Научная статья на тему 'KIBERMAKON TAHDIDIGA QARSHI YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI'

KIBERMAKON TAHDIDIGA QARSHI YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ommaviy axborot vositalari / globalizatsiya / erkinlik / kibermakon / ma'naviy tarbiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Adizov Behzod Tursunovich

Maqolada bugungi globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilingan. “Erkinlik”, “kibermakon” tushunchalarining ijtimoiy tahliliga e'tibor qaratilgan. Kibermakonda ro‘y berayotgan turli ijtimoiy tahdidlar mazmun mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, yangi O‘zbekistonda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishning asosiy omillari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIBERMAKON TAHDIDIGA QARSHI YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI»

KIBERMAKON TAHDIDIGA QARSHI YOSH AVLODNI TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI

Adizov Behzod Tursunovich

O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11224778

Annotatsiya. Maqolada bugungi globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o'rni tahlil qilingan. "Erkinlik", "kibermakon" tushunchalarining ijtimoiy tahliliga e'tibor qaratilgan. Kibermakonda ro'y berayotgan turli ijtimoiy tahdidlar mazmun mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, yangi O'zbekistondayoshlar ma'naviyatiniyuksaltirishning asosiy omillari tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: ommaviy axborot vositalari, globalizatsiya, erkinlik, kibermakon, ma'naviy tarbiya.

Аннотация. Массовой информации в жизни общества в условиях современного процесса глобализации. Уделяется внимание социальному анализу понятий «свобода» и «киберпространство». Выявлены различные социальные угрозы, возникающие в киберпространстве. Также были исследованы основные факторы духовности молодежи в новом Узбекистане.

Ключевые слова: средства массовой информации, глобализация, свобода, киберпространство, духовное образование.

Abstract. The article analyzes the role of the media in the life of society in the context of the modern process of globalization. Attention is paid to the social analysis of the concepts of "freedom" and "cyberspace". Various social threats arising in cyberspace have been identified. The main factors of youth spirituality in the new Uzbekistan were also investigated.

Keywords: media, globalization, freedom, cyberspace, spiritual education.

Ma'lumki, globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biri axborot texnologiyalarining, OAVning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tez kirib kelayotganligidir. Chunki bunday jamiyatda har bir fuqaro axborotga ehtiyoj sezadi, u orqali tafakkurida ma'lum bir o'zgarishlarni his etadi. Sababi, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fikrlar ustivorligining o'rni beqiyosdir.

«Erkinlik - ijtimoiy kategoriya. Biz jamiyatdan tashqarida erkinlik mavjud deya olmaymiz, shuning uchun erkinlik kishilararo munosabatlar tizimidagina ro'yobga chiqadi. Erkinlikni tushunish va ro'yobga chiqarishning ba'zi asosiy xususiyatlari umumiy bo'lishiga qaramay, har bir aniq jamiyatdagi hukmron milliy-madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartib-qoidalar va qadriyatlar uni belgilab keladi. Masalan, G'arbda alohida olingan shaxsning huquq va erkinliklariga urg'u berilsa, Sharqda jamoa, ya'ni guruh, etnos, xalq va millat huquqi va erkinliklariga e'tibor qaratiladi». Shuning uchun erkinlik «bir qator qadriyat va inson mavjudligining asosiy xususiyati, inson hayotining ontologik ibtidosi» sifatida nafaqat aniq ijtimoiy-tarixiy bosqich mahsuli, balki, shu bilan birga, har bir xalq, millatning butun borlig'i, paradigmasining in'ikosi hamdir. Ommaviy axborot vositalarining faoliyati, umuman so'z va ijod erkinligi to'g'risida so'z borganida o'zaro dialektik bog'liq ushbu ikki jarayonning mavjudligini esdan chiqarmaslik zarur.

BMT Bosh Assambleyasi 1948 yilda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida: «Har bir inson e'tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to'sqinliksiz o'z e'tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot

va g'oyalarni har qanday vositalar bilan va davlat chegaralaridan qat'i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o'z ichiga oladi».

Bugungi kunda axborot strategik resurs sifatida tabiiy boyliklar, energiya manbalari qatoridan joy oldi. Shu bilan birga axborotlashtirish jarayonlari jahon iqtisodiyoti, siyosati hamda axloqiga, xalqimizning ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Ba'zi davlatlar o'zlari "ishlab chiqqan" axborotni tarqatish yo'li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g'oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Insonlar, ayniqsa, yoshlar ongu shuurini egallash uchun turli axborot omillaridan tashqari, "mafkura poligonlari" ham eng muhim vosita sifatida Internetdan foydalanmoqda.

Hozirgi vaqtda insonning qalbi va ongini buzish, chalg'itishga qaratilgan zararli ta'sirlar bir qancha g'arazli maqsadlarda amalga oshirilayotganligini sezish qiyin emas. Shulardan eng xatarlisi xalq yoki millat yashayotgan mamlakat hududini, u yerdagi moddiy va ma'naviy boyliklarni egallab olish niyatida qilinadigan mafkuraviy-g'oyaviy hujumlardir. Bunday hujumlar ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, Internet, teleradio tarmoqlari, ekstremistik ruhdagi kitob va risolalar orqali tarqatilishi mumkin. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab bir soatda 2 million so'z tarqalyapti yoki ular sahifalarga joylashtirilsa, 5 ming varaqni (A-4) tashkil etadi. Qanday shaklda bo'lmasin, ular birinchi navbatda, yoshlarni milliy g'urur tuyg'usidan, Vatanga muhabbat hissidan judo qilib, ularni ma'naviy jihatdan qaram etishga, xalqning ichida nizo qo'zg'ab, norozilik uyg'otib, bu zamin boyliklarini talashga urinadi.

Shu bois fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaxolatga qarshi ma'rifat bilan kurashishga doimo tayyor turish, sezgir va hushyor bo'lib yashash o'tkir zaruratga aylanmoqda. Olim Muhammad Quronov o'zining "Ezgu g'oyalar ro'yobi" nomli qo'llanmasida har bir yigit, qiz chetdan kirib kelgan fikr, g'oya, ma'lumotni "Buni tarqatayotgan kim?", "Nima maqsadda?", "Mening munosabatim qanday bo'lishi kerak" degan uch savol bilan kutib olishi lozimligi, yoshlarimizni bu "tushuncha"larga qarshi turishga o'rgatishimiz lozimligini uqtirib o'tadi.

Bugun mamlakatimizda yaratib berilgan oshkoralik, so'z erkinligi, fikrlar xilma-xilligini suiiste'mol qilib, TapHXHH TaparçKuëT gaBOMHga apaTHnraH mh^hh K;aflpHflT.napHMH3ra ca^ÖHH MyHOcaöaTga öynraH, uni eskilik sarqiti sifatida kamsitadigan, inson tilga olishga ham nomus qiladigan «erkinliklar»ni ro'kach qilgan holda, odamiylik mulki, insoniy axloq chegarasidan chiqib tubanlik botqog'iga botayotgan «aqlli» toifalar ham opaMroga Myrç эмaс.

Hozirgi kunda muomalaga kiritilgan "kibermakon" keng ahamiyat kasb etmoqda. Kibermakon kontseptsiyasi ko'plab xalqaro tashkilotlar, davlatlar yoki birlashmalar tomonidan turli yo'llar bilan ta'riflangan va "Kiber" tushunchasi birinchi marta 1958 yilda Louis Couffignal tomonidan ishlatilgan. Uilyam Gibson 1982 yilda yozgan "Burning Chrome" asarida "kibermakon" atamasini qo'llagan va tushunchaning keng tarqalishiga hissa qo'shgan.

Kibermakon:

- Bu havo, quruqlik, dengiz va hatto kosmosdan mustaqil bo'lgan va aloqa infratuzilmalaridan foydalanadigan virtual muhitdir.

- Bu chegaralarni olib tashlaydigan va masofalarni yo'q qiluvchi anarxik muhitdir.

Pentagonning tarifiga ko'ra, kibermakon mustaqil axborot tarmoqlari muhitidagi global

maydondir. Ushbu maydon, Internet, telekommunikatsiya, tarmoqlar, kompyuter tizimlari, o'rnatilgan protsessorlar va kontrollerlarni o'z ichiga olgan axborot texnologiyalari infratuzilmasidir.

Kibermakon, jismoniy makon emas. Balki, ham reallik, ham virtual reallik holatiga ishora qiladi. Aniqroq aytganda, jismoniy dunyodagi og'zaki yoki vizual aloqa turlarini raqamli mediaga o'tkazishdir. Insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqani ta'minlagan holda vaqt va makondan xolidir.

Boshqacha qilib aytganda, Kibermakon, bu: Bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuter tarmoqlaridagi individlarning o'zaro ta'siriga kirishishi uchun imkon beradigan elektron tarmoqdir; G'oyaviy, mafkuraviy ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lgan ziddiyatli va internet orqali o'zaro hamkorlikning aks etish jarayonidagi makon va maydondir; Siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o'rtasidagi fikrtalashuvlar; bahs, munozaralardan kelib chiqib, ziddiyatli, qonli to'qnashuv, ommaviy qirg'inlarga, odamlar boshiga qayg'u-kulfatlar solayotgan maydon; Yosh avlod orzu intilishlariga mutlaqo yot g'oyalar o'rin egallashi mumkin bo'lgan hudud, maydondir; Aloqa vositalari: OAV, Internet, mobil aloqa stantsiyalari, elektron pochta, kosmik meleradio aloqa tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib borayotgan internetdagi axborot almashuvidir; G'oyaviy manbalari: ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik kuchlar, guruh, qatlam, diniy oqim va sektalar maqsad va manfaatlarini ifoda etadigan maydon; Kiberterrorchilik (kiber urush) - kompyuter tizimlariga hujummakoni; Elektron dasturlar tahdidi va yoshlarga mo'ljallangan yovuz virtual o'yinlar makoni; Jangari filmlarga mo'ljallangan buzg'unchi g'oyalar, viruslarni tarqatish joyi; Yoshlar ongi va qalbini egallab, o'z g'oyasini singdirish maydoni; Yoshlar ongini zaharlash, ular yordamida mamlakatni o'z taraqqiyot yo'lidan chalg'itishga qaratilgan buzg'unchi terroristik, diniy aqidaparastlar makoni; Ma'lumot tarqatish, biznes va reklama uchun katta maydon; Behayolik, qalloblik, ekstremistik kayfiyatdagi sayt va guruhlarning o'rtasidagi to'ri; Internet tarmog'idagi diniy-ektremistik ruhidagi insonlarni "hijrat"ga undovchi saytlar makoni.

Bugungi kunda axborot maydonidagi "inqilobiy yangilik" sifatida e'tirof etilayotgan "kibermakon" asta-sekin jahon jamoatchiligi uchun tobora jiddiy xavf tug'dirib bormoqda.

Bizningcha hozirgi sharoitda yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

1. Yoshlarda yuksak ma'naviyat, yuksak axloq, fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or-nomusi, sha'ni, iymoni, mas'uliyati kabi tuyg'ularni tarbiyalash zarur.

2.Yoshlarimizning kasbiy, ixtisoslik tayyorgarligi millatimizning boy ma'naviy merosidan oziq oladigan, ularning yuksak ma'naviy-axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi, aql -idroki bilan o'zaro muvofiq kelishi zarur.

3.Bugun respublikamizda mavjud bo'lgan muammolarni hal etish kaliti bu yurtimizda ma'naviy-axloqiy muhitni milliy zaminda sog'lomlashtirishdan iboratdir. O'zbek milliy xususiyatidagi do'stlikni, hamkorlikni, hamnafaslikni, iymonli-e'tiqodlilikni ulug'lash, qiyin ahvolda qolganlarga har doim yordamga kelish, shukronalik bilan yashash, bosiq-vazminlik fazilatlarini shakllantirishga yordam berish kabi xislatlarni singdirish zarur.

4. Yoshlarimizni sergak, ogoh, har qanday xatarlarga qarshi hushyor bo'lib yashashga o'rgatish lozim.

Bunday maqsadlarni amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, chuqur o'ylangan, ilmiy asosda tashkil etilgan ma'naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.

Ma'naviy tarbiyani muntazam va uzluksiz olib borishda, jamiyatimizni ma'naviy-axloqiy jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniy tarixini chuqur

o'zlashtirish, jahon madaniyati tarixida munosib o'rin egallagan allomalarimizning merosini har tomonlama o'rganish katta ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Инсон хукуклари умумжахон декларацияси // Одам савдосига карши кураш сохасидаги миллий ва халкаро хукук нормалари. - Тошкент: Yurist-media markazi, 2010. - Б. 13.

2. Гаджиев К.С. Политическая философия. - М.: Экономика, 1999. - С. 304.

3. Omar Muhammad Davlat o'g'li. KIBERMAKON, XAVFSIZLIK VA HUQUQ XALQARO HUQUQ MISOLIDA. Международный научный журнал «Научный импульс». № 4 (100), часть 2. 2022. file:///C:/Users/user/Downloads/Omar+Muhammad+Davlat+o%E2%80%99g%E2%80%99l i.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.