Научная статья на тему 'TABIIY FANLAR (FIZIKA VA KIMYO)NI О‘QITISHDA TALABAYOSHLARNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI'

TABIIY FANLAR (FIZIKA VA KIMYO)NI О‘QITISHDA TALABAYOSHLARNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

176
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talim-tarbiya / madaniyat / vatanparvar / fizika / kimyo / ma‟ruza / laboratoriya / amaliy mahg‟ulot / neft-gaz / fotokimyoviy reaksiya.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Baynazar Elmuradov, Baxodir Abdusamatovich Mirsalixov, Shovkat Nigmatjanovich Saytdjanov

Ushbu maqolada fizika va kimyoni o‟qitish jarayonida talaba-yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY FANLAR (FIZIKA VA KIMYO)NI О‘QITISHDA TALABAYOSHLARNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI»

TABIIY FANLAR (FIZIKA VA KIMYO)NI O'QITISHDA TALABA-YOSHLARNI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Baynazar Elmuradov

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti

Baxodir Abdusamatovich Mirsalixov

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti

Shovkat Nigmatjanovich Saytdjanov

Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi saytdjanov123@mail.ru

Ushbu maqolada fizika va kimyoni o'qitish jarayonida talaba-yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: talim-tarbiya, madaniyat, vatanparvar, fizika, kimyo, ma'ruza, laboratoriya, amaliy mahg'ulot, neft-gaz, fotokimyoviy reaksiya.

Hozirgi tahlikali davrda talaba-yoshlarni tarbiyalash dolzarb masala bo'lib qolmoqda. "Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi", deyishadi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ayniqsa bu pandemiya davrida ko'zga tashlanib qolishi mumkin. Barchamizga ayonki hozirgi kunda dunyo miqyosida raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya kabi xavf -xatarlar kuchayib, odamlar asrlar davomida amal qilib kelgan e'tiqodlar, milliy qadriyatlarga putur yetkazmoqda.

Respublikamizdagi islohotlardan biri talaba-yoshlar masalasi dolzarb muammalardan biridir. Mustaqillik yillarida talaba-yoshlarni ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Madaniyat bu arabcha so'zdan olingan bo'lib, ta'lim -tarbiya degan ma'noni anglatadi. Salom berish madaniyati, kiyinish

ANNOTATSIYA

KIRISH

February, 2022

madaniyati, ovqatlanish madaniyati vahokazolar, bularning hammasi ta'lim-tarbiyaga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Prezident Shavkat Miromonovichning BMT Bosh Assam-bleyasi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida mamlakatimizda ilm-fan va ta'limni rivojlantirish zamonaviy kadrlar tayyorlash bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani va yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun - mohiyati, O'zbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar huquq manfaatlarini ta'minlash borasidagi faoliyati haqida va har bir chiqishlarida yoshlarga katta e'tibor bilan so„z yuritdi[1,2].

Yoshlarni tarbiyalashda u o'rta ta'lim maktabidami, o'rta maxsus kasb hunar talimidami, oliy ta'lim muassasasidami har qanday fanning o„z o'rni bor. Shu jumladan, fizika va kimyo fanlarining ham talaba-yoshlarni ma'naviy, axloqiy va aqliy tarbiyalashda ahamiyati juda katta. Respublikamizda fizika va kimyo sanoatining o'rni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari, neft va gazning xalq xo'jaligida, ayniqsa polimer va plastmassalar transport sohalarida ishlatilishi talaba-yoshlarga ma'naviy, axloqiy, aqliy tarbiyaga bog'lab tushuntirib beriladi[3,4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fizika va kimyo fanining o'qitilishida ma'ruza, amaliy va laboratoriya ishlari o'tkazilishi talaba-yoshlarni ushbu fanlarga bo'lgan qiziqishini oshirish, vatanga bo'lgan mehrini kuchaytirish, olingan mahsulotlarni avtomobil va boshqa transportlarda ishlatilishi tushuntirilib, tarbiyaviy ishlar bilan birga olib boriladi. Talaba-yoshlarga bunday tarbiyaviy ishlarni singdirib borishda ustoz-murabbiylarning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi[3].

Talaba yoshlarni o'qitishda keyingi yillarda eng global muammolardan biri bo'lgan "ekologik" muammosini, Eynshteynning fotokimyoviy jarayonlar to'g'risidagi "Kvant ekvivalentlik qonuni"ga ko'ra fotokimyoviy reaksiyalarning sodir bo'lishi, gaz qonunlari, kimyoning asosiy qonunlaridan "Moddalar massasining saqlanish", "Tarkibning doimiylik", "Karrali nisbatlar", "Avagadro" va "Ekvivalentlar" qonunlari hayotga bog'lab, tarbiyaviy ahamiyati juda keng ekanligi tushuntiriladi[4,5].

Talaba yoshlarni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga kutarildi. Yoshlar O'zbekistonning eng katta kuchi, ular Yangi O'zbekiston poydevorini quradigan yoshlardir. Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

326

el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg'usi bilan yashaydigan yoshlarimiz shundagina vatanimiz ravnaqiga ravnaq qo'shadilar. Talaba-yoshlarda quyidagi komillik elementlari bo'lmog'i lozim: 1. Ilmiy dunyo qarash. 2.Vatanni sevish, 3. O'zidan kattalarni hurmat qilish, 4. Kiyinish madaniyati. 5. Atrof muhitga hushyor munosabatda bo'lishi. 4. Ovqatlanish odobi va boshqalar.

Talaba-yoshlar havo, suv, tuproq va oziq mahsulotlarining qadr - qimmatini anglashi, ularni asrab - avaylashi va kimyoviy jihatdan maqsadga muvofiqligini anglab olishi uchun fizika va kimyo fanlari va uning texnologiyasi katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ozoda kiyinish uchun yuvish vositalari va atur - upa hamda har xil sovunlar xizmati darkor. Iste'mol qilinadigan oziq mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va plastik hamda energetik qiymatini anglash uchun ham kimyoning yordami zarur. Atrof muhit musaffoligini ta'minlash uchun ham kimyoviy vositalar kerak[4].

Kiyim - kechak, uy - joy va insonning maishiy turmush sharotida fizika va kimyoning xizmati beqiyos. Lok-bo'yoqlar, dori vositalari, tabiiy va sun'iy hamda sintetik vositalarni kimyoning aralashuvisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Fizika va kimyoning yordamisiz sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, elektr energiya va qurilish, tibbiyot va farmatsevtika rivojlanmaydi. Yoshlarning xizmatiga yaraydigan elektron qurilmalar, qog'oz va boshqa o'quv vositalari, katta-kichik zaruriy tovarlar fizika va kimyoning mahsulotlari[5,6].

Zamonaviy odamlarning turmush tarzi va madaniyati, axloq-odobi va moddiy farovonligi fizika va kimyoning yordamisiz to'laqonli va to'kis bo'lmaydi. Kimyosiz pardoz-andoz ham, madaniy turmush tarzi ham kemtik bo'ladi.

Kimyoviy modda va materiallarsiz odamlarning turmush tarzi va madaniyati, to'qligi va farovonligi yetarli bo'lmaydi. Keyingi vaqtda fizika va kimyoviy dizayn yordamida shahar va qishloqlarning husni ortib, kishilarning madaniy darajasi yaxshilanmoqda. Insonlar sog'lom turmush tarzini kimyoviy komponentlar bezaydi va to'ldirib turadi hamda ular beminnat xizmat qiladi.

Insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, zeb-ziynatga bo'lgan talablarini to'la qondirishga ularning moddiy va ma'naviy saviyasini oshirishda hamda talaba yoshlarni zamon talabi darajasida tarbiyalashda fizika va kimyo fanlari samarali xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda inson hayotining biror sohasini ham fizika va kimyoning yordamisiz tasavvur qilish qiyin.

XULOSA

February, 2022

REFERENCES

1. O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi. Nyu-York. 2017 yil 19 sentabr.

2. O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Kamolat" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. 2017 yil, 30 iyun.

3. Sh.N. Saytdjanov., B.A. Mirsalixov. "Tarbiya - inson hayotida muhim omilidir". Talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammolari (Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallati) 24-25 noyabr, 2018 yil. 22-24 bet.

4. X. Shoxidoyatov, H.S Tojimuxamedov, Organik kimyo. -Toshkent, 2016 yil.

5. B. Elmuradov. Kimyodan 3700 qiziqarli savol javoblar -Toshkent, 2013 yil.

6. Ю.Е. Махмудов, С.Ю. Махмудова. "Физикадан кашфиётлар ва ихтиролар саволлар жавоблари билан (Заковат калити)". T.:DIZAYN-PRESS, 2013.-184

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.