Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA‟LIMDA KIMYO FANINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA YO„NALTIRIB O„QITISH (ERITMALAR MAVZUSI MISOLIDA)'

ZAMONAVIY TA‟LIMDA KIMYO FANINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA YO„NALTIRIB O„QITISH (ERITMALAR MAVZUSI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

11
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA‟LIMDA KIMYO FANINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA YO„NALTIRIB O„QITISH (ERITMALAR MAVZUSI MISOLIDA)»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

ZAMONAVIY TA'LIMDA KIMYO FANINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA YO'NALTIRIB O'QITISH (ERITMALAR MAVZUSI

MISOLIDA)

M. Sh. Islamova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dotsenti, p.f.f.d

(PhD), O'zbekiston

"Kimyo" fani bo'lajak Tank qo'shinlari taktik qo'mondonligi muhandisligi, Avtomobil bo'linmalari qo'shinlari taktik qo'mondonligi muhandisligi, Artilleriya taktik qo'mondonligi kabi qator yo'nalishlarda bo'lajak harbiy ofitserlarni tayyorlashda tayanch-fundamental va muhim yordamchi fanlardan biri hisoblanadi.

Mazkur fanni o'qitishda ta'lim jarayonini muammoli masalalar yechish, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar, aniq holatlarning yechimi bo'yicha mashqlar bajarish, mashg'ulot o'tish texnologiyalari, hisoblash, grafik, konstruktiv, sifat va miqdoriy masalalardan foydalangan holda tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Kimyo fanidan zamonaviy harbiy kasbga yo'naltirilgan harbiy kompetentlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompetensiyaviy yondashuvga yo'naltirilgan ta'lim jarayoni eritmalar mavzusi misolida ko'rib o'tamiz:

"Eritmalar" mavzusi harbiy va amaliy kimyo fanidan oliy harbiy ta'lim muassasalari va Temurbeklar maktablarida kursantlar uchun kimyoga doir beriladigan umumiy bilimlar majmuiga kiruvchi fundamental mavzulardan biri hisoblanadi. Kimyoviy bilimlar asosida oliy harbiy ta'lim tizimi kursantlarining harbiy-kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalariga doir olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarimiz natijalari shuni ko'rsatadiki, mazkur mavzuga doir berilayotgan bilimlar umumiy kimyoviy xarakter kasb etmoqda. Eritmalar mavzusini bevosita harbiy-kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish maqsadida aniq holat va qo'llanish yo'nalishlari, harbiy va favqulotda vaziyat holatlari bilan bevosita bo g' lab o'qitish talab etiladi. Bunda eritmalarning umumiy xarakteristikasi, konsentratsiya turlari va eruvchanlik ko'rsatkichlariga doir ma'lumotlarni harbiy sohada qo'llaniluvchi naxsus ertimalar xarakteistikalari, foiz konsentratsiyalari va qo'llash yo'nalishlariga bog'lab o'qitish kursantlarda mustahkam bilim va ko'nikmalar hosil bo'lishi bilan bevosita harbiy-kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Егкта deb erituvchi va erigan moddadan tashkil topgan hamda ular o'rtasida o'zaro fizik va kimyoviy jarayonlar bo'lib turadigan bir jinsli gomogen sistemaga aytiladi.

247

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Eritma tarkibini tashkil etuvchi komponentlar (eruvchi va erituvchi)nmg miqdoriy nisbatlari konsentratsiya deb ataladi. Eritmani quyidagi konsentrasiyalari mavjud: foiz, molyar, molyal, normal, titr.

Erituvchi va erigan modda molekulalardan iborat, bir-biri bilan fizik-kimyoviy aloqada bo'ladigan bir jinsli sistema eritma deyiladi.

Sistemalar 2 xil bo'ladi:

1. Mayin dispers sistema;

2. Dag'al dispers sistema.

Mayin dispers sistema - zarrachalarning o'lchamiga qarab: chin eritma-eritmada erigan madda zarrachalar o'lchami 1nm dan kichik bo'lgan eritma (NaCl, shakar eritmalari).

Kolloid eritma - eritmada erigan modda zarrachalari o'lchami 1nm-100 nm gacha kattalikda bo'lgan eritmalar kiradi. (H2SiO3, Fe(OH)3, H2SO4, oqsil eritmalari).

Dag'al dispers sistema - bunday eritmalarda zarrachalar o'lchami 100 nm dan katta bo'ladi. Dag'al dispers sistema ham 2 xil bo'ladi:

Suspenziya - suyuqlik muhitida qattiq modda zarrachalari tarqalgan eritmalar (loyqa suv bu - eritmada suv yani suyuqlik muhitida qattiq qum zarrachalari tarqalgan bo'ladi).

Emulsiya - suyuqlik muhitida suyuq moddalarning tarqalgan eritmalari. Eritmada miqdor ko'p bo'lgan modda yoki agregat holatini saqlab qolgan modda erituvchi deyiladi.

Eritmalar nafaqat kimyo, ishlab chiqarish va xalq xo'jaligi balki, harbiy sohada ham o'ziga xos o'rin tutadi. Misol uchun emulsion portlovchi moddalar olishda tarkibida 10-15 % suv va yonuvchi qo'shimchalar va mineral moylarni saqlovchi ammoniy nitrat NH4NO3(ammiak selitrasi)ning to'yingan eritmasidan foydalaniladi.

Moddalarning foizlari va to'yinish darajasi kimyoda turli holatlarda q o'llanish ehtimolini namoyon qiladi. Misol uchun nitroglitsirin C3H5N3O9 (og'ir moysimon rangsiz suyuqlik) o'ta zaharli, portlashga moyil modda bo'lib, portlovchi moddalar sanoatida keng qo'llaniladi. Biroq uning 0,5 mg saqlovchi 1%li spirtdagi eritmasi til ostiga tinchlantiruvchi tibbiy modda sifatida qo'llaniladi.

Tetranitrometan C(NO2)4 o'tkir hidli, og'ir rangsiz suyuqlik bo'lib, kimyoviy haydash jarayonida portlash xususiyatini mutlaqo namoyon qilmaydi, biroq uning ko'pchilik organik moddalar bilan turli foizlardagi aralashma(eritma)lari o'ta yuqori portlovchilik xossasini keltirib chiqarishiga olib keladi.

Kimyoni o'rganish orqali juda oddiy reaksiyalarda ham portlash va katta energiya chiqarish ehtimoli mavjud ekanligini tushunish qiyin emas. Xususan, endotermik oddiy birikmalar (hosil bo'lishi uchun energiya sarf qilingan moddalar)

248

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^Il

misol uchun atsetilen, ozon, xlor oksidlari va peroksidlari kabilar ana shunday birikmalar hisoblanadi. Deylik, C2H2ning 1 moli hosil bo'lishi uchun 227 kDj energiya sarflangan.

C2H2^2C+ H2 (+Q)

Demak, uning parchalanish reaksiyasi ham katta miqdordagi energiyaning ajralishiga olib keladi. Xuddi shu kabi 1mol O3 parchalanganda 142 kDj energiya ajralib chiqadi.

HNO3 nitrat kislotaning 60%-70% foizli eritmalariga nisbatan to'yingan eritma atamasi ishlatiladi. Chunki uning 95-98% eritmasi tutash xossasini namoyon qiladi.

Akkumulyator batareyalarining samarali ishlashini tashkil qilish uchun harbiylar uning elektrolit qopqog'i yuzasini 10%li nashatir spirti NH3*H2O (NH4OH) bilan artish lozim.

Zarin (C4Hi0FO2P - fosfororganik zaharlovchi modda), zoman (C7Hi6FO2 -olma

j2

va kamfor hidini beruvchi zaharli modda), tabun(C5HnN O2P - yoqimli meva ta'mli o'ta zaharli modda) singari moddalar bilan zaharlaganda harbiy texnika, transport va kiyimlarni degazatsiyalash jarayonida ammiakning 40% eritmasidan foydalaniladi.

Yuqoridagi kabi ma'lumotlarga tayanib, harbiy xizmatchilar uchun eritmalar va ularning konsentratsiyalari haqidagi bilimlarni o'zlashtirish nihoyatda o'rinli degan xulosaga kelish mumkin.

Reaksiya tenglamalariga binoan ularning kam yoki ortiqcha olinganligi ham eritmada erigan modda sifatida qolishini inobatga olib hosil b o'lgan va qolgan moddalar miqdorlarini topish, so'ngra esa eritmalarda ularning massa ulushlarini topish zarur. Lekin shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki ba'zi reaksiyalarda gaz ajralib chiqishi yoki cho'kmalar hosil bo'lishi ham mumkin. Ana shunday hollarda ularning massalari umumiy eritma massasidan chiqariladi.

Eruvchanlik - gazsimon, suyuq va qattiq moddalarning erigan holatga o'tishini ko'rsatadigan kattalik bo'lib, berilgan haroratda 100 g erituvchida erigan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu qiymat eruvchanlik koeffitsienti deb ham yuritiladi.

Mazkur mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash va harbiy-kasbiy kompetentlikni rivojlantirish maqsadida mashg' ulotda quyidagi mualliflik masalalarini ham taqdim etishni tavsiya etamiz:

1. Emulsion portlovchi moddalar olishda tarkibida 10-15 % suv, yonuvchi qo'shimchalar va mineral moylarni saqlovchi ammoniy nitrat (NH4NO3) ning to'yingan eritmasidan foydalaniladi. Ammoniy nitratning 250 g 30 % li eritmasini tayyorlash uchun necha g tuz va erituvchi kerak?

249

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

2. Akkumulyator batareyalarinining samarali ishlashini tashkil qilish uchun harbiylar uning elektrolit qopqog'i yuzasini 10 % li nashatir spirit (NH4OH) bilan artishadi. Nashatir spirt tarkibidagi ammoniy gidroksid konsentratsiyasini aniqlash uchun shu eritmani 150 g olib uni 5 % li sulfat kislota bilan neytrallanganda 420 g sarflandi. Ammoniy gidroksidning konsentratsiyasini (%) aniqlang.

3. Zarin (C4H10FO2P-fosfororganik zaharlovchi modda), zamon (C7H16FO2-olma va kamfor hidini beruvchi zaharli modda), tabun(C5H11N12O2P-yoqimli meva ta'mli, o'ta zaharli modda) singari moddalar bilan zaharlanganda harbiy texnika, transport va kiyimlarni degazatsiyalash jarayonida ammiakning 40 % eritmasidan foydalaniladi. Konsentratsiyasi 8,85 mol/l bo'lgan 144 g ammiak eritmasiga (p=0,94 g/ml) necha litr (n.sh.) NH3 shimdirilganda 30 % li eritma hosil bo'ladi?

4. To'yingan tarkibli eritmasi kuchli portlash hosil qiluvchi modda vodorod peroksidning 15 ml 2,5 M li eritmasidan qancha hajm (ml) 0,5 M li eritma tayyorlash mumkin?

Kimyo faidan yuqoridagi singari harbiy-amaliy mazmundagi mashq va malalarni ko'proq berish va amaliy mashg'ulotlarni mustahkamlash kursantlarda harbiy-kasbiy kompetentlikning rivojlanishiga samarali ta'sir etadi.

References / Adabiyotlar

1. M.Islamova Amaliy kimyo O'quv qo'llanma // Chirchiq OTQMBY 2023-y. x/r 1356/1 (guvohnoma 19.07.2023 №978-9943-6508-6-2) -178 b.

2. M.Islamova Kimyoviy bilimlar asosida harbiy kompetentlikni rivojlantirish Monografiya// CHOTQMBY bosmaxonasi, 5 nusxada, 2023, x/r №1352/1, -163 b.

3. M.Islamova Kursantlarda harbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik jihatlari Monografiya// CHOTQMBY bosmaxonasi, 5 nusxada, 2023, x/r №1353/3, -115 b.

250

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.