Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA TARBIYA ASOSIY OMIL SIFATIDA'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA TARBIYA ASOSIY OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiylashuv / ijtimoiy faollik / tarbiya / pedagog / axloqiy tarbiya / diskret(uzlukli) jarayon / integratsiyalashuv / ijtimoiy hodisa / individual.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xoldarova Irodaxon Valijonovna, Xolmatova Gulabzaxon

Maqolada tarbiyaning kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijtimoiylashuvidagi ahamiyati va tarbiya ijtimoiylashuv omili ekanligi to’g’risidagi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA TARBIYA ASOSIY OMIL SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA

TARBIYA ASOSIY OMIL SIFATIDA 1Xoldarova Irodaxon Valijonovna, 2Xolmatova Gulabzaxon

1FarDU filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PHD),dotsent, 2FarDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11061340

Annotatsiya. Maqolada tarbiyaning kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ijtimoiylashuvidagi ahamiyati va tarbiya ijtimoiylashuv omili ekanligi to'g'risidagi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiylashuv, ijtimoiy faollik, tarbiya, pedagog, axloqiy tarbiya,diskret(uzlukli) jarayon,integratsiyalashuv,ijtimoiy hodisa,individual.

AHHoma-ция. В статье освещается значение образования в социализации учащихся младшего школьного возраста и рассматриваются вопросы образования как фактора социализации.

Ключевые слова: социализация, социальная деятельность, образование, педагог, нравственное воспитание, дискретный (непрерывный) процесс, интеграция, социальное явление, личность.

Abstract. The article highlights the importance of education in the socialization of students of junior school age and the issues of education as a factor of socialization.

Keywords: socialization, social activity, education, pedagogue, moral education, discrete (continuous) process, integration, social phenomenon, individual.

Inson va jamiyatning o'zaro ta'sirining natijasi ijtimoiylashuv jarayonidir. Shaxs ma'lum bir jamiyatga kirganda, o'sha jamiyatning qoidalariga bo'ysunishga majbur bo'ladi. Ya'ni, jamiyat unga ta'sir qiladi. Ammo shaxs ham keyinchalik o'zining boshqa jamiyatlarda orttirgan bilimi, tajribasini bu jamiyatga ham olib kira boshlaydi va o'z navbatida shaxs ham jamiyatning o'zgarishi, takomillashishiga ham ta'sir qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni butun umri davomida davom etadi, chunki jamiyat doimo rivojlanishda bo'lib, doimiy o'zgarishlar va yangilanishlarni sinab ko'radi. Jamiyat ichidagi insonlar ham bu yangilanishlarga moslashishga majbur. Aks holda boshqa jamiyatlarga ketish yoki ajralib chiqishlariga to'g'ri keladi. Hozirgi XXI asrdagi jamiyatlarning ko'pchiligi oldingi davrlardan ko'ra ancha tolerantroq va bag'rikengroq. Yosh avlodni jamiyatda o'z o'rni va o'z pozitsiyasida tura olishi uning maktab va oilada rivojlantirilgan ijtimoiylashuv jarayoniga ko'p jihatdan bog'liq.

Hozirda boshlang'ich ta'lim tizimining asosiy vazifalari o'quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash maqsadida ularga mustaqil fikrlash, o'zligini anglash, bilimlami o'rganishda, maktabda va maktabdan tashqari ishlarda faollik, boy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizni o'rgatish, o'z shaxsidagi "men"ini tanitish, yuksak axloqiy fazilatlar va estetik ruhda tarbiyalashdan iborat.

Kichik maktab yoshidagi bola shaxsining ijtimoiy faolligini rivojlantirish maktab ta'limini modernizatsiya qilishning strategik yo'nalishlaridan biridir. Kichik maktab yoshi 7 yoshdan 11 yoshgacha davom etadi. Bola rivojlanishining ijtimoiy holati jiddiy o'zgarishga uchraydigan bosqichi. Bu davrda u maktabga ya'ni ta'lim dargohiga chiqadi va uning zimmasiga ma'lum qoidalarga amal qilish, vazifalarni bajarish kabi ma'suliyatlar tushadi. Ijtimoiylashuvda muhim odamlar sifatida tengdoshlarning ahamiyatini ham ta'kidlab o'tmoq kerak. Tengdoshlar shaxsiyat ijtimoiylashuvsining alohida agentlari sifatida ajralib turadi. Nima uchun ular bolaning rivojlanishi uchun juda muhim? O'spirin va undan katta yoshdagi odam o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ehtiyoj sezadi. Bu kattalar tomonidan emas, balki tengdoshlar tomonidan to'liq ta'minlanishi mumkin. Shu sababli, qiziqish guruhlari shakllantirilib, ularda shaxsiyat rivojlanishda davom etadi. Ba'zi bolalar sinflar ichida o'ziga o'xshagan do'stlar bilan tez til topishishadi, bunda ularning o'zaro qiziqish, dunyoqarashlarining mos kelishi sabab.Ota-onalar bolani noto'g'ri sozlangan submultural guruhlar ta'siriga tushib qolmasligi uchun boshqarishi kerak. Pedagog esa ota-onalarga nisbatan kichik maktab yoshidagi bola shaxsiyatini rivojlantirishga juda katta ta'sir kuchiga ega. Pedagogning har bir o'rgatgan bilimlarini kichik maktab yoshidagi bolalar tomonidan haqiqatligiga ishonishlik, ularga taqlid qilishlik, topshirilgan vazifalarni mehr va muhabbat bilan bajarishlik kabi psixologik xususiyatlar boshlang'ich ta'limning muhim shartlaridan biridir. Shu bilan birga, ushbu xususiyatlar bolalar tarbiyasidagi ilk axloqiy va madaniy sifatlarning shakllanishi bilan bog'liq jarayon hisoblanadi.

Tarbiya — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o 'stirish,uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'Iida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir.Tarbiya tamoyili insonning mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan.So'nggi o'n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o'zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o'zgarishi sababli bu muammoga alohida e'tibor qaratish lozim.Shu bilan birga ba'zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o'rganishadi. Ba'zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To'rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo'lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya'ni inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo'ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo'ladi. Bunga uning ko'p ma'noliligini sabab qilib ko'rsatsak bo'ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta'sir,o'zaro munosabat sifatida ko'rib chiqsak bo'ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini to'liq ochib bera olmaydi. Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo'lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta'rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan.

A.V.Mudrik quyidagi ta'rifni ilgari suradi:

Tarbiya-insonning jamiyatga ko'nikishiga ko'maklashuvchi va bu ko'nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta'rif to'liq to'g'ri hisoblanmaydi. Bu faqat muallifning nuqtai nazarini aks ettiradi.

Ijtimoiy omillarni insonga ta'sir ko'rsatishining tarkibiy qismi bo'lgan tarbiya o'z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari yo'naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta'sir qiluvchi boshqa omillar muhit, OAV, madaniyatlar inobatga olinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o'z o'rniga ega hamda boshqa omillarning o'rnini to'ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta'siri vaqt o'tgan sari o'zgaradi. Bola qanchalik kichik bo'lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko'p ta'sir ko'rsatadi. Vaqt o'tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta'siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon-o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o'z shaxsini mukammallashtirish, o'z-o'zini rivojlantirish bo'yicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma'lumki, o'z-o'zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o'z-o'zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir.. SHuning uchun o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho'ziladi. Tarbiya o'z-o'zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an'analar, OAV, maktab jamoasi, do'stlar, bolalar bog'chasi va boshqalar) ijobiy ta'siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta'siri qanchalik turli bo'lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil bo'ladi. Bola sotsium tomonidan qabul qilingan xulq-atvor me'yorlarini qabul qilishi bilan bir qatorda oz navbatida bola o'zining ham individual xususiyatlarini sotsiumga qo'shib borishi mumkin va bu jarayon bolaning jamiyatga integratsiyalanishi deb ataladi.Bu jarayonlar spontan, stixiyali va tartibsiz holda amalga oshirilishi va aksincha boshqarilib, ma'lum maqsadga yo'naltirilib ham borilishi mumkin. Bu jarayon esa tarbiyalash deb ataladi. Bolaning ongli, faol va mustaqil faoliyati esa o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni deb ataladi. Jamiyatdagi barcha mutaxassislarning va tarbiyachilarning harakatlari bolaning ijtimoiy adaptatsiyalanishiga qaratilgan. Shuni ham aytib o'tish kerakki,bola tarbiyani avvalo oiladan oladi,demak dastlabki ijtimoiylashuv jarayonida aynan oila muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga yaqqol misol qilib quyidagilarni ayta olaman: "Markaziy Amerikada yashovchi Yagua qabilasini o'rgangan etnograf olim P.Fexosning ma'lumotiga ko'ra, bu qabilada go'dak yura boshlashi bilan onasi uni o'ziga xos jamoani tashkil qilgan tengdoshlariga qo'shib qo'yardi. Go'dakni ota-onasi emas, balki katta farzandlar gapirishga, shaxsiy gigienaga amal qilishga o'rgatishar, atrof-muhit bilan tanitishar edi. Turli yoshdagi bolalarning o'ynashlari ijtimoiylashuvning muhim vositasi sifatida namoyon bo'lardi. Moboda, favqulodda hodisa ro'y bermasa ota-ona bu jarayonga kam aralashar, bolani tajriba orttirishga undardilar." Ko'rinib turibdiki,oiladagi beriladigan tarbiyaning o'rni bola shaxsining rivojl anishi,ijtimoiylashuvida ahamiyatli.

Boshlang'ich sinf ''Tarbiya'' darsligining o'quvchi ijtimoiylashuvidagi ahamiyati juda yuqori. Tarbiya fani o'quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko'maklashish, samarali hamkorlik qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma'naviy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o'zlarining intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilarga sifatli bilim berish, ularni to'g'ri tarbiya yo'liga yo'naltirish, zarur bilim va hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlariga, mustaqil hayotga moslashishlariga ko'mak ko'rsatish, turli vaziyatlarda huquqiy, ma'naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy bezatilgan, qiziqarli va psixologik-pedagogik materiallarga boy. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya darsligidagi mavzular o'quvchilar yoshiga mos,hamda o'quvchining ijtimoiy muhitga moslashishida ham ahamiyat kasb etadi. Bu darslik orqali o'quvchilar o'z-o'zlarini ijtimoiy tizimga tayyorlash, jamiyat bilan muloqotda bo'lish va jamiyatning qoidalari va qo'llanmalari bilan tanishishadi.Bu o'quvchilarga quyidagi maqsadlarni kuzatishga yordam beradi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

1. O'quvchilarning shaxsiylik rivojlantirish: ''Tarbiya'' darsligi orqali o'quvchilar o'z-o'zlarini ijtimoiy tizimga qanday qilib tayyorlashi, boshqa insonlar bilan muloqotda bo'lishi, qoida va tartibga rioya qilishni o'rganadi. Bu esa ularning shaxsiylik rivojlantirishiga yordam beradi.

2. Hamkorlik va jamoatda ishtirok etishni o'rganish: ''Tarbiya'' darsligi orqali o'quvchilar hamkorlik qilish, guruhda ishtirok etish va jamoatda birgalikda faoliyat ko'rsatishni o'rganadi. Bu jarayonlar orqali ular jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar va mahoratni rivojlantirishadi.

Demak xulosa qilib aytishimiz mumkinki,bolaning ijtimoiylashuvida tarbiyaning ham alohida o'rni bor.Avvalo oiladagi tarbiya ,so'ngra maktabga qadam qo'ygandan keyin pedagog tomonidan beriladigan tarbiya.Chunki kichik yoshdagi o'quvchilar yangi sharoitlarga moslashish jarayonida asosiy ijtimoiylashuv agenti o'qituvchisi hisoblanib, bola ba'zan ota-onasidan ham ko'proq u bilan ko'proq muloqot qiladi. Shuning uchun ham biz pedagoglardan o'z kasbimizga mas'uliyat bilan yondashib va har bir o'quvchini o'z farzandimizdek ko'rib, kelajagiga befarq bo'lmasligimiz zarur.

REFERENCES

1. A.A. AXMEDOV. IJTIMOIY PEDAGOGIKA/ [Matn]: o'quv qo'llanma / Amin Axmedov - Buxoro : "BUXORO DETERMINANT?' MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 244 b.

2. Alijon Karimjonov, Fariddun Ochilov —Boshlang'ich sinflarda ta'lim tarbiya muammolarill Toshkent-2020 Ta'lim taraqqiyoti.

3. Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to'plami

4. Boshlang'ich sinf "Tarbiya" darsliklari.

5. Golovanova N.F., Boshlang'ich sinf o'quvchisini ijtimoiylashtirish pedagogik muammo sifatida. - SPb .: Maxsus adabiyotlar, 1997. S. 17.

6. Ne'matova Flora Baxtiyorovna "Ijtimoiy pedagogika" "Fan va ta'lim" nashriyoti Buxoro-2022.

7. Nodira Egamberdieva —Ijtimoiy pedagogikalToshkent -2009

8. N.D.Qosimova O'smirlar ijtimoiylashuvida ibrat ijtimoiy psixologik xususiyatlarining ahamiyati. Diss..., T., 2010. 27-b

9. K.Turg'unboyev,M.Tolipov,I.Oxunov "Ijtimoiy pedagogika asoslari" Toshkent-2008 .

10. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003.

11. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. - Toshkent, O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

12. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. 2008

13. V Usmanova, Y.V Risyukova 1-sinf uchun darslik Tarbiya .Toshkent-2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.