Научная статья на тему 'KIBERHUJUMLARDAN SAQLANISH VA SHAXSNING O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABATINI EMPIRIK O‘RGANISH NATIJALARI'

KIBERHUJUMLARDAN SAQLANISH VA SHAXSNING O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABATINI EMPIRIK O‘RGANISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
56
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kiberhujum / o‘z-o‘ziga munosabat / internet / psixologik himoya mexanizmlari / kiberxafsizlik / shaxs / psixologik xususiyat / korrelyatsion bog‘liqlik / destruktiv axborot / faollashayotgan agressiv / internetga tobelik xulqi / kompyuter o‘yinlariga. / кибератака / отношение к себе / интернет / механизмы психологической защиты / кибербезопасность / личность / психологический признак / корреляционная зависимость / деструктивная информация / активизирующаяся агрессивность / поведение интернетзависимости / компьютерные игры.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Husanov Abbos Mahmudovich

Maqolada kiberhujumlardan saqlanish va shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini empirik o‘rganish natijalari psixologik mohiyati ochib berilgan. Kiberxujumlardan saqlanish va shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini empirik o‘rganish natijalari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqliklar tahlil qilingan. Shaxs himoya mexanizmlarini baholash so‘rovnomasining ishonchlilik ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РЕЗУЛЬТАТЫ ЭМПИРИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ЗАЩИТЫ ОТ КИБЕРАТАК И ОТНОШЕНИЯ ЧЕЛОВЕКА К СЕБЕ

В статье раскрыта психологическая сущность результатов эмпирического исследования защиты от кибератак и отношения личности к себе. Были проанализированы корреляционные связи между защитой от кибератак и результатами эмпирического исследования реакции человека на себя. Приведены показатели надежности анкеты оценки механизмов защиты личности.

Текст научной работы на тему «KIBERHUJUMLARDAN SAQLANISH VA SHAXSNING O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABATINI EMPIRIK O‘RGANISH NATIJALARI»

Husanov Abbos Mahmudovich,

Qarshi davlat universiteti "Psigologiya" kafedrasi o'qituvchisi, Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi

KIBERHUJUMLARDAN SAQLANISH VA SHAXSNING O Z-O ZIGA MUNOSABATINIEMPIRIK O'RGANISH NATIJALARI

UO'K: 152.27(045) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_1_4

HUSANOV A.M. KIBERHUJUMLARDAN SAQLANISH VA SHAXSNING OZ-OZIGA MUNOSABATINI EMPIRIK O'RGANISH NATIJALARI

Maqolada kiberhujumlardan saqlanish va shaxsning o'z-o'ziga munosabatini empirik o'rganish natijalari psixologik mohiyati ochib berilgan. Kiberxujumlardan saqlanish va shaxsning o'z-o'ziga munosabatini empirik o'rganish natijalari o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqliklar tahlil qilingan. Shaxs himoya mexanizmlarini baholash so'rovnomasining ishonchlilik ko'rsatkichlari keltirib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: kiberhujum, o'z-o'ziga munosabat, internet, psixologik himoya mexanizmlari, kiberxafsizlik, shaxs, psixologik xususiyat, korrelyatsion bog'liqlik, destruktiv axborot, faollashayotgan agressiv, internetga tobelik xulqi, kompyuter o'yinlariga.

ХУСАНОВ A.M. РЕЗУЛЬТАТЫ ЭМПИРИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ЗАЩИТЫ ОТ КИБЕРАТАК И ОТНОШЕНИЯ ЧЕЛОВЕКА К СЕБЕ

В статье раскрыта психологическая сущность результатов эмпирического исследования защиты от кибератак и отношения личности к себе. Были проанализированы корреляционные связи между защитой от кибератак и результатами эмпирического исследования реакции человека на себя. Приведены показатели надежности анкеты оценки механизмов защиты личности.

Ключевые слова: кибератака, отношение к себе, интернет, механизмы психологической защиты, кибербезопасность, личность, психологический признак, корреляционная зависимость, деструктивная информация, активизирующаяся агрессивность, поведение интернет-зависимости, компьютерные игры.

HUSANOV A.M. RESULTS OF THE PREVENTION OF CYBERATTACKS AND THE EMPIRICAL STUDY OF THE SELF-ATTITUDE OF AN INDIVIDUAL

The article reveals the psychological essence of the results of the Prevention of cyberattacks and the empirical study of the self-attitude of an individual. Correlational correlations between cyberbullying avoidance and the results of an emperical study of an individual's self-attitude have been analyzed. Reliability indicators of the personality chemo mechanism Assessment Survey have been cited.

Keywords: cyberbullying, self-attitude, internet, psychological defense mechanisms, cybersecurity, personality, psychological trait, correlational dependence, destructive information, activating aggressive, internet-specific behavior, to computer games.

Kirish. Axborot xavfsizligi deganda, shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasida milliy manfaatlarini turli tahdidlardan himoyalangan-lik holatini tushunish lozim. Axborot sohasidagi shaxs manfaatlariga, qonun bilan cheklanmagan, jismoniy, ma'naviy va aqliy faoliyatni rivojlan-tirishda shaxsiy xavfsizlikning ta'minlanganligi nazarda tutiladi. Axborot sohasidagi jami-yat manfaatlariga esa, shaxs qiziqishlarining qondirilishi, demokratik huquqiy davlat qurish, ijtimoiy barqarorlikning ta'minlanganligi tus-huniladi. Axborot sohasida davlat manfaatlari inson va fuqaroni axborot olish va undan foy-dalanish, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni ta'minlash, xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida rivojlangan milliy axborot infrastruk-turasini yaratish kabilar kiradi.

Mavzuning dolzarbligi. Yoshlar o'zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchanligi hamda o'z vaqt resursiga egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko'rsatishadi. Boshqa guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday xususiyatlar sal-biy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mum-kin. Bu birini guruh uchun tobora faollashayot-gan agressiv siyosiy ta'sirga berilib ketish xavfi mavjudligida, ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga ega axborotlar ta'siridan tashqarida qolishi bilan belgilanadi. Internet har qanday shaxsni shunday o'zgartiradiki, inson unga erish-ish uchun barcha to'siqlarni yengishga tayyor bo'ladi. Misol uchun, o'smir yoki o'spirinlar doim yolg'on gapirish evaziga unga bo'lgan ehtiyojini qondirib boradilar. Hattoki, qarshilikni yengish uchun o'z tajovuzkorliklarini ham kuchli namo-yon etib boradilar.

Maqsad. Turli usullar yordamida alohida shaxs, guruh va fuqarolar psixologiyasiga (hayot mazmuni, qadriyatlari, ijtimoiy yo'naltirilganligi, qiziqish va dunyoqarashlari) ta'sir ko'rsatib, tan-lagan yo'lining xatoligi, shubhaliligi, hukumatga ishonchsizlikni vujudga keltirish maqsadida olib boriladigan har qanday harakat destruktiv axborot-psixologik ta'sir ko'rsatish hisoblanadi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili.

Mamlakatimizda mazkur muammo doira-sida bir qator ishlar, xususan, V.M.Karimova, U.D.Qodirov, B.M.Umarov, R.S.Samarov, Z.T.Nishonovalarning tadqiqotlarida virtual olamga qaramlikga moyillik, kompyuter

o'yinlariga tobelikning bola psixik shakllan-ishiga salbiy ta'siri hamda o'smirlik davrida virtual o'yinlarga tobelikning psixologik xususi-yatlariga oid tadqiqotlar olib borganlar. Rus psixologiyasida ham virtual olamning o'smir shaxsiga psixologik ta'sir masalasida, Solda-tova G.U.,Rasskazova YE.I., Nestik T.A. internetga tobelik asosida insonlar tomonidan amalga oshiriladigan jinoiy harakat mazmunini quy-idagicha tavsiflaydi: «internetga tobelik xulqi bu- ruhiy tomondan buzilgan xulq-atvor shak-liga tenglashtirilgan faoliyat sanalib, unda inson o'z ehtiyojlarini qondirish istagi bilan emas, balki haqiqiy dunyodan qochish istagi bilan yashaydi. Shuning uchun, sud - huquq tizimida inson ruhiy holatning ahamiyati, uning sog'-salomatligi, patologik buzilishlarga ega yoki ega emasligi alohida e'tiborga olinishi lozim deb ta'kidlaydi»1.

Maqolaning ilmiy mohiyati. «Internetga tobelik bu - shiddat bilan o'sayotgan xulq ko'rinishi sanalib, uni o'rganish uchun avvalo, fenomenologik asoslarini aniqlash lozim. Bun-dan tashqari, muammoni bosqichma-bosqich hal etish hamda uni bartaraf etishda aniq psixologik va psixoterapevtik tavsiyalar ishlab chiq-ish lozim». Shundan so'ng, bir qator xorij tadq-iqotchilari, muammo borasidagi tadqiqotlarining yo'nalishini o'zgartirishga qaror qildilar. Ta'kid joizki, ba'zi tadqiqotchilar internetdan ko'p foy-dalanish holatini ijobiy holat sifatida e'tirof etib, uni pul topishning eng samarador yo'li deb ta'riflaydilar2.

Tadqiqotning ob'yekti. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi umumta'lim maktabi yuqori sinf o'quvchilari, jami 325 ta sinaluvchi tadqiqotda qatnashgan.

O'smir o'quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, o'z-o'ziga munosabatini baholash va kiberxavfsizlikdan himoyalanishni aniqlashga qaratilgan so'rovnoma shkalalari ya'ni o'zini o'zi ayblash shkalasi kiberhujumlarga umumiy qaramlik, virtual olamga qaramlikga moyillik, ijti-

1 Солдатова Г.У., Рассказова Е.И., Нестик Т.А. (2017). Цифровое поколение России: компетентность и безопасность. - М.: Смысл. - С. 70.

2 Самыгин С.И. и др. Информационная безопасность молодежи в современной России / С.И.Самыгин, А.В.Верещагина, А.В.Кузнецова // Гуманитарные, социально-экономические и общественные науки. 2014.№ 11/1. С. 140-144.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

1-jadval. Kiberhujumlardan saqlanish va shaxsning o'z-o'ziga munosabatini baholashni o'rganish so'rovnomasi o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqlik (K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsiyenti mezoni bo'yicha).

Shkalalar Kiberhujumlarga umumiy qaramlik Virtual olamga qaramlikga moyillik Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik Televizorga qaramlik Kompyuter o'yinlariga qaramlik Internetga qaramlik

O'z-o'zini ayblash 0,446* 0,689** 0,549** 0,637** 0,329 0,479*

O'z-o'zini idora qilish 0,478* 0,295 0,472* 0,563** 0,317 0,462

O'z-o'ziga munosabatning aks etishi 0,480* 0,547** 0,473* 0,459* 0,579** 0,521**

O'z-o'zini qadrlash 0,463* 0,569** 0,591** 0,220 0,438* 0,562*

O'z-o'zini qabul qilish 0,280 0,545** 0,240 0,539** 0,463* 0,541**

Ichki ziddiyat 0,468* 0,482* 0,549** 0,309 0,658** 0,421*

O'z-o'ziga ishonch 0,531* 0,684** 0,260 0,431* 0,539** 0,329

Izoh: * - p < 0,05; ** - p < 0,01; *** - p < 0,001.

1-rasm. Shaxs himoya mexanizmlarini baholash so'rovnomasining ishonchlilik ko'rsatkichlari.

moiy tarmoqlarga qaramlik, televizorga qaramlik va internetga qaramlik shkalalari bilan, o'z-o'zini idora qilish shkalasi kiberhujumlarga umumiy qaramlik, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, televizorga qaramlik shkalalari bilan, o'z-o'ziga muno-sabatning aks etishi shkalasi kiberhujumlarga umumiy qaramlik, virtual olamga qaramlikga umumiy moyillik, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, televizorga qaramlik, kompyuter o'yinlariga qaramlik va internetga qaramlik shkalalari bilan, o'z-o'zini qadrlash shkalasi kiberhujumlarga umumiy qaramlik, virtual olamga qaramlikga umumiy moyillik, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, kompyuter o'yinlariga qaramlik va internetga qaramlik shkalalari bilan, o'z-o'zini qabul qilish shkalasi virtual olamga qaramlikga umumiy moyillik, televizorga qaramlik, kompyuter

o'yinlariga qaramlik va internetga qaramlik shkalalari bilan, ichki ziddiyat shkalasi kiberhujumlarga umumiy qaramlik, virtual olamga qaramlikga umumiy moyillik, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, kompyuter o'yinlariga qaramlik va internetga qaramlik shkalalari bilan, o'z-o'ziga ishonch shkalasi virtual olamga qaramlikga umumiy moyillik, televizorga qaramlik, kompyuter o'yinlariga qaramlik shkalalari bilan musbat darajada korrelyatsiyalarni hosil qilgan.

Internetga tobelikning oldini olishning yag-ona yo'li bu, uni nazorat qiluvchi milliy qo'mitani tashkil etishdir. Ushbu qo'mita, tobelikni bar-taraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar, qonun xujjatlari, profilaktik dasturlar ishlab chiqish kabi ishlarni amalga oshiradi. Ushbu taklifning mohi-yati shundaki, virtual tarmoqqa bo'lgan tobelikni

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

faqatgina fan emas balki, uni nazorat qiluvchi, ma'lumotlarni profilaktika qiluvchi tashkilot ham zarur sanaladi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. O'smir o'quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotimizda foydalangan shaxs himoya mexanizmlari so'rovnomasining qay darajada ishlayotganligini tekshirish uchun Alfa-Kronbax mezonidan ham foydalanildi. Bu statistik mezonga ko'ra, shaxs hayot stili indeksi darajasi ya'ni himoya mexanizmlarini o'lchashga xizmat qiluvchi so'rovnoma yuqori darajada o'zining ishonchli ekanligini ko'rsatgan. Shu jihatdan Plutchik-Kelerman tomonidan ishlab chiqilgan so'rovnoma shkalalarining har birida ishonchlilik darajasi 0,25-1 oralig'idagi stand-artga mos tushganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan.

Yana shuni aytish lozimki, yoshlarga turli xildagi to'garaklar tashkil qilinsa, shunda ularn-ing bo'sh vaqtlari har qanday yengil-yelpi axborotlar qabul qilishga sarflanmaydi. Shunday qilib, globallashuv sharoitida yoshlarimizning yot g'oyalarga ergashib ketishi, ularga qing'ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va huquqiy asoslari haqida mukammal tushuncha-lar berish, bu borada targ'ibot ishlarini yanada kengroq olib borishimiz lozim.

A.V.Ursu o'zining «kompyuter o'yinlariga tobelik dinamikasi va epidemologiyasi» mavzu-sidagi ilmiy maqolasida quyidagilarni ta'kidlab o'tadi: «aksariyat mazkur xulqqa ega shaxs-lar deoriyentatsiyani boshdan kechirib, hayotiy vaziyatlarda o'zlarini past baholaydilar, tor doi-rada muloqot qilishni xush ko'radilar, harakatlar-ida impulsivlik yetishmaydi, maqsad qo'yishdan doim qochib yurish istagi kabilar bilan boshqa-lardan farqlanadilar. Bunday shaxslar ilgari o'z oldiga qo'ygan maqsadlaridan osongina voz kechadilar. Natijada ularda yolg'izlikdan qo'rqish, tez -tez depressiv holatlarga tush-ish kuzatiladi. Muallifning nazaricha, internet tobeligi nafaqat hayotga noto'g'ri mo'ljal olish yoki oliy maqsadlarga nisbatan ishtiyoqning so'nishi (impulsivlikning so'nishi) bilan ham tavsiflanadi»1.

1 Урсу A.B. Компьютерная игровая зависимость: клиника, динамика и эпидемиология / A.B. Урсу, A.B. Худяков // Психич. здоровье. - 2009. - № 8. -С. 28-32.

Zamonaviy dunyoda jamiyatning texnik va iqtisodiy rivojlanishiga aloqador global o'zgarishlar yangi turdagi xavfning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, uning harakati makon va vaqtdan tashqaridadir. Internetga tobelikni keltirib chiqrauvchi omillar sifatida o'z-o'zini anglashdagi qiyinchiliklar, ishsizlik holati, oilaviy muammolar, o'z daromadidan norozilik, jamoadagi noto'g'ri ijtimoiy munosabatlar kabi-lar e'tirof etiladi. Boshqacha aytganda, internet olami bu - usti yopiq gumbaz bo'lib, gumba-zning ichida muammodagi inson o'zini qulay va xavfsiz his etadilar. Internet - bu gumbazning bir turi, uning ostida odam bor o'zini xavfsiz his qiladi, noqulay tashqi tomondan tortib olinadi-gan dunyo. Mazkur mulohazaga ko'ra, internet inson uchun virtual tinch makon, muammolar girdobidagi inson u yerdan panoh topadi2.

Xulosa. Yuqoridagi tasniflardan shuni xulosa qilish mumkinki, internet tobeligining kelib chiq-ishi birinchi navbatda, shaxsda ijtimoiy munosa-batlarning izdan chiqishi, ijtimoiy muhit, shaxs tarbiyasidagi e'tiborsizlik kabi omillarga ko'proq bog'liqdir. Tobelik obyektiga nisbatan had-dan ortiq motivatsiya ya'ni internet tarmog'ida butunlay o'zini ko'rish va internet har qanday shaxsni shunday o'zgartiradiki, inson unga erish-ish uchun barcha to'siqlarni yengishga tayyor bo'ladi. Misol uchun, o'smir yoki o'spirinlar doim yolg'on gapirish evaziga unga bo'lgan ehtiyojini qondirib boradilar. Hattoki, qarshilikni yengish uchun o'z tajovuzkorliklarini ham kuchli namo-yon etib boradilar.

Jamiyatning yagona vazifasi bu - o'sib kelay-otgan yoshlarga, maktab talabalariga, talaba yoshlarga yordam berishdir. ya'ni shafqatsiz virtual harakatlardan voz kechib, haqiqiy hayot tar-ziga o'tishlariga ko'maklashishdir.

Umuman olganda, axborot xavfsizligi tah-didi - axborot tizimi yoki resursining axborot yoki komponentlariga ta'sir qilish orqali egalari va foydalanuvchilari manfaatlariga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazishi mumkin bo'lgan poten-sial hodisa, jarayon yoki holat deganidir. Lekin, afsuski, nodemokratik rejimlar bu yerga «davlat,

2 Бовина И.Б. и др. Как здоровье приходит к детям? Развитие социальных представлений о здоровье у детей и подростков с точки зрения кросс-культурной перспективы (франция!Россия) I И.Б.Бовина, Н.В.Дворянчиков. Отчет РГНФ, 2017.

jamiyat va fuqaro manfaatlari» ni ham qo'shib qo'yadi.

Internetga tobelikni keltirib chiqaruv-chi psixologik sabablar turlicha sanalib ular: ma'lumotlarga doimiy ehtiyoj; yuqori bilim olish motivatsiyasi; yuqori ijtimoiy faollik; vaqtin-ing yetishmasligi kabilar bilan xarakterlanadi. Internet xizmatlaridan tez-tez foydalanish, tar-moqdagi aloqaning soddaligi va qulayligi, u yerda saqlanadigan ma'lumotlarning to'liqligi va ochiqligi, o'yin kulgilarning katta katalogi

internetga tobeligining asosiy sabablaridan biri bo'lib, u o'smir o'quvchilarning kasbiy kamoloti rivojlanishiga keng ta'sir qiladi.

Sog'lom internet foydalanuvchilari onlayn muloqotni, jonli muloqotdan tez ajratib olishadi. Internet ular uchun faqat foydali vositadir xolos. Internetdan patologik foydalanish muammosi psixologiya fanidagi juda yosh mummolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, hozir hamma sohalar uchun bu holat dolzarb bo'lib bormoqda.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Солдатова Г.У., Рассказова Е.И., Нестик Т.А. (2017). Цифровое поколение России: компетентность и безопасность. М.: Смысл. С.70

2. Самыгин С.И. и др. Информационная безопасность молодежи в современной России / С.И. Самыгин, А.В. Верещагина, А.В. Кузнецова // Гуманитарные, со- циально-экономические и общественные науки. 2014.№ 11/1. С. 140-144.

3. Урсу A.B. Компьютерная игровая зависимость: клиника, динамика и эпидемиология / A.B. Урсу, A.B. Худяков // Психич. здоровье. - 2009. - № 8. -С. 28-32.

4. Бовина И.Б. и др. Как здоровье приходит к детям? Раз- витие социальных представлений о здоровье у детей и подростков с точки зрения кросс-культурной перспективы (Франция/Россия) / И.Б.Бовина, Н.В.Дворянчи- ков. Отчет РГНФ, 2017.

5. Kwan G.C.E. et al. Facebook bullying: An extension of battles in school / G.C.E. Kwan, M.M. Skoric // Computers in human behavior. 2013. Vol. 29. P. 16-25.

6. Kopecky K. et al. The risks of Internet communication / K.Kopecky, R. Szotkowski, V. Krejci // Procedia - Social and Behavioral Sciences. 2012. Vol. 69. D.1348-1357.

7. Психология и педагогика подросткового возраста - [Электронный ресурс]. Режим доступа:http://murzim.ru/nauka/pedagogika/26496-psihologiya-i-pedagogika-podrostkovogo-vozrasta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.