Научная статья на тему 'O'QUVCHILAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY KITOBLARDAN FOYDALANISH METODIKASI'

O'QUVCHILAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY KITOBLARDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
505
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob / badiiy kitob / dunyoqarash / shakllantirish / metodika. / book / art book / worldview / formation / methodology

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Komilova Ramila Shugratovna

Ushbu maqolada o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda badiiy kitoblardan foydalanish metodikasi ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING ART BOOKS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF STUDENTS

This article describes how to use art books to shape students' worldviews.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY KITOBLARDAN FOYDALANISH METODIKASI»

O'QUVCHILAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA BADIIY KITOBLARDAN FOYDALANISH METODIKASI Komilova Ramila Shugratovna

Navoliy viloyati Nurota tumani 6-sonli umumta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim fani

o'qituvchisi https:Moi.org/10.5281/zenodo.6588182 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda badiiy kitoblardanfoydalanish metodikasi ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kitob, badiiy kitob, dunyoqarash, shakllantirish, metodika.

МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ КНИГ В ФОРМИРОВАНИИ МИРОВОЗЗРЕНИЯ УЧАЩИХСЯ Аннотация. В этой статье описывается, как использовать книги по искусству для формирования мировоззрения учащихся.

Ключевые слова: книга, художественная книга, мировоззрение, формирование, методология.

METHODS OF USING ART BOOKS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF

STUDENTS

Annotation. This article describes how to use art books to shape students' worldviews. Keywords: book, art book, worldview, formation, methodology.

KIRISH

Vatan taraqqiyoti, yurt kelajagi komil insonlar qo'lida bo'lishi uchun ta'lim-tarbiyaga , maktabga kata e'tibor berailmoqda. Hamma insonlar baxtli yashashi uchun avvalo savodli ma'naviyatli va ilmli bo'lishi lozim. Buy esa undan qattiq mehnat va shijoatni talab etadi. Ta'lim va tarbiyani yanada tajomillashtirish uchun hozirgi kunda yurtimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biz , o'qituvchilar ham avvalo yosh avlodga yaxshi ta'lim berishimiz uchun ularni o'z fanimizga qiziqtira olishimiz , fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalangan holda interfaol yanigidan yangi interfaol usullar yordamida tashkil etishimiz lozim.

Kitob insoniyatning eng buyuk ixtirosi bo'lib, unda o'quvchi , kitobxon uchun yangi olam kashf etadi. Sargushat asarlar o'quvchining hayolot olamini boyitsa, tarixiy asarlar o'tmishga qiziqish, ajdodlarga ehtirom, faxrlanish tuyg'usini shakllantiradi. O'quvchilar qalbida kitobga yoshlikdan munosabat uyg'otish ota -onalar oldidagi , o'qituvchilar oldidagi eng mas'uliyatli ishdir. Shunday ekan , bolaga rasmli kitoblar olib berish , ertaklar o'qib, she'rlar yodlatish oiladagilar uchun kundalik ehtiyojga aylansin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Zero, bola bo'sh vaqtini uyali aloqa vositasi bilan emas , kitob o'qish bilan o'tkazishga o'zida ehtiyoj sezsin. Kattalarning bolalarga o'rnak bo'lishi, kiotbga muxabbat oiladan boshlanishi shart va zarurdir.

Bola hayolot olamini boyitishda asarlar asosida tayyorlangan filmlar ham muhim rol o'ynaydi. Bola ko'z bilan ko'rib, hayolida asar qahramonlari bilan sirlasha olsa, o'sha o'quvchida kitobga muxabbat ortadi.

Safo Matchon: «Kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi

aytmoqchi bo'lgan fikrini nechog'li uqishini, ya'ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko'rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug'ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o'rganish uchun qanchalik ko'p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag'ishladim, lekin hali ham o'rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o'zining «Kitobxonlik - mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta'rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko'zadan ikkinchi ko'zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To'xtaboyev,- kitobxonlik fan darajasiga ko'tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ'ib qilishgina emas, balki kitob o'qishni, o'qiladigan kitobni tanlay olishni, mag'zini chaqishni, ya'ni kitob yordamida o'zini anglashni o'rgatish hamdir»

Har bir xonadonda gazeta va jurnallar bo'lishi oila davrasida o'qilib, muhokama qilinishi bola shaxsida kitobga, badiiy asarga qiziqish tuyg'usini orttiradi. Dars jarayonida o'qituvchi asardagi eng qiziq o'rinlarni o'qib, o'quvchini manbani topib o'qishi uchun ilhom bera olishi kerak.

Badiiy asar o'quvchi shaxsida muomala madaniyat, odob-axloqni o'rgatadi. Muhammad Yusuf she'rlarida Vatanni qanday sevish, anglash tuyg'usi, A. Qodiriy asarlari asosida milliy mentalitetni o'rganish tuyg'usini o'quvchilar qalbiga yetkaza olsak, biz o'quvchida Vatanga muhabbat, ona xalqimiz an'analariga ehtirom tuyg'usini shakllantira olgan bo'lamiz.

TADQIQOT NATIJALARI

O'quvchilarga kitobdan ko'proq foydalanishga , turli adabiyotlarni o'qib, dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini rivojlantirishga undashimiz lozim. Bu ishni ota-onalar bilan birga amalga oshirsak, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Kitobxonlikning o'quvchilar o'rtasida keng targ'ib qilinishi ularning nafaqat ma'naviyatli bo'lishiga , balki turli qo'shimcha bilimlarni ham o'zlashtirishga hizmat qiladi.

Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash xarakterlidir, o'qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalari o'sib boradi. Bu yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo'yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa qiziqtiradi. Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o'qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta"rif berdik xolos. Bolalar o'qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o'rganish lozim. Ba"zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo„lsa, boshqalari esa o„qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Dars jarayonida kitob o'quvchining eng yaqin do'sti , sirdoshi, yordamchisi bo'la olishiga erishish o'quvchi kitobxonligini yanada oshirishga hizmat qiladi. O'quvchi kitobni do'sti sifatida ko'ra boshlagan paytdan boshlab, uning ma'naviyati yuksala boradi. Zero, shoir aytganidek, "Kitobdan yaxshiroq do'st yo'qdir jahonda"

Tarixiy voqealar haqida ko'proq kitoblar nashr ettirish , kitoblarni rasmlar bilan boyitish va ulardan dars jarayonida foydalanish o'quvchilar savodxonligini oshiradi va tafakkur doirasini kengaytiradi.

MUHOKAMA

Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o'zi ham yuksak didga ega va ma'rifatli va bilimli bo'lishlari kerak. Ma'lumki, bola kitob o'qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma'naviy hayotida muhim rol o'ynaydi. Kitob bolaning ma'naviy boyishi uchun uni ma'naviy, aqliy, estetik o'sishga yo'llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o'qib berilgan birinchi kitob bo'lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o'qishini eshitib, badiiy obrazlar go'zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o'smirlik davrida uning ma'naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o'yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog'liq bo'lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o'smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o'yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma'nan barkamol shaxs bo'lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha'naviy dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir.

Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo'nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg'ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.

XULOSA

Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik

zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Maktabgacha ta"limning davlat standard. O„zPFITI. T., 1995.

2. Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta"lim pedagogikasi. T.: Ilm,ziyo,2006

3. M.G.Davletshin., Sh.Do'stmuxamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyev. —Yosh davrlari va pedagogi psixologiyal. O'quv qo'llanma. T., 2004-y. 8.2. b.t.

4. N.M.Kayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.