Научная статья на тему 'KINO SANʼATIDA ONALAR OBRAZI'

KINO SANʼATIDA ONALAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ssenariy muallifi / rejissyor / aktyor / zamondosh obrazi / xarakter / qahramon / tipaj / film / kinematograf / kinofestival

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Niyazova Xafiza Xakimovna

Dunyo kinematografida onalar obraziga koʻp bor murojaat etiladi. Har bir millat onasi aktrisalar ijrosi orqali turlicha talqin etiladi, biroq ularni onalarga xos xususiyat, yaʼni farzandiga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbat hissi mushtarak etadi. Mazkur maqolada oʻzbek kinorejissyori Shuhrat Abbosovning “Sen yetim emassan” filmidagi Fotima ona va qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyogʻi ostida” nomli filmi qahramoni Rayhon ona obrazlari xususida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KINO SANʼATIDA ONALAR OBRAZI»

KINO SAN'ATIDA ONALAR OBRAZI

Niyazova Xafiza Xakimovna

O'zR FA San'atshunoslik instituti, kichik ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.11218963

Annotatsiya. Dunyo kinematografida onalar obraziga kop bor murojaat etiladi. Har bir millat onasi aktrisalar ijrosi orqali turlicha talqin etiladi, biroq ularni onalarga xos xususiyat, ya'ni farzandiga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbat hissi mushtarak etadi. Mazkur maqolada o'zbek kinorejissyori Shuhrat Abbosovning "Senyetim emassan"filmidagiFotima ona va qirg'izistonlik rejissyor Ruslan Akunning "Jannat onalar oyog'i ostida" nomli filmi qahramoni Rayhon ona obrazlari xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ssenariy muallifi, rejissyor, aktyor, zamondosh obrazi, xarakter, qahramon, tipaj, film, kinematograf, kinofestival.

Аннотация. В мировом кинематографе часто обращаются к образу матери. Матери каждой нации по-разному интерпретируются в исполнении актрис, но их объединяет чувство материнской привязанности, безграничной любви к своему ребенку. В этой статье рассказывается о персонажах узбекского кинорежиссера Шухрата Аббасова в фильме «Ты не сирота» Фатима и кыргызского режиссера Руслана Акуна в фильме «Рай под ногами матерей» Райхан.

Ключевые слова: автор сценария, режиссер, актер, современник, персонаж, герой, типаж, фильм, кинематограф, кинофестиваль.

Abstract. In world cinema, they often turn to the image of the mother. The mothers of each nation are interpreted differently in the performance of actresses, but they are united by a sense of maternal affection, boundless love for their child. This article follows the characters of Uzbek film director Shukhrat Abbasov in the film "You Are Not an Orphan" by Fatimа and Kyrgyz director Ruslan Akun in the film "Paradise Under the Feet of Mothers" by Raikhan.

Key words: scriptwriter, director, actor, contemporary, character, hero, type, film, cinema, film festival.

Jahon kinematografida onalar obraziga qayta-qayta murojaat etilishi ko'pchilikka ma'lum. Ekranda har bir millat o'ziga xosligi, jozibasi, xarakteri, qiyofasi va betakror fazilatlarini aynan onalar obrazi orqali chuqurroq aks ettirishga urinadi. Onalar obrazi, asosan, oila fonida gavdalantiriladi, chunki bolalar ta'lim-tarbiyasida bu ulug' zotning o'rni beqiyos.

O'zbekiston kinematografida ham bir qancha onalar obrazi aks etgan filmlar yaratilgan. Ammo ko'pchilik tomoshabinlar qalbidan 1962-yilda yaratilgan Shuhrat Abbosovning "Sen yetim emassan" (ss. mual. Rahmat Fayziy) filmidagi Fotima ona obrazi chuqur joy olgan, desak yanglishmagan bo'lamiz. Urushning ayanchli oqibatlari sababli turli millatli o'g'il-qizlarni o'z bolasidek qabul qilib, mehr berib, tarbiyalagan, oq yuvib, oq taragan ona obrazini unutib bo'ladimi?! Mazkur film real hayot voqealariga asosan yaratilgan. Filmda toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (O.Jalilov ijrosida) va uning umr yo'ldoshi Baxri Akramovalarning (L.Sarimsoqova ijrosida) Ikkinchi jahon urushi yillarida turli hududlardan O'zbekistonga olib kelingan har xil millatga mansub 14 bolani boqib olgan oila haqida hikoya qilinadi.

Ushbu filmda Lutfixonim Sarimsoqovaga xos professional ijro o'zining mukammal yechimini topgan. Aytish kerakki, bu rol aynan L.Sarimsoqova uchun mo'ljallab yozilgan, chunki aya o'zbek millati hayoti, urf-odatlari, o'ziga xos xususiyatlarini juda yaxshi bilardi. Film bundan

ancha yillar ilgari yaratilgan bo'lishiga qaramay, Lutfixonim Sarimsoqova yaratgan ushbu obraz hamon o'zbek xalqining betakror, matonatli, bag'rikeng, bolajon onasi sifatida tan olinadi. Sababi o'zbek millatiga xos bolajonlik, mehmondo'stlik, sadoqat, mehr-muruvvat kabi yuksak insoniylik hislatlar, betakror fazilatlar ana shu birgina Fotima ona obraziga to'laqonli ravishda singdirilgan. Aktrisa Lutfixonim Sarimsoqova ijodi haqida San'atshunoslik instituti olimasi Valentina Kosheleva "O'zbek sahnasi va kinosining onaxoni" (1978) mavzusida ilmiy izlanish olib borgan. U aktrisaning "Sen yetim emassan" filmidagi obrazi haqida shunday yozadi: "Sarimsoqovaning Fotimasi o'zining butun qalb qo'rini, mehrini turli millat bolalarini tarbiyalashga baxsh etgan umumlashgan, tipiklashtirilgan o'zbek ayoli - ona obrazidir. Bu o'zbek kinematografiyasida yaratilgan eng yaxshi ayol obrazidir. Fotima o'zida xalqimizning donolik, ko'ngilchanlik, kishilarga chin yurakdan iliq munosabatda bo'lish, soxtakorlik va yolg'onga nisbatan murosasizlik singari go'zal fazilatlarini gavdalantirgan onaning ramziy ifodasidir" [4; 14]. Shu ma'noda aytish mumkinki, L.Sarimsoqova sahna va ekranda bir-birini takrorlamaydigan ko'plab o'zbek ayoli xarakteri, xususan, onalar obrazi galereyasini yaratgan.

Kino san'atida onalar obrazi xususida so'z borar ekan, 2024-yilda qirg'izistonlik rejissyor Ruslan Akunning "Jannat onalar oyog'i ostida" nomli filmi haqida to'xtalish joiz. Film nomidan juda oddiy va soddaga o'xshaydi, aslida ham shunday. Film qahramonlari ideallikdan yiroq, qishloqda yashaydigan oddiy, sodda, bir so'z bilan aytganda, hayotiy obrazlar. Filmda 75 yoshli mushtipar Rayhon ona (Anarkul Nazarqulova ijrosida) va uning boshqa insonlarga sira o'xshamaydigan 35 yoshli Odil (Emil Esenaliyev ijrosida) ismli o'g'lining boshdan kechirgan voqealari xususida hikoya qilinadi.

Bir qarashda ona birinchi plandagi obrazdek tuyuladi, biroq bosh qahramon uning o'g'li hisoblanadi. Ona o'g'liga yoshligidan cheksiz mehr va to'g'ri tarbiya beradi. Garchi yoshi o'ttizdan oshgan bo'lsa-da, hech kimga o'xshamaydigan, aniqrog'i, 8 yosh bola kabi fikrlaydigan, aqliy rivojlanishdan ortda qolgan bu yigitning qalbi uyg'oq, u yolg'on gapirishni gunoh deb biladi, insonlarga yomonlik qilish haqida sira o'ylamaydi. Birdan-bir istagi onasini jannatga olib borish. Ana shu jihatlar uning boshqalardan ajralib turadigan eng muhim xususiyatlaridir. Chunki dunyodagi minglab sog'lom o'g'il farzandlarning hammasi ham ana shu qalbi pok yigitchalik mushohada yurita oladi, deb aytib bo'lmaydi. Rejissyor mazkur filmda ona obrazini to'g'ridan-to'g'ri emas, balki o'g'lining unga bo'lgan munosabati orqali madh etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygani va bu borada mavjud stereotiplardan voz kechgani seziladi.

"Jannat onalar oyog'i ostida" filmi syujeti qahramonlarning yo'l bosishi usuli asosiga qurilgan. Jahon kino san'atida bu eski usul hisoblanadi, biroq unda ko'tarilgan mavzu va qahramonning yangi ekani e'tiborli. Film bosh qahramoni 8 yoshli do'sti Samirdan "Kim onasini Makkaga yayov olib borsa, jannatga kiradi", degan gapni eshitadi. Shundan so'ng Odil ham onasining roziligini olish maqsadida uni aravaga o'tkazib, bir o'zi, hech kimning ko'magisiz yayov muqaddas qadamjoga borib, Umra ziyoratini ado ettirishni niyat qiladi. Avvaliga uning bu orzusiga nafaqat yon-atrofdagilar, hattoki, onasi ham ishonmaydi...

Bosh qahramon onasini Makkaga yayov olib borishi uchun turli davlatlarni bosib o'tishi kerak edi, shu bois kadrlar ayni o'sha davlatning ma'lum hududlarida suratgani olingan, mahalliy aktyorlar ijrosidan foydalanilgan. Filmda qahramon nazari orqali ayni damda o'sha davlat ijtimoiy-siyosiy hayotiga bir qur nazar tashlangan, ya'ni bugungi kundagi vaziyat, mavjud muammolar ko'rsatilgan. Qirg'izistondan yo'lga chiqqan ona-bolaning ilk manzili O'zbekiston bo'ladi. Keyin Qozog'iston, Ozarbayjon, Turkiya va nihoyat, ayni damda urush bo'layotgan Suriyagacha yetib boradilar. Ana shu nuqtada bir paytda turli davlatlarda yashayotgan insonlarning

taqdiri, turmush tarzi va xarakteri yaqqol ochiladi. Bir davlatda to'kin-sochinlik, xotirjamlik, pishiqchilik bo'lib turgan bir vaqtda boshqa davlatda insonlarning bir soniyalik umri qanchalik qadrli ekanini kuzatish mumkin. Ming bir mashaqqat va qiyinchiliklarni boshdan kechirgan qahramonlar Makkaga yetib borib, Umra ziyoratini ado etadilar. Biroq, afsuski, mushtipar ona salomatligidagi muammo sababli Makkada jon beradi. O'g'il esa yana aravasini tortgancha bir hamyurti hamrohligida vataniga qaytadi...

Yaratganga tavakkal qilib yo'lga otlangan ona-bolaga kimdir yo'lda qiyin bo'lmasligi uchun xarita, pul beradi, boshqalar esa hamroh bo'ladi deb muqaddas kitob, tasbeh va non tutkazadi. Tinchlik, sof diniy e'tiqod g'oyalarini tarannum etuvchi mazkur filmda ijodkorlar dunyoda insonlarning Haj va Umra amallarini mukammal, oson ado etishda samolyot, avtobus yoki taksi xizmatidan foydalanayotgan bir vaqtda o'sha yerga ming bir mashaqqat bilan yayov borib, ziyorat qilishning savobi katta ekaniga e'tibor qaratadilar. Yaqinda internetda 2024-yilgi Haj mavsumida hojilarga qulaylik yaratish maqsadida ilk marta uchar mashina va dronlardan sinov tariqasida foydalanilishi yozilgandi. Zamon shiddatli ravishda rivojlanayotgan bir vaqtda oddiy inson sifatida, ya'ni qo'lida yo'l xarajati uchun yetarli mablag bo'lmasa ham Makka ziyoratiga yayov borib, amallarni mukammal ado etishga bo'lgan chin istak, xohish va iroda, muhimi, kutilmagan qiyinchiliklarni yengib o'tishdek jasorat qahramonni yanada yuqori pog'onaga ko'targan. Hozirgi paytda jahon kinematografida tomoshabinni ekshn, aniqrog'i, ur-yiqit, otishmalar, turli jang epizodlari bilan ham o'ziga jalb etish qiyin bir vaziyatda Qirg'iziston kinoijodkorlari ekranda zamondosh qahramonni yaratishda yangicha yondashuvni topa olishgani quvonarli. Filmda "Jannat - onalar oyog'i ostida" degan qarash zamiridagi chuqur ma'noni onalarga cheksiz hurmat ko'rsatish zarurligini chin farzandlik burchi va insoniylik qarzini ado etishga bo'lgan qat'iyat kabi fazilatlarga ega qahramon orqali namoyish eta olganlar. To'g'ri, filmda u qadar murakkab epizodlar kuzatilmaydi. Rejissyor asosiy e'tiborni qahramonlarning ruhiy olamiga qaratadi. Bu uning eng to'g'ri qarori edi. Darhaqiqat, aktyorlar ijrosi tomoshabin qalbini junbushga keltiradi, unda allaqanday yangicha hislarni uyg'otadi va u "muz yurak"larni eritib, ko'zdan beixtiyor yosh chiqishiga sabab bo'ladi.

Odil - murakkab obraz. U sodda, oddiy ko'ringani bilan aslida shijoatli, qat'iyatli va har qanday to'siqni yengib o'tishga qodir qahramon. U Haq yo'lidan og'ishmaydigan samimiy inson tipajini yarata olgan. Rayhon ona esa butun Qirg'iziston onalarining tipaji sifatida tanlangan bo'lsa-da, unda har bir millat o'z onasini ko'rishi mumkin. Chunki ona obrazida farzandiga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat, jonkuyarlik singari hislatlar mujassam. Ona-bola uchun tanlangan aktyorlar tandemi obrazlarning yorqin ochilishida bir-birini boyitgan.

Yuqorida ikki davlatda yaratilgan ikki film misolida ona obrazlarining o'ziga xos jihatlari xususida qisqacha fikr bildirildi xolos. Aslida kino san'atida onalar obrazini yaratish juda murakkab hisoblanadi. Chunki ona bu oiladagi muhitni tartibga soluvchi, farzandlar tarbiyasidagi eng muhim insondir. Ayniqsa, yoshi ulug' onalar obrazi orqali hayotiy tajribaga ega, tinchlik tarafdori bo'lgan, farzandlarining kamoloti, uning qalbi o'ksinmasligi uchun borlig'ini berishga tayyor qahramonlar gavdalanadi. Qisqa qilib aytganda, onalar obrazi filmlarda qaysi mavzu doirasida madh etilmasin, uning yangi talqinlari vujudga kelaveradi. Bunday obrazlarning dunyo bo'ylab dovrug' taratishida xalqoro kinofestivallarning o'rni beqiyos.

Xususan, O'zbekiston kinematografida qayta tiklangan "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ko'plab davlatlar kinoijodkorlari filmlarini ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi. Mazkur xalqaro kinofestival har yili an'anaviy tarzda Toshkentda dunyo kinoijodkorlarini bir joyda jamlab, ular yaratgan ijod namunalarini ko'rish, mahorat darslaridan

bahramand bo'lish, o'zaro fikr almashish va yuksak kinematografik talablar asosida ishlangan ekran asarlarini maxsus hakamlar hay'ati yordamida tanlab, munosib taqdirlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shuningdek, festival doirasida yurtimizga tashrif buyurgan soha vakillari va mehmonlar uchun O'zbekistonning eng go'zal, betakror manzillariga sayohatlar uyushtirilishi, qadimiy arxitektura namunalari, umuman, tarixiy-madaniy merosimizga bo'lgan qiziqish sababli yildan-yilga turistlar oqimi ortib bormoqda.

Eng go'zal, tarixiy maskanlarimizda o'zining filmlarini suratga olish istagini bildirayotgan xorijlik kinoijodkorlar borligi ham quvonarli. Muhimi, "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali kunlari jahonning yosh kinorejissyorlari uchun "Kino 5 kunda" loyihasi doirasida O'zbekistonning tarixiy-madaniy obyektlariga yangi nigoh bilan qaralib, salkam bir haftada ana shu manzillarda qisqa metrajli filmlar yaratilayotgani diqqatga sazovor.

Taklifimiz shundan iboratki, kinofestival ishtirokchilari tomonidan yaratilgan qisqa metrajli bunday filmlar o'sha manzilning tashrif qog'oziga aylanishi va u yerda turistlar oqimini oshirish maqsadida ijodiy jarayonda qator mahalliy soha vakillari bilan hamkorlikda ish olib borish zarur. Tanlangan hududning o'ziga xosligi hamda hali hamma ham bilmaydigan qirralarini ochishga ko'maklashish shart. Qolaversa, kinofestival doirasida yaratilgan o'sha filmlarni nafaqat yurtimiz telekanallarida, shu bilan birga, internetda alohida platforma yaratib, unda ham namoyish etishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abulqosimova X. Kino san'ati asoslari. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"

Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - 100 b.

2. Каримова Н. Игровой кинематограф Узбекистана. - Ташкент: Изд-во журнала «San'at»,

2016. - 216 с.

3. Кино Узбекистана. Х.Абул-Касымова, Д.Тешабаев, М.Мирзамухамедова. - Т.: Изд-во

лит.и искусства, 1985. - 288 с., ил.

4. Kosheleva V. O'zbek sahnasi va kinosining onaxoni. - Toshkent, 1978. - 16 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.