Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BILIM VA BAHO OLISHGA INTILISH MOTIVLARINING O’ZARO MUNOSABATLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BILIM VA BAHO OLISHGA INTILISH MOTIVLARINING O’ZARO MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
motiv / amaliy metodlar / bolalar xotirasi / mustaqil fikrlash / koʻrgazmali metod / soʻz metod / tafakkur.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Ibragimova Shaxnoza Gapparovna, Aliyeva Xosiyatxon Xusniddinovna

Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni oʻz ichiga qamrab olib, va bu davrlarda samarali tadqiqotlar ishlarini olib borilgan. Tadqiqot ishlarini unumdor boʻlishi uchun fan doirasida tamoyillarini ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarda bilim va baho olishga intilish motivlarini oʻzaro munosabati haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BILIM VA BAHO OLISHGA INTILISH MOTIVLARINING O’ZARO MUNOSABATLARI»

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BILIM VA BAHO OLISHGA INTILISH MOTIVLARINING O'ZARO

MUNOSABATLARI

1Ibragimova Shaxnoza Gapparovna, 2Aliyeva Xosiyatxon Xusniddinovna

1Amaliy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi, 2QDPI Pedagogika va Psixologiya mutaxassisligi 1-

bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11200376

Annotatsiya. Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o'z ichiga qamrab olib, va bu davrlarda samarali tadqiqotlar ishlarini olib borilgan. Tadqiqot ishlarini unumdor bo'lishi uchun fan doirasida tamoyillarini ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Ushbu maqolada kichik maktab yoshdagi bolalarda bilim va baho olishga intilish motivlarini o'zaro munosabati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: motiv, amaliy metodlar, bolalar xotirasi, mustaqil fikrlash, ko'rgazmali metod, so'z metod, tafakkur.

Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davr maktabgacha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o'zgarishlari bo'lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog'cha yoshi), (4-5 yosh) o'rta maktabgacha davr, (o'rta bog'cha yoshi) , (6-7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog'cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog'i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o'zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim.

Bola o'yin faoliyatida maktab ta'limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o'yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo'zgatuvchilar bilan uzviy bogliq holda namoyon bo'ladi. Chunki o'yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug'ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o'ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta'siri ostida tug'iladi.

Bolada nutq paydo bo'lishidan ancha oldin, birinchi bor gapira boshlaganda u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi: Ona bolasiga o'yinchoqni uzatganda, bola qo'lini cho'zib uni oladi. Uning ko'rib, idrok qilishi eshitish bilan qo'shiladi. Aynan o'yinchoq nomi aytilganda, hissiy idrok bilan so'z o'rtasida o'zaro ta'sir sodir bo'ladi. Masalan ona "mushukchani ber", "mushukchani olib kel" deb bir necha marta takrorlasa, bola muayyan o'yinchoqning nomini yaxshi eslab qoladi. Pirovardida "mushukcha" degan so'z bola xayolida ma'lum bir buyumni hosil qiladi.Mashhur rus fiziologi Ivan Sechenov

bunday deb yozgan edi: "Bola gapirishning o'rganib olgandan keyin unda tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqish va ularni bilishga intilish oshib boradi, bu hol bolaning onasiga: nega stol yurmaydi-yu, quyosh esa oyoqsiz yuradi, kechqurun u qayerga yashirinadi, nima uchun shamol g'uvullaydi?"- kabi savollar berishga sabab bo'ladi".Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobilyati yaxshi shakllanadi, xotira hajmi kengayadi. Xayol, tafakkur qilish ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.Bog'cha yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur xayoli bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol kengayadi. Kichik yoshidagi bola uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy va tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Bu esa hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ulardagi muhim va nomuhim bo'lmagan tomonlarni ajratishga o'rgatadi.

Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak -atrofdagi voqea va hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko'rishida, qiziqtirgan narsasini diqqat bilan tomosha qilishi va kuzatishida namoyon bo'ladi. Bolaning savollaridan undagi qiziquvchanlik qay darajada ekanligini aniqlab olsa bo'ladi.Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak -atrofdagi voqea va hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko'rishida, qiziqtirgan narsasini diqqat bilan tomosha qilishi va kuzatishida namoyon bo'ladi. Bolaning savollaridan undagi qiziquvchanlik qay darajada ekanligini aniqlab olsa bo'ladi.

Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.Maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldida bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi. Psixologiyada ma'lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli egallab olish uchun shart-sharoitlar yaratadigan shaxsiy xususiyatlari qobiliyat jarayonida namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlning ziyraklik, fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sinchkovlik, sermulohazalilik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmokda. Bog'cha yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bog'cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining haddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo'lgan o'zining kuchi ham etmaydigan, xaddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo'lishga intiladi.

Xulosa qilib aytganda eksperemental guruhda statistik jihatdan ahamiyatli o'zgarishlar ro'y bergani ko'rinib turibdi: Bunday ahamiyatli siljishlar qishloq maktablari o'quvchilarining nazorat guruhida ko'zatilmaydi: Ular o'rtasidagi nisbiy o'lchamdagi qiyos qo'yidagicha: Ekspremental guruhda baho intilish motivi past bo'lganlar 23 foiz, o'rtacha 57 foiz va yuqorisi 58 foizni tashkil qildi. Ta'kidlsh kerakki, o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygan vazifalar o'z yechimini topayotganini pedagogik-psixologik eksprimentning pirovard natijalari isbotlab turibdi. Ya'ni ishlab chiqqan dastur bolalarning bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini o'yg'otib mazkur ehtiyojlarni tashqi omillar bilan bog'lamay, ichki ruhiy-ma'naviy zaruriyat darajasigacha olib chiqa olganligidan dalolat beradi. To'g'ri tashkil qilingan o'quv jarayoni - kichik maktab yoshidagi o'quvchining bilimga

bo'lgan motivlarini tarkib topishining asosiy shartidir. Ushbu motiv o'zlashtirish bilan bevosita

bog'liq. Umuman o'qish ishtiyoqi, muvaffaqiyatga erishish bolaning o'qituvchiga bo'lgan ijobiy

munosabati bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Boymurodov N, Amaliy psixologiya T.: 2008 y- 316 b.

2. Dilnoza Xalkuziyeva, Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorligining psixologik jihatlari. SCIENTIFIC PROGRESS. 2021/6, pp 704-706

3. Ivanov P.I. M.Zufarova "Umumiy psixologiya" T.: 2008 y

4. Jo'raev S, F.Qodirov "Kichkintoylar nutqini o'stirish" T.: 2005 y.

5. Nishonova Z. Alimova G. "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi" T.: 2006 y

6. Nishonova Z.T. Dostmuxammedova Sh.A. To'lyaganova Sh.T. Pedagogik psixologiya. Toshkent2011

7. Voxidov M. "Bolalar psixologiyasi" T.: Oqituvchi. 1982 y.

8. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

9. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

10. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

11. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

12. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

13. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

14. Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI RESEARCH ISSN 2022

15. З.Азизова, Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и методов обучения.Педогогика и психология в современном мире.теоритические и практические 2022

16. N.G.Malikovna Tехнологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов,ЛМаксудовабХ.М.Тожибоева.Г.М.Назирова т.Сано-стандарт 100.2012

17. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Scieceand Innavation 1 (8) 20672077,2022

18. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

19. G.Nazirova . Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarishnin g o'ziga xos xususiyatlari: Qo'qon DPI Образование и инновационные исследования международный научно-методтческий 2021

20. Технологии организации и управления педагогическими процессами С.Тургунов, Л.Максудова. Х.М.Тожибоева Г.М.Назирова 100 201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.