Научная статья на тему 'KAMPIRTEPA YOXUD OKS ALEKSANDIRYASI YODGORLIGI'

KAMPIRTEPA YOXUD OKS ALEKSANDIRYASI YODGORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kampirtepa / Qadimiy Termiz / Muzrobod / Ptolamey / Oksiana Iskandariyasi / Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) / Edvard Rtveladze / Baqtriya va So`g`diyona.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sultonova Dilshoda Namazovna, Abdiraxmonova Maxfuza Nodir Qizi

Ma’lumki, Termiz shahri hududidan Ipak yo‘li kesib o‘tgan.Maqolada eski Termizdagi antik Kampirtepa saroyi me’morchiligi haqida tarixiy ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAMPIRTEPA YOXUD OKS ALEKSANDIRYASI YODGORLIGI»

KAMPIRTEPA YOXUD OKS ALEKSANDIRYASI

YODGORLIGI

1Sultonova Dilshoda Namazovna, 2Abdiraxmonova Maxfuza Nodir qizi

1Professor, arx. fan. doktori, SamDAQU, 2Assistent TMTI https://doi.org/10.5281/zenodo.11223580

Annotatsiya. Ma'lumki, Termiz shahri hududidan Ipak yo 'li kesib o'tgan.Maqolada eski Termizdagi antikKampirtepa saroyi me 'morchiligi haqida tarixiy ma'lumotlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: Kampirtepa, Qadimiy Termiz, Muzrobod, Ptolamey, Oksiana Iskandariyasi, Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo), Edvard Rtveladze, Baqtriya va Sogdiyona.

Qadimiy Termiz yaqinida o nlab asrlarning taloto piga guvoh bo lgan ko hna shahar xarobalari joy olgan. Bu xarobalar bir paytlar fotix iskandar maqduniy (er.avv 356-323) tashabbusi bilan qadim Baqtriya hududida qurilgan, haligacha orni toliq aniqlanmagan Oks Iskandariyasi bo lishi mumkin. Bu kohna inshoot Amudaryo (Oks)ning o'ng qirg'og'ida, Muzrobod tumani Shorob qishlog'i yaqinida joylashgan. Bu haqda bir qator tarixiy manbalar, jumladan misrlik geograf olim Ptolamey (100-170) tuzgan tarixiy xaritasida, tarixchi hofizi abruning (taxm. 1451 vafot et.) asarida bir qator malumotlar keltiriladi.

Oksiana Iskandariyasi nomi qadimgi mualliflardan faqat klavdiy ptolemey (mil. II asri) tomonidan qayd etilgan. U ozining «Geografik qo,llanma»sida Baqtriya va So'g'diyona haqida keng miqyosli geografik va etnografik ma'lumotlar, hamda oks bo'yi, Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) oralig'ida joylashgan shaharlar ro'yhatini keliradi: «Yaksartda sug'diylarning Kiresxata tog li shahri, oksda esa maruka, xolbisin daryolar orasida joylashgan". Taxminan, miloddan avvalgi VI asr oxirida, baqtriya ahamoniylar tomonidan bosib olingach, kampirtepadan taxminan 1 km uzoqlikda, mustahkam sho'rtepa qal'asi qurilgan va u miloddan oldingi IV asr oxiriga qadar - iskandar qo'shini tomonidan yo'q qilingunga qadar mavjud bo'lgan. 1480-1490 yillarda nashr etilgan ptolemey geografik atlasining xaritalarida, oksiana iskandariyasi oksning chap qirg'og'idagi xaraxarta va daryoning o'ng qirg'og'ida indikomardon (termiz shahri hududida) orasida joylashgan. Bu ham bugungi kun nuqtai nazaridan kampirtepa hududiga to'g'ri keladi.

Iskandar maqduniyning rejasi. Ma'lumki, tangrinig erkasi deya nom olgan Yunon-makedon sarkardasi Iskandar Maqduniy qo'shini miloddan avvalgi 331 yilda Gavgamel shahri yaqinidagi yalanglikda fors podshosi doroning ikki yuz ellik minglik lashkarini tor-mor etadi. Natijada ikki asrdan buyon mag'ribu mashriqni qo'rquvda tutib kelayotgan ahmoniylar davlati barham topdi. Mag'lub podshoh mash'um kungacha o'ziga tobe bo'lgan mamlakatning shimoli tomoniga qochadi, ammo yo'lda hamrohlari bo'lmish baqtriya va sug'd noibi bess tomonidan xiyonatkorona o'ldiriladi. Bu xabarni eshitgan iskandar qattiq g'azablangan bo'lsa-da, u markaziy

osiyo tomon yurishini kechiktirmaydi. Garchi Iskandar bu diyorlarda qattiq qarshilikka uchragan bo'lsa-da, baribir o'z maqsadiga yetadi. Bir paytlar ahamoniylar mulkiga tobe bo'lgan baqtriya va sug'dning tasarrufiga o'tadi. Albatta, Iskandarning bostirib kelishi bu o'lka uchun katta talafotlarga ham sabab bo'ldi, minglab gunohsiz insonlar qoni to'kiladi. Ammo, shu bilan birga iskandar o'zi bosib olgan hududlarda yangi-yangi istehkomlar, imoratlar, shahar va qal'alar qurishga amr qildi.

Tuproq ostidagi haqiqatlar. Bu erda1972 yildan boshlab Tohariston arxeologik ekspedisiyasi tarkibida bir guruh arxeologlar tomonidan ko'p yillar tadqiqotlar olib borilgan, natijada ko'plab topilmalar va ma'lumotlar qo'lga kiritilgan. Ushbu tadqiqotlarning eng katta yutug'i Oks (Amudaryo)ning o'ng qirg'og'ida Iskandar Maqduniyning 329-327 yillardagi yurishlari vaqtida, yurtimiz hududida barpo etilgan eng qadimgi yunon-makedon frurioni topilgani bo'ldi. O'tmishda Kampirtepa frurioni qayta qurilish jarayonini boshidan o'tkazgan va keyinchalik dastlabki, mudofaa qobiliyatini yo'qotib, Kushonlar davrida (mil.I-II asr o'rtalari) savdo karvonlarga xizmat ko'rsatuvchi tijorat va bojxona idorasiga aylangan. Milodiy II asr o'rtalariga kelib, kuchli zilzila va Amudaryoning toshishi natijasida shaharcha tamomila bo'shab, huvillab qolgan. Tadqoiqtlar davomida salavkiylar va Yunon-Baqtriya tangalari, keramika va Kampirtepada ellinistik davrining quyi madaniy qatlamlari mavjud bo'lgani haqida dalolat beruvchi bir qator obyektlar aniqlangan. Xususan,1999 yil sentyabr oyida O'zFA akademigi, arxeologi Edvard Rtveladze boshchiligidagi izlanishlar davridabu erdan miloddan avval III asrga mansub sopol buyumlar ustaxonasi, ilk ellinistik (ehtimol, salavkiylar) davridagi ayvonli uy va shartli ravishda «blindaj» deb nomlangan katta inshoot topilgan.

O'rtayer dengizi bo'yidagi qaFalarga o'xshaydi. Eski Ahamoniylar qal'asi o'rniga qurilgan Yunon-makedon qal'asining umumiy maydoni 5 gektardan oshadi. Mazkur majmua tarkibida turar-joylar, markaziy bastion, xazinalar saqlanadgan g'azna, ibodatxona o'rin olgan. Bu hududdan topilgan kushon davri tangalar bir paytlar kampirtepa shaharchasi bu davlatning muhim moliviy markazlaridan biri bo'lganini ko'rsatadi. Qal'a tashqarisida, daryo sohilad kemalar kelib to'xtaydigan va jo'nab ketadigan bandargoh qurilgan. Bu erdan olisdanig kemalar uchun mo'ljal vazifasini bajargan baland inshoot - mayoq qoldiqlari ham aniqlangan. Qal'aga olib kiradigan darvozallar ulkan va mahobatli bo'lib, bir paytlar o'rtaer dengizi bo'yidagi shaharlarda qurilgan qal'a va qo'rg'onlar darvozasiga o'xshab ketadi. Keyingi yillarda ushbu hududning mikrorelefi sezilarli darajada o'zgargan - amudaryo qayirlarida joylashgan bu hududni bugungi kunda sholikorlik maydonlari ishg'ol qilgan, qal'aning janubiy-g'arbiy tomoni bo'ylab kanal o'tkazilgan, sharqiy tomondagi ko'hna tepaliklarxxi asrning boshlariga kelib tarvuz ekish uchun tekislangan.

Garchi Iskandariya oksianasi mavjud bo'lganini fanda hech kim inkor etmasa-da, uning aynan qaysi hududda bo'lgani ancha paytdan beri olimlar o'rtasidagi murosasiz bahs mavzularidan biri bo'lib keldi. Kimdir bu shaharchani afg'onistondagi oyxonim shahri yaqinidagi xarobalarga olib borib taqadi, kimdir uning o'rni eski termiz shahri o'rnidan izladi. Va albatta, kampirtepa ham ana shu hududlar qatorida zikr etib kelindi. Shunisi aniqki, ptolemey xaritalarida (1480, 1490, 1540 yillar nashri) oksiskandariyasi Oks (Amudaryo) ning o'ng shimoliy qirg'og'ida baqtra shahridan shimolda, Oy-xonim esa chap qirg'oqda baqtradansharqda ko'rsatilgan. 1540 yilda nashr etilgan S. Myunster xaritasida ham shunday ma'lumotni tasdiqlaydi. XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asr boshlarida oyxonim, Eski TERMIZ va Kampirtepaning qadimiy joylarini o'rganish mobaynida olingan arxeologik ma'lumotlar batafsil solishtirildi.

Oy-xonim, Eski Termiz yoki Kampirtepa

Oy-xonim va Kampirtepadagi qurilish materiallarini taqqoslashga asoslangan maxsus tadqiqotlar shuni korsatdiki, mil.avv. IV asr oxiri - III asr boshiga mansub kampirtepa inshootlari tortburchak shaklidagi xom g'ishtdan barpo etilgan, oy-xonimdagi binolar esa faqat miloddan avvalgi III asrning ortalaridan boshlab ishlatilgan kvadrat xom gishtdan qurilgan. Eski Termiz shaharchasida olib borilgan keyingi arxeologik tadqiqotlarda ham Oksiana Iskandariyasi ornini isbotlash uchun muhim bir malumot topilmadi. 2000 yillarning boshida Rtveladze oks iskandariyasining ornini kampirtepa qaFasi deb belgilash haqida fikr bildirdi. Kampirtepa mil.avv. IV asr oxiri - III asrning boshida xilma-xil tuzilishga va ahamiyatli darajada katta olchamga ega shaharcha bolib, undagi sharoitlar ushbu davrda Oy-xonimda ham, Eski Termizda ham arxeologik jihatdan qayd qilinmagan. Agar moljallar to'g'ri bo'lsa, ptolemey xaritalarida belgilangan Oks Iskandariyasi garbdan Xaroxarta va sharqdan Indikomardon shaharlari oraligida mavjud bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Abdiraxmonova M., Bobomurodova M. Jamoat markazlarining bugungi kundagi zamonaviy loyiha-takliflari //zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot. - 2022. - t. 1. - №. 24. - s. 309-313.

2. Abdiraxmonova M. Kokildor ota xonaqohi //theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2022. - t. 1. - №. 7. - s. 334-336.

3. Abdiraxmonova M. turizm infrostrukturasini rivojlantirishda xonaqohlarning o'rni //eurasian Journal of Academic Research. - 2022. - T. 2. - №. 13. - S. 1532-1535.

4. Asqarov A.A. Eng qadimiy shahar. T.: Ma'naviyat, 2001.

5. Ahmedov M.Q. O'rta Osiyo me'morchiligi tarixi. T.: "O'zbekiston" 1995.

6. Arshavskaya Z.A., Rtveladze E.V., Xakimov Z.A. Srednevekowe pamyatniki Surxandari. T.: Izdatelstvo literaturw i iskusstva imeni Gafura Gulyama 1982.

7. Sultonova D.N. O'zbekiston me'morchiligida tasviriy va badiiy vositalarni uyg'unlashtirish yo'llari (an'anaviylik va zamonaviylik). TAKU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. A.11.02 raqamli ilmiy kengash. Ixtisoslik:18.00.01-Arxitektura nazariyasi va tarixi.Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash va tiklash. UO'K: 72.03 Toshkent, 2020. -B.272.

8. Sultonova D.N. 12 simvolicheskix vorot v istoricheskom i sovremennom gradostroitelstve Tashkenta/ Vestnik MITSAI (izdanie Mejdunarodnogo instituta Sentralno-aziatskix issledovaniy). 17-son. - Samarkand, 2013 -B. 43-51. ISSN 1694-5794.

9. Sultonova D.N. Epigrafical ornaments in architecture of Uzbekistan INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC & TECHNOLOGY RESEARCH. Volume 4, issue 07, july 2015 Paris -R 83-87. ISSN. 2277-8616.

9. Sultonova D.N. Rekonstruksiya i restavratsiya nastennoy rospisi v muzee Afrasiab goroda Camarkanda/ Me'morchilik va qurilish muammolari. (ilmiy-texnik jurnal). 2-son. SamDAQI.Sam.,2017.-B.60-64.

10. Sultonova D.N. Harmony Of Art In Architecture Of Uzbekistan / Garmoniya iskusstva v arxitekture Uzbekistana Harmony Of Art In Architecture Of Uzbekistan / Garmoniya iskusstva v arxitekture Uzbekistana.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.