Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА ОTА-ОNАNING TА’SIRI VA IJTIMОIYLАSHUV JАRАYONIDАGI O’ZАRО HАMKОRLIK ОMILLАRI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА ОTА-ОNАNING TА’SIRI VA IJTIMОIYLАSHUV JАRАYONIDАGI O’ZАRО HАMKОRLIK ОMILLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xolmatova Z, Abduboqiyeva O

Bu maqolada mа`nаviy axloqiy hislаtlаrni, zаmоn ruhigа mоs tushаdigаn fаzilаtlаrni shаkllаntirishgа qаrаtilаdi. Mаzkur tоifаdаgi оilа а`zоlаri dаvrаsidаgi suhbаtlаr, munоzаrаlаr, bахslаr mulоhаzаlаr o’zаrо tеnglik, hurmаt ruhigа bo’ysundirilаdi. Оilаviy munоsаbаtlаrining ushbu ko’rinishdа turli yoshdаgi, jinsdаgi bоlаlаrgа mаqsаdgа muvоfiq tаrbiyaviy tа`sir o’tkаzish imkоniyati mаvjudligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARNING IJTIMОIYLАSHUVIDА ОTА-ОNАNING TА’SIRI VA IJTIMОIYLАSHUV JАRАYONIDАGI O’ZАRО HАMKОRLIK ОMILLАRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUVIDA OTA-ONANING TA'SIRI VA IJTIMOIYLASHUV JARAYONIDAGI O'ZARO HAMKORLIK

OMILLARI 1Xolmatova Z, 2Abduboqiyeva O'

1Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo'lim Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, 2Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo'lim Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11073264

Anotatsiya. Bu maqolada ma'naviy axloqiy hislatlarni, zamon ruhiga mos tushadigan fazilatlarni shakllantirishga qaratiladi. Mazkur toifadagi oila a'zolari davrasidagi suhbatlar, munozaralar, baxslar mulohazalar o'zaro tenglik, hurmat ruhiga bo'ysundiriladi. Oilaviy munosabatlarining ushbu ko'rinishda turli yoshdagi, jinsdagi bolalarga maqsadga muvofiq tarbiyaviy tasir o'tkazish imkoniyati mavjudligi yoritilgan.

Inson kamolotining ko'rinishlaridan biri - obro'-e'tiborga ega bo'lishdir.

Obro' bir kun yoki bir yil mobaynida hosil bo'ladigan jarayon emas. Obro'ni inson hayot mazmunidagi faoliyati jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi obro'si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro' oilaviy munosabatlar jarayonida shakllanadi.

Ma'naviy axloqiy hislatlarni, zamon ruhiga mos tushadigan fazilatlarni shakllantirishga qaratiladi. Mazkur toifadagi oila a'zolari davrasidagi suhbatlar, munozaralar, baxslar mulohazalar o'zaro tenglik, hurmat ruhiga bo'ysundiriladi. Oilaviy munosabatlarining ushbu ko'rinishda turli yoshdagi, jinsdagi bolalarga maqsadga muvofiq tarbiyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyati mavjuddir.

Shu boisdan tasodifiy voqea va xodisalarning sodir bo'lish turli tarzda baxolanadi va ularga bevosita aloqador oila a'zolari turmush tajribasidan kelib chiqqan xolda yo rag'batlantiriladi yoki tanbeh beriladi, jazolanadi. Bunday odilona amalga oshirilgan muloqot ta' sirida o'g'il-qizlar ruhiy dunyosida ota-onaga nisbatan dilkashlik, xushmuomalalik, o'z faoliyati uchun javobgarlik, o'z-o'zini boshqarish kabi muhim insoniy fazilatlar paydo bo'ladi.

Oilada munosabatning yana bir turi «avtoritar» -- yoki «obro'talab» munosabat deb atalib, bunda ota-onaning obro'si shaxslararo muloqotda hal qiluvchi, etakchi rol o'ynaydi. Shaxslararo teng huquqlilik, erkin hatti-harakat qilish, tashabbuskorlik bunda o'z ahamiyatini yuqota boshlaydi. Oila a'olarining yurish-turishi, hatti-harakati ko'pincha kattalar tomonidan cheklab qo'yiladi.

Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta'sir o'tkazishning asosiy usuli bu jazolash hisoblanadi, biroq, onda-sonda rag'batlantirish usulidan foydalanilganda ham ma'naviy rag'batlantirish imkoniyatiga ega bo'lmaydi, munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona ko'zlagan tarbiyaviy maqsadni amalga oshirmaydi va past samara beradi. Buning oqibati natijasida oila a'zolari o'rtasida, mehr-oqibat hissi pasayadi. Ushbu paydo bo'lgan salbiy nuqtai nazar ota-onaga nisbatan qo'llaniladi.

Farzandlarda ota-onaga yaqinlik mehr-muhabbat hissi bir oz bo'lsada kamayadi, keyinchalik bu tuyg'u uzoqlashishi «begonalashish» tomoniga o'sib o'tadi. Oilaviy turmush munosabati ichida «liberal» (murosasozlik) toifasi ham ko'zga tashlanib turadi. Oila davrasida ota yoki ona murosasoz, ko'ngilchang bo'lishlik tashqi ko'rinishidan iliq ruhiy iqlimini o'ziga aks ettirganday bo'lib tuyulsa ham, aslida unda hamjihatlik, o'zaro tushunish etishmaydi. Murosozlik tasirida farzandlar fe'l-atvorida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik kabi illatlar tarkib topishi mumkin. Ota-ona obro'si oiladagi axloqiy tarbiyaning garovi hisoblanadi.

Buyuk allomalarning mulohazalariga ko'ra, tarbiyada hazilga yo'l qo'yuvchi jiddiylik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

hukm surishi lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat, tirnoq orasidan kir izlashga aylanib ketmasligi kerak. SHu boisdan muayyan pedagogik-ruhiyat qonun-qoidalariga rioya qilingan holda ota-onalar tarbiya printsiplari, usullari, vositalari bilan qurollangandagina haqiqiy nazokatga va odobga erishish mumkin. Bu narsa ulardan chuqur izlanishlarni talab qiladi. Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishining iltimos, maslahat, ishontirishi, talab qilish, buyruq va tanbeh berish, jazolash, rag'batlantirish singari qator usullaridan o'z o'rnida va me'yorida foydalanilmasa, ko'zlangan maqsadga erishib bulmaydi.

Mezon tuyg'usi va me'yor hissiga amal qilish ota-ona ruhiy dunyosiga, ma'naviyatiga singib borsa, u holda farzandlaridan uzoqlashishi, begonalashish, bordi-keldiga borish, anglashilmovchilik g'ovining vujudga kelishi, bachkanalashish, badjaxllik, asabbuzarlik hulq-atvori namoyon bo'lmaydi.

Odatda, ota-ona nazokatli bo'lgandagina haqiqiy obro'-etiborga erishadi. Bundan tashqari obro'li bo'lmoq uchun ishonch har tomonlama rivojlangan bo'lishi, shuningdek aqliy, axloqiy estetik jihatdan muayyan cho'qqiga erishgan bo'lishi darkor. Bularning barchasi ota-onadan aql-zakovatli, milliy udum va urf-odatlarni mukammal egallagan shaxs bo'lishni talab qiladi.

Oilaviy turmushda farzand kamol topishini to'g'ri yulga qo'yishning asosiy vositasi bolada etiqodni shakllantirishdir. Buni bolani faqat ishontirish yo'li bilan amalga oshirsa bo'ladi.

Shuning uchun ota-ona o'g'il - qizlarni voyaga yetkazishda ularni ko'r qilishga yoki asosiz buyruq berishga tayanmasligi kerak. Xo'sh, ota-ona obro'si farzandlarda qachon paydo bo'ladi? Oilaviy turmush tajribalaridan shu narsa malumki, ota-onaning obro'si davlat va oila azolari oldida javobgarlikni his qilishdan boshlanadi. Mabodo ota-ona o'z ishi, o'z burchi uchun javobgar ekanligini tasavvur qila olsa va unga amaliyotda rioya qilsa, mana shu narsa ularning obro'-etibor kozonishi uchun asosiy zamin hisoblanadi. Ularning ruhiy dunyosi, manaviyati oilaviy iliq muhit uchun etarli va tamirchan bo'lsa, o'z-o'zidan obro' qozonilaveradi, oila azolari o'rtasida mehr-muhabbatga erishadi.

Bunday obro' farzanddar hayrixohligi va hamdardligiga sazovor bo'ladi. Natijada oila azolari totuv, osoyishta, inoq, ahil, xotirjam, hamjihat turmush kechiradilar. Oiladagi farzanddar yuksak his-tuyg'uli, ma'naviyatli, madaniyatli inson sifatida ruhiy ozuqa oladilar, ular ota-onalari bilan bexad faxrlanadilar, his-hayajonga to'ladilar va shu g'urur bilan yashaydilar, asta-sekin eng zarur shaxsiy fazilatlarini egallab boradilar.

Oilaviy turmushda ayrim ota-onalar faqat tazyiq o'tkazish yo'li bilan farzandlari hamda boshqa oila azolari davrasida obro' orttirishni xohlaydilar, bu narsani yashashning asosiy vositasi deb hisoblaydilar. Bunda ular qo'rqitish, buyruq berish, ruhan ezish, tahqirlash, u tazyiq o'tkazish usullarini qo'llaydilar. Goho ular zaxarxandalik va badjaxllikni bola tarbiyasining eng muhim usuli deb biladilar. Qo'rqish asosida bolada vujudga kelgan «tobelikni», «bo'ysunishni» ular o'zlaricha farzandlari davrasida erishgan obro'si deb o'ylaydilar, tarbiyaning bu usuli yuqorida aytib o'tilganidek avtoritar deb aytiladi.

Hozirgi paytda shunday ota-onalar ham uchraydiki, ular bolaga faqat rasmiyatchilik bilan munosabatda bo'lish orqali obro' orttirishga harakat qilishadi. O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun ular qildan qiyiq qidirishadi, xatti-harakatlarni keltirib chiqargan asl sababdan ko'z yumishadi. Bolaga hadeb tanbeh berishadi, begonalar davrasida kalaka qilishadi. Uning yurish-turishlarini cheklab qo'yishadi, bo'lar-bo'lmasga tanbeh berishadiyu, arzimas harakat uchun jerkib, siltab tashlashadi. Farzandlariga ko'p pand-nasihat qilaverish ham shaxslararo munosabatda noxush kechinmalarni vujudga keltiradi. Ota-onalar arzimagan mayda-chuyda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 2б, 2024

muammo, mulohaza, ko'mak uchun ham uzundan-uzoq o'git-nasihat qiladilar. Farzand erkini poymol etib, mustaqil fikr yuritishi, intilishini oyoq osti qilishgacha borib etadilar. Ular o'zlarining nasihatgo'yliklarini ota-onalik burchi deb baholaydilar.

Turmushda soxta yaxshilik qilish orqali farzandlari oldida obro' orttirishmoqchi bo'ladigan ota-onalar ham bor. Bunday ota-onalar o'zlarining yumshoq muomalaligi, beozorligi, kechiruvchanligi, yon beruvchanligi, kam talabchanligi bilan farzandlarini o'zlariga rom qilib olishni istaydilar. Ularning fe'l-atvorida, na ma'naviyatida qat'iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud. Tilyog'lamachilik, soxtalik, sun'iylik bilan bolada yuksak insoniy hislatlarni, olijanob his-tuyg'ularni, irodaviy sifatlarni tarkib toptirib bo'lmaydi. Ota-ona obro'sini orttirishda ibrat ko'rsatish usuli muhim rol' o'ynaydi, oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ota-ona tinmay o'zlarini ham pedagogik, ham ruhiy jihatdan tarbiyalab borishlari kerak, ular o'zlarida etishmaydigan sifatlarni egallab borib, mavjud illatlarni batamom tugatishlari lozim. Chunki ota-onaning tarbiya jarayonidagi iste'dodi - bu farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir.

Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, ziyrakligi, sezgirligi, fahmliligi, hozirjavobliligi, samimiyligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarning o'z farzandlariga va oilaning boshqa a'zolariga(buva, buvi, kelin va boshqalar)ga mehribonligi obro' orttirishning eng muhim yo'lidan biridir. Farzandlarining kuchiga, qobilyatiga, aql-zakovatiga xotirasiga, diqqat-e'tiboriga, irodaviy hislatiga, qiziqish-lariga, ko'nikma va malakalariga qarab aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi va o'z vaqtida, uzluksiz ravishda ularning natijasini tekshirish va oqilona baho berish, rag'batlantirish bolalarda qat'iylik va dadillik fazilatini vujudga keltiradi, mustaqil intimini, tashabbus ko'rsatish sari chorlaydi, kattalarga nisbatan ixlosi ortadi.

Ixlos, hurmat, intilish, tirishqoqlik obro'ning uzviy zanjirlari hisoblanadi. Ota-onalarning ijtimoiy muhitda, jamoatchilik o'rtasida va oila davrasidagi samimiyligi va g'amxo'rligi ularga katta obro' keltirishi mumkin.

Ulardagi samimiylik, g'amxo'rlik fazilatlari farzandlar ruhiy dunyosiga katta ta'sir etadi, ruhlanish, to'lqinlanishi, shijoat, ehtirosni vujudga keltiradi. Ularning ibratli hislatlari, shaxsiy fazilatlari, irodaviy sifatlari, o'z-o'zini qo'lga olish kabi jihatlari yigit va qizlar qalbida o'chmas iz qoldiradi. Ota-onaga nisbatan ishonch, intilishi moyillik hamdardlik sifatlari shakllana boradi. Oilada ruhiy muhit, totuvlik mavjud bo'lishi uchun ota-onalarda haqiqiy ma'nodagi nazokat hamda obro' mustahkam shakllangan bo'lishi kerak.

Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish soxasining nazariy asoslari kanchalik dolzarb bo'lsa , uning Amaliy va tajriba -sinov asoslari shunchalik dolzarbdir. Uning dolzarbligi quyidagi yunalishlarda kuzga tashlanadi:

1 Bu soxadagi maxsus tajriba -sinov ishlarining deyarli o'tkazilmaganligi.

2. Tajriba-sinov soxasining sotsiologiya va pedagogika orasida «Muallaq qolgan» -«Hammaniqi va xech kimniki bo'lmagan» yunalish sifatida doimiy chetlab utilib kelinishi.

3. Boshqa soxalarda o'tkazilgan tajriba - sinov ishlarining ushbu soxaga tegishli, unga askotadigan jihatlarining tarqoqligi va ularning yaxlit tizimlashtirilmaganligidir v.x.k.z.

Bolalar ma'naviy - axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda kumak, xashar, shanbalik kabi jamoatchilik mehnat jarayoni kuchli ta'sirga ega bo'ladi. Bu bolalarga xalqimizning milliy bunyotkorlik kuchini anglashga yordam beradi. Ular bu tadbirlarga oddiy va engil ishlarni (suv tashish, choy keltirish, ozik - ovkat keltirish, uchokka Utin kalash, supurib sidirish, idishlarni yuvish va x.k.z.) bajarsalarda xalq mehnatining bevosita guvoxi bo'ladilar. Bu ularda tegishli mehnat ko'nikmalari shakllanishiga imkoniyat yaratadigan hayotiy kuchdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Bolalar ma'naviy - axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishda «obidalarga sayoxat», «etnografik ekskursiya», «yashil olamga sayoxat» kabi ulkashunoslik ishlari ham muxim urin egallaydi. Bu bolalarga uz ulkasi tarixi, an'analari, urf - odatlari, xunarmandchiligi, qadriyatlari taraqqiyotini anglashga hamda iklimining uziga xosligini bilib olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Akmaljonovna, Z. A., & Usmonalievna, A. R. (2022). Analysis Of Views On The Formation Of The Linguistic Landscape Of The World. Anglisticum. Journal Of The Association-Institute For English Language And American Studies, 11(1), 11-18.

2. Akmaljonovna, A. Z., & Usmonaliyevna, A. R. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARI ONGIDA OLAM LISONIY MANZARASINI SHAKLLANTIRISHDA RANG IFODALOVCHI LEKSEMALARNING ROLI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYNILMIYJURNALI, 2(11), 208-214.

3. Vosiljonov, A., & Abdullazizova, R. (2023). HIGH-SPIRITUAL MATURITY, IDEALITY AND PEDAGOGICAL VIEWS OF THE CLASS LEADER. Modern Science and Research, 2(6), 1182-1186.

4. Abdullazizova, R. (2023, June). DEVELOPMENT OF THE WORLD VIEW OF EARLY SCHOOL STUDENTS THROUGH MOTHER LANGUAGE LESSONS. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 10, pp. 111-112).

5. Akmaljonovna, A. Z., & Usmonaliyevna, A. R. (2022). Psychological and Pedagogical Basis of Teaching Colors to Primary Class Students. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY,, 3(12), 152-160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.