Научная статья на тему 'KIBERMAKONNING JAMIYAT RIVOJIGA TA’SIRI'

KIBERMAKONNING JAMIYAT RIVOJIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kibermakon / kompyuter texnologiyalari / online hayot / ijtimoiy tarmoqlar / teleko'rsatuvlar / filtrlash / virtual hayot / virtual tazyiq

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Adilov Javlonbek Narimmatovich

Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida kibermakonning jamiyat rivojiga ta'siri va uning tahlili fuqarolarning kibermakondagi bugungi ahvoli, hamda ularning ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati, shuningdek kibermakon haqidagi tariflar, ushbu makonning xususiyatlari, ularning yoshlar ongiga tasiri haqida fikrlar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIBERMAKONNING JAMIYAT RIVOJIGA TA’SIRI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 13 (35) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

KIBERMAKONNING JAMIYAT RIVOJIGA TA'SIRI

Adilov Javlonbek Narimmatovich

Mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida kibermakonning jamiyat rivojiga ta'siri va uning tahlili fuqarolarning kibermakondagi bugungi ahvoli, hamda ularning ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati, shuningdek kibermakon haqidagi tariflar, ushbu makonning xususiyatlari, ularning yoshlar ongiga tasiri haqida fikrlar yuritiladi.

Kalit so'zlar: kibermakon, kompyuter texnologiyalari, online hayot, ijtimoiy tarmoqlar, teleko'rsatuvlar, filtrlash, virtual hayot, virtual tazyiq

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассматривается влияние киберпространства на умы молодежи в эпоху глобализации и его анализ современное состояние молодого поколения в киберпространстве, а также их деятельность в социальных сетях, а также отзывы о киберпространстве, особенности этого пространства, их влияние на умы молодежи.

Ключевые слова: киберпространство, компьютерные технологии, онлайн-жизнь, социальные сети, телешоу, фильтрация, виртуальная жизнь, виртуальное давление

ANNOTATION

This article examines the impact of cyberspace on the minds of young people in the era of globalization and its analysis of the current state of the younger generation in cyberspace, as well as their activities on social networks, as well as reviews about cyberspace, the features of this space, their impact on the minds of young people.

Keywords: cyberspace, computer technology, online life, social networks, TV shows, filtering, virtual life, virtual pressure

Hozirgi kunda muomalaga kiritilgan "kibermakon" so'zi keng ahamiyat kasb etmoqda. Kibermakon kontseptsiyasi ko'plab xalqaro tashkilotlar, davlatlar yoki birlashmalar tomonidan turli yo'llar bilan ta'riflangan va "Kiber" tushunchasi birinchi marta 1958 yilda Louis Couffignal tomonidan ishlatilgan. Uilyam Gibson 1982 yilda yozgan "Burning Chrome" asarida "kibermakon" atamasini qo'llagan va tushunchaning keng tarqalishiga hissa qo'shgan. Virtual reallik g'oyasi dastlab marginal aksil madaniyat muhitida shakllanadi va AQShda 1970-1980 yillarda keng tarqalgan "kiberpank" harakatida namoyon bo'ldi. "Kiberpank" tezda ommaviy madaniyatga kirishib ketadi va "kibermadaniyatga" aylanadi. Virtual reallik

to'g'risidagi birinchi tarixiy-nazariy ish amerikalik jurnalist F.Xemmitning "Virtual reallik" (1993 yil) kitobi hisoblanadi. Muallif Virtual reallik paydo bo'lishining tarixiy shart — sharoitlarini kino va kinosimulyatorlarning sintetik imkoniyatlari rivojlanishida ko'radi. Kibermakon-bu havo, quruqlik, dengiz va hatto kosmosdan mustaqil bo'lgan va aloqa infratuzilmalaridan foydalanadigan virtual muhitdir. Bu chegaralarni olib tashlaydigan va masofalarni yo'q qiluvchi muhitdir. Pentagonning ta'rifiga ko'ra, kibermakon mustaqil axborot tarmoqlari muhitidagi global maydondir. Ushbu maydon, Internet, telekommunikatsiya, tarmoqlar, kompyuter tizimlari, o'rnatilgan protsessorlar va kontrollerlarni o'z ichiga olgan axborot texnologiyalari infratuzilmasidir. Kibermakon, jismoniy makon emas. Balki, ham reallik, ham virtual reallik holatiga ishora qiladi. Aniqroq aytganda, jismoniy dunyodagi og'zaki yoki vizual aloqa turlarini raqamli mediaga o'tkazishdir. Insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqani ta'minlagan holda vaqt va makondan xolidir. Boshqacha qilib aytganda, bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuter tarmoqlaridagi individlarning o'zaro ta'siriga kirishishi uchun imkon beradigan elektron tarmoqdir.

G'oyaviy, mafkuraviy ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lgan ziddiyatli va internet orqali o'zaro hamkorlikning aks etish jarayonidagi makon va maydondir. Siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhablar o'rtasidagi fikrlashuvlar bahs, munozaralardan kelib chiqib, ziddiyatli, qonli to'qnashuv, ommaviy qirg'inlarga, odamlar boshiga qayg'u-kulfatlar solayotgan maydondir. Yana bir og'ir jihati shundaki aholi orasida turli xil platformalar ,o'yin dasturlariga pul tikish orqali, oson pul topish ilinjida insonlar o'z uyidan nafaqat oilasidan jamiyatdagi nufuzidan ayrilmoqda.

Global tarmoq natijasida yuzaga kelgan eng katta muammo, bu, albatta, qaramlik, tobelik kasalligidir. Bugungi kunda nafaqat yoshlar balki kattalar ham ko'p vaqtini inernetda o'tkazishlari global muammoga aylanib ulgurgan. Umuman, internetga qaramlikning eng og'ir jihati real olamni, insoniylik burchi ,umuminsoniy hislar va vazifalarini unutishdir. Inson haqiqiy hayotda yashashi, halol mehnat qilishi, ilm olishi, zimmasidagi vazifalarini sidqidildan bajarishi, elu yurtiga fidoyilik bilan xizmat qilishi, atrofdagilarga foyda keltirishi zarur. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo'lgan kibermakon orqali din niqobidagi ijtimoiy va ma'daniy buzg'unchilikni sodir etishga bo'lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Kiberterrorchilik tuzilmalari o'z g'arazli maqsadlari yo'lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.

Aholi orasida axborot iste'moli madaniyatining sustligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko'nikmaning yetishmasligi ba'zilarning g'arazli kimsa va oqimlar ta'siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo'liqishlariga sabab bo'lmoqda. Axborot maydonida kibermakon bilan bog'liq yangidan yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan foydalanish masalasi dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda, achinarlisi shundaki

yoshlar ijtimoiy tarmoqlarsiz salkam kunini o'tkaza olmaydigan darajaga yetib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar shu darajada kundan kunga qiziqarliroq, rang-barang tusga kirib bormoqdaki, kundalik hayotda yoshlar undan foydalanish chog'ida ular vaqtining ko'p qismini, moddiy jihatdan ko'p mablag'ini sarflashiga sabab bo'lmoqda.

Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog'i orqali bir-biri bilan bog'langan va bir vaqtning o'zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma'lumotlariga o'ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Ijtimoiy tarmoqlar shu darajada kundan kunga qiziqarliroq, rang-barang tusga kirib bormoqdaki, kundalik hayotda foydalanuvchilar foydalanish chog'ida ular vaqtining ko'p qismini, moddiy jihatdan ko'p mablag'ini sarflashiga sabab bo'lmoqda. Internet - axborot va ta'lim jarayonida o'zaro fikrlashish, ma'lumot almashishni ta'minlashi, ayniqsa yoshlar uchun keng imkoniyatini ochmoqda. Ko'chaga chiqmasdan turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalarini bo'ylab sayr qilish, dunyo bo'lab virtual sayohat qilish, dunyoning boshqa mamlakatlari haqida, turli xil insonlar to'g'risida ma'lumot olish ular bilan muloqot qilish, yoki shunga o'xshash ko'plab ma'lumot olish mumkin. Internet tarmog'idan olingan ma'lumotlarga ko'ra ,Internet tarmog'idan foydalanish barcha yosh guruhlarida keng tarqalgan bo'lib, yoshlar orasida bu ko'rsatkich kundan kunga o'sib bormoqda.

№ YOSH GURUHLARI FOIZ KO'RSATKICHI

1. 13-24 yosh orasida 73%

2. 18-24 yosh orasida 71%

3. 25-34yosh orasida 59%

Kibermakon yoshlarni shu darajada o'ziga qaram qilib bormoqdaki, buning oqibatida ayniqsa yoshlar ommaviy ma'daniyatning turli xil ko'rinishlarini, yurish turishi, o'zini ijtimoiy tarmoqda ko'z ko'z qilib uchun muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Kibermakondagi onlayn hayot, online qimor, virtual do'stlar yoshlarimizni vaqtini behuda sarflashlariga olib kelmoqda. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning muammolari o'zgarishsiz katta muammo bo'lib qolmoqda. Yoshlar, internetda yashaydigan xavfsizlik va shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishning zarurati va muhimligini tushunishlari kerak. Ushbu holatlarning oldini olish uchun o'quv tizimlarida katta o'zgarishlar kiritish, onlayn ta'limning kengaytirilishi, virtual o'qituvchilar va o'quv dasturlari yaratish imkoniyatini oshirish zarur. Bu, yoshlarning o'z vaqtlarini boshqarishlariga, o'zlashtirish va o'rganish jarayonlarini individual ravishda boshqarishga imkon beradi. Shu bilan birga, internet orqali dunyoning har

bir qismiga kirish imkoniyatini, global hamkorlik va aloqalar o'rnatish imkonini beradi imkonini beradi. Bundan tashqari, kiberko'ngillar yoshlarga kiber-xavfsizlik, ma'lumotlarni himoya qilish va shaxsiy ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri saqlash va boshqarish hamda internetga kirishni tashkil etish imkoniyatini beradi. Yoshlarni internetda yuzaga keladigan xavflarga qarshi ta'lim berish, psixik buzilishlarni oldini olish, xakerlik va boshqa onlayn xavflarga qarshi himoya tadbirlarini doimiy olib borishni taqozo qiladi. Ularning tashqi aloqalari kamayishi, ijtimoiy izolatsiyaga olib kelishi va yengilmaslik hissi yaratish va psixologik holatlarni ta'sir qilish imkoniyatini ham ko'rsatishi mumkin.

Kibermakondagi turli hujum va hurujlar, yoshlar ongi va xatti-harakatlariga, ayniqsa yosh, va axborot texnologiyalari bilan parallel ravishda rivojlanayotganlarga shubhasiz ta'sir ko'rsatadi. Yoshlarni kiber-ijtimoiylashtirish masalalari inson va axborot muhitining zich kundalik o'zaro ta'siridan kelib chiqadigan barcha ijobiy va salbiy ta'sirlarni batafsil o'rganishni, tortishni talab qiladi.

Yoshlarni virtual ijtimoiy muloqotga jalb qilish, turli kiber-resurslarni o'zlashtirish va ulardan foydalanish muammolari bo'yicha zamonaviy mahalliy va xorijiy tadqiqotlarning nazariy tahlili asosida shaxsni sotsializatsiya qilish hodisalarini farqlash, kiber-sotsializatsiya turlari va darajalarini aniqlash, yoshlarning ijobiy va salbiy kiber-sotsializatsiyasining asosiy mezonlarini ishlab chiqish zarur. Ushbu holatlar bilan birga, kiberko'ngillar yoshlar uchun zaruri va muhim bo'lgan kiber-xavf va muammolarga qarshi himoya usullarini o'rgatish va rivojlantirishga ham e'tibor berishi kerak. Yoshlarga yaratilayotgangan imkoniyatlardan foydalanish va ularning kiber-xavf va muammolarga qarshi xavfsizlik bilimlari va tajribalarni o'rgatish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ota-onalar, o'qituvchilar va tajribali yetakchi yoshlarni shunchaki kiberko'ngillarni foydalanishiga yo'naltirish, ularning ma'lumotlarni to'g'ridan-to'g'ri qo'llab-quvvatlash va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni o'rgatishlari kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ham 2017-2021 yillarda Respublikamizni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning eng muhim vazifalaridan biri "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Elektron hukumat tizimi Ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan virtual tizimdir.Bu farmon orqali elektorn hukumatni takomillashishi ko'plab sohadagi muammolarning hal bo'lishida yordam beradi.

Yoshlar o'zlari erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashishni, o'z fikrlarini birovlarga bayon etishni, g'oyalari bilan bo'lishishni xohlaydilar. O'smirlar o'ta ishonuvchan, kompyuter o'yinlariga qobiliyatli, buyruqlarni osonlikcha bajaradigan bo'ladilar. Atrofdagilar bilan ko'proq muloqotda bo'lib, yangidan-yangi fikr-g'oyalarni o'rtaga

tashlaydilar, ularni amalda qo'llashga intiladilar, biroq bu borada ularga hayotiy tajriba yetishmaydi. Shuning uchun ham ular saytlarda qidiruvni amalga oshirayotganda, axborotni qabul qilishda yoki elektron pochta manzilidan foydalanayotganda kattalar yordamiga muhtoj. Chunki bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni oxir-oqibat jinoyatgacha yetaklab borayotgani hayotiy haqiqat.

Elektron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta'sir o'tkazib, yoshlarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Hozirda oquvchi-yoshlarning vaqti internet orqali virtual olamda otmoqda. Virtual olam jonsiz olam bolishi mumkin, ammo uning ta'sir real olamga ham o'z ta'siri otkazadi. Virtual reallik asta-sekin konstant reallik bilan aynanlik hosil qiladi. Masalan: oquvchi virtual reallik jangari oyinni o'ynab undagi qahramoni turli usullar bilan raqiblarini yengadi, bu har qanday vahshiy yo'l bilan bo'lmasin virtual reallikda bola buni amalga oshiradi (qahramoni orqali). Endi bu bola real hayotda ham xuddi shunday qilmasligiga kafolat yo'q. Kiberterrorizm (lot,cyberterrorism; cyber-"kiber", terro - "qorquv", "dahshat") - zamonaviy, ilg'or texnologiyalar, kompyuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o'zining g'araz niyatlariga erishishdan iborat.

Shuni ta'kidlash kerakki, faoliyatning yangi muhitiga o'tish jamiyat ongida sezilarli o'zgarishlarga olib keldi. Bir tomondan, axborot mahsulotlarining boyligi sizga o'zingizning didingiz va ehtiroslaringizga muvofiq individual axborot maydonini yaratishga imkon beradi. Boshqa tomondan, ommaviy ongni birlashtirish muqarrar, chunki globallashuv tendentsiyasi ongni shakllantirish darajasiga ham ta'sir qiladi, eng rivojlangan davlatlar yetakchi ro'l o'ynaydi. Bu shuni anglatadiki, G'arbiy turmush tarzi stereotiplari dunyo bo'ylab yanada faol tarqalmoqda. Shu bilan bir qatorda, ma'lumotni qabul qilish psixologiyasi ham o'zgaradi.

Ma'lumki, internet-axborot va hujjatlarning o'zaro almashinishini ta'minlaydigan komputer tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir. Internet keng imkoniyatlar eshigini ochayotgan bir davrda,uydan ko'chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo'ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta'lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi bo'lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berishi,zarur vaqtda turli xil yo'nalishdagi turli xil ma'lumotlarni qidirib topishi, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo) shartnoma orqali bajarish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor. Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferentsiyalar o'tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video yoki audiomuloqot

qilish.Internet tarmog'ini rivojlangani sayin turli xil internetda o'z faoliyatini olib boruvchi kasblar paydo bo'lmoqda.Online maslaxat beruvchi psixologlar,turli xil yirik kosmetik firmalarni xodimi sifatida faoliyat yurituvchilar,tayinlangan biror xizmatni masofadan turib ishlovchi frilanserlar,yirik IT kompaniya xodimlari.Bu albatta quvonarli holat sababi internet foydalanuvchilari internetdagi vaqtini bekor o'tkazmasdan o'z ustida harakat qilib daromad topadilar.

Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda televidenie, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda.Ayniqsa internet iqtidorlilarni tezda mashhur qila oladi.Misol o'rnida turli xil yo'nalishdagi blogerlar,vinerlar,kipersport bilan shug'ullanuvchilar shular jumlasidandir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki: Zamonaviy texnologiyalarning tez sur'atlarda o'sishiga qaramay, ba'zan foydalanuvchi ulardan oqilona foydalanish qanday kechishi kerakligini to'liq anglab yetmaydi. Kompyuter va internetgacha bo'lgan davrda o'sib-ulg'aygan ko'plab ota-onalar va o'qituvchilarning katta qismi, agar bola internetdan foydalana boshlasa, buning albatta foydasidan zarari ko'proq, deb o'ylaydi. Yoshlarni kibermakon va internetdan chalg'itish harakati zamirida aslida boshqa bir muammo, ya'ni kattalarning bu masalada nisbatan savodsiz ekani hammamizga ma'lum. Biroq agar ular o'zlari avval texnologiyalar savodsizligi masalasiga jiddiyroq yondashib, uni bartaraf etishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Negaki, savodsizlik masalasidan qochish orqali yoshlarni texnologiyalardan ajratib qo'yish to'g'ri emas. Buning ustiga yana bir jihat e'tiborga loyiq: aynan kattalarning tutgan yo'lidan kelib chiqqan holda yoshlarda kibernetik do'stiga nisbatan munosabat shakllanadi. Shubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hamjdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo'lmaydi. Foydalanuvchilar ma'lumotlarning to'g'riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi talab etilarkan, bu jihat «Internetda bo'lsa, demak, to'g'ri» deya fikrlaydigan bolalarga ham tegishlidir. Bu borada ularga internetda xohlagan inson o'z sahifasini yaratishi, unga har qanday ma'lumotni joylashtirishi va bunda unga hech kim to'siqlik qila olmasligini vaqtida tushuntirish zarur. Yoshlarga keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo'naltirish natijasida faktlarni fikrlardan farqlashga, to'g'riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o'rgatish mumkin. Axborot iste'moli madaniyati, eng umumiy ma'noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. Yoshlar o'zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo'lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.

Shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste'moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo'lgan xabar, ma'lumotlarga nisbatan o'ziga xos qalqon rolini o'taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta'minlashga xizmat qiladi.Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo'lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste'moli ma'daniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta'siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Strategy, Lance (1999). "Kiber makon turlari: ta'rifi va delimitatsiyasi muammolari".G'arbiy aloqa jurnali.

2.G.Karimova ,Vertual olam va tarbiya masalalari.

3.Mishenko .V.A.Profilaktika internet zavisimostisti studentov vuza s razniymi tipami.

Ijtimoiy tarmoqlar

3 .https: //interonconf.org/index.php/sues/article/view/9225

4. https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/2724

5.https://cyberleninka.ru/article/n/kibermakon-sharoitida-jamyatni-axborot-xurujlardan-himoya-qilishning-samarali-vositasi-sifatida-mediaxavfsilikni-zaruriyati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.