KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O'TKAZISH TARTIBI Axmedov Nu'monjon Muhammedumarovich
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Soliqlar va soliqqa tortish yo'nalishi
Magistraturasi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10720962
Kameral soliq tekshiruvi — soliq to'lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliqlar va yig'imlar (keyingi o'rinlarda — soliqlar) to'g'ri hisoblanishini, o'z vaqtida va to'liq budjet tizimiga to'lanishini tekshirish maqsadida soliq to'lovchi, soliq agentlari (keyingi o'rinlarda — soliq to'lovchi deb yuritiladi) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va (yoki) soliq organida mavjud bo'lgan soliq to'lovchining faoliyati to'g'risidagi boshqa ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o'tkaziladigan tekshiruv hisoblanadi.
Qo'shilgan qiymat solig'ini qoplash bilan bog'liq bo'lgan kameral soliq tekshiruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo'shilgan qiymat solig'i summasi o'rnini qoplash tartibi to'g'risidagi nizom asosida belgilanadi.
Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lash sohasida soliq to'lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo'yicha o'tkaziladigan tekshiruv bo'lib, unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag'lari harakatining, shuningdek, soliq to'lovchining faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa axborotning tahlili o'tkaziladi.
Soliq auditi — soliq to'lovchining (soliq agentining) muayyan davrdagi moliya va soliq hisobotlarining soliq to'g'risidagi qonunchilikka barcha jihatlardan muvofiqligi va haqqoniyligini, soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida hisobga olishda soliq majburiyatlarining to'g'ri shakllantirilishi va aks ettirilishini soliq organi tomonidan o'tkaziladigan o'rganish orqali soliqlarni to'g'ri hisoblash va to'lashning to'g'riligini tekshirishdir.1
Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o'tkaziladi:
tekshiruvdan oldingi tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlar bo'yicha soliq to'lovchiga soliq organi tomonidan yuborilgan xabarnomaga javoban xabarnoma olingan kundan e'tiboran o'n kun muddatda soliq to'lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud asoslantirishlar taqdim etilmaganda;
soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida;
soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda.
Kameral soliq tekshiruviga sabab bo'luvchi oniillar:
1. Soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilishi sodir etilganligi xavfining mavjud bo'lishi:
Ushbu xavf soliq organlarining soliq xavfini boshqarish tizimi maxsus dasturiy tizim orqali soliq to'lovchilar to'g'risidagi ichki va tashqi manbalardan olingan ma'lumotlarni belgilangan mezonlar asosida tahlil qilish orqali aniqlab boriladi. Quyida soliq organlari tomonidan soliq xavfini aniqlash mezonlari ro'yxatiga kiritilgan ayrim misollar keltirib o'tilgan:
- soliq to'lovchi shaxsiy kartochkalarida soliq qarzdorligining doimiy yuzaga kelishi;
- soliq hisobotlarining belgilangan muddatlardan kechiktirib taqdim etilishi;
1 https://lex.uz/docs/-5206072
- soliq to'lovchilar ob'yektlarida xronometraj ko'zdan kechirish o'tkazilgandan keyingi davrlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushumlarning kamayib ketishi;
- hisobvaraq-fakturalar orqali kirim qilingan tovarlar hajmiga nisbatan o'rtacha oylik tushumlarning farq qilishi;
- xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning topshirilgan naqd (plastik) pul mablag'lariga nisbatan hisobotdagi ko'rsatgan tovar aylanmasining kamaytirib ko'rsatilishi;
- xo'jalik yurituvchi sub'yektlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun hisobchi (buxgalter)ning rasmiy tartibda ro'yxatga olinmasligi.
Yuqoridagi keltirib o'tilgan omillardan hamda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa turdagi omillar asosida soliq organining avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti avtomatik ravishda belgilangan ball tizimi asosida soliq to'lovchilarga soliq huquqbuzarligining xavflilik darajasi belgilanadi.
Ushbu tizimga asosan soliq to'lovchilar soliq huquqbuzarligining xavflilik darajasidan kelib chiqib quyidagi uchta guruhga bo'linadi:
a) soliq xavfi yuqori bo'lgan tadbirkorlik sub'yektlari (qizil yo'lak);
b) soliq xavfi o'rta bo'lgan tadbirkorlik sub'yektlari (sariq yo'lak);
v) soliq xavfi past bo'lgan tadbirkorlik sub'yektlari (yashil yo'lak).
Tadbirkorlik sub'yektlarida soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi o'rtacha (sariq yo'lak) bo'lishi soliq kodeksida belgilangan tartibda kameral tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'ladi.
2. Soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolarning aniqlanishi:
Bugungi kunda soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarida tafovutlar yoki xatolarni aniqlash bo'yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan. Unga ko'ra har bir soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar belgilab qo'yilgan algoritm asosida ushbu avtomatlashtirilgan kameral tekshiruvi dasturi orqali tahlil qilinadi. Bundan tashqari, soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlari soliq organlari xodimlari tomonidan ham tahlil qilib boriladi.
Misol uchun, soliq to'lovchi tomonidan 2021 yil uchun taqdim etilgan "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi" hisobotda ko'rsatilgan daromadlar yoki xarajatlar summalarining ushbu muddat uchun taqdim etilgan "Foyda solig'i" hisobotidagi tegishli daromadlar va xarajatlar summalariga muvofiq kelmasligi. Bunday holat soliq organlarining avtomatlashtirilgan kameral tekshiruvi dasturi orqali aniqlanadi va korxona soliq hisobotida tafovutlar mavjudligi xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilar ro'yxatiga kiritiladi. Bu esa o'z navbatida kameral soliq tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'ladi.
3. Soliq to'g'risidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslardan hamda tegishli davlat organlaridan soliq organlariga murojaatlarning kelib tushishi:
Yuridik yoki jismoniy shaxslardan yoki davlat organlaridan soliq to'lovchi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to'g'risida ma'lumotlarning soliq organlariga kelib tushishi soliqqa oid huquqbuzarlik mazmunidan kelib chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Sayyor soliq tekshiruvi tayinlanishiga quyida keltirilgan dasturlardan yuborilgan shikoyatlar asos bo'ladi:
- «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» bo'limi orqali yuborilgan murojaatlar;
- @soliq_hamkor_bot telegram-boti orqali yuborilgan murojaatlar;
- my.soliq.uz soliq organlarining davlat elektron xizmatlari portali orqali yuborilgan murojaatlar.
Shu yo'l bilan hufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq ma'murchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun "Soliq" mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.
Misol uchun, jismoniy shaxs soliq huquqbuzarligini sodir etgan soliq to'lovchi ustidan Davlat soliq qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «Soliq hamkor» dasturi orqali shikoyat jo'natdi. Bu esa soliq organi tomonidan huquqbuzarlikni amalga oshirgan soliq to'lovchi ustidan sayyor tekshiruvi tayinlanishiga asos bo'ladi.
Joriy yilning 1 iyunidan boshlab "Soliq" mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qat'i nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo'yicha soliq to'lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o'tkazilib, tadbirkorlik sub'yektining qonun talablarida ish yuritishi to'g'risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan ta'sirchan moliyaviy jazo choralari ko'rilmaydi.
4. Soliq to'lovchi tomonidan avval taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to 'lanishi lozim bo'lgan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko'rilgan zarar summasini ko'paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisobotining taqdim etilishi:
Bu holatlar ham kameral soliq tekshiruvi o'tkazilishiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Misol uchun, soliq to'lovchi belgilangan muddat uchun o'zining birlamchi soliq hisobotini taqdim etdi. Lekin soliq to'lovchi ushbu birlamchi hisobot bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi kamaytirib ko'rsatilgan qayta soliq xisobotini taqdim etdi. Bunday holat soliq to'lovchining kameral soliq tekshiruvi nazoratiga tushib qolish xavfini oshiradi. Agar holat yuzasidan soliq xavfi yuqori darajada bo'lsa, soliq organi tomonidan kameral soliq tekshiruvi tayinlanadi.
Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o'tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o'tkazishi mumkin.
Tekshiruvdan oldingi tahlil taqdim etilgan soliq hisoboti va soliq to'lovchining faoliyati to'g'risidagi boshqa axborotning soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to'lovchining ishtirokisiz o'tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlilini ifoda etadi.
Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o'rinbosarining) buyrug'isiz va soliq to'lovchini jalb qilmagan holda amalga oshiriladi.
Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog'ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo'lgan ma'lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to'lovchiga soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to'g'risida 3-a-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Soliq to'lovchi ko'rsatilgan xabarnomani olgan kundan e'tiboran o'n kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e'tiboran yakunlangan hisoblanadi.
Kameral soliq tekshiruvi Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da'vo muddati o'tmagan soliq davrlariga nisbatan o'tkazilishi mumkin.
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o'tkazilayotgan bo'lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o'tkazilmaydi. Ko'rsatilgan qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo'llanilmaydi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to'lovchining hududlarini va binolarini ko'zdan kechirish bilan bog'liq holatlar mustasno.
Hududlarni va binolarni ko'zdan kechirish soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida aks ettirilgan ko'rsatkichlar yoki ma'lumotlar hamda soliq to'lovchining faoliyati to'g'risida soliq organida mavjud boshqa axborotning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o'tkaziladi.
Hududlarni va binolarni ko'zdan kechirish soliq to'lovchida belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida o'tkaziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://erohovastitch.ru/uz/chernobylcam/reglamenty-provedeniya-nalogovyh-proverok-kameralnaya-nalogovaya-proverka-chto.html
2. https://lex.uz/docs/-5206072