Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ODOB-AXLOQ KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHDA MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ODOB-AXLOQ KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHDA MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
122
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muassasalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilfuza Shomalikova

Davlatimiz taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish,mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ODOB-AXLOQ KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHDA MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA ODOB-AXLOQ KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHDA MADANIY MEROSDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Dilfuza Shomalikova

"G'uncha" jurnali bosh muharriri, O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10004547

Davlatimiz taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lmish yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, hamda xalqaro tajribalarni o'rganish,mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

"Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan" , deya ta'kidladi Prezidentimiz.

O'quv jarayonida o'qituvchi ta'lim berish bilan birga ma'naviy - axloqiy tarbiya ham beradi.O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi davlatimizning ta'lim sohasini isloh qilish bo'yicha asosiy hujjatlarida "Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi', - deb belgilab qo'yilgan.

Har qanday ta'lim muassasasida tarbiyaviy jarayon bevosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnaesevar, barkamol inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan ko'rinib turibdiki pedogoglar boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishda xalqimizning boy madaniy merosidan foydalanishi, avvalo, buyuk allomalarimizning ma'naviyat, axloq, tarbiya tushunchalariga bergan ta'riflariga alohida to'xtalib o'tishi maqsadga muvofiqdir.

Maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilariga beriladigan ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, vazifalari yoshlarda yaxshi ma'naviy sifatlar tajribalar hosil qilish, ularni axloqiy normalari va qoidalari to'g'risidagi dastlabki bilimlar bilan qurollantirish, axloqiy xislatlar va xulqiy fazilatlarni rivojlantirish, hamda ularda yoqimli xattiharakat ko'nikmalari va odatlarini vujudga keltirish va tarbiyalashdir.

Xususan, sharq va markaziy osiyo mutafakkirlari bitmastuganmas pedagogik g'oyalarni meros qoldirganlar: Bahouddin Naqshbandiy, Imom al-Buxoriy, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al Farobiy, Az Zamaxshariy, Al Farg'oniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil, Nosir Xisrav, X.Sheroziy, Muqimiy, Furqat va boshqalarning odob-axloq to'g'risidagi ibratli g'oyalari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

yoshlarimizni ma'naviy yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, tarixdan boxabar qilib tarbiyalashda katta pedogogik ahamiyat kasb etadi.

Masalan, Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi. Yetuk tarbiya natijasida bolaning komil va yetuk kishi bo'lib o'sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o'zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa, kishilarning bir - birlariga bo'lgan ruhiy - ma'naviy ta'sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi uqtiradi.

Farobiy bilimidan ma'rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: "Har kimki ilm hikmatni o'rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog'-salomatligi yaxshi bo'lsin, yaxshi axloq va odobi bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin,yomon ishlardan saqlangan bo'lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdon notiq bo'lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol -dunyosini ayamasin, barcha moddiy narsalar to'g'risida bilimga ega bo'lsin". Bu fikrlardan Farobiyning ta'lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada alohida e'tibor berganligi ko'rinib turibdi, uning e'tiqodicha, bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog'i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo'lib yetishmaydi.

Qudratli saltanat va ma'rifatli jamiyat barpo etishda qadim turkiy davlatchilik an'analari va islomiy shariatga tayanib ish tutgan Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli ta'lim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda ta'lim va tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish, ilmli, ma'rifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini ko'tarish yo'lidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida ko'plab boshlang'ich maktablar barpo etdi.

Odob va axloq malakasini singdirish va bolalarga yoshlikdan komillikka intilish his tuyg'ularini shakllantirish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinishi nazarda tutiladi.

- respublikamizda boshlang'ich sinf o'quvchilariga ma'naviy-axloqiy tarbiya berishda sog'lom muhit ustivorligiga erishish:

- ta'lim va tarbiyaning uzluksizligiga ahamiyat berish:

- ta'lim va tarbiya jarayonida bola ruhiyatini tarbiyalash:

- ta'lim tarbiyani dunyoviy tasnifda shakllantirish:

- jamiyatda, xalqimizga bo'lgan muhabbat va sadoqatni tarbiyalash:

- vatan ravnaqi yo'lida halol va fidokorona mehnat qilish:

- suhbat, munozara, ma'ruzalar, ertaklar, musobaqalar uyishtirish, xalq og'zaki ijodi namunalari hamda bolalar ongini o'stiruvchi asarlardan foydalanish va shu kabilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish - tegishli yosh davri o'quvchilari tomonidan kitob o'qish (to'g'ri, tezkor, ifodali va tushunib o'qish) hamda kitobxonlik (o'qish qoidalaridan xabardorligi, kitob (badiiy asar)ni tanlashi, kitob o'qishga odatlanishi va bu yo'lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, kitob o'qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi, kitob o'qishdan olgan taassurotlarini atrofdagilar bilan o'rtoqlashish ko'nikmalarining malakaga aylanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat jarayonidir. Bunday ishlarni amalga oshirishda boshlang'ich sinflarda tashkil qilinadigan kitobxonlar burchagining tashkil qilishning ahamiyati katta.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Kitobxonlar burchagidagi kitoblarni o'quvchilar o'qib bo'lganlaridan so'ng olgan taassurotlari yuzasidan tadbirlar o'tkazishlari mumkin. Bunday tadbirlar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik ko'nikmasini samarali shakllantirishda dastlab bu jarayonni tashkil etishda nimalarga e'tibor qaratish zarur, degan savolga javob topish talab etiladi. Bu jarayonda quyidagilarga e'tibor qaratish pedagogik faoliyatning metodik jihatdan to'g'ri, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta'minlaydi:

l.O'qituvchi, ota-onalar, oila a'zolarining kitobxonlik borasida boshlang'ich sinf o'quvchilariga namuna ko'rsata olishlari.

2. Maktabgacha hamda boshlang'ich ta'lim yoshi bolalari qiziquvchan bo'lishadi; ularning qiziquvchanligi sersavol bo'lishida yaqqol namoyon bo'ladi; o'quvchilarning xuddi shu xislatlariga tayangan holda ularning e'tiborlarini qiziqarli badiiy kitoblarga tortish asosida bu xislatni yanada boyitish mumkin.

3. Kitob mutolaasi vaqtida faqatgina bolalar tomonidan savollar berilishiga erishib qolmay, shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan ularga savollar asosida murojaat qilib, asarda bayon etilayotgan voqelik, qahramonlarning xatti-harakatlariga nisbatan munosabatlarini aniqlashtirib borish fikrlash qobiliyatini shakllantirishga, o'z munosabatini mantiqiy bayon qilishga o'rgatib boradi.

4. Asar voqeligida tilga olinayotgan qahramonlar o'quvchilarning tasavvurini shakllantirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

5. O'qituvchi, ota-onalar yoki kutubxonachi tomonidan asar voqeligining muayyan o'rinlarida qisqa-qisqa to'xtalishlar qilish orqali o'quvchilarga shu jarayonning qandaykechishini to'g'risida o'ylab ko'rishga oid topshiriqni berish ta'limiy ahamiyatga ega bo'lib, ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiy faoliyatni olib borishda quyidagilarlarga e'tibor qaratishi zarur:

1) boshlang'ich sinflar bosqichiga bog'liq ravishda o'quvchilar uchun ularning yoshi, psixologik xususiyatlari hamda jismoniy imkoniyatlariga muvofiq ravishda badiiy asarlarni tanlash;

2) o'quvchilar bilan guruh yoki jamoa asosida badiiy asarlarni mutolaa qilishda samarali bo'lgan shakl, metod va vositalarni tanlash;

3) o'z sinfida o'quvchilarning kitobxonlik ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlash maqsadida oila, maktab axborot-resurs markazi, shuningdek, o'rta hamda yuqori sinf o'quvchilaridan iborat volontyorlar guruhi bilan hamkorlikka erishish;

4) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a'zolari bilan hamkorlikda badiiy asarlarni mutolaa qilishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat ish rejasini ishlab chiqish;

5) ota-onalar, maktab kutubxonachisi va volontyorlar guruhi a'zolariga boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan samarali ishlash yuzasidan metodik maslahatlarni tashkil etish yoki metodik yordam ko'rsatish.

Yangi O'zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasida ta'lim tizimini yuksak darajada rivojlantirish, O'zbekistonda uchinchi renessans davrini yaratadigan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu masalalar Prezident Sh.M. Mirziyoevning Xalq ta'limi sohasini tubdan isloh qilish bo'yicha belgilagan vazifalarida ham yaqqol bayon etib berildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Har qanday ish-harakat, faoliyat ko'nikmalarini o'zlashtirishda uni tashkil etishga qanchalik ko'p kuch sarflash emas, balki jarayonning davomli, izchil, uzluksiz bo'lishi samarali sanaladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida odob-axloq ko'nikmalarini shakllantirishda ham ana shu maqsadga qaratilgan pedagogik faoliyatning davomli, izchil bo'lishi muhimdir.

Bugungi kunda ko'pincha bolalar kitob o'qimayotganlikda, yoki ajdodlari tarixini bilmaslikda ayblanadilar. Lekin ularga rang-barang adabiyotlar tavsiya qilish zarurligi eng avvalo, ota-onalarning, o'qituvchilarning qolaversa, kutubxonachilarning ham e'tiboridan chetda qolmoqda. Buning uchun ota-onalardan, o'qituvchi va kutubxonachilardan o'quvchilarning kitoblarga bo'lgan qiziqishlari, ehtiyojlarini yaxshi bilishilari talab etiladi. O'quvchilarning kitob o'qish va kitobxonlikka nisbatan salbiy munosabatda bo'lishlarida, yuqorida aytilganidek, bu jarayonni tashkiliy, moddiy ta'minotini yaratuvchi nashriyotlar, nazariy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan oqilona, samarali uyushtira olmayotgan ota-onalar, o'qituvchilar hamda soha uchun mas'ul ijtimoiy tashkilotlarning javobgarligini inkor qilib bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etilib, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo'yicha masalan,4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash;

TIMSS - Trends in International Mathematicsand Science Study- 4 va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash;

PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study- boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash;

Xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ishlab chiqildi, unga ko'ra, masalan; o'quvchilar mustaqil ta'lim olishlari uchun elektron shakldagi ta'limni rivojlantirish, unda o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo'yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borishda o'quvlar tashkil etish kabilar belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdullaeva Kibriyo Ravshanbekovna. O'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy o'qituvchining roli. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to'plami. -Namangan, 2020.

2. "Kitob max,sulotlarini nashr etish va tarkatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xdmda targib kilish buyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tugrisida"gi (2017-yil 13- sentyabr) Aaror. 2017 yil 13 sentyabr.

3. M. To'xtasinova "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy ruhda tarbiyalashnng hozirgi kundagi zarurati'Mlmiy maqola.2020.

4. Qodirova F. Pedagogik kadrlarga ilg'or pedagogik texnologiyalar haqida. Metodika. 2014-y.

5. Safarova R.G. The role of analytical activity in the pedagogical process directed to the formation of creative thinking skills in students. International scientific and practical conference

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

"the time of scientific progress". 2023 Warsaw, (Poland). https://zenodo.org/badge/DOI/10.5281/zenodo.7786701.svg

6. Safarova R.G. Innovatsion yondashuv asosida pedagogika turkum fanlarini o'qitish jarayonida talabalarning kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari. Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions, International Scientific and Practical Conference, 88-94.Google Scholar indexed. https://kspi.uz/ Qo'qon 03.03.2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.