Научная статья на тему 'KIMYO FANINI ARTILLERIYA TAKTIK QO‘MONDONLIGI YO‘NALISHI KURSANTLARIGA O‘QITISHNING AHAMIYATI'

KIMYO FANINI ARTILLERIYA TAKTIK QO‘MONDONLIGI YO‘NALISHI KURSANTLARIGA O‘QITISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Islamova Maftuna Sharofiddinovna

31 yillik qisqa muddat ichida jamitayimizning boshqa tarmoqlari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ham g‘oyat murakkab va ayni paytda shonli shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 40 dan ortiq yo‘nalishlarda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIMYO FANINI ARTILLERIYA TAKTIK QO‘MONDONLIGI YO‘NALISHI KURSANTLARIGA O‘QITISHNING AHAMIYATI»

KIMYO FANINI ARTILLERIYA TAKTIK QO'MONDONLIGI YO'NALISHI KURSANTLARIGA O'QITISHNING AHAMIYATI

Islamova Maftuna Sharofiddinovna

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti p.f.f.d (PhD), dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211430

Eng yaxshi hujum - bu kuchli himoya.

Deniyel Randolf Xamfri

31 yillik qisqa muddat ichida jamitayimizning boshqa tarmoqlari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ham g'oyat murakkab va ayni paytda shonli shakllanish yo'lini bosib o'tdi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta'lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 40 dan ortiqyo'nalishlarda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti yetishtirib chiqarayotgan harbiy kadrlarning alohida o'rni bor. Bu esa bilim yurtida tahsil olayotgan kursantlar va ularga ta'lim-tarbiya, harbiy-amaliy saboqlarni berayotgan har bir ofitser-pedagogning zimmasiga o'lkan mas'uliyat yuklaydi.

Amaliy kimyo fanidan Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti "Tabiiy-ilmiy fanlar" kafedrasi 2022-2023 o'quv ishchi o'quv dasturiga muvofiq Qo'shinlarning taktik qo'mondonligi - Artilleriya taktik qo'mondonligi mutaxassisligi uchun 90 soat ajratilgan bo'lib, II va III semestrlar davomida ma'ruza mashg'ulotlari umumiy 22 soat, amaliy mashg'ulotlar 16 soat, laboratoriya mashg'lotlari 12 soat, mustaqil ta'lim soatlari umumiy 40 soatni tashkil etadi.

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurtida kimyo fanini bo'lajak ofitserlarga o'qitishning muhim yutug'i ta'lim mavzularini tanlashdagi chuqur integrativ yondashuv asosida Artilleriya taktik qo'mondonligi yo'nalishi uchun zarur amaliy kimyoviy bilimlarni qamrab olishga erishilganligida.

Kimyo fanni o'rganishlari natijasida kursantlar quyidagilarni bilishlari kerak:

Tasavvurga ega bo'lishi lozim:

9

9

S

tabiiy fknlarning fundamental birligi, tabiiy bilinilarning tugallanmaganligi va uning kelgusidagi rivojlanish imkoniyatlari:

■tabiatdagi diskretlilik va iizhiksizlik tabiatdagi tartib va tartibsizlik orasidagi o'zaro bog liqlik. inoddalartuzilishi, tartibsizlik lio latiga o'tisli va teskarijarayonlar haqida;

• tabiiy fanlar turli bo'limlarining o'ziga xosligi va o'lchashkattaliklarii

* emperik va nazariy bilishning o'zaro bog'liqligi, tabiatdagi holatlar va ularning vaqt o'tishi bilan o'zgarishi haqida;

kimyo tarixi, kimyo haqida dunyoni bilishning maxsus usuli kabi umumiy tushunchalari va tasawurlari;

tabiiy fanlardagi yangi kashfiyotlar va ixtirolar hamda ulardan texnik quiilmalarni yasashda foydalanish va uning tadbig'i.

Quyidagi bilimga ega bo'lishi va foydalana olishi zarur:

S

I

kimyoviy tizimlar nazariyalarining asosiy qoidalarini. asosiy kimyoviy qonun va hodisalarni. ularni quiol-aslaha va harbiy texnikada qo'llash sohalari;

kimyoviy tadqiqotning muhim usullarini. kimyoviy jarayonlarni reaksiya tenglamalari orqali ifodalanishini;

atrof-miüiit va insormi zaharli kimyoviy ta'sirlardan himoyalashga doir chora va usullari;

kimyoviy harbiy-amaliy yo'nalishdagi masalalarni yechishda kimyoviy usullarning tadbiqi;

kimyo fanidan tajribalar o'tkazish, ularning natijalarini baholash.

Misol uchun, "Kimyoviy kinetika" mavzusida "Portlovchi moddalar va poroxlarda yonish jarayonining kimyoviy reaksiya tezligi ", "Eritmalar " mavzusida "Harbiy sohada qo 'llaniluvchi dispers sistemalar", Organik kimyo mavzusida "Organik moddalarning harbiy sohadagi ahamiyati", "Yuqori molekulyar birikmalar" mavzusida "Kevlar va uning harbiy sohadagi ahamiyati", shunindek IV-bo'limda "Kimyoviy portlash ehtimolini aniqlash shartlari", "Boshlangich impuls turlari", Portlovchi moddalarning bardoshliligi va ta'sirchanligi", "Portlovchi moddalar klassifikasiyasi", "Portlovchi moddalarning tarkibi, xossalari va qo'llanilishi", "Brizantli portlovchi moddalar", "Portlovchi moddalar kislorod balansi", "Poroxlar va pirotexnika vositalari tarkibi" kabi o'quv savollarini yoritib berlishi bo'lajak Artilleriya sohasi ofitser kadrlari uchun ayni muddaodir.

Kimyo fanni o'rganishlari natijasida kursantlar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi

kerak:

9

I

D.I. Mendeleevning davriy qoniuii va kimyoviy elementlar davriy jadvalidan foydalanish;

turli konsentrasiyali eritmalarni tayyorlash;

texnika xavfsizligi qoidalaridan foydalanib. reaktivlar bilan ishlash;

kitnyoviy sistemalarda kuzatiladiganjarayonlarninazariy va eksperimental tekshirish;

kitnyoviy obektlar bilan ishlashda xavfsizliktexnikasi qoidalariga rioya qilish;

tabiiy fanlarning turli bo'litnlarida tavsiflanuvchi o'lchovkattaliklarining son qiytnatlarini hisoblash va baholash

Bo'lajak ofitser kadrlarga harbiy mutaxasislik fanlari xususan "Portlatish ishlari", "Artilleriya qurollari" singari mutaxassislik fanlarida portovchi moddalar, portlash, yonish

hodisalarini o'rgatishi bilan birga bir qator portlash va kuchli detonatsiya xossalarini namoyon etuvchi moddalar haqida ham bilimlar talab etiladi.

Harbiy sohada portlovchi moddalar xususidagi bilimlar detonatsiya ilmiy tushunchasi va uning kimyoviy asoslarini bilishni talab etadi.

Detonatsiya so'zi (fransuzcha détoner - "portlash" va lotincha detonare - "chaqiriq" [5]) -yonish rejimi bo'lib, unda zarba to'lqini modda bo'ylab tarqalib, kimyoviy yonish reaksiyasini ifodalaydi.

Bundan tashqari kimyo fanida xavfli va zaharli moddalar haqida bilim va ko'nikmalar o'rgatilishi vaqtida Umumjahon markalash tizimiga muvofiq portlovchi va zaharli moddalarni belgilash uchun qabul qilingan piktogrammalar (2-rasm) bilan tanishtirilishi favqulotda vaziyatlar va ommaviy qirg'in qurollari xavfi tug'ilganda xulosa chiqarish va zararsizlantirish bo'yicha qaror qabul qilishda qo'l keladi.

Artilleriya taktik qo'mondonligi mutaxassisligi kursantlari uchun kimyo fanidan o'quv mashg'ulotlarining barcha turi (ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, mustaqil ta'lim va konsultatsiyalar) fanning yaxlit ketma-ketlikda o'rganilishini ta'minlashi lozim. Mashg'ulotlarda kursantlarga klassik va zamonaviy kimyoning bog'liqligini, kimyoning u yoki bu nazariy tushunchalari va qonunlarining qo'llanilish chegarasini, qurollanish borasidagi kurashning rivojlanishi orasidagi bog'lanishni aniq ko'rsatish talab etiladi.

2-rasm. Umumjahon markalash tizimiga muvofiq portlovchi va zaharli moddalarni belgilash uchun qabul qilingan piktogrammalar

Kimyoning rivojlanishida yurtimiz olimlarining qo'shgan hissalarini ta'kidlab o'tish, mashg'ulotlarda asosiy e'tiborni o'rganilayotgan hodisa va qonuniyatlarning kimyoviy mohiyatini aniqlashtirishga, matematik usullarni va hisoblash texnikalarini qo'llashga qaratish maqsadga muvofiq.

Kursantlarga ta'lim berish jarayonida tizimli yondoshuvdan foydalanish, unga asosan fanning barcha bo'limlari harbiy fanlar bilan kompleks o'zaro bog'liqligi ta'minlanadi. Namunaviy qurol va texnikalarni yaratishda kimyoviy qonuniyatlarni o'rganish, ularning ko'rgazmali namoyishi, fundamental tushunchalarni amaliy misollar bilan keng doirada yoritilishini ta'minlash lozim.

Harbiy-amaliy misollarni bayon etish kursantlarni harbiy texnika va qurollarning tuzilishi va ishlashi prinsiplarini chuqur o'zlashtirishlari, muhandislik sifatlari hamda ilmiy dunyoqarashlarining rivojlanishi yo'liga qaratilgan bo'lishi shart.

Harbiy-amaliy savollarning o'rganilishi kursantlarga kelgusida qurolli kuchlar safidagi xizmat vazifalarini o'tashda zamonaviy namunadagi modernizatsiyalangan harbiy texnika va qurollarni o'zlashtirish, qurollarning ishlash prinsiplarining kimyoviy mohiyatini anglash, ommaviy qirg'in qurollaridan himoyalanish va unga qarshi kurash, yonilg'i-surkov materiallar, maxsus suyuqliklardan foydalanishni bilish, shuningdek, dushman qo'shinlarida ishlatiladigan qurollarni o'rganish va baholash uchun xizmat qiladi.

Ma'ruza mashg'ulotlarida ketma-ketlikda, tizimlashtirilgan fundamental ilmiy bilimlarni to'liq va tushunarli bayon etish, kimyo fani haqida zamonaviy fan sifatida yaxlit va aniq tasavvurlarni berish. Kimyoning harbiy sohada qo'llanilishi o'rganish, umumlashtirishlar, misollar, isbotlar, asoslar hamda ko'rgazmali va demonstratsion qurollar ilmiy asosga ega bo'lishi zarur.

Ma'ruzalar yuqori ilmiy-nazariy va metodik saviyada o'qitilishi lozim. Materiallar ilmiy jihatdan ishonchli, fikran mantiqiy va aniq holatda bo'lishi kerak. Ma'ruzaning olib borilishi kursantlarga asosiy tushunchalarni, ta'riflarni, qonunlarni va keltirib chiqarilayotgan formulalarni konspekt qilish imkoniyatini yaratish kerak. Berilayotgan materiallar avval o'tilgan materiallar bilan mantiqan bog'langan bo'lishi muhimdir. Kursantlarning mustaqil ishlashini faollashtirish va ijodiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida muammoli o'qitish elementlarini keng joriy etish kerak. O'quv vaqtini intensifikatsiya qilish maqsadida O'TV (O'qitishning texnik vositalari)dan va ko'rgazmali qurollardan foydalanish tavsiya etiladi. Ma'ruza materialini berishda imkoniyat boricha harbiy-amaliy savollarga katta e'tibor qaratilishi, shuningdek kursantlarning muhandislik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kerak.

Amaliy mashg'ulotlarning asosiy maqsadi ma'ruza darslarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash bo'lib, shuningdek, harbiy-amaliy masalalarni echishda, laboratoriya ishlarida olingan natijalarga ishlov berishda bilimlarni amaliy qo'llash ko'nikmasini rivojlantirish.

Har bir amaliy mashg'ulotda o'quv soatining ma'lum qismini kursantlarning mustaqil ishlari uchun ajratish lozim.

Laboratoriya mashg'ulotlari olingan nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, kursantlar eksperimental tadqiqot usullari yordamida olingan natijalarni tahlil qilish, ularni umumlashtirish, hisoblash texnikasi va asbob-uskunalar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Laboratoriya mashg'ulotlari belgilangan tartibda bajariladi. Laboratoriya mashg'ulotlaridan maqsad - kursantlarda tajribalar o'tkazish va olingan natijalar bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishdir. Mustaqil tayyorgarlik soatlarida kursant ishning maqsadi, uning bajarish tartibi, hisoblash formulalarini o'zlashtirish, asbob va qurilmalar bilan tanishish, shuningdek, laboratoriya ishlari jurnalini to'ldirishi talab etiladi. Laboratoriya ishini bajarishdan oldin, o'qituvchi kursantlarning nazariy va uslubiy jihatdan tayyorgarlik darajalarini aniqlashi shartdir.

O'qituvchi nazoratidan so'ng kursantlarga ishning eksperemental qismini bajarishiga ruxsat beriladi. Tajriba natijalari olingandan keyin kursantlar formulalar yordamida kerakli hisob-kitoblarni bajaradilar, nisbiy va absolyut xatoliklarni hisoblaydilar. Keltirib chiqargan natijalarini to'g'riligiga ishonch hosil qilingandan keyingina laboratoriya jurnaliga kiritadilar.

Kimyo fanining barcha mashg'ulotlarida fanning amaliy tavsifini, bo'laj ak ofitser kadrlarni

tayyorlashda uning o'rni va ahamiyatini ta'kidlash hamda ta'limning interfaol shakl va

metodlaridan keng foydalanish maqsadga muvofuqdir.

Mazkur mavzuni ma'lum darajada tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni bildirish

o'rinlidir:

1) O'qitishda asosan umumiy kimyoga va harbiy artelliya sohasiga bag'ishlangan adabiyotlardan foydalaniladi. Harbiy amaliy kimyoga doir adabiyotlarni ham yaratish zarati mavjud.

2) Artilleriya taktik qo'mondonligi mutaxasisiligi uchun maxsus В.П.Зеленский, Р.Н. Акиншин, В.Г. Дмитриев, Н.М. Марков, Ю.М. Перунов, Е.А. Старожук, В.К.Марьин, Б.М.Орлов kabi mualliflar adabiyotlaridan foydalanilib kelinmoqda. Mazkur adabiyotlar sohada benazir hisoblansa-da, 1999, 2005, 2013 yillarda chop etilgan. Ushbu adabiyotlar bilan bir qatorda yanada yangiroq, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini aks ettiruvchi adabiyotlarni yaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. M. Sh. Islamova "Harbiy tayyorgarliknin oshirishda kimyo va harbiy fanlar integratsiyasi: zarurat va natija" - CHOTQMBYU "Harbiy tayyorgarlikni oshirishda kasbiy va tabbiy fanlar integratsiyasi" - ilmiy uslubiy seminari materiallari Chirchiq 2021 yil 27 may 126-130 b.

2. ООН. Согласованная на глобальном уровне система классификации и маркировки химических веществ. Приложение 1. Установление элементов маркировки. Дата обращения: 1 марта 2013. (https://unece.org/DAMtrans/ danger/publi/ghs/ghs_rev05/Russian/ST-SG-AC10-30-Rev5r.pdf) стр. 644

3. Islamova M.Sh. - "Harbiy tayyorgarlikni oshirishda kimyo va harbiy kasbiy fanlar integratsiyasi: zarurat va natija" 2021 yil 27 may.127-232 bet.

4. А. М. Прохоров // Большой Энциклопедический словарь. - 2000. // Большой энциклопедический словарь / 1 изд.

5. Зельдович Я. Б., Компанеец А. С. Теория детонации. М.: Государственное издательство технико-теоретической литературы, 1955. 268 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.