Научная статья на тему 'OSMOS VA TESKARI OSMOS HODISALARINI MAKTABDA O‘QITISHDA KLASTER METODI'

OSMOS VA TESKARI OSMOS HODISALARINI MAKTABDA O‘QITISHDA KLASTER METODI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1117
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
osmos / teskari osmos / bug` bosimi / bosim / eritma / konsentratsiya / radius / pora / yarim o`tkazuvchi membrana / ion / osmosis / reverse osmosis / vapor pressure / pressure / solution / concentration / radius / bribe / semiconducting membrane / ion.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilshoda Orti Qizi Shirinova, Ruzumboy Abdullayevich Eshchanov

Ushbu maqolada osmos va teskari osmos hodisalari tabiatda, organizmda uchrashi va kundalik turmushda ishlatilishi va uning mohiyati o`quvchilarga tushuntirib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article explains to students how osmosis and reverse osmosis are used in nature, in the body and in everyday life.

Текст научной работы на тему «OSMOS VA TESKARI OSMOS HODISALARINI MAKTABDA O‘QITISHDA KLASTER METODI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

OSMOS VA TESKARI OSMOS HODISALARINI MAKTABDA O'QITISHDA

KLASTER METODI

Dilshoda Orti qizi Shirinova

Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti o'qituvchisi

Ruzumboy Abdullayevich Eshchanov

Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti professori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada osmos va teskari osmos hodisalari tabiatda, organizmda uchrashi va kundalik turmushda ishlatilishi va uning mohiyati oquvchilarga tushuntirib berilgan

Kalit so'zlar: osmos, teskari osmos, bug' bosimi, bosim, eritma, konsentratsiya, radius, pora, yarim otkazuvchi membrana, ion.

ABSTRACT

This article explains to students how osmosis and reverse osmosis are used in nature, in the body and in everyday life.

Keywords: osmosis, reverse osmosis, vapor pressure, pressure, solution, concentration, radius, bribe, semiconducting membrane, ion.

KIRISH

Osmos (yunoncha osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi orasida yoki konsentratsiyasi turlicha bo'lgan ikki eritma orasida qo'yilgan yarim o'tkazgichli parda orqali o'tish hodisasi. Erituvchi (masalan, suv) osmos tufayli suyuqroq eritmadan quyuqroq eritmaga o'tadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yo'qotib, sistemani muvozanat holatiga k eltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748-yilda A. Nolle kuzatgan[1].. Nolle tubi mol pufagi bilan bekitilgan shisha nayga qand eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orqali suv kirib, naydagi suyuqlik ko'tarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga o'tishi ma'lum bosim (osmotik bosim) tufayli sodir bo'ladi. Suyuqlik nayda ma'lum balandlikka qadar ko'tariladi; naydagi suyuklikning gidrostatik bosimi osmotik bosimga tenglashsa, suyuqlik ko'tarilishdan to'xtaydi. Bu balandlikning kattaligi osmotik bosimning o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Osmos

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

hajmi cheklangan suyuqlikning ichki tomoniga yo'nalgan bo'lsa, endosmos, tashki tomoniga yo'nalgan bo'lsa, ekzosmos deyiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI VA METODOLGIYA

Osmosni harakatlantiruvchi kuch sifatida, suyuqlik ichki bug' bosimini tushuntirish maqsadga muvofiq, maktab o'quvchisi erituvchi va eritmalarni ichki bug' bosimi to'g'risida tushunchaga ega, ya'ni erituvchining ichki bug' bosimi eritmadagi erituvchi bug' bosimidan kattaligini biladi, chunki erigan modda erituvchi ichki bug' bosimini kamaytiradi. Agar erituvchi va eritma orasida yoki konsentratsiyasi turlicha bo'lgan eritmalar orasida yarim o'tkazgich parda joylansa, erituvchi konsentratsiya kam tomondan yuqori konsentratsiyali eritma tomon o'ta boshlaydi, buning sababi past konsentrasiyali eritmada erituvchi ichki bug' bosimi kattaligini membrananing ichki bug' bosim kam tomoniga o'tishini taminlaydi. Yarim o'tkazgich parda osmosni harakatlantiruvchi kuchi emas, balki ma'lum o'lchamli teshiklardan tashkil topgan to'siq vazifasini bajaradi. Suvning membranadan o'tishini suyuqlik ichki bosimi boshqaradi.

Yarim o'tkazuvchi pardalarni polimer materialdan (masalan, kollodiydan) yoki iviqsimon cho'kindilardan (masalan, mis ferrotsianid Cu2[Fe(CN)6] cho'kmasidan) yoki hayvonlarning yarim o'tkazgich pardalaridan foydalanish mumkin[2]. Suv o'tkazadigan va suvda erigan boshqa ko'plab moddalarni o'tkazmaydigan membranalarning oddiy va taniqli misollari teri, pergament va boshqa hayvon va o'simlik to'qimalaridir. Osmos hodisasi o'simlik va hayvonlarning organizmida nihoyatda katta ahamiyatga ega, agar hujayra bosimi bilan teng bosimli eritma olsak izotonik eritma, eritmaning bosimi hujayra ichki bosimidan katta bo'lsa gipertonik, eritmaning bosimi hujayra ichki bosimidan kichik bo'lsa gipotonik eritma deyiladi.

-W

Eritrotsitlarning eritma bilan o'zaro ta'siri ularning osmotik bosimiga bog'liq[3].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

Agar hujayra tashqarisidagi eritmaning konsentratsiyasi hujayra ichidagi konsentratsiyadan past bo'lsa, hujayra tashqarisidagi suyuqlik hujayra ichiga sizib o'tib hujayra membranasini yorib yuborishi mumkin. Aynan shu sababdan tomir ichiga yuborish uchun mo'ljallangan natriy xlor eritmasini osmotik bosimini muvozanatlashtirish uchun izotonik eritmalari tayyorlanadi. Agar qonga natriy xloridning juda konsentrlangan eritmasi (3-10%, gipertonik eritmalar) kiritilsa, hujayralardan suv chiqadi va ular qisqaradi. Hujayradan suv ajralib chiqishi plazmoliz, qisqarib qolgan hujayralarni mos ravishda suyultirilgan eritmaga tushirilganda sodir bo'ladigan teskari jarayon (o'z holiga qaytishi) deplazmoliz deyiladi. Eritma natijasida hosil bo'ladigan osmotik bosim kattaligi erigan moddalarning kimyoviy tabiatiga emas, balki miqdoriga bog'liq.

Osmotik bosimni o'lchash usullari va texnikasi haqidagi ta'limot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, o'simlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning osmotik bosimi ularning suyuq muhitida erigan moddalarning konsentratsiyasiga bog'liq. Osmotik bosim turg'unligi suv-tuz almashinuvi bilan ta'minlanadi. O'simliklardagi osmotik bosim ularning o'sish sharoitiga bog'liq

NATIJALAR

Osmos jarayoni membranadan ajratilgan eritmalardagi konsentratsiyalarini tenglashtirishdagi suvning xususiyatiga asoslangan. Bu membrananing teshiklari shunchalik kichikki, ular orqali faqat suv molekulalari o'tishi mumkin. Agar bunday gipotetik idishning bir qismida kontsentratsiya oshsa, idishning ikkala qismidagi suyuqlik konsentratsiyasi teng bo'lmaguncha u yerga suv oqa boshlaydi. Erigan moddalar daraxt tanasida ko'tarilishini noto'g'ri tahlil qiladi. Osmotik bosim suvni o'simlik tanasida ko'taradi deb tushuntiradi, vaholanki, o'simliklarda suv va erigan moddalarning daraxt tanasiga ko'tarilishi ho'llash, kapilyarlik va sirt taranglik bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Kapilyardagi suyuqliklarning hujayralararo taqsimlanish hodisasini osmos jarayoni tushintiradi. Osmotik bosim organizm ichida muhim omil bo'lib, ularning turli qismlari orasida suv taqsimotini belgilaydi. O'simlik va organizmidagi ho'llash va kapilyarlik hodisasini ko'pchilik osmotik bosim bilan adashtiradi, ya'ni o'simliklarda suv va erigan moddalar daraxt tanasida ko'tarilishini noto'g'ri tahlil qiladi. Osmotik bosim suvni o'simlik tanasida ko'taradi deb tushuntiradi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

Teskari osmos- osmos jarayonining aks talqini bo'lib, konsentratsiya kam tomonga erituvchi(odatda suv)ning yarim o'tkazgichli membrana orqali o'tishi hisoblanadi. Bunday holda ham membrana erituvchining o'tishiga imkon beradi, lekin unda erigan ba'zi moddalarga yo'l qo'ymaydi. Osmos hodisasida erituvchining ichki bug' bosimi katta tomondan kichik tomonga membranadan oz-ozicha otadi, teskari osmos jarayonida konsentratsiya katta tomonda eritma bosimi ko'rsatgichi osmos bosimi ko'rsatgichidan bir necha barobar tashqi ta'sir (nasos) yordamida oshiriladi natijada erituvchi konsentratsiya katta tomondan kichik tomonga ya'ni toza suv tomon o'ta boshlaydi, bu hodisa teskari osmos hodisasing asosini tashkil qiladi.

Teskari osmos 1970 -yillardan boshlab suvni tozalash, dengiz suvidan ichimlik suvi olish, tibbiyot, sanoat va boshqa ehtiyojlar uchun juda toza suv olish uchun ishlatilgan. Teskari osmos ham kontsentratlar ishlab chiqarishi mumkin, masalan sharbatlar olishda[4].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

Teskarí osmos - suvni tozalash va tayyorlashning eng istiqbolli va keng qo'llaniladigan usullaridan biri. Teskari osmos birligi 0,001-0,0001 mikronli zarrachalarni suvdan tozalashga qodir. Bu diapazonga qattiqlik tuzlari, sulfatlar, nitratlar, natriy ionlari, kichik molekulalar, bo'yoqlar kiradi.

Teskari osmos tizimi yordamida suvni tozalash darajasi uni distillangan suvga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, membrana suvda erigan kislorod molekulalarini o'tkazadi, bu esa uning sifatini yaxshilaydi.

Teskari osmos 1970 -yillardan boshlab suvni tozalash, dengiz suvidan ichimlik suvi olish, tibbiyot, sanoat va boshqa ehtiyojlar uchun juda toza suv olish uchun ishlatilgan. Teskari osmos ham kontsentratlar ishlab chiqarishi mumkin, masalan sharbatlar olishda.

Teskari osmos - suvni tozalash va tayyorlashning eng istiqbolli va keng

qo'llaniladigan usullaridan biri. Teskari osmos birligi 0,001-0,0001 mikronli

zarrachalarni suvdan tozalashga qodir. Bu diapazonga qattiqlik tuzlari, sulfatlar, nitratlar, natriy ionlari, kichik molekulalar, bo'yoqlar kiradi.

XULOSA

Shunday qilib, teskari osmos tizimi - bu yuqori darajada tozalangan ichimlik suvini olish qobiliyatini ta'minlaydigan qurilmalar majmui. Yaqin vaqtgacha bunday tizimlar, asosan, sanoatda, umumiy ovqatlanish korxonalarida, sog'liqni saqlash muassasalarida va boshqalarda ishlatilgan.

Teskari osmos tizimi yordamida suvni tozalash darajasi uni distillangan suvga yaqinlashtiradi. Shu bilan birga, membrana suvda erigan kislorod molekulalarini o'tkazadi, bu esa uning sifatini yaxshilaydi.

Teskari osmos hodisasi umum ta'lim maktablarida oqitilmaydi ,biroq hozirda bu hodisa asosida suv tozalovchi qurilmalar har bir xonadonga kirib bormoqda ,shuning uchun bu mavzuni osmos mavzusiga klaster asosida singdirib o qitish

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 990 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-986-991

oquvchilarda osmos va teskari (revers)osmos tushunchalarini batafsil tushunish, ozlashtirish imkonini kengaytiradi.

REFERENCES

1.Беляев А. П. Физическая и коллоидная химия : учебник / Под ред. А. П. Беляева. - 2-е изд. , перераб. и доп. - Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2012. - 752 с. -ISBN 978-5-9704-2206-9

2. Nargiza Norqulovna Eshniyoza/Kimyo mashg'ulotlarida yordamchi dasturli vositalardan foydalanish/ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, VOLUME 2/ISSUE 9/Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-566-570/ 566-b

3. Ершов Ю. А., Попков В. А., Берлянд А. С. Общая химия. Биофизическая химия. Химия биогенных элементов. - М., Высшая школа, 1993. - ISBN 5-06-002170-X. - с. 540-541].

4. В.В. Волков1, Б.В. Мчедлишвили2, В.И. РолдугинЗ, С.С. Иванчев4, А.Б. Ярославцев5, Мембраны и нанотехнологии, стр 67].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.