SOLIQ MA'MURCHILIGIDA ZAMONAVIY SERVIS FUNKSIYALARINING
ROLI
Hujamuradov Abrorbek Ro'zimurat o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi Soliqlar va soliqqa tortish yo'nalishi Magistraturasi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10720935
Annotatsiya: Soliq to'lovchilar uchun qulay servis turlarini joriy soliq ma'murchiligining takomillashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Shu sababli, soliq ma'murchiligida soliq to'lovchilarga yangi servis funksiyalarini joriy etish hamda hamda mavjud servis xizmatlarini qulaylashtirishga alohida e'tibor qaratiladi. Tadqiqot bo'yicha soliq ma'murchiligi tahlil etilib takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Soliq ma'murchiligi, servis xizmatlari, Onlayn NKM, solish tizimini soddalashtirish, elektron xizmatlari, interaktiv xizmatlar, axborot xizmatlari.
Bugungi kunda soliq organlarining elektron xizmatlari jami 46 ta xizmat turi mavjud bo'lib shundan 21 tasi interaktiv xizmatlar (Soliqlarni to'lash, Shaxsiy kabinet orqali elektron o'zaro munosabatlar, Yuridik shaxslarning hisobotlarini yuborish, Yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobotlarini yuborish, Soliq deklaratsiyalarini yuborish, Ortiqcha to'langan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga o'tkazish, Rezidentlik sertifikati, Nazorat-kassa mashinalarini ro'yxatdan o'tkazish, Murojaatlarni yuborish, Qabulga yozilish, Xodimlarni mol-mulk solig'ini to'lash, Elektron hisob-fakturalar, Ijara shartnomalarni hisobga qo'yish, Nafaqaxo'rni ishga olish va bo'shatish, Yollangan xodimlarni ro'yxatda o'tkazish, Onlayn NKM va virtual kassa ma'lumotlari, Rezyume yuborish, QQSning o'rni qoplash lozim bo'lgan summasini qaytarish, Tadbirkorga ko'mak berish bo'yicha so'rovnoma, Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo'yicha murojaat, Elektron raqamli imzo kalitlarini ro'yxatga olish) va 25 tasi axborot xizmatlari (Sizning soliq xizmatingiz, Soliq nizolari to'g'risida, Ko'p uchraydigan savollar, Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari, Jismoniy shaxslarning soliqlar bo'yicha maslahatchi, Soliqlarni hisoblash kalkulyatorlari, Soliqlar kalkulyatorlari, Soliq imtiyozlari, O'z biznesingni yarating, STIR yoki JShShIRingizni aniqlangan, Soliq tekshiruvi natijalari, Soliq to'lovchilar haqidagi ma'lumotlar, QQS to'lovchilar, Kontragent haqida ma'lumot, Soliq majburiyatini bajarilishi masalalari, Jismoniy shaxslarni solqqa tortiladigan obyektlari, Hisobga qo'yish ma'lumotlari, Byudjet bilan hisob-kitoblar, Soliq qarzi mavjud emasligi to'g'risida ma'lumotnoma, Soliq va to'lovlar bo'yicha qarzdorlar, Bankrot korxonalar, Auditorlik tekshiruvida o'tgan korxonalar, Murojaatlarni ko'rib chiqish holati, Soliq to'lovchining taqvimi, Fuqarolarning hisoblangan sug'urta badallari)
Shuningdek soliq qo'mitasiga 2023-yil yanvar dekabr oylari davomida jami 52 438 ta murojaat kelib tushgan bo'lib ushbu murojaatlarning 45 258 tasi yoki 86,3% elektron tarzda kelib tushgan murojaatlar ekanligi soliq.uz saytida o'z aksini topgan
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4389-son qarori qabul qilindi.1
Ushbu Qarorga asosan soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek o'tgan davr mobaynida soliq organlarining hisobot shakillari takomillashtirilib, soliq to'lovchilarga ko'rsatiladigan xizmatlar soni keskin oshishiga erishildi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3802-son qarorida soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi
bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4389-son qarori
'Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish
tahlilning ilg'or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo'yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko'rsatishi belgilab berilgan.
Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O'zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 522-son qaroriga asosan respublika hududida 2019 yil 1 iyuldan boshlab ixtiyoriy ravishda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etilishi belgilandi.
Yuqorida keltirilgan qarorlar qabul qilinishi munosabati bilan elektron hisobvaraq fakturalar rasmiylashtirilib soliq to'lovchilar tomonidan tomonidan soliq organlariga qo'shilgan qiymat solig'i, aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etishda qulayliklar yaratilib fakturalar avtomat tarzda shakllantirilmoqda. Xuddi shunday onlayn nazorat kassa mashinalari orqali urilgan cheklar ham qo'shilgan qiymat solig'i hamda aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarida avtomat shikllanmoqda.
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki 2023-yil yanvar-noyabr oylari davomida onlayn nazorat kassa mashinalaridan foydalanilganligi natijasida 193 276,0 mlrd.so'm qo'shilgan qiymat solig'i, 13 509,0 mlrd.so'm aylanmadan olinadigan soliq bazasi uchun soliq bazasi onlayn nazorat kassa cheklarida rasmiylashtirilishi natijasida soliq hisobotlarida aks ettirilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish kerakki, soliq ma'murchiligini takomillashtirish mamlakat iqtisodiyoti va soliq to'lovchilar faoliyati rivoji uchun o'ta muhimligini inobatga olgan holda ayniqsa servis sohasida ko'plab muammolarni hal qilishni talab qiladi. Soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq to'lovchilarga servis funksiyasini sifatini qadamba-qadam yaxshilab borish va "Soliq xizmati - insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori" tamoyili asosida ish olib borishni yulga qo'yish.
Soliq ma'murchiligida servis funksiyasini takomillashtirishga yordam beradigan ba'zi yechimlar:
Birinchidan: Raqamlashtirish soliq ma'murchiligi jarayonlarini soddalashtirishga, muvofiqlik xarajatlarini kamaytirishga va aniqlikni oshirishga yordam beradi.
Ikkinchidan: Soliq to'lovchilar uchun eng zarur xizmat turlarini aniqlab ushbu yo'nalishda ish olib borish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4389-son.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3802-son qarori.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi "O'zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 522-son qarori.
5. Internet saytlari: www.lex.uz,www.norma.uz,www.soliq.uz.