqishga rahbarlik qilish doimo dolzarb vazifa bolib kelgan. O'qishga rahbarlik qilish bilan biz ongli, dunyoqarashi keng, har narsaga aqli yetadigan, jamoatchilikni hurmat qiladigan, mehnat faoliyatini to'g'ri tashkil eta oladigan, ma'naviyati yuksak, madaniyatli va bir soz bilan aytganda, barkamol avlodni tarbiyalaymiz.

Bugun shiddat bilan o'zgarayotgan zamonda, yon-atrofimizda yuz berayotgan mafkuraviy hurujlardan himoyalanishimiz, vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda kitobxonlik va oilaviy kitob o'qish hayotiy zaruriyatga aylanishi kerak. Kitobxonlik orqali yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy umuminsoniy qadriyatlarimizga, o'tmish-tariximizga sadoqat, porloq kelajagimizga ishonch ruhini shakllantirish va ularni barkamol qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardandir.

Yoshlar tafakkurini insonparvarlikka, ezgulikka yo'naltirishda, ularda ijodiy va mantiqiy fikrlashni shakllantirishda kitobning xizmati beqiyos. Aks holda, ma'naviy bo'shliq, ma'naviy qashshoqlik vujudga kelib, yot va salbiy g'oyalar yoshlar hayotiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Muayyan muammolarni bartaraf etish uchun yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, ularni o'ziga ham, atrofdagilarga ham foydali bo'lgan ishlar bilan shug'ullanishlariga sharoit yaratmoq lozim. Ayniqsa, yoshlarning baxtu-kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o'rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli va albatta davlatli bo'lishining muhim omili - bu kitobga do'st bo'lish, hamisha kitob o'qish va kitob mutolaasini umr bo'yi kanda qilmaslikdir. Oilada ota-ona, maktabda o'qituvchi hamda kutubxonachi bolada kitob o'qishga mehr va havas uyg'otishga birgalikda harakat qilishsa, buning samarasi albatta, yuqori bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida" 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori.

2. O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus-T.: 2019 yil, 19-mart.

3. G'aniyeva D.A. Axborot-kutubxona muassasalarida kitobxonlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda madaniy-ma'rifly tadbirlarning roli -T.: «Tafakkur» nashriyoti, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.