Научная статья на тему 'KASBIY KOMPETENTLIKNI TALABALARDA SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI'

KASBIY KOMPETENTLIKNI TALABALARDA SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

15
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bilim / amaliyot / ko‘nikma / malaka / nazariya / o‘zlashtirish / samaradorlik / kampitensiya / faoliyat / kasbiy faoliyat / qobiliyat / maxorat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar To‘lqin Qizi Turdiqulova

Yosh kadirlarda faoliyat jarayonida kampitentlik qobiliyatini yosh avlodga va yosh kadirlarga kengroq yoritib berish va shakillantirish orqali talabalardagi bor qobilyatlarini ishga solgan xolda faoliyatda va kasbiy faoliyatda ko‘zlagan maqsadlariga erishishda samarali va ko‘plab natijalarga erishishning eng samari yo‘liga aylangani. Bu esa pedagogik faoliyatda pedagog kadirning shakillantirish jarayoniga ham yosh kadirlarni faoliyatini boshlash jarayonlarida ham o‘zining natijasini yaqqol ko‘rsatadigan jarayon sanalishi haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBIY KOMPETENTLIKNI TALABALARDA SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI»

KASBIY KOMPETENTLIKNI TALABALARDA SHAKLLANTIRISHNING

MOHIYATI VA AHAMIYATI

Nilufar To'lqin qizi Turdiqulova

O'zbekiston Milliy unveristeti stajiyor-o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yosh kadirlarda faoliyat jarayonida kampitentlik qobiliyatini yosh avlodga va yosh kadirlarga kengroq yoritib berish va shakillantirish orqali talabalardagi bor qobilyatlarini ishga solgan xolda faoliyatda va kasbiy faoliyatda ko'zlagan maqsadlariga erishishda samarali va ko'plab natijalarga erishishning eng samari yo'liga aylangani. Bu esa pedagogik faoliyatda pedagog kadirning shakillantirish jarayoniga ham yosh kadirlarni faoliyatini boshlash jarayonlarida ham o'zining natijasini yaqqol ko'rsatadigan jarayon sanalishi haqida mulohaza yuritiladi.

Tayanch so'zlar: Bilim, amaliyot, ko'nikma, malaka, nazariya, o'zlashtirish, samaradorlik, kampitensiya, faoliyat, kasbiy faoliyat, qobiliyat, maxorat.

AННОТАЦИЯ

Ключевое слово в том, что она стала наиболее эффективным способом достижения поставленных целей в деятельности и профессиональной деятельности путем просвещения и формирования компетентностных способностей у молодого поколения и молодых сотрудников в процессе деятельности. Считается, что это процесс, который ярко проявляет свои результаты в процессе формирования педагогических кадров в педагогической деятельности и в процессе запуска работы молодых кадров.

Ключевые слова: Знание, умение, компетентность, теория, мастерство, работоспособность, компетентность, активность, профессиональная деятельность, способность.

ABSTRACT

The key word is that it has become the most efficient way to achieve the goals set in the activity and professional activity by enlightening and shaping the ability of competence to the young generation and young employees in the process of activity. It is considered that this is a process that clearly shows its results in the process of formation of a pedagogical staff in pedagogical activity and in the process of starting the work of young staff.

Keywords: Knowledge, skill, competence, theory, mastery, efficiency, competency, activity, professional activity, ability

27-mart, 2024

138

O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03/21/683/0375-son) Ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta'lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o'tkazishga hamda ta'lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion o'quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o'z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi. Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan oliy ta'lim tashkilotlari olimlarining ilmiy -tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlari ta'lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o'tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.Jamiyat tomonidan pedagogik faoliyatga nisbatan etibor va etirofni ortishi va zamonaviy, yosh kadirlarni jamiyat va faoliyatga sho'ng'ish jarayonlarini samaradorligini oshirish yo'lida kampitensiya, pedagogik kampitensiya tushunchalari moxiyati va mazmuni bilan talabalar va kadirlar auditoriyasini kengroq qamrab olish hozirgi kun uchun axamiyatlidir.

Kompetentlikka yo'naltirilgan ta'lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965 yil Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma'nosida shakllanadi. Yevropa Kengashi dasturi bo'yicha Bern shahrida bo'lib o'tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «o'quv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta'kidlandi. Yevropa davlatlarining ta'lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta'lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuvni belgilashdi.

Shu fikrdan kelib chikib Aleks Mur ko'pqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi. Ya'ni ko'p qirrali qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos

kelib, uning fikricha ".....ko'pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil

uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o'rganilishi tushuniladi.

Muallif kreativlikni psixologik nuqtai nazardan turib tahlil qiladi, ya'ni unga prinsipial jihatdan yangi g'oyalar, mahsulotlar yaratish imkoniyatini beradigan, tadqiqot faoliyatiga, o'zini o'zi rivojlantirishga nisbatan qiziqishlarning borligi, noan'anaviy qarorlar qabul qilishi bilan xarakterlanadigan, shaxsning hayotiy

27-mart, 2024

139

faoliyatidagi barcha tajribasiga ta'sir qiladigan, individ psixikasining sifatli o'zgarishi, deya ta'rif beradi. Ijodiy qobiliyatlar taraqqiyoti jarayoni kreativlikning, ijodiy qobiliyatga nisbatan yuksak darajadagi motivatsiyaga ega bo'lgan shaxs turg'un xususiyatining paydo bo'lishiga olib keladi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda kreativ qobiliyatlar har qanday individga xos bo'lib, ular faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy, ta'limiy-tarbiyaviy muhit ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

Kreativ kompetentlik tushunchasining ta'rifi, uzliksiz ta'lim tizimida uning shakllanishi va rivojlanishi masalalari, shuningdek ilgari o'tkazilgan tadqiqotlarning konkret predmeti sifatida ko'rib chiqilishiga ehtiyoj mavjud. Mazkur muammoning chuqur tahlili shuni ko'rsatadiki, dissertasion ishlarda va ilmiy publikatsiyalarda mualliflar tuzilmaviy kompetentlardan, shuningdek o'qituvchining kreativ kompetentligi taraqqiyotini baholash ko'rsatkichlari va mezonlaridan tashkil topgan ijodiy kompetentlikning tavsifiga turli xil yondashganlar. Pedagogikada ham, boshqa ijtimoiy fanlarda ham o'qituvchi kreativ kompetentligining mohiyati va strukturasi haqida ilm ahli tomonidan qabul qilingan yagona fikr mavjud emas. Bizning fikrimizcha, bunday tushunchalar quyidagilar: "kompetentlilik", "kompetensiya", "kompetentli yondashuv", "kreativlik", "ijod", "ijodiy faoliyat".

G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:

- insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va v.h);

- faoliyat turlri bo'yicha kompetentlik (mehnat, o'quv, o'yin, kasbiy va boshqalar);

- faoliyat yo'nalgan obyektlar bo'yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va v.h,);

- ijtimoiy hayot sohalari bo'yicha koipetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va boshqalar);

- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda);

- ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);

- qobiliyatlar bo'yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).

Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo'nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, shaxs kompetentligi mazmuniga ko'ra 3 turga bo'linadi.

140

27-mart, 2024

Standart kompetensiya-ushbu faoliyatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliyati.

Asosiy kompetensiya-ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliyati.

Yetakchi kompetensiya-kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati

Muallif kreativlikni psixologik nuqtai nazardan turib tahlil qiladi, ya'ni unga prinsipial jihatdan yangi g'oyalar, mahsulotlar yaratish imkoniyatini beradigan, tadqiqot faoliyatiga, o'zini o'zi rivojlantirishga nisbatan qiziqishlarning borligi, noan'anaviy qarorlar qabul qilishi bilan xarakterlanadigan, shaxsning hayotiy faoliyatidagi barcha tajribasiga ta'sir qiladigan, individ psixikasining sifatli o'zgarishi, deya ta'rif beradi. Ijodiy qobiliyatlar taraqqiyoti jarayoni kreativlikning, ijodiy qobiliyatga nisbatan yuksak darajadagi motivatsiyaga ega bo'lgan shaxs turg'un xususiyatining paydo bo'lishiga olib keladi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda kreativ qobiliyatlar har qanday individga xos bo'lib, ular faoliyat jara yonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ijtimoiy, ta'limiy-tarbiyaviy muhit ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Hozirgi kuning barcha sohalarida kompitensiya tushunchasini moxiyatini chuqur o'rganish anglab yetish faoliyatga qo'llay olish faoliyatning muoffaqiyatli hamda samaradorlik darajasini ko'rsatib berishga xizmt qiladigan jarayoni qamrab oladi. Pedagogik kompitensiya ta'lim beruvchilarining turli o'quv usullari va talabalarining turli o'quv stili va talablari uchun samarali dars materiallarini tuzish va taqdim etishga qodir bo'lishi bilan bog'liq jarayondir. Asosiy qismlar ta'lim nazariyalarni tushunish, mos ta'lim usullaridan foydalanish va o'quvchilarning o'rganish natijalarini o'lchash uchun baholash strategiyalarini amalga oshirishni o'z ichiga qamrab oladi. Pedagogik kompitensiya, o'quvchilarning muvaffaqiyatini oshirish, doimiy o'rganishlar va intilishlarni rag'batlantirish jarayoni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun jamoa va kirishuvchi o'rganish muhitini yaratish uchun ahamiyatga ega. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, ta'limda har bir o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

141

27-mart, 2024

Umuman olganda pedagogik jarayonda kompetentsiya bu:Mamlakatimizda olib borilayotgan ta'lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi o'quv jarayoniga o'zgacha talab va o'zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etishi bo'lib, bu jarayon mazmun mohiyatdan avvalgidan tubdan farqlanishini yoritib berish.

Ta'lim sohasida o'quvchi, o'qituvchi, oila, mahalla hamkorlikda bir maqsad sari, ya'ni, DTS talablarini o'zlashtirish va undagi me'yorlardan yuqoriroq natijalarga erishishni taqozo etishi;

DTS talablarini bajarishning asosiy omillaridan biri ta'lim jarayoniga samarali natijaga ega yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etilishidir;

Ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, mustaqil fikr yurita oladigan ijtimoiy faol yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash vazifasini amalga oshiruvchi bilimlar izimi;

O'qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo o'zi ana shunday bilimlar bilan qurollanishi.

Zero, turli soha tizimlardagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. O'quv soatlarida ta'lim oluvchilarga yetarli bilim berish hayotiy ko'nikmalarini oshirish va malakalarini shakllantirish ta'lim beruvchining kompetentsiyasiga bog'liq.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak kompitentlik qobiliyatini yosh avlodga va yosh kadirlarga kengroq yoritib berish va shakillantirish orqali talabalardagi bor qobilyatlarini ishga solgan xolda faoliyatda va kasbiy faoliyatda ko'zlagan maqsadlariga erishishda samarali va ko'plab natijalarga erishishning eng samari yo'liga aylanadi. Bu esa pedagogik faoliyatda pedagog kadirning shakillantirish jarayoniga ham yosh kadirlarni faoliyatini boshlash jarayonlarida ham o'zining natijasini yaqqol ko'rsatadigan jarayon sanaladi. Shu bilan birgalikda faoliyatdagi xujjatlar bilan ham ishlay olish ko'nikmalarini o'z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda ishni ko'zini bilish uddabironlik zimmasiga yuklangan har qanday vazifani a'lo darajada uddalay olish olish holatlari bilan izoxlanadi. Bu kabi kadirlarni shakillantirish uchun ta'lim jarayoniga amaliy faoliyatni ham tizimli yo'lga qo'yish eng samarali usul va uslub sanaladi qachonkiy yangi shakillanayotgan kadirlar o'z bilim ko'nikma va malakalarini amaliyotda tadbiq etish qo'llay olish ko'nikmalarini o'zida mujassam etadilar. O'z - o'zidan ko'rinib turibdikiy bu kabi kadirlar kasbiy faoliyatda va ish yuritayotgan sohalarida o'z -o'zidan natijadorligi va samaradorligi yuqori bo'lgan kadirlar yetishib chiqadi va u o'z o'rnida jamoa va jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.

142

27-mart, 2024

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 21-apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2023 -y., 03/21/683/0375-soni.

2. Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori.

3. Andreyev A. Использование аутентичных материалов для изучения ономатопеи на начальном этапе обучения корейскому языку студентов вуза //корееведение в россии: направление и развитие. - 2022. - т. 3. - №. 4. - с. 6166.

4. Ibragimova G.N. Interfaol ukitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik kobiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. - T.: "Fan va texnologiyalar", 2016. - B. 77.

5. To'lqin qizi Turdiqulova, N. (2023). TA'LIMDA INNOVATSION METODLAR. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 304-315.

6. Turdiqulova, N. T. (2022). BADIY ADABIYOT DUNYONI O'ZGARTIRADI. ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O 'RNI, 2(24), 105-111.

7. Tulkinovna, T. N. (2024). TALABALARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI. PEDAGOG, 7(3), 564572.

8. Усманова Шоира Джумабековна (2019). Шахс ижтимоии фаоллиги ривожланишининг психологик механизми. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 27-31.

9. Хамрокулова, Ш. Э., & Аллаярова, С. Н. (2021). ЭКОЛОГИК ТАРБИЯНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАДКЩОТЧИЛИК КУНИКМАСИНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(11), 1089-1094.

143

27-mart, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.